
Kimyo va biologiya fakulteti | Rasmiy kanal
⭐️
⭐️
⭐️
⭐️
⭐️
Talabalar oʻrtasida giyohvandlik va zararli illatlarga qarshi profilaktik tadbirlar hamda talabalar turar joylari va ijara xonadonlaridagi monitoring jarayonlari olib borilmoqda
Bugun, 11-sentyabr kuni Andijon davlat universiteti Kimyo va biologiya fakulteti rahbariyati, fakultet koordinatorlari hamkorligida talabalar oʻrtasida giyohvandlik va narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish, yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida keng qamrovli maqsadli targʻibot va monitoring tadbirlari oʻtkazildi.
Mazkur tadbirlar doirasida fakultet koordinatorlari va mas’ul xodimlardan iborat ishchi guruhlar tomonidan Talabalar turar joylari (TTJ) hamda talabalar istiqomat qilayotgan ijara xonadonlarida boʻlib, tizimli ishlar amalga oshirildi.
Kimyo va biologiya fakulteti rahbariyati va koordinatorlar tarkibi tomonidan talabalarning darsdan boʻsh vaqtlarini tizimli nazorat qilish, ularning ijtimoiy sharoitlarini yaxshilash hamda huquqbuzarliklar profilaktikasini ta'minlashga qaratilgan ushbu xizmat faoliyati muntazam ravishda davom ettiriladi.
💠
Kimyo va biologiya fakulteti matbuot xizmati
🌐
Telegram
|
🌐
Instagram
⭐️
⭐️
⭐️
⭐️
⭐️
⭐️
⭐️
Fakultet talabalari ishtirokida giyohvandlikka qarshi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Andijon davlat universiteti Kimyo va biologiya fakulteti talabalari ishtirokida giyohvandlik va uning salbiy oqibatlarining oldini olishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot tadbiri tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda zararli illatlarning salbiy oqibatlari haqida tushuncha berishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida giyohvandlikning inson organizmi va jamiyat hayotiga salbiy ta’siri, uning og‘ir ijtimoiy oqibatlari atroflicha tushuntirildi. Talaba-yoshlarga bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ilm olish, sport va foydali mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish bo‘yicha zaruriy tavsiyalar berildi.
Uchrashuv yakunida yoshlarning giyohvandlikka qarshi kurashda befarq bo‘lmasligi, tengdoshlari orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishi hamda zararli illatlarning har qanday ko‘rinishiga qarshi qat’iy pozitsiyada bo‘lishi muhim ekani ta’kidlandi.
💠
Kimyo va biologiya fakulteti matbuot xizmati
🌐
Telegram
|
🌐
Instagram
⭐️
⭐️
⭐️
⭐️
⭐️
⭐️
⭐️
Birinchi bosqich talabalari universitetning sport inshootlari bilan tanishtirildi
Andijon davlat universiteti Kimyo va biologiya fakulteti birinchi bosqich talabalari uchun tyutorlar boshchiligida universitet hududidagi sport zallari va mavjud sport inshootlari bilan tanishuv tashkil etildi. Tanishuv davomida talabalarga sport zallarida yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud sport jihozlari hamda ulardan foydalanish tartibi haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tadbir davomida sportning inson hayotidagi o‘rni, muntazam jismoniy mashg‘ulotlarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirishdagi ahamiyati haqida fikr almashildi. Talaba-yoshlarga o‘z qiziqishlariga mos sport to‘garaklarini tanlash, jismoniy faollikni kundalik hayotning ajralmas qismiga aylantirish bo‘yicha zaruriy tavsiyalar berildi.
Uchrashuv yakunida birinchi kurs talabalari universitetda yoshlar uchun yaratilgan keng sport imkoniyatlaridan unumli foydalanishga chaqirildi. Mazkur tanishuv talabalarning oliygoh hayotiga moslashishi, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishi va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etdi.
💠
Kimyo va biologiya fakulteti matbuot xizmati
🌐
Telegram
|
🌐
Instagram
✍️
✍️
✍️
✍️
✍️
Kimyo va biologiya fakulteti talabalari bilan odob-axloq qoidalari yuzasidan suhbat oʻtkazildi
Andijon davlat universiteti Kimyo va biologiya fakulteti talabalari ishtirokida odob-axloq qoidalariga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy suhbat tashkil etildi. Tadbirda talabalarga oliy ta’lim muassasasida amal qilinishi lozim bo‘lgan odob-axloq me’yorlari va ichki tartib-qoidalar batafsil tushuntirildi.
Suhbat davomida talabalarning universitetdagi muomala madaniyati, ustozlarga hurmat, o‘zaro muloqot va mas’uliyat, kiyinish madaniyati hamda ta’lim jarayonida belgilangan tartib-qoidalarga rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, har bir talaba o‘z xulq-atvori bilan universitet sha’niga munosib hissa qo‘shishi lozimligi ta’kidlandi.
Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Bunday uchrashuvlar yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini yuksaltirish, jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish va talabalik mas’uliyatini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
💠
Kimyo va biologiya fakulteti matbuot xizmati
🌐
Telegram
|
🌐
Instagram
✍️
✍️
✍️
✍️
✍️
Oziq-ovqat texnologiyasi hamda Biotexnologiya yoʻnalishlari talabalari bilan odob-axloq qoidalari yuzasidan suhbat oʻtkazildi
Andijon davlat universiteti Kimyo va biologiya fakultetining Oziq-ovqat texnologiyasi hamda Biotexnologiya ta’lim yo‘nalishlari talabalari bilan odob-axloq qoidalariga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy suhbat tashkil etildi. Tadbir fakultet dekan oʻrinbosari N.Q. Toʻlakov boshchiligida o‘tkazilib, talabalarga oliy ta’lim muassasasida amal qilinishi lozim bo‘lgan odob-axloq me’yorlari batafsil tushuntirildi.
Suhbat davomida talabalarning universitetdagi muomala madaniyati, ustozlarga hurmat, o‘zaro hurmat va mas’uliyat, kiyinish madaniyati hamda ta’lim jarayonida belgilangan tartib-qoidalarga rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, har bir talaba o‘z xulq-atvori bilan universitet sha’niga munosib hissa qo‘shishi lozimligi ta’kidlandi.
Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Bunday uchrashuvlar yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini yuksaltirish, jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish va talabalik mas’uliyatini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
💠
Kimyo va biologiya fakulteti matbuot xizmati
🌐
Telegram
|
🌐
Instagram
📝
📝
📝
📝
📝
📝
📝
Qo‘rg‘ontepa tumanida dual ta’lim tizimini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
Qo‘rg‘ontepa tumanidagi 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida dual ta’lim tizimini rivojlantirish, ta’lim va amaliyotni uyg‘unlashtirish hamda o‘quvchilarning kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan tadbir tashkil etildi. Unda Andijon davlat universiteti Kimyo va biologiya fakulteti dekani Q. Q. Otaxonov boshchiligidagi mas’ullar hamda ta’lim muassasasi vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida dual ta’limning mazmun-mohiyati, uning yoshlarni zamonaviy kasb va mutaxassisliklarga tayyorlashdagi ahamiyati, nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlar bilan mustahkamlash imkoniyatlari haqida batafsil fikr almashildi. Shuningdek, o‘quvchilarning qiziqish va qobiliyatlarini aniqlash, ularni kelgusida oliy ta’limga yo‘naltirish hamda ta’lim jarayonida amaliy yondashuvlarni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida dual ta’lim samaradorligini oshirish, maktab va oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda yoshlarning kasbiy rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha istiqboldagi vazifalar belgilab olindi. Mazkur tashabbuslar yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni kelajak kasbiga puxta tayyorlash hamda ta’limning uzviyligini ta’minlashga xizmat qiladi.
💠
Kimyo va biologiya fakulteti matbuot xizmati
🌐
Telegram
|
🌐
Instagram
🔥
🔥
🔥
🔥
🔥
🔥
“Digital Kaleidoscope” dasturiga arizalar qabul qilinishi boshlandi
Joriy yilning 11-sentabr kuni Toshkent International University Andijon filialida “School 21 Uzbekistan” IT-maktabi vakillari ishtirokida yangi istiqbolli loyihaning taqdimoti boʻlib oʻtdi. Mazkur tadbirda Andijon davlat universiteti talabalari hamda soha qiziquvchilari faol ishtirok etib, dasturning maqsad va vazifalari bilan yaqindan tanishdilar.
“Digital Kaleidoscope” loyihasi Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlarida istiqomat qiluvchi 18–24 yoshdagi qizlar va yosh ayollarning raqamli koʻnikmalarini rivojlantirish hamda axborot texnologiyalari sohasida yuqori talabga ega boʻlgan kasblarni egallashlariga koʻmaklashishga qaratilgan bepul taʼlim dasturidir.
Loyiha Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladi va “Xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish” qoʻshma dasturi doirasida School 21, YUNISEF hamda Women in Tech Uzbekistan hamkorligida amalga oshiriladi.
📅
Arizalar qabul qilish muddati: 2026-yil sentyabr oyi yakuniga qadar.
Loyihada ishtirok etish istagida boʻlgan nomzodlar quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtishlari soʻraladi: “
Digital Kaleidoscope” loyihasining saralash soʻrovnomasi
💠
Kimyo va biologiya fakulteti matbuot xizmati
🌐
Telegram
|
🌐
Instagram
📝
📝
📝
📝
📝
📝
📝
Rektor dual ta’lim doirasidagi amaliy mashg‘ulotlar jarayonini o‘rgandi
Andijon davlat universiteti rektori, professor Baxtiyorjon Akbaraliyev Jalaquduq tumanidagi 19-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Kimyo va biologiya fakultetining Kimyo ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabalari uchun dual ta’lim dasturi doirasida tashkil etilgan amaliy mashg‘ulotlar jarayonini o‘rgandi.
Tashrif davomida talabalarning amaliy mashg‘ulotlarda ishtiroki, mutaxassislik bo‘yicha nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash jarayoni, mashg‘ulotlarning mazmun-mohiyati va tashkil etilish holati, shuningdek, ta’lim jarayoniga mas’ul professor-o‘qituvchilar hamda maktab mas’ullarining faoliyati tahlil qilindi.
Jarayon yakunida dual ta’limni samarali tashkil etish, amaliy mashg‘ulotlar sifatini oshirish, talabalarning kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
⭐
Bizning rasmiy sahifalarimiz
⭐
Veb−sayt
⭐
Telegram
⭐
Facebook
⭐
Instagram
📝
📝
📝
📝
📝
📝
📝
Hududlarda dual ta’lim jarayonlari tizimli tashkil etilmoqda
Andijon davlat universitetida talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish hamda kelgusida bandligini ta’minlash maqsadida dual ta’lim jarayonlarini samarali tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Joriy yilning, 9-sentabr kuni Kimyo va biologiya fakulteti dekani Q. Q. Otaxonov Asaka tumanida dual ta’lim dasturi asosida amaliyot o‘tayotgan 3-bosqich va bitiruvchi talabalar faoliyati bilan tanishdi.
Tashrif davomida tumandagi maktablarda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, amaliyot jarayonining borishi va ta’lim uyg‘unligi samaradorligi o‘rganildi. Shuningdek, talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning tajribasi, takliflari hamda kelgusida munosib ish o‘rinlariga ega bo‘lishi kabi masalalar muhokama qilindi.
Bunday uchrashuvlar talabalarni real mehnat muhiti bilan tanishtirish hamda mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
💠
Kimyo va biologiya fakulteti matbuot xizmati
🌐
Telegram
|
🌐
Instagram
🌟
🌟
🌟
🌟
🌟
🌟
🌟
Andijon davlat universitetida magistrantlar bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Andijon davlat universiteti Kimyo va biologiya fakulteti Ekologiya va barqaror rivojlanish kafedrasida 2026/2027-o‘quv yilida magistratura bosqichiga qabul qilingan talabalar bilan tanishuv va yo‘riqnoma berish tadbiri o‘tkazildi.
Joriy o‘quv yilida kafedraning quyidagi mutaxassisliklariga jami 16 nafar magistrant qabul qilindi:
“Ekologiya” mutaxassisligi — 10 nafar talaba;
“Atrof-muhit muhofazasi” mutaxassisligi — 6 nafar talaba.
Tadbirni kafedra mudiri Farruxbek Umarov ochib berdi va professor-o‘qituvchilar jamoasi nomidan magistrantlarni yangi ta’lim bosqichi bilan qutladi. Shundan so‘ng, Ekologiya va barqaror rivojlanish kafedrasi professori, biologiya fanlari doktori Madumarov Tolibjon Abdumalikovich so‘zga chiqib, o‘zining ko‘p yillik ilmiy faoliyati va tadqiqot yo‘nalishlari haqida ma’lumot berdi. Professor yosh olimlarni ilmiy izlanishlarga faol jalb etish, xalqaro va mahalliy ilmiy manbalar bilan ishlash hamda tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish muhimligini alohida ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida magistrantlarning kelgusidagi ilmiy-tadqiqot rejalari, dissertatsiya mavzulari hamda kafedra professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda olib boriladigan ilmiy ishlar samaradorligini oshirish masalalari batafsil muhokama qilindi.
💠
Kimyo va biologiya fakulteti matbuot xizmati
🌐
Telegram
|
🌐
Instagram