
StriveHub
StriveHub jamoasiga qo'shilish uchun oxirgi imkoniyat Iyunda bor edi. U o'tib ketti, qo'shila olganlar yutdi. Ammo hozir ham bittagina yo'l bor!
StriveHub Org Teamda Copywriter bo'lishga nima deysiz?
Talablar quyidagicha:
- kreativlik
- ona tilimizda ravon yozish qobilyati
- chet elga o'qishga topshirish bo'yicha tajriba
- ingliz tilini B2 darajada bilish
- e mayli, qolganini o'zimiz o'rgatib olamiz
😉
StriveHub esa sizga
- xushchaqchaq jamoa
- StriveHub Alumniga qo'shilish imkoniyati
- StriveHubning demokratik qarorlarida o'z ovoziga ega bo'lishni taklif qiladi!
Copywriterimizga aylanish uchun:
@MiRkOmI1_1
ga rezyume va/yoki o'zingiz haqingizda ma'lumot qoldiring.
Sizni axil jamoamizda kutib qolamiz!
StriveHubga tariflar shu oilaning a'zosi tomonidan berildi. All rights reserved
🫡
@StriveHub
Anchadan beri post tashlanmabdi-a?
Qanday qilib stipendiyani yangi hayotga yo‘llanma qilib oldim - siz ham shunday qila olasizmi?
🌱
Sen shunchaki ballar va diplomlar emassan
Stipendiya komissiyalari rezyumelarni emas, hikoyalarni o‘qiydi. Bolaliging og‘irmi? Boshqa davlatga yolg‘iz o‘zing ko‘chib keldingmi? Kichik bo‘lsa ham o‘z tashabbusing bormi? Bu haqda yoz. Yolg'onsiz va ta’sirsiz.
🖋️
Motivatsion xat - bu insho emas, balki ichki olamingga taklifnoma
Maktubimdagi bir jumla, keyinchalik koordinator tomonidan iqtibos keltirgan: "Men shunchaki o‘qishni emas, qaytib kelib, boshqalarga ham o‘rgatishni istayman."
Aynan shu voqea hayotimda burilish nuqtasi bo‘ldi.
📚
O‘zingga o‘xshaganlarni izlaydigan stipendiyalarni top
Eng mashhurlarini tanlab o‘tirma. O‘z hududingdagi, o‘z tarixing, o‘z qiziqishlaringga mos talabalarni qo‘llab-quvvatlaydiganlarni izla. Ilm-fandagi ayollar, faollar, ijodkor talabalar, qochqinlar uchun dasturlar mavjud - bu aysbergning faqat uchi xolos.
📌
Oltin qoida: javob beradigan joyga murojaat qil.
Agar shartlarni o‘qib, "Bu men haqimda ekan" deb o‘ylasang - o'ylamasdan topshir. Bu sening imkoniyating.
StriveHub
Shartlar: data science va AI loyihalarda ishtirok etish; ML modellari bilan ishlash; xalqaro jamoa bilan hamkorlik qilish
Talablar: ingliz tili; talaba yoki yaqinda bitirgan bo‘lish; Python tilini mukammal bilish; AI/ML haqida asosiy tushunchaga ega bo‘lish afzallik hisoblanadi
Moliyaviy kompensatsiya: stipendiya
Muddat: 21-aprel
https://iaea.taleo.net/careersection/ex/jobdetail.ftl?job=TAL-SGIM20260324-001
StriveHub
"Ariza topshirishdan oldin bilganimda edi" mavzusidagi maslahatlar:
1️⃣
Birinchi inshoingiz muvaffaqiyatsiz chiqadi - bu normal holat.
Yaxshi insho yozishning kaliti birinchi urinishda mukammal matn yozish emas, balki uni qayta yozish va takomillashtirishdadir. O‘zingizga tahrir qilish uchun vaqt bering.
2️⃣
Belgilangan 'deadline'lar ko‘ringandan tezroq keladi.
Ariza topshirishgacha hali ancha vaqt bor deb o‘ylasangiz, bu aldamchi tuyg‘u. Jarayonni bosqichlarga bo‘ling: dasturlarni tanlash, insho yozish, hujjatlarni yig‘ish, ariza topshirish.
3️⃣
Barcha dasturlar bir xil emas.
Universitetni faqat uning reytingiga qarab tanlash xato. U yerda qanday tadqiqotlar olib borilayotganini, mablag‘ ajratilayotgan-yo‘qligini va dastur sizning ko'zlab qo'ygan maqsadlaringizga qanchalik mos kelishini ko‘rib chiqing.
4️⃣
REJECTION - bu jarayonning bir qismi.
Hatto kuchli nomzodlar ham rad javobini olishadi. Bu oxiri emas, balki arizangizni yaxshilash va qaytadan urinib ko‘rish imkoniyatidir.
5️⃣
Aloqalar va tanish-bilishlar ko‘ringanidan ham muhimroq.
Tavsiya xatlari va sohadosh dasturdagi professorlar bilan aloqalar katta ahamiyatga ega. Ba’zida kuchli o‘qituvchidan kelgan bitta xat sizning GPA ko‘rsatkichingizdan ham muhimroq bo‘ladi.
StriveHub
🇨🇿
Chexiya Bakalavr Ta’limi
🎓
Top universitetlar:
– Charles University
– Czech Technical University in Prague
– Masaryk University
– Brno University of Technology
– University of Economics Prague
🎯
Xalqaro talabalar uchun grantlar:
– Czech Government Scholarship
– Universitetlarning ichki grantlari va chegirmalari
Qo'shimcha ma'lumotlar:
–Chexiyada ko‘p hollarda chex tilida o‘qish bepul bo‘ladi.
–Agar chex tilini bilmasangiz, ko‘p talabalar 1 yil tayyorlov kursi o‘qiydi.
📂
Talablari:
● Yaxshi GPA
(11-sinf attestat)
● Pasport
● Motivatsion xat
● Tavsiyanoma
● CV
● IELTS 6.5+
(Inglis tilidagi dasturlarga)
💰
Stipendiya nimalarni qoplaydi?
– Kontrakt to‘lovi(chex tilida o‘qisa bepul)
– Oylik stipendiya
– yotoqxona yoki yashash yordami
– Tayyorlov til kursi
⏰
Ariza muddati:
Odatda Fevral – Aprel.
🔗
Rasmiy sayt:
https://studyin.cz
StriveHub
🇫🇮
Finlandiya Bakalavr Ta’limi
🎓
Top universitetlar:
– University of Helsinki
– Aalto University
– University of Turku
– Tampere University
– University of Oulu
🎯
Xalqaro talabalar uchun grantlar:
– Finland Government Scholarship
– Universitetlarning ichki grantlari
📂
Talablari:
● Yaxshi GPA (11-sinf attestat)
● Pasport
● IELTS 6.5 – 7.0
● Motivatsion xat
● Tavsiyanoma
● CV
● SAT(ba'zan)
🥁
Stipendiya nimalarni qoplaydi?
( Finlandiyada stipendiya turi universitetga qarab farq qiladi)
– 50/100% kontrakt to‘lovi
– oylik stipendiya
– yashash xarajatlari uchun yordam
– Universitet xizmatlari ya'ni kutubxona,shifokor kabilar.
⏰
Ariza muddati:
Odatda Yanvar (yiliga bir marta).
🔗
Rasmiy sayt:
https://studyinfo.fi
StriveHub
🇪🇬
Misr Bakalavr Ta’limi
🎓
Top universitetlar:
Cairo University
Alexandria University
Ain Shams University
Al-Azhar University
American University in Cairo
📂
Talablari:
● Yaxshi GPA
(11-sinf attestat)
● Pasport
● Motivatsion xat
● Tavsiyanoma
● IELTS 6.0 – 6.5
(Inglis tilidagi dasturlarga)
● CV/Resume
🎯
Xalqaro talabalar uchun grantlar:
• Egypt Government Scholarship
• Universitetlarning ichki grantlar
Stipendiya nimalarni qoplaydi?
– 100% kontrakt to‘lovi
– Oylik stipendiya 30-40$
– Yotoqxona
– Tibbiy xizmat
– 1 yillik tayyorlov arab tili kursi
⏰
Ariza muddati:
Odatda May – Iyul.
🔗
Rasmiy sayt:
https://study-in-egypt.gov.eg
StriveHub
🇲🇦
Marokash Bakalavr Ta’limi
🎓
Top universitetlar:
– Mohammed V University
– Al Akhawayn University
– Cadi Ayyad University
– Hassan II University of Casablanca
– Sidi Mohamed Ben Abdellah University
🎯
Xalqaro talabalar uchun grantlar:
– Morocco Government Scholarship
– Universitetlarning ichki grantlari
📂
Talablari:
● Yaxshi GPA
(11-sinf attestat)
● Pasport
● Motivatsion xat
● Tavsiyanoma
● CV/Resume
● IELTS 6.0+
(ingliz tilidagi dasturlarga)
● Fransuz / Arab tili
💰
Stipendiya nimalarni qoplaydi?
– Kontrakt to‘lovi
– Oylik stipendiya 70-150$
– Ba’zan yotoqxona
– Tibbiy sug‘urta
– Tayyorlov arab yoki fransuz til kursi
⏰
Ariza muddati:
Odatda Mart – Iyun.
🔗
Rasmiy sayt:
https://www.studyinmorocco.ma
StriveHub