Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

tar_abror
Turk tiil va madaniyati, Turkiyaning buguni va o‘tmishi / TarAB (tarjimon Abror) Admin: https://t.me/ebrarozbek
Subscribers
953
24 hours
-2
30 days
-14
Post views
3 543
ER
3,72%
Posts (30d)
Characters in post
355
January 27, 15:32
Media unavailable
1
Show in Telegram

25 январь куни «Туркий давлатлар халқаро университетини ташкил этиш тўғрисида»ги президент қарори қабул қилинди.
Қарорга кўра, Тошкент шаҳрида Туркий давлатлар халқаро университети ташкил этилади.
2025/2026 ўқув йилидан университетда таълим жараёни таълим соҳасида халқаро эътироф этилган ташкилотлар рейтингида биринчи 1000 талик рўйхатга кирган, шунингдек, ўз йўналишида етакчи ҳисобланган Туркия олий таълим муассасаларининг ўқув дастурлари асосида ташкил этилади.
Университетда талабаларни ўқитиш тўлов-контракт асосида амалга оширилади. Университет фаолиятини йўлга қўйиш ва мувофиқлаштириш бўйича бошқарув кенгаши ташкил этилади.

January 21, 15:56
Media unavailable
1
Show in Telegram

Boludagi mehmonxonada yong‘in chiqishi oqibatida o‘nlab inson halok bo‘lgani munosabati bilan
2025-yilning 22-yanvari Turkiyada milliy motam kuni
deb e'lon qilindi.

January 21, 15:50
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Rasmiy_munosabat
Joriy yilning 21-yanvar kuni Turkiyaning Bolu viloyati Kartalkaya kurort maskanida joylashgan
"Grand Kartal"
mehmonxonasida mahalliy vaqt bilan soat 03:27 da yong'in sodir bo’lgan.
Turkiya Ichki ishlar vazirligi mazkur yong'in oqibatida 66 kishi vafot etganligini va 51 kishi tan jarohati olganligini ma’lum qildi.
Dastlabki ma'lumotlarga ko’ra, vafot etgan va jarohat olganlar orasida
O'zbekiston Respublikasi fuqarolari mavjud emas.

January 17, 13:06
Media unavailable
1
Show in Telegram

Bugun Turkiyadagi maktab-litsey o‘quvchilari ikki haftalik ta’tilga chiqdi.
Bizning toychoq ertalab “Tabelimni olib kelay”, deb chiqib ketgan edilar, bir payt og‘izlari quloqlarida kirib keldilar. Yaxshi o‘qiganlari uchun litseyda Onur Belgesi (Faxriy yorliq) berishibdi.
“Rahmat, o‘g‘lim, barakalla”, deb tabriklab, tabeliga bir qarasam, ba’zi darslardan baholari past. “Iye, nimaga berishdi o‘zi senga Onur Belgesini? Ba’zi darslardan baholarning past-ku”, dedim.
Eng past bahosi falsafadan. 50 ball olibdi. “Nega buncha past?” desam, “Qiyin-da”, deb irshayadi.
“Keyingi semestrda bu darsdan ham bahoingni ko‘tar”, deb poxoldo‘q qilib qo‘ydim.
Eh, bolaginam, sening xabaring yo‘q, otang ham tushunmasdi falsafani. Universitetda shu fandan arang o‘tib olgan.

January 17, 09:49
Media unavailable
1
Show in Telegram

Istanbulda
14 nafar
yurtdoshimiz qo‘lbola spirtli ichimlikdan zaharlanib vafot etdi. Reanimatsiya bo‘limlarida yotgan
3 nafar
hamyurtimizning esa ahvoli og‘ir.
Hayotingizni xavf otiga qo‘ymang! Shu zormondani ichmasangiz hech narsa yo‘qotmaysiz, lekin ichsangiz hayotingizni yo‘qotishingiz mumkin!
Siz o‘lib ketaverasiz, ortingizda qolganlarga qiyin bo‘ladi axir!..

January 17, 09:13

Anqaradagi yurtdoshlar, madaniy tadbirga marhamat! Kirish – bepul.

January 16, 13:23
Media unavailable
1
Show in Telegram

Anqaradagi yurtdoshlar, madaniy tadbirga marhamat! Kirish – bepul.

December 07, 05:59
Media unavailable
1
Show in Telegram

Do‘stlar!
Kanalni yanada rivojlantirish maqsadida ba’zi yangi loyihalar ustida bosh qotiryapman. Maqsadim – ko‘pchilikka foydasi tegadigan qandaydir yangiliklar qilish. Bu loyihalarni amalga oshirish esa vaqt va mehnat talab qiladi. Shuning uchun ijozatingiz bilan kanalda ozroq tanaffus e’lon qilmoqchiman.
Tez orada ko‘rishguncha!

December 06, 05:59
Media unavailable
3
Show in Telegram

Kars shahrida joylashgan Kumbet majsidini X asrda armanlar cherkov sifatida barpo etgan. Keyinchalik cherkov masjidga aylantirilgan.
XIX asrda bu hududlarni Rossiya bosib olgach, Kumbet masjidi yana cherkov bo‘ldi. Ruslar ketganidan keyin esa yana masjidga, so‘ng muzeyga aylantirildi.
Nihoyat, 1993-yilda yana masjid sifatida musulmonlarga xizmat qila boshladi.

December 06, 04:59
Media unavailable
1
Show in Telegram