
Termiz tumani hokimligi
Termiz tumanida Biznesni rivojlantiriş bankining bank xizmatlari markazi iş boşladi
Yangi bank xizmatlari markazining tantanali oçiliş marosimida Termiz tumani hokimi
Şuxrat Qalandarov
, tuman prokurori
Yodgor Bozorov
, Biznesni rivojlantiriş banki mas’ullari, bank xizmatlari markazi xodimlari, nuroniylar va jamoatçilik vakillari iştirok etdi.
Zamonaviy şaroitlar bilan ta’minlangan yangi bank ofisi Termiz tumanida aholiga
bank xizmatlarini körsatiş, tadbirkorlik loyihalarini moliyaviy qöllab-quvvatlaş kabi xizmatlarni
körsatadi.
Tadbirda iştirok etganlar yangi ofis xalqimiz farovonligiga xizmat qilişi va samarali faoliyat yuritişida omadlar tiladi.
Veb sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
Prezident Olimpiadasi – iqtidorli yoşlarni kaşf etib, çempionlar va rekordçilarni tayyorlaş, farzandlarimizni soğlom, irodali va mustaqil fikrlaydigan insonlar etib tarbiyalaşga xizmat qiluvçi imkoniyatlar
maydoni
.
Veb sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
💼
Tayinlov
Qurbonniyazov Baxtiyor Bobomurodoviç
– Termiz tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori lavozimiga tayinlandi.
Baxtiyor Qurbonniyazov 1981-yil Angor tumanida tuğilgan. 2003-yilda Termiz davlat universitetini, 2013-yilda Özbekiston Respublikasi bank-moliya akademiyasini tamomlagan. Ma’lumoti böyiça mutaxassisligi – menejment, bank işi.
Mehnat faoliyati davomida AT “Turon bank” Surxondaryo filiali bölim boşliği, boşqaruvçi örinbosari, “Angor paxta” oçiq turdagi AJ va xususiy sektorda turli vazifalarda, şuningdek, Termiz tumani “Gulbahor” mahalla fuqarolar yiğinida tadbirkorlikni rivojlantiriş, aholi bandligini ta’minlaş va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça hokim yordamçisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Tayinlovga qadar 2026-yildan buyon “Termiz” mahalla fuqarolar yiğinida tadbirkorlikni rivojlantiriş, aholi bandligini ta’minlaş va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça hokim yordamçisi lavozimida işlab kelayotgan edi.
Veb sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
FVV OGOHLANTIRADI!
Is gazi
hayot uchun xavfli! Xonani isitiş vaqtida
texnika xavfsizligi qoidalariga
rioya qiling.
Veb sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
Yangi massivlar, obod mahallalar va ravon yöllar — hududlarda bunyodkorlik işlari davom etmoqda
Surxondaryo.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashining yigirma uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Bugun Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashining yettinchi chaqiriq
yigirma uchinchi sessiyasi
o‘tkazildi. Sessiya davomida deputatlar kun tartibiga kiritilgan
21 ta masalani
atroflicha ko‘rib chiqdilar.
Xususan,
tuman hokimi, prokuror, Ichki ishlar va boshqa mas'ullarning
masalalar yuzasidan hisobotlari tinglandi.
Deputatlar har bir masala yuzasidan keng muhokamalar o‘tkazib, mas’ullardan savollariga javoblar, holatlar yuzasidan izohlar oldilar. Yakunda, kun tartibidagi har bir masala bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.
Sessiya ishi tuman hokimligi Axborot xizmatining YouTube platformasidagi rasmiy
sahifasi
orqali
jonli efirga
uzatildi.
Veb sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
MUSTAQILLIK MFYDA ISSIQXONALAR FAOLIYATI BILAN TANIŞILDI
Termiz tumani hokimi, Xalq deputatlari Termiz tuman Kengaşining 9-Namuna saylov okrugi deputati Ş. Kalandarov kotibiyat mudiri A. Avliyakulov bilan birgalikda özi saylangan Mustaqillik mahalla fuqarolar yiğini hududida fuqarolar tomonidan yölga qöyilgan issiqxona faoliyati bilan tanişdi.
Örganiş davomida hududdagi issiqxonalarda amalga oşirilayotgan işlar, ekinlarni parvarişlaş jarayoni hamda yetiştirilayotgan qişloq xöjaligi mahsulotlari közdan keçirildi. Xususan, 20 sotix va 17 sotix maydonni egallagan issiqxonalar faoliyati bilan tanişilib, ularda bolgarski , bodring va rukola kabi ekinlar yetiştirilayotgani qayd etildi.
Taşrisda fuqarolarga 10 yil muddatga ijara asosida ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalaniş, issiqxona xöjaligini rivojlantiriş va qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiriş orqali daromad manbaini kengaytiriş masalalariga e’tibor qaratildi. Şuningdek fuqarolarning xonadonlarida taşkil etilgan issiqxona faoliyati ham örganildi.
Bunday taşabbuslar aholi bandligini ta’minlaş, oilalar daromadini oşiriş, yer resurslaridan unumli foydalaniş hamda içki bozorni sifatli qişloq xöjaligi mahsulotlari bilan ta’minlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.
Hududlarda tadbirkorlik va dehqonçilik faoliyatini qöllab-quvvatlaş, fuqarolar taşabbuslarini örganiş hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalaniş borasidagi işlar davom ettiriladi.
📱
Telergram
|
📱
Fecebook
|
📱
Instagram
|
📱
E-kengaş
Prezident Olimpiadasi dasturidagi
sport turlari soni 35 taga
yetkaziladi. Yosh toifasi ham kengaytirilib, musobaqa
14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar
o‘rtasida
o‘tkaziladi
.
Har yili
olimpiada g‘oliblaridan 50 nafari xorijdagi xalqaro yig‘inlarga
yuboriladi. Kelasi yildan
g‘oliblarga bir yillik stipendiya berish
boshlanadi. O‘z yo‘nalishida
eng yaxshi natijaga erishgan sport maktabi zarur jihozlar bilan ta’minlanadi.
Poytaxtdagi
Olimpiya shon-shuhrati muzeyi Olimpiya shaharchasiga ko‘chiriladi.
Shu orqali yosh sportchilar chempionlarimiz tarixi va yutuqlari bilan yaqindan tanishib, yangi g‘alabalarga intiladi.
Prezidentimiz yoshlarni
ochilayotgan imkoniyatlarni tinimsiz izlanish, qat’iy intizom va bilim bilan natijaga aylantirishga
chaqirdi:
“Musobaqa maydonida munosib raqib, hayotda esa yaxshi do‘st bo‘ling”.
Shundan so‘ng 2026-yilgi Prezident Olimpiadasini
ochiq deb e’lon qildi.
– Olg‘a, Yangi O‘zbekiston! Olg‘a, O‘zbekiston yoshlari! Olg‘a, o‘zbek xalqi!
– dedi Prezidentimiz so‘zining yakunida.
Veb sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
Prezidentimiz yosh sportchilarga murojaat qilib,
chempionlikka kuchli iroda va temir intizom orqali erishilishini
ta’kidladi. Ilgari surilayotgan
“O‘z” g‘oyasining mazmun-mohiyati ham shunda ekanini
qayd etdi.
– O‘zingga ishon! O‘z ustingda ishla! O‘z yurtingga munosib bo‘l!
–
dedi
Prezidentimiz. Xalqaro maydonda mamlakatimiz bayrog‘i ko‘tarilib, madhiyamiz yangraganda butun xalqimiz sportchilarimiz bilan faxrlanishini ta’kidladi.
Yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida
kelasi yildan
Prezident Olimpiadasi g‘olib va sovrindorlarining pul mukofotlari 2,5 baravar oshiriladi.
Birinchi o‘rin sohiblariga
25 million,
ikkinchi o‘rin uchun
12 million,
uchinchi o‘rin uchun
6 million so‘m
beriladi.
Shuningdek,
olimpiadada g‘olib bo‘lib, O‘zbekiston rekordini yangilagan maktab bitiruvchilari oliygohlarning sport yo‘nalishlariga imtihonsiz, davlat granti asosida qabul qilinadi.
Veb sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
Prezidentimiz musobaqa mezboni – Nagoya meri Ichiro Xirosava
sportchilarimizning halol kurashi, raqiblarga hurmati, maydon tashqarisidagi odobi va namunaviy xulqini alohida e’tirof qilganini
qayd etdi. Bu baho xalqimizga xos fazilatlarning xalqaro maydonda ham namoyon bo‘layotganini ko‘rsatadi.
Davlatimiz rahbari
farzandlarining orzusiga ishonib, doimo yonida turgan ota-onalarga
minnatdorlik
bildirdi
.
– Yangi O‘zbekiston
dunyoning nufuzli musobaqalari o‘tkaziladigan xalqaro sport markaziga
aylanib bormoqda,
– dedi mamlakatimiz yetakchisi.
So‘nggi to‘rt yilda yurtimizda
jahon va Osiyo miqyosidagi 20 ga yaqin yirik musobaqa
tashkil etildi. Kelgusi yil sentabr-oktabr oylarida mamlakatimiz
Ozarbayjon bilan birga ilk bor 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatiga
mezbonlik qiladi.
Prezidentimiz bunday musobaqalarni o‘tkazish
katta sharaf va mas’uliyat ekanini
ta’kidladi. Ular yosh sportchilarimizga
dunyoning eng kuchli raqiblari bilan bellashish va o‘z oldiga yanada yuksak maqsadlar qo‘yish
imkonini beradi.
Veb sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X