Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

SUBYEKTIV

subyektivuz
Fikrlar subyektiv, xulosa o‘zingizdan! 📞 Reklama: 90 044-66-81 Taklif va gʻoyalar uchun: @subyektivuzbot Bosh homiy: kun.uz sayti Materiallarimizdan foydalanganda manba qoldirishni unutmang ❗️
Subscribers
26 863
24 hours
-21
30 days
-512
Post views
17 260
ER
64,25%
Posts (30d)
3
Characters in post
597
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Travel & Geography
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Media & Communication
Summary
July 26, 13:30
Media unavailable
1
Show in Telegram

☪️
Islomdan shakllangan millat
Xitoyda uyg‘urlardan tashqari xitoy musulmonlari ham bor va ularning ayrimlari o‘zlarini buxorolik deb bilishadi. 1300 yil avval Ipak yo‘li bo‘ylab arab va fors savdogarlari, undan keyin Chingizxon Xitoyga olib ketgan Markaziy Osiyolik erkaklar xitoy qizlariga uylanishadi va o‘sha yerlarda qolib ketishadi. Ulardan yangi musulmon millat – xueylar, aniqrog‘i, dunganlar paydo bo‘lgan. Ular haqida SUBYEKTIV jamoasi katta ko‘rsatuv tayyorlagan. Chin mamlakati haqida noodatiy ma’lumotlar yig‘ilgan filmni tomosha qiling!
📹
👉
HOZIROQ KOʻRISH UCHUN
👈
@subyektivuz
'ning boshqa sahifalarini ham kuzating:
Instagram
|
Youtube
|
Facebook

July 19, 17:04
Media unavailable
3
Show in Telegram

🇪🇸
🇦🇷
Futbol finaligacha koʻrish uchun

😊
:
“Mozaika” davlat – Xitoy
Uyg‘uriston agar mustaqil bo‘lganida, dunyoning 17-yirik davlati bo‘lardi. Mo‘g‘uliston hududiga deyarli teng Ichki Mo‘g‘uliston, Tibet va Shinjon avtonom rayonlari yigʻindisi Xitoy maydonining deyarli yarmiga teng. SUBYEKTIV jamoasining poytaxt Pekindan g‘arbdagi Sharqiy Turkistongacha, Ichki Mo‘g‘ulistondan Guandjougacha o‘rganishlariga asoslangan yangi ko‘rsatuvida Chin mamlakatini boshqacha rakursdan kashf qilasiz.
📹
👉
FILMNI HOZIROQ KOʻRISH
👈
@subyektivuz
'ning boshqa sahifalarini ham kuzating:
Instagram
|
Youtube
|
Facebook

July 18, 15:00
Media unavailable
1
Show in Telegram

🐲
Xitoy — AJDARHO UYG‘ONDI | SUBYEKTIV
“Made in China” — eng sifatsiz mahsulotlardan dunyo sanoati gigantligigacha bo‘lgan yo‘l. Sharqiy Turkiston uyg‘urlari va O‘zbekistonning xitoy musulmonlari hayoti. Shanxaydagi “nikoh bozori” yoki ota-onagacha ijara xizmatlari. SUBYEKTIV bizdan atigi 126 km uzoqlikda boshlanuvchi Chin mamlakati haqida hikoya qiladi. Bu Xitoyning Avatar tog‘lariga sayohat yoki Buyuk devor tarixi haqidagi ko‘rsatuv emas. Bu safar bizga eng yaqindagi eng rivojlangan davlatni subyektivcha kashf qilamiz.
📹
👉
FILMNI HOZIROQ KOʻRISH
👈
@subyektivuz
'ning boshqa sahifalarini ham kuzating:
Instagram
|
Youtube
|
Facebook

June 13, 14:44
Media unavailable
10
Show in Telegram

SUBYEKTIV UYGʻURISTONDA!
Jamoamiz bilan bu safar Chin mamlakatidamiz. Poytaxt Beijingdan Sharqiy Turkistongacha, Ichki Moʻgʻulistondan Guanjougacha – bu davlat haqida oʻz hikoyamizni yozamiz.
Tez orada Xitoy haqida katta koʻrsatuvlarimiz taqdim etiladi. Siz esa hozircha Qashqar mahallalarida olingan suratlarimizga istalgan reaksiyangizni qoldiring!

😊
@subyektivuz
'ning boshqa sahifalarini ham kuzating:
Instagram
|
Youtube
|
Facebook

May 30, 09:40
Media unavailable
1
Show in Telegram

Dunyodagi eng noodatiy shahar – VАRАNАSI | SUBYEKTIV
Oʼlimlar vodiysi – Varanasi. Bu shaharda jasadlar olovi oʼchmaganiga necha ming yillar boʼlgan. Ganga daryosida oʼliklar yuviladi, ularning hoki oqiziladi, choʼmilishadi va uning suvlaridan ichishadi. Oʼtinchilardan tortib bir chimdim sindur suruvchilargacha — hammaning tirikchiligi oʼlikchilik bilan bogʼliq. Odamlar Varanasiga oʼlish uchun kelishadi. Ular oʼlim mehmonxonalariga joylashib, umrlarining oxirini kutishadi. Xoʼsh, nega shunday? SUBYEKTIV dunyodagi eng noodatiy shahar haqida hikoya qiladi!
👉
FILMNI TOMOSHA QILISH
👈

May 11, 15:06
Media unavailable
1
Show in Telegram

Insoniyat soni nazoratdami? | MAYDON
Internetda yillardan beri turli farazlar aylanadi. Go‘yoki dunyodagi eng ta’sirli kuchlar aholini kamaytirishni istaydi. Ayrimlar COVID-19 pandemiyasini tabiiy ofat emas, rejalashtirilgan deydi. Vaksinatsiyalar orqali insonlarga ta’sir o‘tkazilayotgani haqida ham da’volar bor. Oziq-ovqatga kimyoviy moddalar qo‘shib, mikroplastiklar aralashtirib ham kasalliklar atay ko‘paytirilayotgani aytiladi. Urushlar va genotsidlar esa millionlab insoniyatning yostig‘ini quritdi. Bu ham odamlar ko‘pligidan zerikkanlarning o‘ylab topgani, bo‘lishi mumkin. Bir qaraganda hammasi ishonarli gaplar. Lekin bularning rostligini isbotlash kerak. MAYDON'da yana bir katta mavzu qisqa daqiqalarda tahil qilinadi.
📹
👉
HOZIROQ KOʻRISH UCHUN
👈

May 01, 13:08
Media unavailable
1
Show in Telegram

MUMBAY. Xarobadagi milliardlar | SUBYEKTIV
Hindiston dunyoning 5-yirik iqtisodiyoti, Mumbay esa Hindiston millionerlari yashaydigan eng boy shahar. Ammo bu hashamat ortida butunlay teskari hayot ham yashaydi. Bu – Dharavi xarobalari. Bu yerga kelgan odam avvaliga faqat qashshoqlik va antisanitariyani ko‘radi. Biroq ichkariroq kirganingiz sari bu kulbalar sizga umuman kutilmagan eshiklarini ochadi. Dharavi faqat kambag‘allik haqidagi hikoya emas. Bu — tirik qolish, mehnat, orzu va tizimsiz bo‘lsa-da, kuchli iqtisod haqidagi real kino. SUBYEKTIV bilan bu mavze haqidagi tasavvurlaringiz umuman boshqacha taassurotga aylanadi.
📹
👉
HUJJATLI FILM HAVOLASI
👈
@subyektivuz
'ning boshqa sahifalarini ham kuzating:
Instagram
|
Youtube
|
Facebook

April 24, 13:02
Media unavailable
1
Show in Telegram

Hindistonni boqayotgan Boburiylar
Sulola hamon Hindiston byudjetiga millionlab dollar foyda keltirmoqda.
Videoni koʻrib yoqsa, pastda
❤️
bosib ketarsiz

😉
@subyektivuz
'ning boshqa sahifalarini ham kuzating:
Instagram
|
Youtube
|
Facebook

April 17, 12:07
Media unavailable
3
Show in Telegram

KUBA – Katta oʻyin ichidagi kichik davlat | MAYDON
Toshkent dahalariga o‘xshash manzaralar yashiringan olis Gavana. AQSH biqinida joylashsa-da, Rossiyani tanlagan Kuba bugun yana global diqqat markazida. Ko‘chalarida haligacha sovet mashinalari yurgan bu davlat endi katta o‘yin sahnasiga qayta chiqyapti. Chunki Donald Tramp Kubani qo‘lga kiritish haqida ochiq gapirdi. Navbat Kubagami? Suriya, Venesuela, Erondan keyingi bosim ortida Rossiyani zaiflashtirish rejasi bormi yoki bundan ham kattaroq o‘yin ko‘zlanganmi? Va bu holat Markaziy Osiyo uchun qanday saboq bo‘lishi mumkin? SUBYEKTIV ijodkorlaridan yana bir loyiha — MAYDON'da katta mavzu qisqa daqiqalarda tahlil qilinadi.
📹
👉
KOʻRSATUV HAVOLASI
👈

April 17, 10:18
Media unavailable
2
Show in Telegram