Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

ToshDO'TAU/Ma'naviyat

toshdotau_m
Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti ma'naviy-ma'rifiy ishlarini yoritish uchun
Subscribers
2 210
24 hours
27
30 days
130
Post views
398
ER
18,01%
Posts (30d)
42
Characters in post
674
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation Student Life
Audience gender
Female
Audience age
18-24
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
September 11, 15:59
Media unavailable
4
Show in Telegram

2026-yil 11-sentabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishi tyutorlari tashabbusi bilan 1-kursga qabul qilingan talabalar ishtirokida profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbirda universitet profilaktika noziri
Karimova Umida hamda psixolog To‘xtayeva Nozima
ishtirok etib, talabalarga universitetning ichki tartib-qoidalari, odob-axloq me’yorlari, talabalarning huquq va majburiyatlari, shuningdek, universitet hududida belgilangan tartib-intizomga rioya qilish masalalari yuzasidan tushunchalar berdilar.
Suhbat davomida talabalarga ta’lim muassasasida tartib-intizomni saqlash, mashg‘ulotlarda muntazam ishtirok etish, professor-o‘qituvchilar va tengdoshlari bilan o‘zaro hurmat hamda muomala madaniyati asosida munosabatda bo‘lishning ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
https://t.me/toshdotau_m

September 11, 15:47
Media unavailable
6
Show in Telegram

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining tyutorlari va barcha 1-kurs talabalari Yakkasaroy tumanida bo‘lib o‘tgan “Yakkasaroyda Milliy fest – 2026” tadbirida faol ishtirok etdilar.
💠
11-sentabr kuni “Do‘stlik” bog‘ida tashkil etilgan mazkur bayram tadbiri milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va boy madaniy merosimizni keng targ‘ib etishga qaratildi.
Tadbir davomida talabalar:

milliy hunarmandchilik ko‘rgazmalari bilan tanishdilar;
🎶
folklor ansambllari chiqishlarini tomosha qildilar;
👗
milliy liboslar defilesida ishtirok etdilar;
🎨
yoshlar uchun tashkil etilgan mahorat darslarida qatnashdilar.
Bunday tadbirlar yosh avlod qalbida milliy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat va milliy o‘zlikni anglash tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
https://t.me/toshdotau_m

September 11, 10:42
Media unavailable
4
Show in Telegram

Joriy yilning 11-sentabr kuni soat 11:00 da
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faollar zalida “Dorilomon kunlar keldi”
kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
Ushbu Taqdimotda
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining tyutori Mamajonova Nodira boshchiligida õzbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabalari ishtirok etishdi.
Mazkur kitob taqdimoti ijodkor ayollar faoliyatini keng targ‘ib etish, ularning adabiyot va ma’naviyat rivojiga qo‘shayotgan hissasini e’tirof etish hamda yosh avlodning kitobxonlik va badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi.
https://t.me/toshdotau_m

September 11, 10:35
Media unavailable
5
Show in Telegram

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida
“Milliy liboslar haftaligi”
doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida universitet talabalari o‘zlarining bejirim va ko‘rkam milliy liboslarida ishtirok etib, xalqimizning boy tarixiy-madaniy merosi, milliy qadriyatlari va asriy urf-odatlarini yorqin namoyon etdilar.

Milliy libos — shunchaki kiyim emas. U xalqimizning tarixi, milliy o‘zligi va ma’naviy dunyosini o‘zida mujassam etgan bebaho qadriyatdir.
Milliy liboslarimizni asrab-avaylash, targ‘ib qilish va kelajak avlodga yetkazish esa barchamizning ezgu burchimizdir.
https://t.me/toshdotau_m

September 11, 08:25
Media unavailable
4
Show in Telegram

Joriy yilning 11-sentabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining
O‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich
101-guruh talabalari tyutor Tulaganov Baxtiyor
Abdurashidovich boshchiligida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi muzeyga tashrif buyurdilar.
🏛
Ma’rifiy tashrif davomida talabalar O‘zbekistonning mustaqillikdan oldingi va mustaqillikdan keyingi taraqqiyot yo‘li, mamlakatimiz tarixida Islom Karimovning tutgan o‘rni hamda davlat va xalq oldidagi xizmatlari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Bunday ma’rifiy tashriflar yoshlarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, milliy qadriyatlarga hurmat va Vatanga daxldorlik tuyg‘usini yanada yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
https://t.me/toshdotau_m

September 11, 08:24
Media unavailable
10
Show in Telegram

Joriy yilning 11-sentabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Tyutor Ikromov Akmal Dehqonovich boshchiligida filoligiya yo'nalish 1-kurs talabalari uchun universitet bilan tanishtiruv jarayonlari davom ettirildi.
Tanishtiruv davomida talabalar universitetda amalga oshirilayotgan “Besh tashabbus” loyihalari, ularning mazmun-mohiyati hamda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, kecha tashkil etilgan tanishtiruv jarayonida 1-kurs talabalari universitet kutubxonasi va sport zali faoliyati bilan tanishib, mavjud sharoitlar, foydalanish tartibi hamda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
https://t.me/toshdotau_m

September 10, 15:37
Media unavailable
1
Show in Telegram

Kompyuter savodxonligi kursi — talabalar uchun!
Universitet topshiriqlarini bajarishga yoki Excel, Word bilan ishlashga qiynalyapsizmi?
Unda bu kurs aynan siz uchun!

Kompyuterni yoqishdan tortib, kerakli dasturlarni oʻrnatishgacha amalda oʻrganasiz.
Kursda nimalarni oʻrganasiz

📄
Excel — jadvallar va topshiriqlar
🥩
PowerPoint — taqdimotlar tayyorlash
📝
Word — hujjatlar bilan ishlash
❤️
Canva — grafik dizayn
📧
Gmail — pochta ochish va foydalanish
Qulayliklar:

Dars vaqtlari barchani talab va vaqtlariga qarab moslab qoʻyiladi.
📆
Kurs davomiyligi darajangizga qarab belgilanadi.
Murojaat uchun:
@colikuwi

September 10, 15:20
Media unavailable
6
Show in Telegram

2026-yil 10-sentabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida
1-kurs talabalari bilan universitet profilaktika katta inspektori, podpolkovnik
U.A. Karimova
ishtirokida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolmaslik, turli salbiy illatlardan asranish, shuningdek, universitetning Odob-axloq kodeksi hamda ichki tartib-qoidalariga rioya qilish masalalari yuzasidan talabalarga zarur tushuntirish va tavsiyalar berildi.
https://t.me/toshdotau_m

September 10, 15:20
Media unavailable
2
Show in Telegram

🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
💙
1-kurs talabalari uchun “1-kurs maktabi” hamda “Tanishtiruv haftaligi” tadbirlari davom etmoqda…
👍
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida yangi o‘quv yili munosabati bilan 1-kurs talabalari uchun “1-kurs maktabi” hamda “Tanishtiruv haftaligi” tadbirlari tashkil etilmoqda.
🇺🇿
Tadbirlar davomida yangi talabalar universitet hayoti, talabalarga yaratilgan imkoniyatlar, yoshlar tashkilotlari faoliyati hamda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishtirilmoqda.

Shuningdek, talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni universitet jamoaviy hayotiga jalb etish, tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
📱
Telegram
📱
İnstagram

September 10, 15:19
Media unavailable
4
Show in Telegram

Talabalar uchun “Mustaqillik darsi” dan video lavha. Unda mamlakatimiz mustaqilligining tarixiy ahamiyati, milliy qadriyatlar va yoshlar mas’uliyati haqida fikr almashildi.

Eng so‘nggi yangiliklarni shu yerdan kuzatib boring
⤵️
👍
Telegram
👍
Instagram