Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

STUDENTCHA HAZILLAR

studentcha_hazillar
• Talaba tirikmi, shu unga yetarli.. • Hazil bilan haqiqat sari... • Postlarni shaxsiy hayotimga aloqasi yoʻq! Murojaatlar: @Hazilkash_Student
Subscribers
1 129
24 hours
30 days
-20
Post views
615
ER
54,47%
Posts (30d)
1
Characters in post
360
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation Student Life
Audience gender
Female
Audience age
18-24
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
August 19, 17:45

#nazm
Oxiratni sotib qilg‘on kayfingga o‘rtancha barmog‘im,
Odam nomi yana isrof — hayfingga o‘rtancha barmog‘im.
Piyon qo‘sh ulfating qursin — biri qo‘shning, biri bojang,
O‘sha qo‘sh kulfating Noru Sayfingga o‘rtancha barmog‘im.
Bobom ul deb, zotim bul deb ko‘ring‘on zotga qaydingga
Va bo‘g‘izdan buloq bo‘lg‘on qaytingga o‘rtancha barmog‘im.
Ayni ro‘za oyi mirshabxona oldida dong qotding,
Tanlagan joyingu topgan paytingga o‘rtancha barmog‘im.
Tavba aylab zora yuvsang qo‘lansa ayb-gunohingni,
Aslida bor gunohu bor aybingga o‘rtancha barmog‘im.
She’r yozishni qiyib qo‘yding zo‘r radif kashf etib, Kulkul,
O‘z-o‘zing maqtag‘on so‘nggi baytingga o‘rtancha barmog‘im.
✍️
Anvar Obidjon
@studentchahazillar

July 18, 21:41
Media unavailable
2
Show in Telegram

#shunchaki
#prime_time
Menimcha bu reklamani Inyazda oʻqiydigan yoki oʻqimoqchi boʻlgan bola reklama qilgan.
Mening nazarimda bu reklama quyidagicha boʻlar edi:
- Menga bitta qiz, lekin qomati ketvorgan boʻlsin. Aqli ham oʻziga yarasha boʻlsin. Ha ahamiyat bering chiroyli boʻlsin, farosatsiz boʻlmasin. Kalta yupka kiymasin. Qoʻli gul pazanda, mehnatkash boʻlsin.Ha aytgancha, birorta chet tilini bilsin. Muhimi, tabiiy boʻlsin va meni sevsin.
- Unda "InYaz qizlari".
"Inyaz qizlari" - taʼbga koʻra tanlab oling.
P.S. Reklama qilingan mahsulotni ichida reklamada koʻrsatilgan narsalar boʻlmasligi mumkin.
@studentchahazillar

April 11, 08:47
Media unavailable
1
Show in Telegram

10. 04. 2026 Samarqand
©️
Video
@studentchahazillar

April 08, 15:01

#nazm
So’z boyligim yaxshi, tushunishim ham,
Bog’dan gapirganga , tog’dan kelmasman.
Bir qiz: “ Siz menga yoqasiz!”- debdi
Men unga yoqa ham, yeng ham emasman!
@studentchahazillar

March 21, 23:12
Media unavailable
1
Show in Telegram

Baku Ozarbayjon
🇦🇿
|
©️
video by
@studentchahazillar

February 19, 01:06
Media unavailable
3
Show in Telegram

#RAMAZON_OYI
🌙
Assalomu alaykum. Barchamizga kirib kelgan "RAMAZON" oyi muborak boʻlsin. Bu oyda qilgan ibodatlarimizni oʻzi dargohida qabul qilsin!
🤲
📱
𝐼𝑛𝑠𝑡𝑎𝑔𝑟𝑎𝑚
|
📱
𝑇𝑒𝑙𝑒𝑔𝑟𝑎𝑚
|
📱
𝑌𝑜𝑢𝑡𝑢𝑏𝑒

December 26, 17:32

#shunchaki
ПРАВА nazariy imtihoniga tayyorgarlik ko’rayotib o’ylab qoldim, shu testdan o’tsam bular meni ГАИШНИК qib ishga oladimi yoki ПРАВА beradimi
🤨
⁉️
@studentchahazillar
ПРАВАsi bor talabalar kanali

November 21, 13:19

Aytdima senga bor pulingni 17-noyabr kuni yeb-ichib yuborma, ertaga qiynalasan deb. Odamni gapiga kirsang boʻmaydimi sen?

October 07, 20:13

#iqtibos
Men oʻlmaganman! Lekin yashayotganim ham yoʻq!
Hali biron kimsa bizni soʻrab eshik qoqmadi, qimirlamay yotardik tirik murdadek. Xonadoshlarimni yeb-bitirgan koʻzi och qurtlar endi men tomon kela boshlaydi, xuddi yomon xayollar kabi uchib, tartibsiz.
Oʻlikday yotardim qimirlamay, bir soʻz demay, xavfsiz va begʻam!
Mana, bijgʻishni boshladi ustimda, koʻpligidan hatto jasadim koʻrinmay ketdi, xuddi oppoq yuzingda balqib turmagani kabi jami gunohing, xiyonatlaring!
Qanday rohat, goʻyo etimni emas yuz yildan beri azob berib kelayotgan va hech bir badal bilan yuva olmagan qargʻishlarimni toʻkayotganday huzur qilardim!
Men oʻlmadim, yashamadim ham, mudradim, mudradim va mudragancha yem boʻldim eshakqurtimga.
Tugar chogʻi bir bepul maslahat aytaman – tugʻmaydigan xotin izlang, xoʻp goʻzal boʻlsin, shoʻx, barno, lek bepushtligi aniq-oshkora, sinovdan oʻtgan boʻlsin koʻp bora, toki qoʻrqoq avloding izlab yurmasin qabringni mendek qaqshab, barchasiga aybdor sanab shu Vatanni, yerni va mozoringni. Bilib qoʻy, ular qoʻlida hech zamon gul boʻlmaydi, boʻlmas sen uchun qalquvchi koʻz yosh! Faqat qora yuzlarda kulgi va gardanida ulkan bir qargʻish!
Yoʻq-yoʻq, men baribir ularni asrab qolishim kerak... qutqarishim kerak eshakqurtlardan.
Yo Xudoyim, to qiyomat Vatan bizga omonatdir, omonatdir, unga xiyonat – qiyomatdir, qiyomatdir, qiyomatdir!
📚
Javlon Jovliyev “Qo’rqma”
@studentchahazillar

September 28, 07:29

Uning bitta aybi boʻynida 3 yillik taʼlim krediti bor edi xolos!