Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ

toshetk
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ E-mail: info@toshetk.uz Call center(7/24): 1154 Murojaat uchun: @Tosh_shah_ETK_admin "Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.me/toshetk
Subscribers
5 910
24 hours
-20
30 days
-20
Post views
964
ER
16,31%
Posts (30d)
309
Characters in post
630
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Politics
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
June 12, 10:39
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

📌
📌
📌
📌
📌
📌
“Energiya samaradorligi – farovon hayot garovi” umummilliy harakati yo‘lga qo‘yiladi
Farmonga ko‘ra
,
har yarim yilda iqtisodiyotning energiya sig‘imini hisoblash va tegishli ma’lumotlarni
e’lon qilib borish
amaliyoti joriy qilinadi.
2026-yil 1-sentyabrgacha oliy ta’lim tashkilotlari uchun energiya samaradorligi hamda
energiya tejamkorligiga
oid amaliy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan mavzular tegishli fanlarning o‘quv dasturlariga kiritiladi va amaliyotga joriy etiladi.
2026/2027-o‘quv yilidan
maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasbiy va oliy ta’lim tashkilotlarida tegishlicha tarbiyalanuvchi, o‘quvchi va talabalarda energiya tejamkorligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan tadbirlar tashkil etib boriladi.
Iqticodiyot tarmoqlari korxonalari va tegishli vazirlik, idoralar ehtiyojini hisobga olgan holda texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim tashkilotlarining “70710410 – Energiya tejamkorligi va energoaudit” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishga qabul qilish parametrlari 2026/2027-o‘quv yili uchun
25 foizga
oshiriladi.
Farmon bilan tasdiqlangan maqsadli ko‘rsatkichlar va ularga erishish tadbirlari bajarilishining nazorati “Energiya tejamkorlik” platformasi orqali yuritiladi.
Kundalik hayotda energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish ko‘nikmalarini singdirishga qaratilgan
“Energiya samaradorligi – farovon hayot garovi”
umummilliy harakatini yo‘lga qo‘yiladi hamda aholi o‘rtasida targ‘ibot va tashviqot ishlari amalga oshiriladi.
⚡️
Telegram

June 12, 09:50
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

❤️
❤️
❤️
#OLMAZOR_TETK
⚡️
OLMAZORDA ELEKTR TARMOQLARI YAXSHILANMOQDA
🍀
🛠
Xabaringiz bor, Olmazor tumani hududida aholini barqaror va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash, mavjud elektr tarmoqlarining ishonchli faoliyatini ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli ta’mirlash va modernizatsiya ishlari izchil davom ettirilmoqda.
🍀
🛠
Xususan, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Qashqadaryo, Sirdaryo hamda Jizzah hududiy filiali mutaxassislari tomonidan tumanning «Zarqaynar» MFY
hududidagi
mavjud
elektr qurilmalarida
mutaxassislar tomonidan mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Jarayon davomida transformator uskunalari va elektr qurilmalari texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, eskirgan qismlar yangilanmoqda hamda tarmoqlarning texnik holati mustahkamlanmoqda.
🍀
🛠
Olib borilayotgan mazkur ishlar natijasida hudud iste’molchilariga elektr energiyasini yanada sifatli va barqaror yetkazib berish, yuzaga kelishi mumkin bo`lgan nosozliklarning oldini olish hamda elektr ta’minoti barqarorligini oshirishga erishiladi.
🍀
🛠
Ayni vaqtda, tumanda elektr infratuzilmasini modernizatsiya qilish va iste’molchilarga qulay hamda ishonchli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.
✍️
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati
⚡️
Telegram

June 12, 07:50
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#xorij_xabarlari
#yashil_energiya
📈
Jahonda elektr energiyasi ishlab chiqarishda “yashil” energiya yana ko‘mirdan o‘zib ketdi — Ember
👨‍👩‍👧‍👦
🔌
👨‍👩‍👧‍👦
Xalqaro energetika tahlil markazi
“Ember” ma’lumotlariga ko‘ra
,
2026-yil
aprel oyida qayta tiklanuvchi energiya manbalari
(QTEM)
jahonda elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha yana bir bor ko‘mirdan o‘zib ketdi.
Bu energetika sohasidagi muhim burilishlardan biri hisoblanadi. Agar
bir asrdan ortiq vaqt muqaddam qayta tiklanuvchi energiya manbalari ko‘mirni asosan gidroelektr stansiyalari hisobiga ortda qoldirgan bo‘lsa,
bugungi kunda mazkur natija
shamol, quyosh, gidro
va boshqa
yashil energiya
texnologiyalarining birgalikdagi hissasi
orqali ta’minlanmoqda.
Mutaxassislarning fikricha, bu holat jahonda energetika tizimining bosqichma-bosqich dekarbonizatsiya qilinib,
ekologik toza energiya manbalari ulushi ortib
borayotganini ko‘rsatadi. Ayniqsa, so‘nggi yillarda
quyosh
va
shamol
elektr stansiyalarining jadal sur’atlarda rivojlanishi
qayta tiklanuvchi energiyaning raqobatbardoshligini sezilarli darajada oshirdi.
Shu bilan birga, dunyo miqyosida elektr energiyasi ishlab chiqarishda hanuzgacha
qazilma yoqilg‘ilar — ko‘mir, tabiiy gaz
va
neft mahsulotlari ustunlik
qilib kelmoqda. Biroq
mutaxassislar qayta tiklanuvchi energiya manbalarining o‘sish sur’atlari saqlanib qolsa, kelgusi yillarda ularning jahon energetikasidagi o‘rni yanada mustahkamlanishini
ta’kidlamoqda.
⚡️
Telegram

June 12, 05:25
Media unavailable
2
Show in Telegram

📌
📌
📌
📌
📌
📌
Mirakida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi o‘tkazildi
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ boshqaruv raisining qashqadaryolik yoshlar bilan uchrashuvi Qashqadaryo TV da namoyish etildi.
📱
Facebook
|
📱
Telegram
|
📱
YouTube
|
📱
Instagram
|
📱
X
|
📱
het.uz

June 12, 04:58
Media unavailable
1
Show in Telegram

#BizHurmatQilamiz
YouTube
|
Facebook
|
Instagram
|
Web-site
|
Telegram-bot

June 12, 04:36
Media unavailable
2
Show in Telegram

“HET BILLING” mobil ilova – siz uchun muammolarning yechimi!
Foydalanish xususida
videoqo‘llanma.
Ilova
Android
hamda
IOS
da.
🛎
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati
⚡️
Telegram

June 12, 03:04
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#OB_HAVO
🌤
💜
🤍
🔤
🏖️
🏖️
haftaning juma kuni uchun ob-havo ma'lumoti
🌻
🌞
Y
ozgi shukuh va ko‘tarinki kayfiyat sizni aslo tark etmasin!
⚡️
Telegram

June 12, 02:01
Media unavailable
4
Show in Telegram

#Xayrli_tong
🌻
ASSALOMU ALAYKUM!
🌻
🌟
🌙
GOʻZAL TONG, JUMA MUBORAK BO'LSIN!

┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ
┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
⚡️
Telegram

June 11, 11:55
Media unavailable
2
Show in Telegram

#yashil_energiya
“Yashil” energiya 5 mlrd kVt⋅soatga
yetdi
— bu o‘tgan yilning mos davridagidan 28%ga ko‘p
.
⚡️
Telegram

June 11, 06:32
Media unavailable
5
1
Show in Telegram

📌
📌
📌
📌
📌
📌
“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ BOSHQARUV RAISINING YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOTI BО‘LIB О‘TDI
Navbatdagi ochiq muloqotda Qashqadaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan yosh energetiklar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruv raisi bilan yuzma-yuz uchrashib, o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr almashdilar.
Uchrashuv Shahrisabz tumanining so‘lim va betakror tabiati bilan ajralib turuvchi Miraki shaharchasida tashkil etildi. So‘nggi yillarda zamonaviy qiyofa kasb etgan ushbu maskan samimiy va ko‘tarinki ruhdagi muloqot uchun munosib muhit yaratdi.
Ochiq muloqot davomida yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar atroflicha muhokama qilinib, ularga batafsil javoblar berildi. Shuningdek, sohani rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda mehnat samaradorligini oshirishga qaratilgan innovatsion g‘oyalar qo‘llab-quvvatlandi.
Uchrashuv yakunida kasbiy faoliyatida tashabbuskorligi, fidoyiligi va yuqori natijalari bilan ajralib turgan bir guruh yosh energetiklar munosib taqdirlandi.
📱
Facebook
|
📱
Telegram
|
📱
YouTube
|
📱
Instagram
|
📱
X
|
📱
het.uz