
TECHNOFLY
#qiziqarli
🩻
Midjourney endi faqat rasmlar emas, balki ultratovushli 3D tana skanerini ham taqdim etdi
⚡️
Midjourney kompaniyasi Butterfly Network bilan hamkorlikda
Midjourney Scanner
nomli yangi ultratovushli tomograf konsepsiyasini namoyish qildi.
💧
Qurilmada inson maxsus suvli vannaga tushadi va taxminan
40 ta Ultrasound-on-Chip
moduli yordamida atigi
60 soniya
ichida tananing uch o‘lchamli modeli yaratiladi. Skanerlashda rentgen yoki magnit maydon emas, faqat ultratovush to‘lqinlaridan foydalaniladi.
📈
Kompaniya kelgusi 6 yil ichida
50 mingta
skaner o‘rnatish va uzoq muddatda oyiga
1 milliardtagacha skanerlash
ni amalga oshirishni maqsad qilgan.
@technoflyuz
#qiziqarli
💬
Google Translate’da real vaqt rejimida nutq tarjimasi paydo bo‘ldi
⚡️
Google’ning yangi Gemini 3.5 Live Translate modeli endi gap tugashini kutmasdan, suhbatni real vaqtning o‘zida tarjima qiladi. Tizim intonatsiya va nutq tempini ham saqlab qoladi.
🌐
Texnologiya 70+ til va 2000+ til kombinatsiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.
📲
Funksiya Android va iOS’dagi Google Translate ilovasida bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.
@technoflyuz
#dolzarb
🤖
Internetda botlar insonlardan ko’p bo’lib ketdi
Cloudflare Radar
ma’lumotlariga ko’ra, internetdagi HTTP so’rovlarining 57,5% ini botlar, atigi 42,5% ini esa odamlar tashkil etmoqda.
Bu ko’rsatkich 2027 yil oxiriga kutilgan edi, ammo muddatidan oldin yuz berdi.
Raqamlar:
🤖
57,5% — botlar
👤
42,5% — odamlar
👾
Umumiy bot trafigining 40% zararli botlar
Bunga sabab, AI agentlari va avtomatlashtirilgan tizimlarning keng tarqalishi natijasida bot trafigining keskin oshganidir.
@technoflyuz
#qiziqarli
⚡️
Xiaomi HyperOS 3.1 yangilanishida katta qulaylik qo’shildi.
📲
So’nggi HyperOS yangilanishi bilan
Quick Share
texnologiyasi orqali
Xiaomi
smartfonlari va
Apple
qurilmalari o‘rtasida fayl uzatish qo‘llab-quvvatlanmoqda.
📤
Yangi funksiya foydalanuvchilarga foto, video, hujjat va boshqa fayllarni iPhone, iPad hamda Mac qurilmalariga tezkor tarzda yuborish imkonini beradi. Bunda uchinchi tomon ilovalari yoki bulutli xizmatlardan foydalanish talab etilmaydi.
@technoflyuz
#qiziqarli
⚡️
Microsoft yangi Shared Audio funksiyasini sinovdan o’tkazmoqda.
🎧
Bitta kompyuterga bir vaqtda ikki juft Bluetooth quloqchin ulab, ovozni bo’lishish mumkin bo’ladi va hech qanday qo’shimcha dastur kerak emas.
Hozircha funksiya
KB5089573
insider versiyasida mavjud.
💻
Funksiya faqat
Bluetooth LE Audioni
qo’llab-quvvatlaydigan qurilmalarda ishlaydi. Ushbu texnologiya allaqachon MediaTek, Qualcomm va Intel chiplariga asoslangan ko'plab zamonaviy noutbuklar va adapterlar tomonidan qo'llab-quvvatlanadi.
@technoflyuz
#yangilik
🐣
Birinchi marta jo’ja sun’iy tuxumda yetishtirildi
🔬
Colossal Biosciences
olimlari jo’jalarni oddiy tuxumsiz — to’liq sun’iy kapsulada o’stirishga muvaffaq bo’ldi. Qobiq o’rniga silikon membrana ishlatiladi, embrion qush tanasidan tashqarida rivojlanadi.
🧬
Olimlar bu texnologiya orqali 1400-yillarda yo’q bo’lib ketgan moa qushini qayta tiklashni rejalashtirmoqda.
🥚
Moa tuxumlari tovuq tuxumidan 80 marta katta bo’lib, hech qanday zamonaviy qush surrogat bo’la olmaydi. Sun’iy kapsula aynan shu muammoni hal qiladi.
@technoflyuz
#yangilik
🔥
Apple MacBook Neoga to’liq yadroli emas, ataylab cheklangan A18 Pro chip o’rnatayotgani aniqlandi.
⚙️
Odatda TSMC ishlab chiqarishda ba’zi chiplarning 1 ta GPU yadrosi nuqsonli chiqadi — bunday chiplar o’chirib, MacBook’larga 5 yadroli holda joylashtiriladi. To’liq 6 yadroli versiyasi esa iPhone uchun saqlanadi.
📈
Biroq MacBook Neo’ga talab shunchalik oshib ketdiki — nuqsonli chiplar tugab qoldi. Shunda Apple oddiy, to’liq ishlaydigan chiplarni olib, 1 ta yadroni dasturiy tarzda o’chirib qo’yishni boshladi.
@technoflyuz
#foydali
📄
Google Gemini endi to’g’ridan-to’g’ri chat ichida fayllar yarata oladi.
Hech qanday qo’shimcha dastur yoki vosita kerak emas.
Qo’llab-quvvatlanadigan formatlar:
📄
PDF
📊
CSV
📝
DOCX
📈
XLSX
🖥
Google Slides taqdimotlari
@technoflyuz
#yangilik
⚡️
YouTube rasmiy ravishda Picture-in-Picture (PiP) rejimini barcha uchun bepul qildi.
Ilgari bu funksiya faqat Premium obunachilarga mavjud edi — endi esa hech qanday obunasiz ishlaydi.
Xususiyatlari:
📱
Video kichik oynada ishlaydi
🎦
Boshqa ilovalardan foydalanayotganda ham ko’rasiz
@technoflyuz
#yangilik
🎧
Xiaomi to’liq o’lchamli quloqchinlar Redmi Headphones Neo
’
ni taqdim etdi.
💸
Taxminiy narxi ~$55.
Texnik xususiyatlari:
🔊
40 mm titanium qoplamali dinamiklar
📻
Chastota diapazoni: 20 — 40 000 Gts
🔇
Faol shovqinni yo’qotish(ANC): 42 dB gacha
📶
Bluetooth 5.4 + USB-C orqali simli ulanish
🔋
500 mA·soat batareya — 72 soat avtonom ishlash (ANC’siz)
🎨
Ranglar: Qora · Qumrang · Ko’k
@technoflyuz