Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Sport Dunyosi

sport_dunyosi_uz
📢 Sport yangiliklari 💥 Qiziqarli ma’lumotlar 📺 Foydali kontentlar 🎤 Intervyular ⚽️ Sharh va tahlillar Murojaat uchun: 👉 @GalacticaAgencyPR
Subscribers
1 226
24 hours
-2
30 days
-28
Post views
141
ER
11,5%
Posts (30d)
41
Characters in post
579
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Sports
Audience gender
Male
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Media & Communication
Summary
September 11, 08:04
Media unavailable
4
Show in Telegram

58 yoshli prezident 100 kg shtangani bemalol ko‘tardi!
💪
🇲🇳
Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux harbiy qismga tashrifi davomida kutilmagan tarzda o‘zining jismoniy tayyorgarligini namoyish etdi.
U
100 kg og‘irlikdagi shtanga bilan 20 marta
yotgan holda mashq bajardi. Eng qizig‘i, prezident mashqdan oldin maxsus qizish mashqlarini ham bajarmagan.
😳
Xurelsux boks, fitnes va chang‘i sporti bilan shug‘ullanishi, shuningdek, ot minish va motosportga qiziqishi bilan tanilgan.
58 yoshda ham bunday forma — qoyil!
💪
🔥
🌐
Telegram
🌐
Instagram
🌐
Facebook
📺
YouTube

September 10, 10:45
Media unavailable
4
Show in Telegram

Neymarning sobiq va hozirgi sevgilisi birga ovqat tayyorlashdi!
🔥
😳
Neymarning rafiqasi Bruna Byankardi va uning sobiq sevgilisi, o‘g‘li Davi Lucca’ning onasi Karolina Dantas bir oshxonada birga ko‘rinish berdi.
Bruna YouTube’dagi ko‘rsatuviga Karolinani mehmon sifatida taklif qilib, ular birga taom tayyorlashdi va munosabatlari haqida suhbatlashishdi.
👀
Eng qizig‘i, ikki ayol vaqt o‘tishi bilan yaxshi munosabat o‘rnatganini va hech qachon janjallashmaganini aytishdi. Videoda ularning farzandlari ham birga bo‘lgan, Neymar esa kadr ortida ko‘rinish bergan.
Sizningcha, bunday munosabatga qanday qaraysiz?
👇
🌐
Telegram
🌐
Instagram
🌐
Facebook
📺
YouTube

September 09, 13:08
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

PFL “svet”siz qolgan “Bunyodkor”ni qutqarish uchun 1000 so‘mdan bo‘lsa ham yordam berishni so‘radi
“Bunyodkor” stadioni qarzdorlik tufayli 4-sentyabrdan beri elektr ta’minotisiz qolayotgan edi. O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi stadionning qarzi qariyb 2 milliard so‘mga yetganini ma’lum qilgandi.
Dastlab DOMO ilovasi stadionning qarzini to‘lash uchun xayriya bo‘limini ishga tushirgan. PFL Matbuot xizmati esa bu haqidagi xabarni saytga joylab, vatandoshlardan hech bo‘lmaganda 1 000 so‘m yoki imkoniyatlari darajasida pul o‘tkazish orqali stadionga murakkab vaziyatdan chiqib ketish uchun yordam berishni so‘ragan.
Biroq, bu turli bahs-munozaralarni boshlab berdi. 9-sentabr 18:00 holatiga xabar o‘chirib tashlangan. Ammo qator mahalliy OAV va blogerlarda skrinshot saqlanib qolgan.
Ushbu stadionda ijara asosida faoliyat yuritib kelayotgan PFL ofisi ham vaqtincha masofadan ishlash rejimiga o‘tgan.
Liga bilan bog‘liq ishi bor tashkilotlar va jismoniy shaxslardan murojaatlarni info@pfl.uz elektron pochtasiga yuborishlari so‘ralgan.
🌐
Telegram
🌐
Instagram
🌐
Facebook
📺
YouTube

September 09, 09:51
Media unavailable
4
Show in Telegram

🚽
Futbolchi o‘yin vaqtida hojatxonaga chiqib keldi, keyin hatto gol ham urdi!
😂
⚽️
Braziliyaning “Juventude” klubi futbolchisi Markos Paulo uchrashuv vaqtida to‘satdan kiyinish xonasiga yugurib ketdi.
Jamoadoshlariga esa faqat: “Boshqa chiday olmayman”, — degan.
😅
Murabbiylar uni almashtirishga tayyorlanayotgan bir paytda Paulo maydonga qaytdi. Eng qizig‘i — yengil tortib qaytgan futbolchi gol ham urdi!
😂
🔥
Futbolda hali bunaqasi bo‘lmagandi.Yoki bo‘lganmidi?
😄
🌐
Telegram
🌐
Instagram
🌐
Facebook
📺
YouTube

September 09, 06:24
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🐐
Messi Ispaniyada yana bir klub sotib olmoqchi!
Marca xabariga ko‘ra, Lionel Messi Ispaniya 2-divizionida o‘ynayotgan “Eldense” klubining 100% aksiyalarini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Bitim yaqin kunlarda rasman yakunlanishi kutilmoqda.
Bu Messining Ispaniya futbolidagi ikkinchi klubi bo‘ladi. Avvalroq u Kataloniyada joylashgan “Kornelya”ni sotib olgandi. “Eldense” ayni paytda inqiroz yoqasida: jamoa 4 turda atigi 2 ochko jamg‘argan va bosh murabbiyini ishdan bo‘shatgan.
🌐
Telegram
🌐
Instagram
🌐
Facebook
📺
YouTube

September 08, 06:52
Media unavailable
4
Show in Telegram

Bitta yuguruvchi — 11 ta homiy!
😅
Braziliyalik yuguruvchi 5-o‘rinni olganidan keyin taqdirlash marosimiga homiylarning 11 ta futbolkasini birvarakayiga kiyib chiqdi!
👕
👕
👕
👕
👕
👕
👕
👕
👕
👕
👕
Medalni olishdan oldin reklama rejasini ham bajarib qo‘yish kerak-da!
😂
Obunachilar yaxshiyam u 5-o‘rinni olgani, agar g‘olib yoki kuchli uchlikka kirganida homiylarning sanog‘i bo‘lmasligini yozib, hazillashishmoqda.
🌐
Telegram
🌐
Instagram
🌐
Facebook
📺
YouTube

September 07, 06:30
Media unavailable
4
Show in Telegram

100 metrga yugurishda g‘olibni “don-don ziki” hal qildi
😂
🏃‍♂️
Shveysariyadagi yoshlar chempionatining 100 metrga yugurish bahsida ikki sportchi yarim finalda raqiblaridan shu qadar o‘zib ketdiki, g‘olibni “don-don ziki” orqali aniqlashga qaror qilishdi.
😂
🪨
✂️
📄
O‘yinda yutqazgan sportchi tezligini pasaytirdi, ikkinchisi esa marraga birinchi bo‘lib keldi.
Eng qizig‘i, finalga ikkita yo‘llanma berilgani sababli, ikkalasi ham finalga chiqdi!
🔥
Hazil ham bo‘ldi, final ham qo‘lga kiritildi.
🌐
Telegram
🌐
Instagram
🌐
Facebook
📺
YouTube

September 05, 10:18
Media unavailable
4
Show in Telegram

Darvozabonning irimi o‘ziga qarshi ishladi
😂
🥅
Kolumbiyaning “Atletiko” jamoasi darvozaboni Kali penalti oldidan darvoza to‘sinini tekshirmoqchi bo‘lganida,
to‘sin qulab, boshiga tushishiga oz qoldi.
😳
Darvoza ta’mirlanib, penalti tepishga ruxsat berildi. Ammo kutilmaganda penalti ijrochisi ham zarbani aniq yo‘llay olmay, imkoniyatni boy berdi.
Irim qilaman deb, o‘zi xavf ostida qolib ketdi!
🌐
Telegram
🌐
Instagram
🌐
Facebook
📺
YouTube

September 04, 11:57
Media unavailable
4
Show in Telegram

“Betis” tarbiyalanuvchisi klub bilan ko‘z yoshlarida xayrlashdi
💔
⚽️
5 yoshidan beri “Betis” tizimida bo‘lgan Pablo Garsiya La Liga moliyaviy qoidalari sabab klubni tark etishga majbur bo‘ldi.
Uni klub bazasidan olib ketish uchun onasi keldi. Muxlislar bilan xayrlashuv chog‘ida Pablo ham, onasi ham ko‘z yoshlarini tiyolmadi.
🥹
Muxlislar va jurnalistlar esa ularni olqishlar bilan kuzatib qo‘yishdi.
👏
Ba’zi xayrlashuvlar shunchaki transfer emas, bir davrning yakuni bo‘ladi…
💔
🌐
Telegram
🌐
Instagram
🌐
Facebook
📺
YouTube

September 04, 11:30
Media unavailable
4
Show in Telegram

Ruminiya kubogi qur’asidagi “ko‘zbo‘yamachilik” yana kun tartibida
O‘tgan mavsum Ruminiya kubogi uchun qur’a tashlash marosimida sodir bo‘lgan shubhali holat videosi yana ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Qur’a paytida amalga oshirilgan nozik harakat ko‘pchilikning e’tiboridan chetda qolmagan. Endi esa video qayta tarqalib, “Bu tasodifmi yoki oldindan tayyorlangan harakat?” degan savollarni uyg‘otmoqda.
👀
Sizningcha, bu yerda nima bo‘lgan?
🤔
🌐
Telegram
🌐
Instagram
🌐
Facebook
📺
YouTube