Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

TDYU YURIDIK KLINIKASI

tdyu_yuridik_klinikasi
👉 Ushbu kanalda TDYU talabalari o'qituvchilar nazorati ostida fuqarolik, soliq, mehnat, ijtimoiy va boshqa sohalar bo'yicha bepul huquqiy maslahat berishadi. Javoblar ma'lumot xarakteriga ega. 👉 Rus tilida: https://t.me/tsul_yuridicheskaya_klinika
Subscribers
4 277
24 hours
-2
30 days
-83
Post views
1 000
ER
23,38%
Posts (30d)
36
Characters in post
1 096
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Law
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Law & Legal Services
Summary
October 23, 12:11
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

📣
Yangi hayot tumanida sayyor qabul va “Street Law” tadbiri o‘tkazildi
⚜
2026-yil 23-oktabr kuni
Respublikasi Prezidentining PQ-1-son qarori ijrosi doirasida
Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi hamda Fuqarolik huquqi va fuqarolik protsessual huquqi sho‘basi hamkorligida, sho‘ba professor-o‘qituvchilari
Feruza Axmedova va Umida Sharaxmetova
, shuningdek, Yuridik klinika volontyorlari ishtirokida Yangi hayot tumanidagi
333-sonli maktabda
sayyor qabul tashkil etildi.
✅
Sayyor qabul davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, huquqiy masalalar yuzasidan maslahatlar berildi.
📚
Shuningdek,
“Street Law” loyihasi
doirasida maktab bitiruvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi. O‘quvchilarga huquq va majburiyatlari tushuntirilib, huquqiy tavsiyalar berildi hamda ularni qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi.
📥
Murojaat uchun:
@TDYU_Yuridik_klinika_bot
📞
Call-markazi:
+998555130112
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🖥
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
:
🌐
Bizning sahifalar:
https://yuridikklinika.taplink.ws
🌐
Web-site:
https://tsulclinic.uz/
💬
Telegram
🌐
Instagram
🌐
YouTube
🌐
TikTok
🌐
Facebook

October 21, 13:52
Media unavailable
1
Show in Telegram

🇺🇿
21-oktabr – O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!
Ona tilimiz – millatimizning ruhi, tafakkuri, tarixi va ma'naviy tayanchidir.
O'zbek tili nafaqat muomala vositasi, balki xalqimizning qadriyati, milliy g'ururi va davlatchiligimizning muhim ramzidir.
Biz, Yuridik klinika volontyorlari
shuni alohida ta'kidlab o'tamizki, huquq sohasi vakillari uchun tilning ahamiyati yanada ulkandir. Chunki adolat ham, qonun ham, haqiqat ham, avvalo, so'z orqali ifoda etiladi.
Til ravon bo'lsa – fikr aniq bo'ladi. Fikr aniq bo'lsa – huquq sohasi himoyasi mustahkam bo'ladi.
Yuridik klinika volontyorlari shu ulug' ayyomda barchangizni ona tilimizga hurmat bilan munosabatda bo'lishga, uni asrab-avaylashga va nufuzini yanada yuksaltirishga chaqiramiz.
Ona tilimiz – milliy iftixorimiz, ma'naviy boyligimiz va huquqiy tafakkurimizning ham asosidir.
Barchangizni bayram bilan chin qalbimdan tabriklayman!
21-oktabr – O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun muborak bo'lsin!

October 20, 12:01
Media unavailable
2
Show in Telegram

🤖
O‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasining Telegram-boti ishga tushirildi!
🤖
Endi siz bot orqali o‘z savollaringizni yuborishingiz va kerakli ma’lumotlarni olishingiz mumkin.
📹
Videoqo‘llanmada botdan foydalanish va savollarni yuborish tartibi ko‘rsatilgan.
❗️
Videoni tomosha qiling, botga o‘ting va o‘z savollaringizni yuboring!
📥
Bepul huquqiy yordam
olish uchun Telegram-bot:
👉
@ULA_ProBono_bot
📱
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
📱
YouTube
📱
LinkedIn
📱
Veb-sayt

October 19, 11:24
Media unavailable
1
Show in Telegram

❗️
❗️
❗️
❗️
❗️
❗️
❔
Savol
: Xodim qamalib qolsa u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinadimi?
✅
Javob:
Avvalo ushbu vaziyatda biz ikki xil tushunchani ajratib olishimiz lozim:
yani xodim sudning qarori bilan ozodlikdan mahrum etilishi va ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olinishi:
📚
Jinoyat protsessual kodeksining 242- moddasiga asosan Ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish Jinoyat kodeksida uch yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan qasddan sodir etilgan jinoyatlarga doir hamda ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, buning uchun Jinoyat kodeksida besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha qoʻllaniladi deb belgilab qoʻyilgan.
📚
Mehnat kodeksining 168- moddasi birinchi qismi 3- bandiga koʻra,
xodim sudning qaysi hukmi bilan avvalgi ishini davom ettirish imkoniyatini istisno etadigan jazoga hukm qilingan boʻlsa, oʻsha sud hukmining qonuniy kuchga kirganligi
, shuningdek sudning qaroriga binoan xodimning ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasasiga yuborilganligi munosabati bilan mehnat shartnomasini bekor qilish mumkin.
⚖️
Demak,
xodim bajarayotgan ishini amalga oshirish imkoni bermaydigan sud hukmi bilan qamoqqa olinsagina mehnat shartnomasi bekor boʻladi.
🗃
Huquqiy asoslar
:
Jinoyat protsessual kodeksi
✅
https://lex.uz/docs/-111460
Mehnat kodeksi
✅
https://lex.uz/ru/docs/-6257288
👩‍💻
TDYU Yuridik klinikaning koʻngilli talabasi Qurbonaliyeva Mohigul
📥
Murojaat uchun:
@TDYU_Yuridik_klinika_bot
📞
Call-markazi:
+998555130112
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🖥
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
:
🌐
Bizning sahifalar:
https://yuridikklinika.taplink.ws
🌐
Web-site:
https://tsulclinic.uz/
💬
Telegram
🌐
Instagram
🌐
YouTube
🌐
TikTok
🌐
Facebook

October 16, 15:52
Media unavailable
3
2
Show in Telegram

🧷
2026-yil 12-oktyabr kuni Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanidagi “Ibrat” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida TDYU Yuridik klinikasi tomonidan Pro bono tizimi doirasida aholi uchun sayyor qabul tashkil etildi.
‼️
Sayyor qabul davomida fuqarolarning oilaviy munosabatlar, meros, ko‘chmas mulk va kadastr, aliment undirish hamda pasport bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlari ko‘rib chiqildi. Murojaatchilarga mavjud muammolarni qonuniy hal etish tartibi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar va amaliy tavsiyalar berildi. Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan masalalar bo‘yicha belgilangan muddatda amaliy yordam berish bo‘yicha kelishishga erishildi.
✔️
Shuningdek, qabul jarayonida ikki nafar qo‘shni o‘rtasida yuzaga kelgan nizoni tinch yo‘l bilan hal etishga alohida e’tibor qaratildi. Tomonlar o‘rtasida o‘zaro murosa va manfaatlarni inobatga olgan holda mediativ kelishuv tuzishga erishildi.
📥
Murojaat uchun:
@TDYU_Yuridik_klinika_bot
📞
Call-markazi:
+998555130112
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🖥
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
:
🌐
Bizning sahifalar:
https://yuridikklinika.taplink.ws
🌐
Web-site:
https://tsulclinic.uz/
💬
Telegram
🌐
Instagram
🌐
YouTube
🌐
TikTok
🌐
Facebook

October 16, 15:34
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

2026-yil 12-oktabr kuni Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanidagi "Surum" mahalla fuqarolar yig'ini hududida Pro bono tizimi doirasida TDYU Yuridik klinikasi tomonidan aholi uchun sayyor qabul tashkil qilindi.
Sayyor qabul davomida mahalla aholisi bilan ochiq muloqot o'tkzilib, fuqarolarning huquqiy masalalarga oid murojaatlari tinglandi. Murojaatchilarga ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan amaldagi qonunchilik normalari asosida huquqiy tushuntirishlar berildi va mavjud muammolarni qonuniy hal etish bo'yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi.
Shuningdek, qabul jarayonida fuqarolar o'rtasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan nizolarni sudgacha hal etish, ularning oldini olish va nizolashayotgan taraflar o'rtasida o'zaro murosaga erishish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Jumladan, mediatsiya tartib-taomillaridan foydalanish orqali nizolarni tinch yo'l bilan hal etish, taraflarning huquq va qonuniy manfaatlarini inobatga olish hamda o'zaro maqbul yechimga erishishning ahamiyati tushuntirildi. Mediatsiyaning afzalliklari, xususan nizolarni o'zaro kelishuv asosida hal etish, vat va mablag'ni tejash hamda taraflar o'rtasidagi munosabatlarni saqlab qolish imkoniyatlari haqida ma'lumot berildi.
Aholiga Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi faoliyati va uning doirasidagi bepul huquqiy yordam olish imkoniyatlari haqida ma'lumotlar berildi. Shuningdek, fuqarolarning yuridik klinikaga murojaat qilish tartibi tushuntirilib, tegishli tashrif qog'ozlari tarqatildi.
📥
Murojaat uchun:
@TDYU_Yuridik_klinika_bot
📞
Call-markazi:
+998555130112
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🖥
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
:
🌐
Bizning sahifalar:
https://yuridikklinika.taplink.ws
🌐
Web-site:
https://tsulclinic.uz/
💬
Telegram
🌐
Instagram
🌐
YouTube
🌐
TikTok
🌐
Facebook

October 16, 15:12
Media unavailable
3
2
Show in Telegram

⚖️
Sud qarorlari: nazariyadan amaliyotga.
15-oktabr kuni TDYU Yuridik klinikasida talabalar uchun
"Sud qarorlarini sharhlash"
loyihasi bo'lib o'tdi.
⚖️
Loyiha doirasida Yuridik klinika xodimi Habibullayev Dalerbek Baxtiyor oʻgʻli talabalarga sud qarorlarini chuqur tahlil qilish, ularning asosiy mantiqini tushunish va huquqiy fikrni dalillar bilan asoslash bo'yicha amaliy bilimlarni ulashdi.
💙
Sud qarorlari qanday tuzilishi o'rganildi;
💙
Qonun normalarining amaliyotda qo'llanilishi tahlil qilindi;
💙
Talabalar savol-javob va muhokamada faol ishtirok etdi.
Zamonaviy yurist uchun sud qarorlarini to'g'ri o'qish va sharhlay olish eng muhim ko'nikmalardan biridir. Yuridik klinika esa talabalarga aynan shu ko'nikmani amaliyotda egallash imkonini beradi.
Bunday foydali tadbirlar kelgusida ham davom etadi.
📥
Murojaat uchun:
@TDYU_Yuridik_klinika_bot
📞
Call-markazi:
+998555130112
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🖥
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
:
🌐
Bizning sahifalar:
https://yuridikklinika.taplink.ws
🌐
Web-site:
https://tsulclinic.uz/
💬
Telegram
🌐
Instagram
🌐
YouTube
🌐
TikTok
🌐
Facebook

October 16, 09:53
Media unavailable
1
Show in Telegram

📢
DIQQAT, E’LON!
2026–2027-o‘quv yili uchun ariza topshirgan nomzodlarning 2-bosqich natijalari e’lon qilinmoqda!
Suhbat bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan barcha talabalarni samimiy tabriklaymiz!
🎉
TDYU Yuridik klinikasi jamoasiga qo‘shilish sari tashlagan qadamingiz bilan muborakbod etamiz! Sizga kelgusi faoliyatingizda muvaffaqiyat, yangi bilimlar va ulkan yutuqlar tilaymiz.
Natijalarni diqqat bilan kuzatib boring. Barcha nomzodlarga faollik va intilishlari uchun minnatdorchilik bildiramiz!

October 16, 09:53

October 15, 14:08
Media unavailable
2
2
Show in Telegram

🧷
Yuridik klinikada navbatdagi master-klass o‘tkazildi!
Dual ta’lim dasturi doirasida Yuridik klinikada amaliyot o‘tayotgan talabalar uchun navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi.
📌
Jinoyat-protsessual huquqi sho‘basi dotsenti vazifasini bajaruvchi
Uralov Sarbon Sardorovich
tomonidan “
Jinoyat ishining amaliy tahlili
” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.
Tadbir davomida jinoyat ishlarini amaliy tahlil qilish, ish materiallarini o‘rganish, protsessual vaziyatlarga huquqiy baho berish hamda jinoyat-protsessual qonunchilik normalarini amaliyotda qo‘llash masalalariga e’tibor qaratildi. Mahorat darsi talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.
📥
Murojaat uchun:
@TDYU_Yuridik_klinika_bot
📞
Call-markazi:
+998555130112
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🖥
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
:
🌐
Bizning sahifalar:
https://yuridikklinika.taplink.ws
🌐
Web-site:
https://tsulclinic.uz/
💬
Telegram
🌐
Instagram
🌐
YouTube
🌐
TikTok
🌐
Facebook