
Mahbubiy
Nikoh barakotdir - uyning fayz va barakasini ziyoda qiladi..
Nikoh sokinlikdir - ruhga huzur va halovat beradi..
Nikoh muhabbatdir - qalbga sevgi va muhabbatni jo qiladi..
Tarixga qaragan kelajakni köradi.
Yopiq jamiyatimiz haqida söraganlar uçun.
Töliq ma’lumot
.
Ba’zi dardlar yarim jumla holida yozilishga mahkum yoxud majburdir..
U dardlarning maromi mafhum bo‘lgani bilan ifodalab berish muholdir..
Shu sababdan yozar kishi, ma’noni to‘liq berolmaganiga mahjubiyat tuyib, oxirida uch nuqta qo‘yadi...
Vahdatgohdan
https://t.me/QuestionUZ_Robot?start=5339e375fc4
- qonnaysizlar?
- qahva ichamizmi?
- yo'q.
- nega, ilgari qahvani yaxshi ko'rardingku?
- ilgari men seni yaxshi ko'rardim.
Firoq haqida
Sen yiroqda,
Yoring yiroqda,
O'rtanadi joning firoqda,
Tugab borar bardosh - saboting,
Uchay desang, yo'qdir qanoting.
Sevar yoring vasliga mushtoq
Kechalaring o'tadi uyg'oq..
Ammo g'amdan boshingni bukma,
Shahlo ko'zdan yoshingni tokma.
Dilbar, buni firoq dema hech,
Yorim mendan yiroq dema hech.
Chunki oro kirib joningga,
Bag'ring bir kun kelar yoningga.
Seni nohaq
Ranjitdi yoring,
Yo o'zgadan rashk etdi yoring.
Nolishingga quloq solmadi,
Izhoringdan ko'ngli qonmadi.
Ketdi boqmay hatto qayrilib...
Sen buni ham dema ayriliq.
Dil o'rtama, yig'lama aslo.
Sen bu hijron zulmati aro
Pok sevgingni aylagin chiroq, —
Visol bilan almashur firoq.
Sen sevasan,
Sevmaydi yoring,
Yor ko'ngliga yetmaydi zoring.
Sevganingni yoki bilmaydi,
Yo bilsa ham ko'zga ilmaydi.
Ayriliqda yonasan biroq —
Sen buni ham atama firoq.
Chunki sevging bo'lsa agar chin
Hijronlarni qilar chilparchin.
Ishon faqat, hech tolmay ishon,
Ishon bo'lsa chekinar hijron...
Yoring bo'lsa
Yoningda doim,
Yoring bo'lsa — ko'rkam, muloyim,
Har oningni kechirsang birga,
Birga bo'lsang butun umrga,
Hayot qurib ulab jonga jon,
Yashasang-u yillar yonma-yon —
Ammo bo'lsa ko'ngillar yiroq,
Dunyoda yo-q bundan zo'r firoq.
Bu firoqqa sira yo'q davo,
Bu firoqqa yo'liqma aslo!
Erkin Vohidov
Nimaga ko‘ngil qo‘ysam, qo‘ldan ketdi, dog‘ qoldi,
Yoki ko‘ngil sovidi, qalbda yolg‘iz oh qoldi.
Tushundim-a xatoyim, foydali saboq qoldi,
Meni tushungan faqat yolg‘iz bir Alloh qoldi.
-Abdulvaliy
Dedim: "Nega boqarsan ko'kka doim?"
Dedi: "Dil talpinar, aytib Ilohim".
Husaynxon Buxoriy
Tolibi ilmlar uchun kichik bir ehson — faqat 1 kun!
Bugun ilm yo‘lida yurgan tolibi ilmlarimiz og‘ir sinovni boshdan kechirmoqdalar. Ularning oilasida kommunal to‘lovlar va ro‘zg‘or yukini ko‘tarib turgan boquvchilarining kasallik sababli qiynalib qolgani barchamizni o‘ylantirishi lozim.
Ehson faqat 1 kun davom etadi. Imkoningiz boricha bu savobli ishga o‘z hissangizni qo‘shing va tolibi ilmlarning og‘irini yengil qilishga shoshiling.
5614 6814 2352 0646
9860 3501 4327 1806
4916990325154968
Uzum card
Ehsonlarning eng afzali — ilm ahliga qilinganidir.