Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi

soliq_live
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali. Murojaat uchun: (65) 221-26-89 Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb YouTube: https://www.youtube.com/@Buxoroviloyat Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Subscribers
1 410
24 hours
2
30 days
-20
Post views
340
ER
24,11%
Posts (30d)
168
Characters in post
1 658
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Business & Economy Blog
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Business & Management
Summary
September 12, 04:20
Media unavailable
1
Show in Telegram

KADR - ISLOHOTNING YURAGI
Kecha Zominda
«HR boshqaruvida xavflar»
mavzusidagi seminarning birinchi kuni sermazmun maʼruzalar, ochiq muloqot va qizgʻin bahs-munozaralarga boy boʻldi.
Soliq qoʻmitasi tashabbusi bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda
85 nafar ishtirokchi
bir maqsad atrofida jam boʻldi: davlat boshqaruvida inson kapitali bilan bogʻliq xavflarni anglash va ularni samarali boshqarish.
Zero,
kuchli davlat boshqaruvi — kuchli kadrlardan boshlanadi.
Bugungi HR — shunchaki kadrlar bilan ishlash emas. Bu —
davlat islohotlarining barqarorligi, institutsional salohiyat va samarali boshqaruvning muhim omili.
Birinchi kun yakunlari esa bir haqiqatni yana bir bor koʻrsatdi:
kadrga eʼtibor — kelajakka eʼtibor.
Тelegram
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
X
|
Threads

September 11, 15:07
Media unavailable
8
Show in Telegram

ДЛЯ РУКОВОДИТЕЛЯ ПОНИМАТЬ ЛЮДЕЙ — ЗНАЧИТ ПРЕДУПРЕЖДАТЬ РИСКИ
🇺🇿
В Заамине начался практический тренинг «Управление HR-рисками» для руководителей и кадровых специалистов налоговой системы.
📍
С 10 по 13 сентября в живописном Зааминском районе Джизакской области проходит практический тренинг
«Управление HR-рисками»
для сотрудников системы Налогового комитета.
В стремительно меняющейся рабочей среде эффективность организации зависит не только от современных технологий и отлаженных процессов, но и от
умения грамотно управлять человеческими ресурсами
.
У каждого сотрудника есть сильные и слабые стороны, способности, потенциал, мотивация и потребность в профессиональном росте.
Задача руководителя — своевременно разглядеть эти особенности, поддержать перспективного специалиста и создать условия, в которых его возможности раскроются в полной мере.
Ведь вовремя не замеченная проблема со временем может стать управленческим риском, а оставленный без внимания потенциал — упущенной возможностью.
Именно поэтому тренинг имеет особое значение для системы Налогового комитета. Он направлен на повышение эффективности работы с персоналом,
заблаговременное выявление и предупреждение кадровых рисков
, рациональное использование потенциала сотрудников и широкое внедрение современных HR-подходов.
В соответствии с утверждённым списком в тренинге участвуют специалисты территориальных налоговых органов и структурных подразделений центрального аппарата Налогового комитета, начальники всех территориальных налоговых управлений и руководители кадровых отделов, а также представители республиканских и местных СМИ и блогеры.
🎙
Мероприятие ведёт директор Департамента развития и управления человеческими ресурсами Налогового комитета
Турабек Тураев
. Он рассказал о целях и задачах тренинга, подчеркнув актуальность стратегического управления человеческими ресурсами.
Как он отметил, эффективная HR-политика не ограничивается приёмом сотрудников на работу или оценкой их деятельности. Прежде всего, это
умение понимать человека, верно оценивать его потенциал, выстраивать отношения в коллективе и предвидеть риски до того, как они перерастут в проблемы
.
🤝
В мероприятии также принял участие ответственный сотрудник Агентства эффективности управления
Хотамбек Шокиров
, который поделился своим мнением о современных подходах к управлению, развитии руководящего потенциала и эффективной работе с человеческими ресурсами.
🌐
Практические занятия проходят с участием тренеров, обладающих международным опытом. Участники обмениваются опытом применения современных HR-подходов, оценки рисков и эффективного управления командой. Особое внимание уделяется выявлению сильных сторон сотрудников и качеств, требующих развития, а также системному управлению рисками, связанными с человеческим фактором.
Разглядеть сильного специалиста — лишь первый шаг.
Не менее важно грамотно использовать его потенциал, открыть возможности для профессионального роста, обеспечить достойные условия работы и по достоинству оценить его труд. Всё это — необходимые условия эффективного управления.
В противном случае перспективный сотрудник, оставшийся без внимания, может потерять мотивацию, а коллектив — столкнуться с нарушением внутреннего равновесия и текучестью кадров.
Управление HR-рисками — это искусство предвидеть проблему и своевременно находить решение, прежде чем придётся бороться с её последствиями.
🤝
В мероприятии также принял участие первый заместитель хокима Джизакской области
Зафар Азимов
, который рассказал о подходах к эффективному управлению и работе с человеческим капиталом в регионе.
🏨
Тренинг организован в гостинице
«Zafaron premium»
Зааминского района.
Человек — самый ценный ресурс любой системы. Истинное мастерство руководителя — не только управлять людьми, но и понимать их, развивать и беречь их потенциал.
Ведь тот, кто вовремя раскрывает для себя потенциал человека, не упускает открывающихся возможностей.
Тelegram
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
X
|
Threads

September 11, 07:26
Media unavailable
9
Show in Telegram

INSONNI ANGLAGAN RAHBAR — XAVFNI OLDINDAN KOʻRA BILADI
🇺🇿
Zominda soliq tizimi rahbar va kadrlar mutaxassislari uchun “HR xavflarini boshqarish” mavzusida amaliy trening boshlandi.
📍
Jizzax viloyatining soʻlim Zomin tumanida 10–13-sentyabr kunlari Soliq qoʻmitasi tizimi xodimlari uchun “
HR xavflarini boshqarish
” mavzusida amaliy trening oʻtkazilmoqda.
Bugungi tez oʻzgarayotgan mehnat muhitida tashkilot samaradorligi nafaqat zamonaviy texnologiya yoki mukammal tizimlarga, balki
inson resurslarini qanchalik toʻgʻri boshqara olishga
ham bevosita bogʻliq.
Zero, har bir xodimning oʻz kuchli va zaif tomonlari, qobiliyati, salohiyati, motivatsiyasi va kasbiy oʻsishga boʻlgan ehtiyoji bor.
Rahbarning vazifasi esa ana shu jihatlarni oldindan anglash, kuchli salohiyatga ega xodimni qoʻllab-quvvatlash va uning imkoniyatlarini toʻliq namoyon etishi uchun zarur sharoit yaratishdan iborat.
Chunki oʻz vaqtida aniqlanmagan muammo — keyinchalik boshqaruv xavfiga, eʼtiborsiz qoldirilgan salohiyat esa — yoʻqotilgan imkoniyatga aylanishi mumkin.
Shu nuqtai nazardan, mazkur trening Soliq qoʻmitasi tizimida inson resurslarini samarali boshqarish,
kadrlar bilan bogʻliq xavflarni oldindan aniqlash va ularning oldini olish
, xodimlarning salohiyatidan oqilona foydalanish hamda zamonaviy HR yondashuvlarini amaliyotga keng tatbiq etishga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
Treningda belgilangan roʻyxatga muvofiq hududiy soliq organlari hamda Soliq qoʻmitasi markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari mutaxassislari, barcha hududiy soliq boshqarmalari boshliqlari va kadrlar boʻlimi rahbarlari, shuningdek, respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda blogerlar ishtirok etmoqda.
🎙
Tadbirni Soliq qoʻmitasi Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish departamenti direktori
Toʻrabek Toʻrayev
boshqarib borib, treningning maqsad va vazifalari, inson resurslarini strategik boshqarishning bugungi kundagi ahamiyati xususida soʻz yuritdi.
U taʼkidlaganidek, samarali HR siyosati — bu faqat kadrlarni ishga qabul qilish yoki ularning faoliyatini baholash emas. Bu, avvalo,
insonni tushunish, uning salohiyatini toʻgʻri baholash, jamoadagi munosabatlarni boshqarish va ehtimoliy xavflarni muammoga aylanishidan oldin koʻra bilish
demakdir.
🤝
Shuningdek, tadbirda Boshqaruv samaradorligi agentligi masʼul xodimi
Xotambek Shokirov
ishtirok etib, zamonaviy boshqaruv, rahbarlik salohiyati va inson resurslarini samarali boshqarish masalalari yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.
🌐
Amaliy mashgʻulotlar jarayonida xalqaro tajribaga ega trenerlar ishtirok etib, HR sohasidagi zamonaviy yondashuvlar, risklarni baholash, jamoani samarali boshqarish, xodimlarning kuchli va rivojlantirilishi zarur boʻlgan jihatlarini aniqlash hamda inson omili bilan bogʻliq xavflarni tizimli ravishda boshqarish boʻyicha tajriba almashilmoqda.
Zero,
kuchli xodimni faqat aniqlashning oʻzi yetarli emas.
Uning salohiyatidan toʻgʻri foydalanish, kasbiy oʻsishi uchun imkoniyat yaratish, munosib ish muhitini taʼminlash va mehnatiga munosib baho berish ham samarali boshqaruvning muhim shartidir.
Aks holda, eʼtiborsiz qolgan salohiyatli mutaxassisning motivatsiyasi pasayishi, jamoadagi ichki muvozanat buzilishi yoki kadrlar qoʻnimsizligi kabi holatlar yuzaga kelishi mumkin.
Shu maʼnoda,
HR xavflarini boshqarish — muammo paydo boʻlgach, uni bartaraf etish emas, balki muammoning paydo boʻlish ehtimolini oldindan koʻra bilish va unga oʻz vaqtida yechim topish sanʼatidir.
🤝
Tadbirda Jizzax viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari
Zafar Azimov
ham ishtirok etib, hududda samarali boshqaruv va inson kapitali bilan ishlash borasidagi yondashuvlar haqida fikr bildirdi.
🏨
Trening Zomin tumanidagi “Zafaron premium” mehmonxonasida tashkil etilgan.
Inson — har qanday tizimning eng qimmatli resursi. Rahbarning haqiqiy mahorati esa ana shu resursni nafaqat boshqarish, balki uni anglash, rivojlantirish va asrashdadir.
Chunki inson salohiyatini oʻz vaqtida anglagan rahbar — imkoniyatni boy bermaydi.
Тelegram
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
X
|
Threads

September 11, 04:41
Media unavailable
1
Show in Telegram

📸
KUN FOTOSI
Ochiq muloqot — ishonchli hamkorlik sari qadam
Soliq xizmati xodimlari va tadbirkorlar oʻrtasidagi ochiq muloqotlar — oʻzaro ishonch, hamkorlik va qonuniy faoliyatni qoʻllab-quvvatlashning muhim omili.
Zero, har bir tadbirkorga koʻmak — soliq maʼmuriyatchiligining xizmat ko‘rsatishga yoʻnaltirilganini namoyon etadi.
Тelegram
|Facebook
|YouTube|
Instagram
|X|
Threads

September 10, 04:19
Media unavailable
1
Show in Telegram

#soliq_taqvimi
🗓
Eslatma
❗️
2026-yil 10-sentabr
avgust oyi uchun:
- aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
👉
Soliq kodeksi 292-moddasi birinchi qismi
👉
Soliq kodeksi 293-moddasi birinchi qismi
sentabr oyi uchun
:
- aylanmadan soliq toʻlovchilar hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining oʻn ikkidan bir qismi miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
👉
Soliq kodeksi 417-moddasi oltinchi qismi
– aylanmadan soliq toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining oʻn ikkidan bir qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
👉
Soliq kodeksi 432-moddasi birinchi qismi
___________
#календарь_налогоплательщика
🗓
Напоминаем
❗️
10 сентября 2026 года последний день
за август:
- представления расчета и уплаты акцизного налога за август
👉
ч.1 ст. 292 Налогового кодекса
👉
ч. 1 ст. 293 Налогового кодекса
за сентябрь
:
– уплаты авансовых платежей налогоплательщиками, не являющимися плательщиками налога с оборота по налогу на имущество в размере 1/12 части годовой суммы налога за сентябрь
👉
ч.6 ст. 417 Налогового кодекса
– уплаты земельного налога за земли несельскохозяйственного назначения налогоплательщиками, не относящимися к плательщикам налога с оборота, в размере 1/12 части годовой суммы налога
👉
ч.1 ст. 432 Налогового кодекса
Тelegram
|Facebook
|YouTube|
Instagram
|X|
Threads

September 09, 13:03
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#qonunchilikdagi_yangiliklar
Qarzdorlik hisobiga tijorat banklari balansiga ixtiyoriy berilgan mulklar QQSdan ozod qilinadi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “
Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”
gi
Farmoni
qabul qilindi.
👉
PF-177, 28.08.2026-y
.
Farmonga asosan, 2030-yil 1-yanvarga qadar:
- qarzdorlik evaziga tijorat banklari balansiga olingan va ular muassisligidagi investitsiya kompaniyalari balansidagi ko‘chmas mulk obyektlarini sotib olayotgan xaridorlar, shuningdek, balansga qabul qilayotgan banklar va ular muassisligidagi investitsiya kompaniyalari ushbu ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha
mol-mulk solig‘i va yer solig‘idan ozod etiladi
;
-
bunda tijorat banklari mulkni balansga qabul qilgan sanadan
6 oy
muddatga, investitsiya kompaniyalari mulkni balansga qabul qilgan sanadan
12 oy
muddatga, xaridorlar mulkni to‘liq summasini to‘lab sotib olganda
12 oy
muddatga
mol-mulk solig‘i va yer solig‘idan ozod etiladi
.
- mol-mulklar qarzdorlik evaziga undan voz kechish haqidagi shartnomaga asosan tijorat bankiga ixtiyoriy topshirilganda mulk egasi bo‘lgan yuridik shaxs
QQS to‘lashdan ozod etiladi;
- tijorat banklari balansidagi qarzdorlik evaziga olingan mol-mulkni bir yildan ortiq muddatga bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotishda
qo‘shilgan qiymat solig‘i
mol-mulkning sotish qiymati bilan balans qiymati o‘rtasidagi
ijobiy farqqa nisbatan hisoblanadi.
Qarzdorlikning suddan tashqari tartibda undiruvini rag‘batlantirish maqsadida qarzdorlik evaziga mol-mulkdan ixtiyoriy voz kechish haqidagi shartnoma doirasida garovda turgan mol-mulklar bankka berilayotganda
soliq idoralari
va Majburiy ijro byurosida soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorligi yuzasidan mavjud taqiqlarni istisno qilgan holda notarial bitimlarni amalga oshirish bo‘yicha notariuslarga va
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha Kadastr agentligiga vakolat beriladi.
Bunda mol-mulk bo‘yicha mavjud majburiyatlar uning sobiq egasi qarzdor (garovga qo‘yuvchi) zimmasida qoladi.
Тelegram
|Facebook
|Youtube|
Instagram
|X|
Threads

September 09, 11:24
Media unavailable
1
Show in Telegram

#konstitutsiyaviy_burch

Soliqlarni to‘lash – bu majburiyat emas, konstitutsiyaviy burchimizdir!
Тelegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube

September 09, 11:11
Media unavailable
6
Show in Telegram

#Seminar
Tadbirkorlarga yangiliklar yetkazilmoqda
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan hududlarda tadbirkorlar ishtirokida amaliy seminarlar tashkil etilmoqda.
Navbatdagi uchrashuv
Kogon shahri va Kogon tumani tadbirkorlari
ishtirokida o‘tkazildi.
Seminarlarda tadbirkorlar uchun yaratilayotgan
yangi imkoniyat va yengilliklar
, shuningdek,
PF-175-son Farmon
hamda
PF-176-son
Farmon
da belgilangan vazifalar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Muloqotlar davomida tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolar va takliflar ham tinglandi. Bildirilgan murojaatlar yuzasidan mas’ul xodimlar tomonidan tegishli tushuntirish va javoblar berildi.
Bunday uchrashuvlar tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish hamda biznes yuritish uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni keng targ‘ib etishga xizmat qilmoqda.
Тelegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube

September 09, 06:54
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#alkogol
#yigʻim
Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imni to‘lash tartibi
Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘im alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish boshlanganligi to‘g‘risida
license.gov.uz
orqali xabarnoma yuborilgan kundan e’tiboran to‘lanadi.
❗️
Bildirishnoma elektron litsenziyalash tizimi
license.gov.uz
orqali yuboriladi.
Bunda xabarnoma:
🗓
joriy oyning 20-sanasiga qadar yuborilganda yig‘im ushbu oy uchun to‘liq hajmda,
🗓
joriy oyning 20-sanasidan keyin yuborilganda keyingi oyning 1-sanasidan boshlab hisoblab chiqariladi.
Agar alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish, shu jumladan, umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan realizatsiya qilish bir nechta statsionar savdo va (yoki) umumiy ovqatlanish punktlari orqali amalga oshirilsa, alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlar belgilangan stavkalar doirasida statsionar savdo va (yoki) umumiy ovqatlanish punktlarining soniga, shuningdek, ularning har biri joylashgan hudud o‘lchamlariga mutanosib ravishda hisoblab chiqariladi hamda undiriladi.
❗️
Eslatma: Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish faoliyati tugatilganida
license.gov.uz
orqali xabarnoma bekor qilinganligini tekshirish tavsiya etiladi.
Xabarnoma elektron litsenziyalash tizimi
license.gov.uz
orqali bekor qilinmaguniga qadar alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlar hisoblanadi.
👉
2026-yil uchun alkogol
mahsulotlarini
realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘im stavkalari
❗️
Bildirishnoma alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘im stavkalari Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlari qarorlariga asosan 20 foizgacha oshirilishi mumkin.
👉
(PQ-387. 2v-band)
Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo
qilish faoliyati tugatilganda yig‘imni hisoblab chiqarish keyingi oyning 1-sanasidan to‘xtatiladi.
👉
Soliq kodeksi 460-modda
Tugatilgan faoliyat tiklanganda
tadbirkorlik subyekti ruxsatnoma olish uchun yangi xabarnoma yuborishi lozim.
Тelegram
|Facebook
|Youtube|
Instagram
|X|
Threads

September 09, 04:29
Media unavailable
1
Show in Telegram

#soliq_taqvimi
🗓
Eslatma
❗️
2026-yil
9-sentabr
sentabr oyi uchun:

alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish, pivo va pivo ichimliklari bilan chakana savdo qilish yoki tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻimni toʻlashning oxirgi kuni.
👉
Soliq kodeksi 460-moddasi 6-qismi
_______________
#календарь_налогоплательщика
🗓
Напоминаем
❗️
9 сентября 2026 года последний день
за сентябрь:

уплаты сбора за право реализации алкогольной продукции, розничной торговли пивом и пивными напитками или розничной торговли табачной продукцией.
👉
ч.6 ст. 460 НK
Тelegram
|Facebook
|YouTube|
Instagram
|X|
Threads