Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Svoya igra baza

svoyaigra2025
Kanal o‘z faoliyatini: 12.12.2022 dan boshladi.! Admin::::: @DoctorVanGogh Shaxsiy::::: @svoyakozavr
Subscribers
3 030
24 hours
10
30 days
Post views
1 019
ER
0,34%
Posts (30d)
10
Characters in post
402
December 05, 19:03

Bugun onajonimning tug‘ilgan kunlari. Birinchi bor u kishisiz o‘tmoqda.
Dunyo odamlar uchun odatdagidek davom etayotgandek boʻlsa-da, mening ichimda ulkan bir sukunat, hech nimaga o‘xshamaydigan bir bo‘shliq turibdi. Onam bor edi uyimda issiqlik bor edi. Onam bor edi hayotimda tayanch, duo, mehr bor edi. Onajonim, siz bo‘lmasangiz ham bugun sizni qalbim bilan tabriklayman. Sizning ovozingizni eshitishni, sizning kulgingizni ko‘rishni, bolam deb boshimni silagan qo‘llaringizni yana bir bor his qilishni qancha istardim…
💔
😢
Bugun men sizning hayotingizni, siz bergan tarbiyani, o‘rgatgan yaxshiliklaringizni eslab bosh egaman. Mendan uzoqda bo‘lsangiz ham, ruhingiz yonimda. Har bir odobimda, har bir niyatimda, har bir ezgu ishlarimda sizning soyangiz turibdi. Siz doimo menga kuch bo‘lgan ekansiz… Sizning mehringiz o‘lmagan. U sokin, ammo hech qachon so‘nmaydigan nur bo‘lib yuragimda yashamoqda.
Onajonim… tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin. Men sizni sog‘indim. Juda, juda, juda.... Qachonki ko‘zlarimda yosh yursa ham, yuragimda doimo minnatdorlik bo‘ladi. Men sizning farzandingiz ekanimdan faxrlanaman. Ruhingiz shod bo‘lsin. Bugun ham, ertaga ham, umrimning har kuni siz men bilan birgasiz. Sizni yaxshi koʻraman
❤️
😢
.

November 30, 08:24

Hafta hamda kuz faslining oxirgi kunlarida qanaqa musiqa tinglayabsiz?
Commentda share qilishingiz mumkin!)

November 28, 22:13

Hayotiy....
Kecha bir yosh qizning vafot etib qolganini eshitdim… bilasizmi, shu xabar menga hech kim ko‘rinmaydigan, hech kim eshitmaydigan joydan zarb bergandek bo‘ldi. Bir lahza ham o‘ylamay, ichimda faqat bitta narsa uyg‘ondi: onam…
Shu xabar onamning vafot etishi bilan bir kun ham o‘tmagandek qilib tashladi meni. Xuddi hammasi qaytadan boshlangandek. Xuddi hozir kelib kimdur ,,onang endi yo‘q, bardam boʻl" deb aytgandek. Nafasim qisilib ketdi. Yuragimda bir og‘riq bor edi bugun yana tirilib oldi.
Hammaning hayoti davom etadi, kuladi, gaplashadi, telefonini ko‘tarib videolar ko‘radi… men esa o‘zimni ichimdan sinib qandaydir tushkun vaziyatga tushayotgandek his qildim. Bir yosh qizning vafoti odamlar ,,Afsus joyi jannatda boʻlsin" deb qo‘ydi va tarqaldi. Lekin men uchun u xabar hech kim bilmaydigan joyga tegdi: onam ketgan joyga. Bilasizmi, eng alam qiladigani onangni chaqirginda javob bermasligi. Bir kun bo‘ladimi, bir oy bo‘ladimi, bir yil bo‘ladimi baribir javob bo‘lmaydi. Men ham shunaqa holatda qoldim. Hamma narsaga ul-bul bahona topib yashayotganimni o‘zim ham bilaman. Lekin bugun yana tan oldim: men onamni juda sog‘inaman. Hali ham.
😢
Bugun bilsam, kimningdir o‘limi odamning o‘z jarohatini qayta ocharkan. O‘sha yaraga qo‘l tekkizmaslikka harakat qilasan, lekin taqdir baribir bir narsa qilib yarangni yangilaydi. Boshqalar bilmaydi, tushunmaydi… lekin ichimda onamning ovozi bor, meni chaqirgan ovozi bor. Hech qayerga ketmagan, faqat menga eshitiladigan joyda qolgan. Har safar bunday xabar eshitsam hammasi qaytadan uyg‘onadi.
Shunchaki… sog‘indim
😢
. Juda. Onam tirik bo‘lsa edi, bir marta qattiq quchoqlab, ,,Men endi yaxshi bo‘laman, iltimos qayting" deb aytardim. Lekin endi hech qachon bunday bo‘lmaydi. Mana shu meni eng ko‘p azoblaydi. Bugun yana shu haqiqat yuzimga qarab turibdi: Ba’zi odamlarning yo‘qligi insonni umri davomida azoblaydi. Olloh barcha oʻtganlarni rahmatiga olsin
🤲
.

November 23, 12:35

Kompyuterga asisent ilovasini qanday yuklash mumkin bilguvchilar bormi
👀

November 22, 18:07

Ishqiy qissalarning barchasi ro'yo, Menimcha, sevgi deb hech kim o'lmagan.
Lekin yaralgandan beri bu dunyo,
Seni sog'inishdek azob bo'lmagan.
Sohta maddohlikning bari behuda,
Hamma ham g'amingni ko'rmaydi baham.
Qoshingni chimirib qaraganingda,
Yoqimli manglaying chiziqlari ham.
Qanchalar qadrdon bu yangi nigoh,
Ko'rdimmi - ko'ksimga mehr to'ladi.
Ismingni xotirdan chiqarish gunoh,
Hatto suratingni sevsa bo'ladi.
©
Jo'rabek Ramazonov

November 18, 15:25

Foydali albatta bir kirib koʻringlar!

November 18, 15:25

https://youtu.be/odvgYFURmLY

November 18, 15:25

https://youtu.be/d-WxdS_WxFg

November 17, 05:53
Media unavailable
1
Show in Telegram

Talabalar kuni muborak boʻlsin barchaga.
5614681915085470
Har ehtimolga qarshi
🫣
🤓

November 16, 17:55

Zakovatni bilmadimu,
Shaxsiy oʻyin
va
Erudit Kvartet
savollari juda zoʻr!