Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

TanqidlarUz

tanqidlaruz
TanqidlarUz haqqoniy va eksklyuziv axborotni cheklovsiz tarqatuvchi vositadir. Bizga xabar, foto va video yuboring. "Rost gap faqat shu yerda aytiladi" Бизга хабар йўллаш учун 👇 @ReklamaXizmati1bot
Subscribers
53
24 hours
—
30 days
20
Post views
92
ER
173,58%
Posts (30d)
3
Characters in post
731
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Politics
Audience gender
Male
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
October 07, 18:30
Media unavailable
1
Show in Telegram

Ассалому алайкум, ҳурматли
@Tanqidlaruz
Мен сизларга Наманган тумани, Хўжакишлоқ қишлоғидан мурожаат қиляпман.
Мурожаатим сабаби — Хўжаобод кўчасида яшовчи Аляр ва Юсуф исмли икки ака-уканинг уй-жой ҳудудида ташкил қилинган мол фермаси аҳолини жиддий безовта қилмоқда.
Бир неча бор огоҳлантиришимизга қарамай, уларнинг хонадонларида 30–40 бошга яқин мол боқилаётгани айтилмоқда. Айниқса, ёзнинг иссиқ кунларида ҳовли ва уйларимиз ичигача чидамас даражада ёқимсиз ҳидлар тарқалмоқда.
Бу масала бўйича тегишли идоралар — экология ва бошқа масъул ташкилотларга мурожаат қилдик, аммо ҳозиргача амалий чора кўрилмади.
Саволимиз: аҳоли яшаш ҳудудида бунча миқдорда чорва сақлаш учун қайси ташкилотдан рухсат олинган?
Мурожаат учун:
👇
@ReklamaXizmati1bot
Уланиш:
@TanqidlarUz

October 07, 16:59

Biz yangi loyihalar bilan o‘z ish faoliyatimizni boshladik.!
Бизга мактубингизни шу ердан йўллашингиз мумкин. Шикоят аризангиз бўлса, қисқа қилиб тушунтиринг. Нима, қаерда, қачон юз берди?
Фактлар, ҳужжатлар, аудио ва видеоларни йўлланг.
Мурожаат учун:
👇
@ReklamaXizmati1bot
Уланиш:
@TanqidlarUz

October 07, 16:57
Media unavailable
2
Show in Telegram

Assalomu alaykum, hurmatli “Tanqidlar Uz” kanali!
Men Namangan tumani, Kichik Toshbuloq qishlog‘idan murojaat qilyapman.
Men ko‘p qavatli uylarda 2 xonali kvartirada yashayman. O‘zim yozda hovlida yashayman. Uy yangi qurib bitkazilganida, 2019-yilda davlat tomonidan gaz, suv va svet (elektr energiyasi) uchun hisoblagichlar o‘rnatilgan.
Hisoblagich ko‘rsatkichlari bo‘yicha gaz va elektr energiyasi to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirib kelaman. Ammo kanalizatsiya to‘lovi bo‘yicha hisoblagichim mavjud bo‘lsa-da, mendan o‘rtacha to‘lov asosida haq olinmoqda.
“Yozda uyda yashamasam, nima sababdan o‘rtacha to‘lovga o‘tkazib qo‘ydingizlar?” deb murojaat qilganimda, hisoblagichim eskirganligi aytildi.
Savolim shuki: hisoblagichning pasporti va barcha hujjatlari mavjud bo‘lsa, nima sababdan undan foydalanish mumkin emas? Vaholanki, qo‘shnilarim hali ham xuddi shu turdagi hisoblagichlardan foydalanib kelishmoqda.
Iltimos, tegishli mutasaddilar ushbu masalani o‘rganib, qonuniy yechim topishda amaliy yordam bersalar.

September 01, 13:29

🚦
QIRG‘IZQO‘RG‘ON CHORRAHASIDAGI SVETOFORLAR QACHON TUZATILADI?
Namangan tumani Qirg‘izqo‘rg‘on
chorrahasida svetofor chiroqlarining nosozligi aholi va haydovchilar uchun jiddiy muammoga aylanmoqda.
❗️
Bu oddiy chiroq emas — bu yo‘l harakati xavfsizligi masalasi. Svetofor ishlamasa, chorrahada tartibsizlik, tirbandlik va eng muhimi, yo‘l-transport hodisasi xavfi ortadi.
❓
Mutasaddilar, savol oddiy: Qirg‘izqo‘rg‘on chorrahasidagi svetoforlar qachon to‘liq ta’mirlanadi?
Bir necha kun kutish mumkin, ammo xavfsizlik masalasini ortga surib bo‘lmaydi. Tegishli tashkilotlardan nosozlikni tezkor bartaraf etish va aniq muddat e’lon qilishni so‘raymiz.
📍
Manzil: Namangan tumani, Qirg‘izqo‘rg‘on chorrahasi.
⚠️
Hurmatli mutasaddilar, masalaga jiddiyroq e’tibor qaratishingizni kutamiz. Aholining murojaatini “ko‘rib chiqamiz” degan javob bilan emas, amaliy ish bilan hal qilish vaqti keldi!
#NamanganTumani
#Qirgizqorgon
#Svetofor
#YolXavfsizligi
#Tanqid
#Mutasaddilar
Мурожаат учун:
👇
@ReklamaXizmati1bot
Уланиш:
@TanqidlarUz

August 31, 17:34
Media unavailable
2
Show in Telegram

🚨
NAMANGAN TUMANIDA YO‘LLAR KIM TOMONIDAN O‘ZLASHTIRILMOQDA?
Namangan tumanidagi Ibrat MFYda, ayrim hududlarda umumiy foydalanishdagi yo‘l chetlari va yo‘l hududlari turli qurilmalar, to‘siqlar yoki boshqa maqsadlarda egallab olinayotgani haqida aholi e’tirozlari mavjud.
❓
Mutasaddilar buni ko‘rmayaptimi?
❓
Yo‘l hududlarini kim va qanday asosda o‘zlashtirmoqda?
❓
Ruxsatnoma va qonuniy hujjatlar bormi?
❓
Nazorat qiluvchi mas’ullar qayerda?
Yo‘l — barchaning umumiy foydalanishidagi hudud. Uni shaxsiy manfaat uchun egallash boshqa fuqarolarning erkin harakatlanishiga xalaqit bermasligi kerak.
Mutasaddilardan talab: Namangan tumanidagi yo‘l hududlarini o‘rganib, noqonuniy egallangan joylar bo‘yicha aniq choralar ko‘rilsin va jamoatchilikka natijasi ochiq ma’lum qilinsin.
📢
Yo‘llar kimningdir shaxsiy mulki emas!
Мурожаат учун:
👇
@ReklamaXizmati1bot
Уланиш:
@TanqidlarUz

August 28, 17:11
Media unavailable
3
Show in Telegram

❗️
VATHOZ degan tashkilot nima, yo‘q bo‘lib ketganmi?!
Namangan tumani Xo‘jaqishloqdagi Yangiariqlarning ahvoliga qaraydigan bo‘lsak, beixtiyor shu savol tug‘iladi: mas’ullar qayerda?
Ariqlar tozalanmay, atrof qarovsiz holatda qolsa, aholi kimga murojaat qilishi kerak? Obodonlashtirish faqat markaziy joylargagina kerakmi? Yangiariqlarda yashayotgan aholi ham toza, ozoda va munosib sharoitda yashashga haqli-ku!
Mas’ullardan iltimos emas, talab: hududdagi ariqlar holatini o‘rganib, tozalash va obodonlashtirish ishlarini tezroq yo‘lga qo‘yinglar! Xalq muammosi yillar davomida e’tiborsiz qolmasin.
📢
Xo‘jaqishloq Yangiariqlari ham e’tibor va obodonlashtirishga muhtoj!Rasmiy ma’lumotlarda Namangan tuman obodonlashtirish boshqarmasi faol deb ko‘rsatilgan, tumanda esa ariq-zovurlarni tozalash ishlari olib borilishi aytilgan.
Мурожаат учун:
👇
@ReklamaXizmati1bot
Уланиш:
@TanqidlarUz

August 21, 08:36
Media unavailable
1
Show in Telegram

Жойларда пропан таъминотидаги узоқ кечикишлар давом этмоқда
Фарғона вилояти Бағдод тумани Қирқволди қишлоғи аҳли 18 август куни ҳамма ишини йиғиштириб, эрталабдан кечгача газбаллон келишини кутди. Уларга охирги марта суюлтирилган газ берилганига уч ойдан ошиб кетган.
“Деярли 12 соатдан бери кутяпмиз. Таърифга тил ожиз-да энди. Илон Маск Марсга бир балолар қурамиз деяпти, биз эса газбаллон кутиб ўтираверамиз. Яхши бўлиб кетади, худо хоҳласа”, дейди юборилган видео муаллифи.
Мурожаат учун:
👇
@ReklamaXizmati1bot
Уланиш:
@TanqidlarUz

August 20, 05:24
Media unavailable
1
Show in Telegram

🚨
NAMANGAN TUMANI HOKIMLIGI VA TEGISHLI MAS’ULLARGA O‘TKIR SAVOL!
❗
“Namangan tumani — toza hudud” deymiz, ammo bu manzaraga kim javob beradi?!
Axlat qutilari to‘lib-toshib, chiqindilar yerga sochilib yotibdi. Atrof qarovsiz, nazorat esa sezilmaydi! Bu holatni ko‘rib turib ham indamaslik mumkinmi?
Hurmatli mas’ullar, faqat shior bilan hudud toza bo‘lib qolmaydi!
📌
Qayerda nazorat?
📌
Qayerda mas’uliyat?
📌
Qachon bu kabi muammolarga amaliy yechim bo‘ladi?
🚯
Aholidan tozalik talab qilinar ekan, mas’ullar ham o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashishi kerak!
Namangan tumani hokimligi, bu holatga zudlik bilan e’tibor qaratib, tegishli choralar ko‘rishingizni so‘raymiz!
🌿
TOZA HUDUD — FAQAT SO‘ZDA EMAS, AMALDA HAM BO‘LSIN!
Мурожаат учун:
👇
@ReklamaXizmati1bot
Уланиш:
@TanqidlarUz

August 18, 18:01

ҚУМҚЎРҒОНДА МАҲАЛЛА РАИСИ АҲОЛИНИ ТОЗАЛИККА МАЖБУРЛАБ, ЖАРИМА БИЛАН ОГОҲЛАНТИРМОҚДА
Сурхондарё вилояти Қумқўрғон тумани Пахтаобод маҳалласи раиси фуқароларни маҳалла ҳудудини тозалаш ва ободонлаштиришга чақирмоқда.
Раис мурожаатида ҳудудда текширувлар ўтказилиши ва талабларни бажармаган фуқаролар жаримага тортилиши айтилган.
Мурожаат учун:
👇
@ReklamaXizmati1bot
Уланиш:
@TanqidlarUz

August 18, 17:50
Media unavailable
1
Show in Telegram

🗑️
NAMANGAN TUMANI “TOZA HUDUD”GA SAVOL!
Rasmga qarab, bu joyni “Toza hudud” deb atash qanchalik to‘g‘ri?
Chiqindi konteynerlari atrofida axlat, qurigan o‘tlar va iflosliklar yig‘ilib yotibdi. Konteynerning o‘zi ham to‘lib ketgan. Aholidan tozalik uchun to‘lov undirilayotgan bo‘lsa, xizmat ham o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatilishi kerak-ku!
❓
Chiqindilar nima sababdan vaqtida olib ketilmayapti?
❓
Konteyner atrofi nega tozalanmayapti?
❓
Mas’ullar bu holatni ko‘rib turishibdimi?
Aholi toza va obod muhitda yashashga haqli! Mas’ullardan ushbu manzilga e’tibor qaratib, muammoni bartaraf etish va nazoratni kuchaytirishni so‘raymiz.
📸
Ushbu holat — befarq qarab bo‘lmaydigan muammo!
Мурожаат учун:
👇
@ReklamaXizmati1bot
Уланиш:
@TanqidlarUz