
IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali
O‘zbekiston Respublikasi IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida "25-oktabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni" munosabati bilan o'tkazilgan bayram tadbiridan videolavhalar.
Joriy yilning 24-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida
Ichki ishlar organlari tashkil etilganining 35 yilligi
hamda
25-oktabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni
munosabati bilan “Vatanimiz qalqonlari — Ichki ishlar xodimlari” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.
🎖
Tadbirni litsey direktori, podpolkovnik U. Kadirov ochib berib, yig‘ilganlarni bayram bilan samimiy tabrikladi hamda ichki ishlar organlari xodimlarining mamlakatimiz tinchligi, osoyishtaligi va jamoat xavfsizligini ta’minlashdagi sharafli xizmatlarini alohida e’tirof etdi.
🏆
Bayram munosabati bilan litseyda faoliyat yuritayotgan soha xodimlari, bir guruh a’lochi o‘quvchilar, shuningdek, turli ko‘rik-tanlovlar va sport musobaqalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar munosib taqdirlandilar.
🎶
Tadbir davomida o‘quvchilar va taklif etilgan san’atkorlar tomonidan namoyish etilgan sahna ko‘rinishlari, yangragan she’rlar, kuy-qo‘shiqlar bayram ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.
✨
Bayram barchaga muborak bo‘lsin! Yurtimiz tinchligi va xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida xizmat qilayotgan barcha ichki ishlar organlari xodimlariga sharafli faoliyatlarida ulkan zafarlar, mustahkam sog‘lik va oilaviy farovonlik tilaymiz!
25-oktyabr ishki isler organları xızmetkerleri kúni múbárek bolsın!
---
25-oktyabr ichki ishlar organlari xodimlari kuni muborak bo‘lsin!
✉️
Telegram
🌐
Website
📱
Instagram
📱
Facebook
#OCHIQ_ESHIKLAR_KUNI
Joriy yilning 23-oktyabr kuni IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.
Tadbir doirasida Xo‘jayli tumanidagi 4, 22 va 25-sonli umumta’lim hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning 9-sinf o‘quvchilari litseyga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida o‘quvchilar litsey faoliyati, ta’lim-tarbiya jarayoni, harbiy-akademik yo‘nalishdagi mashg‘ulotlar hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Mazkur tadbir yoshlarning harbiy sohaga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda kelajakdagi kasb tanloviga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining saf maydonida 25-oktabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan harbiy xizmatchilar va o‘quvchilar ishtirokida tashkil etilgan saf ko‘rigidan videolavhalar.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining saf maydonida
25-oktabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni
munosabati bilan harbiy xizmatchilar va o‘quvchilar ishtirokida saf ko‘rigi tashkil etildi.
Tadbir O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat madhiyalarining tantanali ijrosi bilan boshlandi.
Shundan so‘ng kurs va guruh komandirlari tomonidan o‘quvchilarning tantanali kiyim-boshi, tashqi ko‘rinishi hamda saf intizomiga rioya etish holati belgilangan talablar asosida ko‘zdan kechirildi.
Saf ko‘rigi yakunida o‘quvchilar guruhlar kesimida tantanali yurish mashqlarini namoyish etib, o‘zlarining saf tayyorgarligi, uyushqoqligi va harbiy intizomini namoyon etdilar.
Mazkur tadbir o‘quvchilarning saf tayyorgarligini yanada takomillashtirish, harbiy intizomni mustahkamlash, shuningdek, ularda Vatanga sadoqat, vatanparvarlik, mardlik va kasbiy mas’uliyat tuyg‘ularini yuksaltirishga xizmat qildi.
🤝
Rahbar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida rahbarlar va o‘quvchi-yoshlar ishtirokida ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi.
Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vaziri, adliya katta maslahatchisi Tursunov Elmurod Ergashovich ishtirok etdi.
🗣
Uchrashuv davomida yoshlar bilan ochiq suhbat o‘tkazilib, ularning qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berildi. Shuningdek, Unda yoshlarning ta’lim jarayoni, ijtimoiy sharoitlari va kelajak rejalari muhokama qilinib, ularni vatanparvarlik, qonunlarga hurmat hamda halollik tamoyillari haqida muhim fikrlar bildirildi.
🎯
Tadbir davomida o‘quvchilarga kelajakda to‘g‘ri kasb tanlash, o‘z ustida ishlash va yuksak maqsadlar sari intilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati
bilan IIV Nukus "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyida o‘tkazilgan ma'naviy-ma'rifiy va madaniy tadbirdan videolavhalar.
IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi jamoasining 21-oktabr – О‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan bayram tabrigi.