
Toshkent Iqtisodiyot va Texnologiyalar Universiteti 🎓
#Yangilik
#Grand
👉
Aziz talabalar!
👨🏻🎓
👩🎓
🏢
Davlat granti uchun test sinovlari joriy yilning 28 oktyabr kuni ötkazish rejalaştirilgan.
Sizlardan yuqorida keltirilgan jadvalda davlat grantida iştirok etişni bildirgan talabalarni test sinovlarida iştirok etişini sörab qolamiz!
Bizni kuzating
📲
telegram
📲
instagram
📲
youtube
📲
facebook
#Yangilik
#Grand
Bizni kuzating
📲
telegram
📲
instagram
📲
youtube
📲
facebook
2-SON | KITOB TAVSIYA
📖
“Ikki eshik orasi” — hayot saboqlari va ma’naviy meros!
📚
O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning
“Ikki eshik orasi”
romani orqali xalqimizning murakkab tarixiy taqdiri, insoniy fazilatlar, mehr-oqibat, sadoqat va hayot sinovlari haqida chuqurroq tasavvurga ega bo‘lamiz.
✔️
Har bir kitob — yangi bilim, keng dunyoqarash va ezgu maqsadlar sari ochilgan eshikdir. Mutolaa qiling, o‘rganing va ma’naviy kamolot sari intiling!
👉
TITU bilan kitobxonlik sari!
bizni kuzating
📲
telegram
📲
instagram
📲
youtube
📲
facebook
#
Adabiyot_ma
’naviyat_ko‘zgusi!
🏢
Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Boshlang‘ich ta’lim (sirtqi) yo‘nalishi 5-bosqich talabalari professor N.A. Yuldasheva boshchiligida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi muzeyiga tashrif buyurdilar.
⭐️
Tashrif davomida talabalar o‘zbek adabiyotining boy tarixi, taniqli adib va shoirlarning hayoti hamda ijodiy merosi bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
⭐️
Mazkur tashrif talabalarning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, milliy adabiyotimizga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ajdodlarimizning boy madaniy merosiga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.
bizni kuzating
📲
telegram
📲
instagram
📲
youtube
📲
facebook
#Ijara
🏢
Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti Molyaviy boshqaruv va axborot texnologiyalar fakulteti o'qituvchisi E.Xo’janov tomonidan Axborot xavfsizligi yo‘nalishi 1-bosqich 26/1-guruh talabasi Eshmurodov Ozodbek Elmurod o‘g‘lining ijtimoiy sharoitlarini o‘rganish maqsadida ijara xonadoniga tashrif buyurdilar.
✔️
Tashrif davomida talabaning yashash sharoitlari, xavfsizligi hamda o‘quv jarayoniga bo‘lgan munosabati o‘rganilib, ochiq va samimiy muloqot olib borildi.
✔️
Suhbat davomida is gazidan himoyalanish, sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish, qulay o‘quv muhiti yaratish, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
bizni kuzating
📲
telegram
📲
instagram
📲
youtube
📲
facebook
#Maʻrifat_darsi
✔️
“Ma’rifat darsi”da – siyosiy-ijtimoiy yangiliklar tahlili
🏢
Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalar universitetida "
Kelajak soati
" rukni ostida
"Ma'rifat darsi"
mashgʻulotlari o’tkazildi.
✔️
Ushbu darsda Universitet professor -o'qituvchilari talabalarga O‘zbekiston Respublikasidagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy voqealar haqida muhim ma’lumot va tushunchalar berib oʻtishdi.
✔️
Maʼlumot oʻrnida: Mazkur
"Ma’rifat darsi"
, yoshlarga bilim va dunyoqarashni kengaytirish, mamlakatimizning taraqqiyot yo‘nalishlari bilan tanishtirishga xizmat qiluvchi muhim tashabbuslardan biri hisoblanadi.
bizni kuzating
📲
telegram
📲
instagram
📲
youtube
📲
facebook
#AJDODLAR_IZIDAN
🏢
Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti
“Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish
maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi tomonidan tashkil etilgan “Ajdodlar izidan” nomli tadbirda yoshlar yetakchisi O.Mahmmadjonov boshchiligida jamoa vakillari faol ishtirok etdi.
✔️
Tadbir davomida yoshlar turli xil qurol-yarog‘lar ko‘rgazmasi bilan yaqindan tanishib, ularning tarixi, o‘ziga xos xususiyatlari hamda qo‘llanilishi haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
✔️
Mazkur tashrif yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, bilim va tajribalarini boyitish, shuningdek, ularda vatanparvarlik, jasorat, fidoyilik va yuksak mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.
Bizni kuzating
📲
telegram
📲
instagram
📲
youtube
📲
facebook
#IT_va_suniy_intellekt
🏢
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Mustaqillik bayrami tantanasidagi nutqida ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarni yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish maqsadida Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalar universitetida davra suhbati tashkil etildi.
✔️
Universitetning Moliyaviy boshqaruv va axborot texnologiyalari fakultetida o‘qituvchi Elbek Xo‘janov tomonidan talaba-yoshlar ishtirokida
“IT va sun’iy intellektni rivojlantirish”
mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
✔️
Suhbat davomida axborot texnologiyalarining zamonaviy hayotdagi o‘rni, sun’iy intellekt imkoniyatlari, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish hamda yoshlarning IT sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Bizni kuzating
📲
telegram
📲
instagram
📲
youtube
📲
facebook
Toshkent Iqtisodiyot va Texnologiyalar Universiteti
🎓
pinned a photo
✍️
HEMIS parolini tiklash bo‘yicha qo‘llanma
:
🖥
Kerakli sayt:
my.hemis.uz
yoki
student.uztitu.uz
🤔
Muhim savollarga javoblar:
ID raqamni qayerdan olaman?
—
Fakultetingiz dekanatidan.
Telefon raqamim o‘zgargan bo'lsa-chi?
—
Tizimda eski raqamingiz qolib ketgan bo'lsa, dekanatga murojaat qiling. Shuningdek, profilga kirgach, sozlamalar bo'limida raqamni o'zingiz ham o'zgartira olasiz.
Bizni kuzating
📲
telegram
📲
instagram
📲
youtube
📲
facebook