Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Ta’limdagi yangiliklar

talimdagi_yangiliklar
Xalq taʼlimi xodimlari uchun maxsus kanal! Taʼlimga oid eng soʻnggi yangiliklar.
Subscribers
1 856
24 hours
-4
30 days
-32
Post views
825
ER
44,45%
Posts (30d)
5
Characters in post
1 110
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation General Education News
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
September 08, 15:30
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
Oʼquvchi daftar tutmagani uchun uning ota-onasini MJK ning 47-moddasiga asosan ma’muriy javobgarlikka tortish mumkin.
Аssalomu aleykum. Men maktabda  informatika fanidan dars beraman. Darsda oʼquvchilar umuman daftar tutmasa yoki daftarim qolib ketibdi deb har hil baxonalar topib umuman daftar tutmasa, oʼqituvchi ayibdormi bunday holatda oʼqituvchiga qonunan jazo bormi oʼqituvchi nima qilishi kerak bunday vaziyatda oʼquvchilar fandan daftar tutmasa  oʼqituvchi qonunan ayibdor hisoblanadimi?
YURIST JАVOBI:
Oʼquvchi daftar tutmagani uchun oʼqituvchini emas, ota-onani javobgarlikka tortish kerak.
Birinchidan,
Taʼlim toʼgʼrisidagi qonun
51-moddasida
voyaga yetmagan taʼlim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillarining bir qator majburiyatlari qayd etilgan boʼlib, unga koʼra yuqoridagi shaxslar:

oʼz bolalarini insonparvarlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, maʼnaviy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashi;

oʼz bolalarining intellektual, maʼnaviy va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratishi;

taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilishi shart.
Аynan mana shu majburiyatlar oʼquvchining qonuniy vakillarining oʼquvchining huquqqa hilof harakatlari uchun javobgarlikni oʼz zimmasiga olishini anglatadi.
Ikkinchidan,
Xalq taʼlimi vazirligining 01.07.2021 yil 206-sonli buyrugʼiga asosan tasdiqlangan oʼqituvchilarning lavozim majburiyatlarida oʼqituvchining oʼquvchilarga daftar tuttirish majburiyati qayd etilmagan.
Bunday holatda ota-onaga Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeks 47-modddasi ikkinchi qismi bilan javobgarlik chorasi qoʼllaniladi.
Yaʼni Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʼllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʼlsa:

bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʼladi.
Manba: Yurist_Xizmati
➡️
MOLIYACHI | OYLIK BOT
Oylik hisoblash uchun yangi telegramm bot.
👉
@attestatsiya_toifatestbot
ga kirib repititsion attestatsiya testlarini ishlab ko‘ring!
«TA'LIMDAGI YANGILIKLAR» - kanaliga obuna bo'ling!
👇
http://t.me/talimdagi_yangiliklar
http://t.me/talimdagi_yangiliklar

August 22, 13:56
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
XODIMLARNI BEPUL TIBBIY KO‘RIKDAN O‘TKAZISH BO‘YICHA QO‘SHMA XAT.
2026-yil 21-avgust
➡️
MOLIYACHI | OYLIK BOT
Oylik hisoblash uchun yangi telegramm bot.
👉
@attestatsiya_toifatestbot
ga kirib repititsion attestatsiya testlarini ishlab ko‘ring!
«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!
👇
👇
👇
@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_

August 20, 15:15
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
Maktablarda 2026/2027 o‘quv yili 2-sentabrdan boshlanadi
📌
Respublikamiz bo‘ylab barcha umumta'lim maktablarida yangi – 2026/2027-o‘quv yili dars jarayonlari
joriy yilning 2-sentabridan
(chorshanba kuni) boshlanadi.

Joriy yilda birinchi sinfga qabul qilinadigan
795 mingdan ortiq
o‘quvchiga 12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat “Prezident sovg‘asi” tantanali topshiriladi.
2026/2027-o‘quv yilida
akademik litsey va texnikumlar
da o‘quv jarayonlari
2-sentyabrdan
boshlanadi.
Oliy ta’lim tashkilotlarida esa:

1-bosqich talabalari uchun — 7-sentyabrdan;

2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 14-sentyabrdan
o‘quv jarayonlari tashkil etiladi.
«TA'LIMDAGI YANGILIKLAR» - kanaliga obuna bo'ling!
👇
http://t.me/talimdagi_yangiliklar
http://t.me/talimdagi_yangiliklar

August 17, 06:37
Media unavailable
1
Show in Telegram

Ustozlar, Telegram kanalingizni rivojlantirish vaqti keldi
— Kanalga obunachilarni qanday yig‘ish mumkin?
— 5–10 ming obunachiga qanday chiqiladi?
Eng muhimi, yig‘ilgan auditoriyani qanday aktiv holatda ushlab turish kerak?
Shu savollarga javob topa olmayapsizmi?
Men 5 yillik tajribaga ega Madina Kobulovna 19-avgust 21:00 da
Telegram kanalda 5–10 minggacha obunachi yig‘ish va ularni aktivlashtirish
nomli ochiq darsimda o'rgataman
Bu darsdan keyin aniq qanday kanal yuritishni oʻrganib olishizga ishonaman!
https://t.me/+dHM7LZvoGnBlMTEy
https://t.me/+dHM7LZvoGnBlMTEy

August 14, 17:03
Media unavailable
1
Show in Telegram


Mandat chiqsa uni qanday bilish mumkin?
Ertaga, 15-avgust kuni soat 08:00 da 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha
yakuniy tanlov natijalari
e’lon qilinadi.
Mandat chiqsa, tanlov natijalarini
kamida
3 xil usulda
bilish mumkin.
1.
my.uzbmb.uz
saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
2.
mandat.uzbmb.uz
saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
3.
Oliy ta’lim muassasalariga taqdim etilgan test natijalari qaydnomasi orqali.
➡️
MOLIYACHI | OYLIK BOT
Oylik hisoblash uchun yangi telegramm bot.
👉
@attestatsiya_toifatestbot
ga kirib repititsion attestatsiya testlarini ishlab ko‘ring!
«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!
👇
👇
👇
@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_

July 16, 17:31

⚡️
Ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi
2026-yil
15-iyul kuni o‘tkazilgan
davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini
3 xil usulda
bilishlari mumkin:
1️⃣
my.uzbmb.uz
saytining
“Natijani olish” bo‘limidan
pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
2️⃣
mandat.uzbmb.uz
sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan
abituriyentning ID raqamini
kiritgan holda.
3️⃣
Bilimni baholash agentligining quyidagi
Telegram botlariga
abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:
👉
@bmba_natija_bot
👉
@bmba_natija_1bot
👉
@bmba_natija_2bot
«TA'LIMDAGI YANGILIKLAR» - kanaliga obuna bo'ling!
👇
http://t.me/talimdagi_yangiliklar
http://t.me/talimdagi_yangiliklar

July 10, 13:39
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Alifboda o‘zgarishlar: ikkita simvol bilan yoziluvchi 4 ta harf o‘zgarmoqda va bitta simvol bilan yoziladigan qilinmoqda
Shuningdek
Ng
harfidan voz kechilmoqda.
Quyidagi harflarning yangi ko‘rinishi:
“Sh” o‘rniga — Ş
“Ch” o‘rniga — Ç
Oʻ o‘rniga — Ö
Gʻ o‘rniga — Ğ
©
daryo
➡️
MOLIYACHI | OYLIK BOT
Oylik hisoblash uchun yangi telegramm bot.
👉
@attestatsiya_toifatestbot
ga kirib repititsion attestatsiya testlarini ishlab ko‘ring!
«TA'LIMDAGI YANGILIKLAR» - kanaliga obuna bo'ling!
👇
http://t.me/talimdagi_yangiliklar
http://t.me/talimdagi_yangiliklar

July 10, 13:39

Bu e'lon 2 yillik tajribangiz bor-yo'qligini so'rashdan oldin, sizga bitta savol beradi: o'quv bo'limini boshqarib natijaga olib chiqa olasizmi?
Agar javobingiz ha bo'lsa yoki shunday tanishingiz bo'lsa bu xabarni ularga yetkazing
O'zbekistonda Infobiznesdagi eng yirik kompaniyalardan biri
fulfiledu.uz
jamoasi ta'lim bo'limi uchun ayol rahbar qidirayapmiz
VAZIFALAR:
O‘quv jarayonini onlayn formatda tashkil etish:
Onlayn darslar sifatini, metodologiyasini va tizimning uzluksiz ishlashini nazorat qilish.
O‘qituvchilar va kuratorlar bilan ishlash:
Onlaynda ishlaydigan Pedagoglar tarkibini boshqarish, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish va KPI tizimi asosida baholash.
Ta’lim sifati monitoringi:
O‘quvchilarning darslardagi qatnashishi (davomat), o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini tahlil qilish va o'quvchilarning o'qishni davom ettirish foizini oshirish
Platformalar bilan ishlash:
Onlayn ta’lim tizimlari (LMS, platformalar) hamda guruhlar bazasi bilan ishlash, jarayonlarni avtomatlashtirish.
Qadriyatlar va tartib-qoidalar:
O'quv markaz qadriyatlari asosida o‘quv ishlarni yo‘lga qo‘yish.
Hisobotlar va hujjatlar:
O‘quv rejalari, dars jadvallari va ichki hujjatlarni yuritish, hisobotlarni tayyorlab rahbariyatga taqdim etish.
Muloqot va qayta aloqa:
O‘quvchilar va ota-onalar bilan samarali aloqa tizimini nazorat qilish, muammoli vaziyatlarni hal etish.
Bo'limdagi barcha xodimlar boshqaruvi
TALABLAR:
25-40 yoshlar
atrofidagi Ta’lim muassasasida (maktab yoki o‘quv markazlarida) pedagogik yoki o‘quv ishlari bo‘yicha kamida 2 yillik muvaffaqiyatli tajriba
Oliy pedagogik yoki filologik ma’lumot;
Onlayn ta’lim metodikalari, zamonaviy interaktiv o‘qitish uslublari va platformalar bilan ishlash ko‘nikmasi;
O‘zbek tilini mukammal bilish (rus tilini bilish katta ustunlik beradi);
Kompyuter savodxonligi, Google Sheets/Docs/Forms va ta’lim dasturlarida, telegram, Zoom, Google meet'da erkin ishlay olish;
Tashkilotchilik, mas’uliyat va kuchli kommunikatsiya qobiliyati.
Ish grafigi:
9:00 - 18:00 (6/1),
Ofisda
Manzil:
Toshkent shahri
, Yunusobod tumani, Chinobod sanatoriyasi tarafda
Maosh:
5 000 000 - 10 000 000 so‘m (KPI va natijalarga qarab o‘sib boradi)
Ahil jamoa va shaxsiy rivojlanish uchun kompaniya hisobidan bepul kurslar va treninglar
Quyidagi formani to'ldirsangiz o'zimiz sizga 24 soat ichida aloqaga chiqamiz
https://forms.gle/x8uRMw5zk2DUET2Z9

June 23, 13:02
Media unavailable
1
Show in Telegram

❗️
O'zbekistonda
pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 7 foizga oshadi
Prezidentimizning 2026-yil 23-iyundagi PF-115-son Farmoniga asosan:
🗓
1-iyuldan boshlab (pensiya va nafaqalar — 7%):
Yoshga doir eng kam pensiya — 983 000 so‘m
Nogironlik pensiyasining eng kam miqdori — 1 083 000 so‘m
Bolalar nafaqasi (3 yoshgacha, birinchi farzand) — 386 000 so‘m
Bolalar nafaqasi (3-18 yosh, birinchi farzand) — 295 000 so‘m
Ikkinchi farzand uchun qo‘shimcha — 177 000 so‘m
Uchinchi va undan keyingi har bir farzand uchun qo‘shimcha — 118 000 so‘m
Ijtimoiy reestrdagi oilalar uchun moddiy yordam — 450 000 so‘m
Pensiyani hisoblash bazaviy miqdori — 504 000 so‘m
🗓
1-sentyabrdan boshlab (ish haqi va stipendiyalar — 7%):
Byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalari oshadi
Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — 1 360 000 so‘m
Bazaviy hisoblash miqdori — 440 000 so‘m

Boshqa pensiya va nafaqalar (1-iyuldan, ilovaga muvofiq):
Urushda nogiron bo‘lganlar va qatnashchilari uchun — 4 775 000 so‘m
Bevosita parvarish/o‘zgalar yordamiga muhtojlar nafaqasi — 878 000 so‘m
Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi (1-a’zo) — 878 000 so‘m, har keyingi a’zo uchun +290 000 so‘m
Keksa yoshdagi, ish staji bo‘lmaganlar nafaqasi — 878 000 so‘m.
«TA'LIMDAGI YANGILIKLAR» - kanaliga obuna bo'ling!
👇
http://t.me/talimdagi_yangiliklar
http://t.me/talimdagi_yangiliklar

June 20, 07:59
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
TA'TILDA
Ta'til, ta'til dеymizu,
Ta'tilda dam qayoqda,
Ho'jalikda yumush mo'l,
Kеchgacha tik oyoqda.
Mol, hollarga o't tashi,
Qo'ylarni boq saharda,
Qishloqni, qishloq dеsak,
Yumush yo'qmi shaharda.
Ta'til payti hamma ish,
Tomorqa, dala, bozor,
Ho'jalikda ko'p tashvish,
Yumushlar qator, qator.
Eski tokni o'rniga,
Tеmir tok o'tqazamiz,
Chala uyni, chalasin,
Ta'tilda bitqazamiz.
Ta'til, ta'til dеymizu,
Ta'tilda dam qayoqda,
Dalada sabzi, piyoz,
Makkalar ham o'roqda.
,,Parij, Sochi, Gavai''
O'tar shunday hayollar,
Sahardan to shomgacha,
G'imirlaydi ayollar.
Suv sеpilar o'zbеkning,
Hovlisiga azonda,
Olchadan sharbat,qiyom,
Qaynatilar qozonda,
O'g'il uyla, chiqar qiz,
,,Unaqamas, bunaqa''
O'zbеkmizda, o'zbеkmiz,
O'zligimiz shunaqa.
Yozning soz chivinlari,
Uyqidan qoldiradi,
Jaziramaning o'zi,
Odmani toldiradi,
Yoz baribir sеrjilo,
Dilni hushnud etadi,
Ikki oy ham shu asno,
O'tadi-yu, kеtadi.
Ta'tilni o'tkazamiz,
Shunday yugur, yugurda,
Nе bo'lsa ham, ta'tilning,
Boriga ming shukurda.
Ta'til, ta'til dеymizu,
Ta'tilda dam qayoqda.
✍️
Xurshid Karim
«TA'LIMDAGI YANGILIKLAR» - kanaliga obuna bo'ling!
👇
http://t.me/talimdagi_yangiliklar
http://t.me/talimdagi_yangiliklar