
TOMDI TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Tez kunda “Yagona Integrator Uzinfocom” Navoiy shahrida ham ish boshlaydi!
🚀
Raqamli texnologiyalar sohasidagi loyihalarni hududlarda yanada rivojlantirish va zamonaviy IT imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida
“Yagona Integrator Uzinfocom” Navoiy shahrida o‘z filialini ochmoqda.
“Yagona Integrator Uzinfocom”
— davlat va biznes uchun zamonaviy raqamli yechimlarni ishlab chiqish, joriy etish va texnologik infratuzilmani rivojlantirishga ixtisoslashgan IT kompaniya.
Navoiydagi yangi filial orqali hududdagi IT salohiyatini rivojlantirish, mahalliy mutaxassislar uchun yangi imkoniyatlar yaratish hamda innovatsion loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
IT sohasida professional (kamida 3 yillik tajribaga ega) dasturchilar, dizaynerlar va loyiha menejerlarini
jamoamizga ishga taklif qilamiz!
Nomzodlar suhbat asosida saralab olinadi.
Resumeni quyidagi manzilga yuboring:
📩
shaxzoda.nosirova@uzinfocom.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev madaniy merosni asrab-avaylash, muzey ishini rivojlantirish va Oʻzbekiston madaniyatini xalqaro maydonda targʻib qilish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan
taqdimot
bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился
с презентацией
о дальнейшей работе по сохранению культурного наследия, развитию музейного дела и продвижению культуры Узбекистана на международной арене.
#Mirziyoyev
#taqdimot
#madaniyat
#meros
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
Prezident Shavkat Mirziyoyev chiqindilarni termik qayta ishlash orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihalari
taqdimoti
bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился
с презентацией
инвестиционных проектов по производству электроэнергии путем термической переработки отходов.
#Mirziyoyev
#taqdimot
#yashiliqtisodiyot
#energetika
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
Prezident Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoatini yangi bosqichga olib chiqish va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash yuzasidan
taqdimot
bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился
с презентацией
по вопросам развития электротехнической промышленности и поддержки производства конкурентоспособной продукции.
#Mirziyoyev
#taqdimot
#sanoat
#elektrotexnika
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
Tomdi tumani hokimi Orzumurod Umarov hamda tuman prokurori Oybek Qurbonov “Tomdibuloq” OFY, Yangi Tomdi qo‘rg‘oni hududida barpo etilayotgan dam olish maskanida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.
Tashrif davomida obyektda amalga oshirilayotgan qurilish ishlarining borishi, sifati hamda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi holati o‘rganildi.
Mas’ullarga qurilish ishlarini belgilangan talablar asosida tashkil etish, ishlarning sifatini ta’minlash hamda obyektdagi barcha ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Isitish pechlari va dudburonlarni o‘rnatish talablarini bilasizmi?
Ushbu video orqali Siz bu haqida batafsil ma'lumotga ega bo‘lasiz.
—
Иситиш печлари ва дудбуронларни ўрнатиш талабларини биласизми?
Ушбу видео орқали Сиз бу ҳақида батафсил маълумотга эга бўласиз.
Boshqa
yangiliklar
📱
Fvv.uz
|
📱
Facebook
|
📱
Telegram
|
📱
Youtube
|
📱
instagram
|
📱
X.com
Tomdida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri o‘tkazildi
Tomdi tumanida yosh avlodni milliy qadriyatlarimizga hurmat, katta avlod vakillariga ehtirom, vatanparvarlik va insonparvarlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, avlodlar o‘rtasidagi uzviylikni yanada mustahkamlash maqsadida “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri tashkil etildi.
Tadbir
Tomdi tumanidagi 12-son musiqa va san’at maktabida bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi o‘rinbosari N.Beknazarov, tuman Nuroniylar jamoatchilik kengashi raisi L.Bayanasov, nuroniy otaxon va onaxonlar, tashkilot va muassasalar rahbarlari, jamoatchilik vakillari hamda yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirni tuman hokimi o‘rinbosari N. Beknazarov ochib berdi. O‘z so‘zida bunday uchrashuvlarning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyatiga alohida to‘xtalib, katta avlodning boy hayotiy tajribasi, ibratli o‘gitlari va ezgu an’analarini yosh avlodga yetkazish muhim vazifalardan biri ekanini ta’kidladi.
Shundan so‘ng tuman Nuroniylar jamoatchilik kengashi raisi L.Bayanasov ma’ruza qilib, nuroniylarning jamiyatdagi o‘rni, ularning yosh avlod kamolotiga qo‘shayotgan hissasi haqida fikr bildirdi.
Shuningdek, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq, bilimli, faol va yurt taqdiriga daxldor insonlar etib tarbiyalashda ota-onalar, nuroniylar va jamoatchilikning hamjihatligi muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi.
Uchrashuv davomida nuroniylar o‘zlarining boy hayotiy tajribalari, bosib o‘tgan yo‘llari, mehnat faoliyati va hayot saboqlari haqida yoshlar bilan samimiy suhbatlashdilar.
Yoshlar esa o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, katta avlod vakillaridan qimmatli maslahatlar oldilar.
➡️
▶️
◀️
🆗
⬅️
💚
Navoiy, Roadshow’ni kutib ol!
20-sentyabr kuni IT Community Roadshow shahringizga keladi — bu AI va IT sohasida karyera qurishga bag‘ishlangan keng ko‘lamli tadbirlar seriyasi.
Spikerlar va volontyorlar bilan birgalikda IT sohasida yo‘nalish tanlashni, orzudagi ishini topishni yoki o‘z startapini yaratishni istagan yigit-qizlar uchun master-klasslar va chiqishlar o‘tkazamiz.
🎤
Navoiydagi Roadshow’da sizni quyidagi mavzulardagi chiqishlar kutadi:
– IT sohasida karyera qurishda AI-ning roli,
– muvaffaqiyatli startaplarni ishga tushirish,
– LinkedInda shaxsiy brendni rivojlantirish va frilans bo’yicha foydali maslahatlar,
shuningdek netvorking, sovrinli interaktiv o’yinlar va yana ko‘plab qiziqarli mashg‘ulotlar.
Zarafshondan keladigan ishtirokchilarimizga
Navoiydagi IT Community Roadshow-ga kelish uchun
bepul avtobuslar tashkil etamiz
. Avtobusdagi o‘rinlar cheklangan, shuning uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tishni unutmang.
🔥
Roadshow-ga bizning bot orqali ro‘yxatdan o‘ting –
https://t.me/itcomuzbot
va yirik tadbirning bir qismiga aylanish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.
❗️
Ishtirok etish bepul.
💚
Homiylarimiz: Uzum, Huawei, UZCARD, EPAM, shuningdek hamkorlarimiz: School 21, Women in Tech, OLX,
Free.uz
va Profi universitetiga minnatdorchilik bildiramiz.
🗓
2026-yil 20-sentyabr (yakshanba)
⏱️
10:00–17:00 (tushlik va kofe-breyklar kiritilgan)
📍
Profi Universiteti (Navoiy, Navoiy ko'chasi, 81-uy)
🗣
Til: o'zbek tilida
💚
LinkedIn
|
Instagram
|
Telegram
|
YouTube
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi 2027-2028 o‘quv yili uchun qabul e’lon qildi.
Joriy yilning 5-sentyabridan 5-oktyabriga qadar nomzodlar
www.dxxtmhal.uz
sayti yoki DXX hududiy boshqarmalari orqali ariza topshirishlari mumkin.