Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Savdo-sanoat palatasi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi

sspjizzaxviloyati
🌐 Rasmiy sahifalarimiz: 🔹 Facebook: uzchamber.jz 📧 El-pochta: jizzax.ssp@mail.ru 🔗 Telegram: @JIZZAXBIZNESKLUB 📞 Murojaat uchun: (+998) 72-226-24-47 📍 Manzil: Jizzax shahar, Sh.Rashidov ko‘chasi, 63-uy.
Subscribers
1 084
24 hours
-2
30 days
4
Post views
268
ER
24,72%
Posts (30d)
84
Characters in post
1 013
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Business & Economy Blog
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Business & Management
Summary
July 21, 11:31
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#InnoWeek_2026

Hurmatli olimlar, tadbirkorlar va investorlar!
👉
2026-yilning 27–29-oktabr kunlari
“InnoWeek–2026”
— xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi bo‘lib o‘tadi.
Tadbir ilm-fan, yuqori texnologiyalar va investitsiyalar sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, unda quyidagi yo‘nalishlar qamrab olinadi:
⚫️
Istiqbolli loyihalar va startaplar taqdimoti;
⚫️
Olimlarning yangi texnologiyalari namoyishi;
⚫️
Chet ellik va mahalliy hamkorlar, investorlar hamda biznes vakillari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish.
🔎
Sana:
2026-yil, 27–29-oktabr

O‘tkazilish joyi:
CAEx
☑️
Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting:
https://innoweek.uz
👍
BiznesKlub
👍
Telegram
👍
Facebook
👍
Youtube
👍
Instagram

July 20, 12:26
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan tadbirkorlarning navbatdagi
"Ochiq muloqot"
tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish doirasida tadbirkorlar o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazish masalasi yuzasidan mas'ul tashkilotlar ishtirokida muhokama o‘tkazildi.
👥
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Makroiqtisodiy tahlil va iqtisodiy islohotlar markazi, Biznes-ombudsman Jizzax viloyat sho‘basi, Viloyat statistika boshqarmasi hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi vakillari ishtirok etdi.
💬
Uchrashuv davomida tadbirkorlar o‘rtasida so‘rovnomalarni tashkil etish tartibi, hamkorlik mexanizmlari hamda keyingi bosqichlarda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yuzasidan kelishuvga erishildi.
🤝
Mazkur hamkorlik tadbirkorlarning muammolari va takliflarini tizimli o‘rganish, ularning fikrlarini ochiq muloqot kun tartibiga kiritishda muhim ahamiyat kasb etadi.
👍
BiznesKlub
👍
Telegram
👍
Facebook
👍
Youtube
👍
Instagram

July 20, 06:51
Media unavailable
2
Show in Telegram

📰
📰
📰
📰
📰
📰
📰
📰
Jizzaxda
"Ochiq muloqot–2026"
doirasida sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi masalalariga bag‘ishlangan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
🤝
Tadbirda tadbirkorlarning murojaat va takliflari tinglanib, dolzarb masalalar yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi.
📹
Batafsil — videolavhada tomosha qiling.
👍
BiznesKlub
👍
Telegram
👍
Facebook
👍
Youtube
👍
Instagram

July 20, 06:45
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

Baxmalda tadbirkorlar bilan soliq sohasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
Jizzax viloyati soliq boshqarmasi, Biznes-Ombudsman Jizzax viloyat sho‘basi, Jizzax viloyati Savdo-sanoat palatasi boshqarmasi hamda OAV vakillari ishtirokida Baxmal tumanida tadbirkorlar bilan "Ochiq muloqot" tashkil etildi.
Uchrashuvda soliq qonunchiligidagi so‘nggi o‘zgarishlar hamda tegishli farmonlarning tadbirkorlik faoliyati uchun beradigan imkoniyatlari batafsil yoritildi. Muloqot rasmiy tusdagi yig‘ilish emas, balki amaliy "muammoni aniqlab, yechimini topish" tamoyiliga asoslangan holda o‘tkazildi:
⚡️
Tumandagi tadbirkorlarning faoliyatida yuzaga kelayotgan turli to‘siq va muammolari mas’ul mutaxassislar ishtirokida shu yerning o‘zida muhokama qilindi hamda ularning katta qismiga ijobiy yechim topildi.
⚖️
Tadbirkorlarga soliq imtiyozlaridan to‘g‘ri va samarali foydalanish bo‘yicha zarur huquqiy maslahatlar berildi. Chuqurroq tahlil va qo‘shimcha vaqt talab qiladigan murojaatlar esa viloyat soliq boshqarmasi rahbariyati tomonidan alohida nazoratga olindi.
So‘nggi qabul qilingan farmonlarning asosiy maqsadi — soliq tizimini tadbirkorga nisbatan "nazorat qiluvchi" emas, balki uning ishonchli "hamkori va yordamchisi"ga aylantirishdan iborat. Baxmal tumanida o‘tkazilgan ushbu ochiq muloqot ham aynan shu yo‘nalishdagi amaliy qadamlardan biri bo‘ldi.
👍
BiznesKlub
👍
Telegram
👍
Facebook
👍
Youtube
👍
Instagram

July 20, 06:38
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🥳
🥳
🥳
🥳
🎉
TUG‘ILGAN KUNINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!
Hurmatli
Muhammad Musayev
!
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi jamoasi nomidan Sizni tavallud ayyomingiz bilan chin dildan tabriklaymiz!
Sizning mas’uliyatli mehnatingiz, yuksak kasbiy mahoratingiz, halolligingiz va ishga fidoyiligingiz boshqarmamiz faoliyatini samarali tashkil etishda muhim o‘rin tutib kelmoqda. Jamoa rivoji yo‘lidagi xizmatlaringiz, kasbingizga bo‘lgan sadoqatingiz hamda hamkasblaringiz orasidagi yuksak obro‘-e’tiboringiz alohida e’tirofga loyiqdir.
Sizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat, xonadoningizga tinchlik va farovonlik, mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, ezgu niyat va maqsadlaringiz ro‘yobga chiqishini hamda yangidan-yangi yutuqlarni tilaymiz!
Hurmat bilan,
👍
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi
Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi jamoasi
👍
BiznesKlub
👍
Telegram
👍
Facebook
👍
Youtube
👍
Instagram

July 20, 06:15
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

G‘allaorolda tadbirkorlar bilan soliq sohasida ochiq muloqot bo'lib o'tdi
Jizzax viloyati soliq boshqarmasi, Biznes-Ombudsman Jizzax viloyat sho‘basi, Jizzax viloyati Savdo-sanoat palatasi boshqarmasi hamda OAV vakillari ishtirokida G‘allaorol tumanida tadbirkorlar bilan "Ochiq muloqot" bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda soliq qonunchiligidagi so‘nggi yangiliklar hamda yuqoridagi farmonlarning biznes uchun keltiradigan tub afzalliklari batafsil tushuntirildi. Eng muhimi, uchrashuv shunchaki suhbat emas, balki
"muammo-yechim"
tamoyili asosida o‘tdi:
⚡️
10 ga yaqin
tadbirkorning faoliyatida yuzaga kelayotgan to‘siq va muammolari aynan shu yerning o‘zida, mutasaddilar ishtirokida ijobiy yechim topdi.
⚖️
5 nafar
tadbirkorga soliq qonunchiligi va imtiyozlardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha zarur huquqiy maslahatlar berildi.
🎯
Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan
3 ta murojaat
viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i tomonidan shaxsiy nazoratga olindi.
Yangi qabul qilingan farmonlar soliq tizimini tadbirkorga "jazo beruvchi" emas, balki unga
"ko‘makchi va hamkor"
bo‘lgan tizimga aylantirishni ko‘zda tutadi. G‘allaoroldagi ochiq muloqot ham aynan shu maqsadga xizmat qildi.
👍
BiznesKlub
👍
Telegram
👍
Facebook
👍
Youtube
👍
Instagram

July 17, 12:29
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

HURMATLI TADBIRKORLAR!
2026-yil 18-iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining topshirig'i hamda Jizzax viloyati hokimining qaroriga muvofiq, tadbirkorlik subyektlari bilan
soliq sohasidagi masalalar yuzasidan
navbatdagi "Ochiq muloqot" tashkil etiladi.
➡️
G'allaorol tumani

Vaqti: soat 10:00
📍
Manzili: 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab majlislar zali
➡️
Baxmal tumani

Vaqti: soat 14:00
📍
Manzili: Tuman hokimligi binosi
💬
Tadbir davomida tadbirkorlarning soliq sohasidagi murojaatlari, ushbu yo'nalishda faoliyatlarida yuzaga kelayotgan muammo va takliflari ko'rib chiqilib, mas'ul tashkilotlar ishtirokida joyida yechim topish masalalari muhokama qilinadi.
📊
Muloqotda Biznes-Ombudsman Jizzax viloyat sho'basi, Savdo-sanoat palatasi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi, Jizzax viloyat soliq boshqarmasi, "Ochiq muloqot-2026" shtabi a'zolari, OAV vakillari, shuningdek G'allaorol va Baxmal tumanlari tadbirkorlari ishtirok etadi.
📞
Ro'yxatdan o'tish uchun murojaat qiling:
📱
+998 93 866 77 00
📱
+998 99 703 06 77
Barcha tadbirkorlarni tadbirda faol ishtirok etishga taklif etamiz.
👍
BiznesKlub
👍
Telegram
👍
Facebook
👍
Youtube
👍
Instagram

July 17, 11:09
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

Jizzaxda sanitariya-epidemiologik osiyishtalik va jamoat salomatligi sohasida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo'lib o'tdi
Jizzax viloyat sanitariya-epidemiologik osiyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi binosi мажlislar zalida "Ochiq muloqot-2026" doirasida tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
🤝
Tadbirda Biznes-Ombudsman Jizzax viloyati shu'basi, Savdo-sanoat palatasi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi hamda Jizzax viloyati sanitariya-epidemiologik osiyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi rahbariyati ishtirok etdi.
👥
Uchrashuvda 50 dan ziyod tadbirkor ishtirok etib, o'z faoliyatlarida yuzaga kelayotgan muammo va takliflarini bildirishdi hamda tegishli mas'ul shaxslar bilan muhokama qilishdi.
Tadbir davomida ko'tarilgan masalalar bo'yicha aniq topshiriqlar berildi va yechimlar bo'yicha kelishuvlarga erishildi.
👍
BiznesKlub
👍
Telegram
👍
Facebook
👍
Youtube
👍
Instagram

July 17, 06:14
Media unavailable
1
Show in Telegram

July 17, 05:07
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

📢
DIQQAT, HURMATLI TADBIRKORLAR
!
🇺🇿
🇮🇶
O‘zbekiston – Iroq B2B biznes uchrashuvlari va Biznes forumiga taklif etamiz!
🗓
Sana: 18-iyul 2026-yil
🕔
Boshlanish vaqti: 09:00
📍
Toshkent shahar, Hilton mehmonxonasi
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etilayotgan mazkur xalqaro biznes forumida
200 nafardan ortiq
Iroq tadbirkorlari ishtirok etadi.
Forum doirasida eksport salohiyatiga ega korxonalar xorijiy hamkorlar bilan B2B uchrashuvlar o‘tkazib, yangi shartnomalar tuzish, mahsulotlarini Iroq bozoriga olib chiqish hamda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
💼
Forum davomida:
🔹
To‘g‘ridan-to‘g‘ri B2B muzokaralari
🔹
Eksport shartnomalarini tuzish
🔹
Iroq va Suriya bozorlariga kirish imkoniyatlari
🔹
O‘zbekistonning Iroq va Suriyadagi savdo uylari orqali mahsulotlarni joylashtirish masalalari yuzasidan taqdimotlar
📄
Tadbir dasturi bilan tanishish
📋
Jizzax viloyatidan ishtirok etuvchi korxonalar ro‘yxati

Iroq bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va eksport faoliyatini kengaytirish istagida bo‘lgan barcha tadbirkorlarni ushbu forumda faol ishtirok etishga chorlaymiz!
📞
Qo‘shimcha ma'lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun:
📱
+998 93 866 77 00
💬
Telegram:
@qobilov7700
👍
BiznesKlub
👍
Telegram
👍
Facebook
👍
Youtube
👍
Instagram