
TDAU • TSAU • ТГАУ
TDAUda Yelena Peshkova bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi
🟢
Toshkent davlat agrar universiteti
Axborot-resurs markazi
tashabbusi bilan Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida
ijodiy uchrashuv
tashkil etildi. Tadbirda
ART-menejer, Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi Xalqaro ekologiya palatasi vakilligi rahbari, yozuvchi va Moskvadagi Korovin fondi prezidenti Yelena Peshkova
, shuningdek, jurnalist
Raisa Raldugina
ishtirok etdi.
📖
Uchrashuv davomida Yelena Peshkovaning
«ЭХО. К мысу доброй надежды»
nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Muallif asarning yaratilish tarixi, ijodiy faoliyati va kitob ustida olib borgan ishlari haqida so‘zlab berdi.
💬
Tadbir yakunida talabalar va professor-o‘qituvchilar mehmonlar bilan fikr almashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
✍️
TDAU axborot xizmati
🎖
web-site
|
📝
telegram
|
💻
instagram
📝
facebook
|
🎞
youtube
TDAUda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi
🟢
1–30-sentyabr kunlari
mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan
“Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi
hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida Toshkent davlat agrar universitetida maxsus-taktik o‘quv mashqi tashkil etildi.
🚒
Mashg‘ulot
Qibray tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi (FVB) xodimlari
tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda o‘tkazildi.
✅
O‘quv mashqining asosiy maqsadi —
favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etish hamda yong‘in sodir bo‘lgan taqdirda tezkor va to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash
dan iborat bo'ldi.
✍️
TDAU axborot xizmati
🎖
web-site
|
📝
telegram
|
💻
instagram
📝
facebook
|
🎞
youtube
Urgut tumanida ta’lim va agrosoha bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazildi
🟢
Toshkent davlat agrar universiteti vakillari
Samarqand viloyati Urgut tumanidagi 154-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida
o‘quvchilar, ota-onalar hamda pedagoglar ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida
TDAUning qo‘shma ta’lim dasturlari
, unda tahsil olish imkoniyatlari, zamonaviy ta’lim yo‘nalishlari hamda xalqaro hamkorlik asosida tashkil etilayotgan ta’lim jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
➡️
Kunning ikkinchi yarmida viloyatdagi
Loyiha ofisi faoliyati hamda agroxizmatlar yo‘nalishida fermerlar va tomorqa yer egalari bilan uchrashuv
ham tashkil etildi.
Unda hududdagi qishloq xo‘jaligi faoliyatini rivojlantirish, fermer va tomorqa xo‘jaliklarida zamonaviy agrotexnologiyalardan foydalanish, mavjud muammolarga ilmiy-amaliy yechimlar topish masalalari muhokama qilindi.
✅
Muloqot davomida
Toshkent davlat agrar universiteti olimlari tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy ishlanmalarni Urgut tumanida amaliyotga joriy etish
bo‘yicha ham fikr almashildi.
✍️
TDAU axborot xizmati
🎖
web-site
|
📝
telegram
|
💻
instagram
📝
facebook
|
🎞
youtube
TDAUda talabalar o‘rtasida ommaviy sport musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda
🟢
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining
35 yilligi
munosabati bilan Toshkent davlat agrar universitetida
I bosqich talaba-yoshlari o‘rtasida ommaviy sport musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.
Musobaqalar sportning
mini-futbol, stol tennisi va voleybol
turlari bo‘yicha tashkil etilmoqda.
✍️
TDAU axborot xizmati
🎖
web-site
|
📝
telegram
|
💻
instagram
📝
facebook
|
🎞
youtube
TDAUda talabalar o‘rtasida ommaviy sport musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda
🟢
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining
35 yilligi
munosabati bilan Toshkent davlat agrar universitetida
I bosqich talaba-yoshlari o‘rtasida ommaviy sport musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.
Musobaqalar sportning
mini-futbol, stol tennisi va voleybol
turlari bo‘yicha tashkil etilmoqda.
⚽️
Mini-futbol
bahslari O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi tomonidan tasdiqlangan amaldagi musobaqa qoidalari asosida o‘tkazilmoqda. Har bir jamoa tarkibida 8 nafar ishtirokchi — 5 nafar asosiy va 3 nafar zaxira o‘yinchisi, shuningdek, murabbiy hamda jamoa rahbari ishtirok etmoqda.
🏓
Stol tennisi
musobaqalari O‘zbekiston Stol tennisi federatsiyasining amaldagi qoidalari asosida tashkil etilib, jamoalar tarkibida 2 nafar o‘g‘il va 2 nafar qiz talaba qatnashmoqda.
🏐
Voleybol
bahslari esa O‘zbekiston Voleybol federatsiyasining amaldagi qoidalari asosida, olimpiya tizimida o‘tkazilmoqda. Musobaqalarda o‘g‘il-qiz talabalardan tarkib topgan jamoalar o‘zaro bellashmoqda.
✅
Ayni paytda sport maydonlarida
murosasiz va qizg‘in bahslar davom etmoqda
. Talabalar o‘z jamoalarining munosib natija qayd etishi uchun bor kuch va mahoratlarini namoyon etmoqda.
✍️
TDAU axborot xizmati
🎖
web-site
|
📝
telegram
|
💻
instagram
📝
facebook
|
🎞
youtube
O‘zbekiston–Serbiya hamkorligi agrosanoat rivojiga yangi imkoniyatlar ochadi
🟢
Toshkent davlat agrar universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Narzullo Oblomuradovning
“O‘zbekiston — Serbiya: Agrosanoat rivojida strategik burilish nuqtasi”
nomli maqolasi “Xalq so‘zi” gazetasida nashr qilindi.
➡️
Maqolada O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasidagi
savdo-iqtisodiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish
, xususan, agrosanoat, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi, logistika va zamonaviy agrotexnologiyalar yo‘nalishlaridagi hamkorlik istiqbollari keng yoritilgan.
➡️
Unda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanishida
Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Aleksandar Vuchichning siyosiy irodasi
muhim omil bo‘layotgani qayd etilib, Serbiyaning Yevropa bozorlariga chiqishdagi qulay imkoniyatlari hamda O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi strategik o‘rni o‘zaro hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar yaratishi ta’kidlangan.
✅
Maqolada, shuningdek,
Serbiya qishloq xo‘jaligidagi ilg‘or tajribalarni O‘zbekistonda qo‘llash
, agrotexnologiyalar, issiqxona xo‘jaligi, urug‘chilik, agroinnovatsiyalar, logistika va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
✍️
TDAU axborot xizmati
🎖
web-site
|
📝
telegram
|
💻
instagram
📝
facebook
|
🎞
youtube
TDAU va “Korzinka” o‘rtasidagi amaliy hamkorlik yangi bosqichga ko'tarildi
🟢
Toshkent davlat agrar universiteti hamda
“Korzinka”
o‘rtasida fan, ta’lim va amaliyot integratsiyasini kuchaytirishga qaratilgan samarali hamkorlik rivojlanmoqda. Hamkorlikning asosiy maqsadi — talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, ularni real ishlab chiqarish jarayonlariga keng jalb etish hamda
dual ta’lim tizimini rivojlantirish
dan iborat.
➡️
Mazkur yo‘nalishda
Qishloq xo‘jaligi fitopatologiyasi kafedrasi mudiri S.E. Avazov
hamda
kafedra assistenti D.D. Qodirova
tomonidan “Korzinka” bo‘lim mudirlari ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminar davomida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va sifatini ta’minlashda zamonaviy yondashuvlardan foydalanish,
fitopatologik nazoratni takomillashtirish
, shuningdek, sohaga zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega malakali kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
✅
Shuningdek, uchrashuv davomida
dual ta’limni rivojlantirish, talabalarni amaliyotga keng jalb etish, ularning kasbiy kompetensiyalarini mustahkamlash hamda ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi uzviy hamkorlikni yanada kuchaytirish
bo‘yicha amaliy kelishuvlarga erishildi.
✍️
TDAU axborot xizmati
🎖
web-site
|
📝
telegram
|
💻
instagram
📝
facebook
|
🎞
youtube
TA’ZIYA
Toshkent davlat agrar universiteti Ipakchilik va tutchilik kafedrasi professori, taniqli olim va fidoyi pedagog
Raxmanberdiyev Vaxabdjan Karimovich 2026-yil 11-sentabr kuni 74 yoshida vafot etdi.
Vaxabjon Karimovich 1952-yil 24-sentabrda Toshkent shahrida tavallud topgan bo‘lib,
50 yildan ortiq ilmiy-pedagogik faoliyati
davomida o‘z hayotini ilm-fan va ta’lim rivojiga bag‘ishladi.
U O‘zbekistonda ipakchilik tarmog‘ining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan tutchilik fanini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan, ko‘plab shogirdlarni tarbiyalagan zahmatkash olim sifatida universitet jamoasi xotirasida qoladi.
Ustozning boy ilmiy merosi, ezgu ishlari va shogirdlari qalbidagi yorqin xotirasi abadiy yashaydi.
Toshkent davlat agrar universiteti jamoasi marhumning oila a’zolari, yaqinlari, shogirdlari va hamkasblariga chuqur ta’ziya izhor etadi.
Marhumning joylari jannatdan, oxiratlari obod bo‘lsin.
✍️
️TDAU axborot xizmati
🎖
web-site
|
📝
telegram
|
💻
instagram
📝
facebook
|
🎞
youtube
TDAUda “Yoshlar kuni” doirasida yangi hamkorlik tashabbuslariga start berildi
🟢
“Yoshlar kuni”
munosabati bilan Toshkent davlat agrar universitetida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov, universitet rektori Narzullo Oblomuradov
, agentlik vakillari, professor-o‘qituvchilar hamda Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakultetining talabalari ishtirokida muloqot bo‘lib o‘tdi.
💬
Muloqot davomida
standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mahsulot sifatini boshqarish sohalaridagi yangiliklar
, ushbu yo‘nalishlarda malakali mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj haqida fikr almashildi. Uchrashuv doirasida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Toshkent davlat agrar universiteti o‘rtasida kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Anglashuv memorandumi
imzolandi.
➡️
Mazkur memorandumning asosiy maqsadi —
“Tarmoq–korxona–oliygoh”
zanjiri asosida zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega, ishlab chiqarishning ilg‘or texnologiyalarini chuqur o‘zlashtirgan mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishdan iborat bo'ldi.
✅
Agentlik vakillari
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakultetining laboratoriyalari
, xususan,
“Ekofiziologik tadqiqotlar” laboratoriyasi
faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tadbir yakunida universitet hududida
“Yashil makon”
umummilliy loyihasi doirasida manzarali daraxt ko'chatlari ekildi. Mazkur ezgu tashabbus hamkorlikning bardavomligi, yangilanish va kelajak avlod uchun yashil muhit yaratish ramzi sifatida alohida ahamiyat kasb etdi.
✍️
TDAU axborot xizmati
🎖
web-site
|
📝
telegram
|
💻
instagram
📝
facebook
|
🎞
youtube
TDAUda “Talabalikka bag‘ishlov” tadbiri bo‘lib o‘tdi
🟢
Toshkent davlat agrar universitetida
2026/2027-o‘quv yilida talabalikka qabul qilingan yoshlar
uchun “
Birinchi kurs maktabi
” haftaligi doirasidagi tadbir
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yarataylik!”
shiori ostida ko‘tarinki ruhda bo'lib o'tdi.
➡️
Tadbirda
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Akmal Jumanazarov
, direktorning ilmiy-tadqiqot masalalari bo‘yicha maslahatchisi, filologiya fanlari doktori, professor
Naibaxon Mamadalieva
,
Qishloq xo‘jaligi vaziri maslahatchisi Mizrob Buronov
, universitet rektori, professor
Narzullo Oblomuradov
, professor-o‘qituvchilar hamda
1-bosqich talabalari
ishtirok etdi.
➡️
Unda
1-bosqich talabalari tomonidan tantanali qasamyod qabul qilinishi
bo‘ldi. Yoshlar universitet talabasi sifatidagi mas’uliyatini chuqur his etgan holda, bilim olish, Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish va kelajakda mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga ahd qildilar.
✅
TDAUda tahsil olishni boshlagan yoshlar oldida endilikda yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash, ilmiy izlanishlarda qatnashish, zamonaviy agrotexnologiyalarni o‘rganish hamda mamlakatimiz agrar sohasi rivojiga munosib hissa qo‘shishdek ulkan vazifalar turibdi.
🎶
Bayramona tadbir davomida universitetning
“Bo‘ston” ashula va raqs ansambli
tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, tadbirga o‘zgacha bayramona ruh bag‘ishladi.
✍️
TDAU axborot xizmati
🎖
web-site
|
📝
telegram
|
💻
instagram
📝
facebook
|
🎞
youtube