Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Svoya Igra

svoya_igra7
Murojaat uchun @WhiteWolfRM
Subscribers
1 460
24 hours
30 days
-20
Post views
123
ER
8,42%
Posts (30d)
10
Characters in post
1 147
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Books
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Media & Communication
Summary
June 07, 18:02

Mavzu: Rey Bredberi va Bibliya
1. Bir fantastik hikoyada bosh qahramon sayyoralarni kezib, kasal odamlarga yordam beradi, ba'zida esa o‘liklarni tiriltira oladi. Bu personaj yaratilayotganda kimdan ilhom olingan?
Javob: Iso
Izoh: Iso odamlarga shifo bergan, hatto Lazarning tirilishi ham bu bilan bog‘liq.
2. Mark o‘ldirilgach, Saul qo‘llarini ko‘rsatib: “Bu yerda mening hech qanday gunohim yo‘q”, deydi. Bu paytda yozuvchi Saunni kimga o‘xshatadi?
Javob: Pontiy Pilat
Izoh: Iso xochga mixlangach, Pilat qo‘llarini yuvib, o‘zining begunohligini bildirgan edi.
3. Qizig‘i shundaki, Bredberi uning g‘orda yashaganini va nomini aynan shuning uchun olganini aytadi. Biroq ba’zi manbalarda bu uning qattiqqo‘l xarakteri bilan bog‘liq deyilgan.
Javob: Muqaddas Butrus (Pyotr)
Izoh: Butrus ismi yunon tilida “tosh” degan ma’noni anglatadi.
4. “Jeymning mo‘jizalari” hikoyasida qahramon go‘yo xohlagan narsasiga erishish va Xudodan nimanidir so‘rash uchun paradga qo‘shiladi. U yerda terlay boshlaydi. Bu holatda yozuvchi uni o‘limidan avval shu joyga kelgan Isoga o‘xshatadi.
Javob: Getsimani bog‘i
Izoh: Iso o‘limidan avval Getsimani bog‘ida ibodat qilgan, va rivoyatga ko‘ra u ter o‘rniga qon chiqargan.
5. Kitobda juda ko‘p gunoh qilgan va Xudoning buyrug‘iga bo‘ysunmagan personaj: “Yaxshi hayot uchun eng oxirgi imkon bu shahar” deydi. Bu shahar haqida maqolada Yunus payg‘ambar nomiga ham duch kelasiz.
Javob: Naynava (Nineveh)
Izoh: Rivoyatga ko‘ra, Xudoga itoat qilmagan xalqni ogohlantirish uchun Yunus payg‘ambar bu yerga yuborilgan, ular uni tinglab shaharga najot keltirgan. Aks holda, bu shahar Sado va Gomorra kabi halokat topardi.

June 07, 18:02

Mavzu: Shaharlar etimologiyasi
1. Ushbu shahar nomi portugal tilidan “yanvar daryosi” degan ma’noni anglatadi.
Javob: Rio de Janeyro
2. Bir paytlar poytaxt bo‘lgan ushbu shahar nomi yunon tilidagi “sevgi” va “aka-uka” so‘zlaridan kelib chiqqan.
Javob: Filadelfiya
3. Ushbu shaharning nomi arab tilidagi “Baladul Valid” — ya’ni “Validning shahri” so‘zlaridan kelib chiqqan, G‘arbiy Yevropadagi qaysi shahar?
Javob: Valyadolid
4. Bir versiyaga ko‘ra, bu shahar nomi bu yerga hukmronlik qilgan shohning “xohladim va topdim” so‘zlaridan paydo bo‘lgan, boshqa versiyada esa islomning paydo bo‘lishidan gap boradi.
Javob: Istanbul
5. Corctaun bilan birga, ushbu shahar nomi kelib chiqishida III Jorj (Corc)dan so‘z boradi. 1655–1962 yillarda ingliz monarxlari tasarrufida bo‘lgan orol davlatining poytaxti qaysi shahar?
Javob: Kingston

June 07, 18:02

Mavzu: Mononimlar (Yagona ismlilar)
1. U 1990-yillarda Bristoldagi “yerosti” san’at muhitlarida faoliyatini boshlagan. Siz uning haqiqiy ismini emas, qanday nom bilan tanilganini ayting.
Javob: Benksi
2. 2015-yilgi qo‘shig‘i bilan muxlislarini salomlagan bu xonanda intervyularining birida sport zaliga borishni yoqtirmasligini aytgan.
Javob: Adele
Izoh: “Hello” qo‘shig‘i va uning tana vazni haqida intervyulari esda tutilmoqda.
3. London iqlimiga ko‘nikolmaganidan kasallangan u 1617-yilda vafot etgan. 1995-yilda esa uning hayoti asosida animatsion film suratga olingan.
Javob: Pokaxontas
4. Sharl Bodler qo‘llari cho‘ntagida, Viktor Gyugo o‘lim to‘shagida, Sara Bernar yonboshdan, Onore de Balzak esa karikaturada tasvirlangan. Ushbu tafsilotlarga aynan kim haqidagi maqolada duch kelasiz?
Javob: Nadar
Izoh: XIX asr Frantsiyasining mashhur fotosuratchisi va karikaturachisi.
5. Kokketsiano o‘zining “Rim tarixi” asarida uni “juda baland bo‘yli va qo‘rqinchli ayol” deb tasvirlaydi. U nutq paytida qo‘lida nayza tutgan va uni tinglayotganlarga terror tahdidiga qarshi g‘alaba qozonishni va’da qilgan.
Javob: Boudika
Izoh: Uning ismi kelt tilida “g‘alaba” degan ma’noni anglatadi.

June 07, 18:01

Mavzu: Ridli Skott filmlari – boshqacha nigohda
1. Ularning chiqishlari orasida tayyorgarlik, ludilar va munuslar, o‘lim o‘yini, g‘alaba qil va mag‘lub et kabi bo‘limlar mavjud edi.
Javob: Gladiator
2. Qadimgi Karfagen tilida “Mehribon podshoh (Lord)” deb qanday deyiladi?
Javob: Gannibal
Izoh: Gap karfagenlik mashhur sarkarda Gannibal Barca haqida.
3. 1982-yilda chiqarilgan bu o‘yinda har bir bosqichda o‘ziga xos nomlar bo‘lgan: “Qon havzasi”, “Biz tinchlik uchun keldik” va hokazo. O‘yin grafikasi asosan yashil rangda bo‘lgan.
Javob: Begona (Alien)
Izoh: Ridli Skottning 1979-yilgi “Alien” filmi asosida o‘yin.
4. Frenk Nitti, Vinsent Gigante, Jeyms Berk, Yoqimtoy Floyd, Genri Xill, Jon Dillingjer – ularning har biri biz uchun shu nom bilan mashhur.
Javob: Amerikalik gangster
Izoh: Filmda haqiqiy jinoyatchilar obrazlari aks ettirilgan.
5. Buning miqdori ikki qismga bo‘linadi: birinchisi banknotlar tarzida – 36 trillion dollar, ikkinchisi bank hisoblardagi mablag‘lar bilan birga – 90 trillion dollargacha.
Javob: Dunyoning barcha pullari

June 07, 18:01

Mavzu: Soch
1. Freddi Merkuri mushug‘i haqida kuylagan qo‘shig‘ida “sen meni baxtli qilasan, o‘pich berding va men aqldan ozdim” degan so‘zlarni ishlatgan. Endi siz ayting: Freddi mushug‘iga qanday ism qo‘ygan edi?
Javob: Dalila
Izoh: “Shoh Samson va Dalila” afsonasida Dalila Samsonning kuchi sochida ekanini bilib olib, uni kesib tashlaydi.
2. “Lankashir shahrida yashovchi 5 yoshli Milli Uollis oilaviy muammolar sababli o‘ziga yopilib qolgan va deyarli xonasidan chiqmagan. Tez orada u kasalxonaga yotqiziladi va shifokorlar uning o‘lim arafasida ekanini aytishgan.” Ushbu so‘zlar keltirilgan maqolaning nomini to‘liq ayting.
Javob: Rapunzel sindromi
3. Turmush o‘rtog‘i harbiy xizmatdan sog‘-salomat qaytsa, sochlarini kesib tashlashga va’da bergan qahramonni do‘sti aynan kimga o‘xshatadi?
Javob: Veronika
Izoh: Afsonaga ko‘ra, Veronika sochlarini kesadi, ular osmonga ko‘tarilib, “Veronikaning sochlari” deb atalgan yulduz turkumiga aylanadi.
4. 2002-yilgi ta’til paytida sochini kesdirgan Zafer otasining g‘azabiga sabab bo‘ladi va otasi uning sochini “nol raqam” bilan qirtishlab tashlaydi. Shundan so‘ng Zafer o‘z joniga qasd qiladi. Aytingchi, Zafer kimning muxlisi edi?
Javob: Umid Davala
5. Taroq va shampunsiz ham bu turdagi sochlarga ega bo‘lish mumkin. Diniy e’tiqodga ko‘ra, Jah bunday soch egalari bilan uzun tirnoqlari orqali aloqa o‘rnatib, ularni Zionga olib ketadi.
Javob: Dredlok
Izoh: Rastafariy madaniyatidagi soch uslubi.

June 07, 18:01

Mavzu: Henri turli ko‘rinishlarda
1. U haqidagi filmlar “Kapitan Blud” va “Karib qaroqchilari: Haqiqiy voqea” deb ataladi.
Javob: Genri Morgan
2. “Bekorga ketdi” asarini birinchi bo‘lib yozgan bu yozuvchini biz “Vortex” va “Legionerlar” asarlari orqali ham tanishmiz. U, shuningdek, Nobel mukofotini olgan ilk polyak yozuvchisi sifatida tarixda qolgan.
Javob: Genrik Sienkevich
3. 1945-yil may oyida so‘roqqa tutilgan paytda barcha sirlarini qabrgacha olib ketishini aytgan bu shaxs og‘zida yashirgan sianid kapsulasini ezib, o‘z joniga qasd qilgan.
Javob: Genrix Gimmler
4. Bu olim sof urandan ko‘ra, uran tuzi kuchliroq nurlanishga ega ekanini aniqlagan va Rentgen kashfiyotini rivojlantirishda muhim rol o‘ynagan.
Javob: Antuan Anri Bekkerel
5. Valensiyada tug‘ilgan bu rassom “Buqaning taqdiri”, “Parij sudi” kabi asarlari bilan mashhur.
Javob: Enrike Simonet

June 07, 18:01

Mavzu: Meksikaliklar
1. Bir maqolada hazilomuz tarzda aytilishicha, uning sevgilisi Nikolas Muray uni fotoapparat bilan ko‘p marta suratga olgani sababli, endi u o‘z portretini chizishga hojat qolmagan.
Javob: Frida Kalo
2. Gilardi uyi, Galves uyi, Tlalpan ibodatxonasi – siz uning asarlaridan ayrimlarini eshitdingiz.
Javob: Luis Barragan
Izoh: Meksikalik mashhur me’mor.
3. Televiziyada o‘z faoliyatini “katta umidlar” bilan boshlagan bu meksikalik haqida yozilgan maqolada J.K. Rouling nomi ham tilga olingan. Gap bu yil mukofot olgan kim haqida ketmoqda?
Javob: Alfonso Kuaron
Izoh: “Katta umidlar” va “Garri Potter va Azkabon mahbusi” filmlarini suratga olgan. “Roma” filmi uchun Oscar mukofotini qo‘lga kiritgan.
4. 2011-yil aprelida Malayziyada omadi kelib omon qolgan bu sportchi oradan bir oy o‘tib, Monakoda yana avariyaga uchragan edi.
Javob: Serxio Peres
5. 2002-yilda suratga olingan biografik filmda bosh rol aynan unga nasib etgan. Boshqa mashhur filmlarida esa u ispan aktyori bilan birga rol o‘ynagan.
Javob: Salma Hayek
Izoh: “Frida” filmida bosh rolni ijro etgan. “Desperado” va “Meksikada bir zamonlar” filmlarida Antonio Banderas bilan birga rol o‘ynagan.

June 07, 18:01

Mavzu: Golland-flamand rassomchiligi
1. Bu rassomning eng mashhur asarlaridan biri Pol Gogen bilan janjaldan keyin paydo bo‘lgan. Oradan ko‘p o‘tmay rassom o‘z joniga qasd qilgan.
Javob: Vinsent van Gog
Izoh: Dastlab Gogenni yaralamoqchi bo‘lgan, lekin buning o‘rniga o‘z qulog‘ini kesib tashlagan. Mashhur avtoportretini ham aynan shu voqeadan so‘ng chizgan.
2. “O‘ng tomonda baraban chalinar, oldinda kichik it hurar. Shundan so‘ng hamma harakatga tushadi” — bu tasvir qaysi rasmga tegishli?
Javob: Tungi qorovullar (Gecə gözətçiləri)
3. Jovanni Bryuggeda yashagan boy savdogar bo‘lgan. Dindor bo‘lganini va XV asrda yashaganini inobatga olib, uning familiyasini ayting.
Javob: Arnolfini
4. “Dehqon” laqabiga ega bo‘lgan bu rassomning eng mashhur asarlaridan birida yuzdan ortiq turli-tuman tasvirlarni ko‘rish mumkin.
Javob: Piter Breygel (ota)
Izoh: “Flamand maqollari” asari bilan tanilgan. O‘g‘lidan ajratish uchun “ota” laqabini olgan.
5. Antoni van Deykning ustozi bo‘lgan bu rassom asosan diniy va mifologik mavzudagi asarlari bilan mashhur. Uning eng mashhur rasmlaridan biri — Isoga qatl hukmi chiqarilishi sahnasidir.
Javob: Piter Paul Rubens

June 07, 18:00

Mavzu: Rudolf
1. Agar siz kechua tilida “mushuk” so‘zining qanday talaffuz qilinishini bilsangiz, o‘sha so‘zdan foydalanib kompaniya tashkil qilgan asoschini aniqlang.
Javob: Rudolf Dassler
2. Mashhur bir fotosuratda Ribbentrop yonida o'tirgan, 40 yildan ortiq qamoqda bo‘lgan, undan keyin o‘rniga Martin Borman tayinlangan shaxs kim?
Javob: Rudolf Gess
3. Karl fon Lindey fizik bo‘lib, turli mashina va texnologik yangiliklarga qiziqqan. Siz esa 1913-yilda vafot etgan Karlning shogirdining kimligini ayting.
Javob: Rudolf Dizel
4. Natriy sulfatning (Sodium Sulfat) nomida qaysi olimning ismi aks etgan?
Javob: Yoxan Rudolf Glauber
Izoh: Natriy sulfat — Glauber tuzi deb ataladi
5. Tatar kelib chiqishiga ega bo‘lgan, o‘zining tez harakatlari bilan Vatslav Nijinskiyning afsonaviy spektakllarini eslatgan shaxs kim? U "Qu ko‘li", "Jizel" va "Bayadere" kabi baletlarda chiqishi bilan mashhur bo‘lgan.
Javob: Rudolf Nureyev
Izoh: Mashhur sobiq Sovet balet ustasi

June 07, 18:00

Mavzu: Herman Melvilning Piazza afsonalari
1. Butun hafta hech kim bilan gaplashmagan va shu hafta davomida hech bir cherkov so‘nggi eshitilmagan personajni Melvil hamma bilan aloqani uzgan shaxsga o‘xshatadi.
Javob: Robinson Kruzo
2. Saitlari bir xil bo‘lgan so‘z bilan ayting. Personaj gunoh va sehrga berilgan odamlarni ko‘rib, ularning kulga aylanishini aytadi va o‘sha shaharni eslaydi.
Javob: Sodom
3. Personaj uy qurayotgan qismda aytiladi: go‘yo Orion osmonda personaj ustida bir narsani ushlab turibdi, shunda u har lahza tushib ketishidan qo‘rqib, uyini tez quradi.
Javob: Damokl qilichi
4. Personaj oldidan oqib o‘tgan qora lava daryosini ko‘rib shunday deydi: Kaash u yerda bo‘lsa va men unga viatikum berib, daryoni o‘tsa edi.
Javob: Xaron
Izoh: Styks daryosining ustida qayiqda o‘tgan Xaron faqat viatikum — o‘likdan o‘tish uchun beriladigan pullarni qabul qilardi
5. Kemaga yaqinlashganda trubalar ko‘rinardi, yaqinroq borgan sari uning ich va tash qismi butunlay ajralgan, terilari qobig‘i qopgan odamlar kabi edi. Ushbu gaplardan qaysi payg‘ambar yodga tushadi?
Javob: Ezekiel
Izoh: Ezekielning Quru skeletlar vodiysida ko‘rgan tasvirlariga o‘xshatilgan