Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Medicine with DJ

toshkent_tibbiyot
Endokrinolog Nasimov Husan Ilxomovichning shaxsiy tibbiyotga oid blogi Bemorlar uchun kanalim: @endotalim Feedback: @dj_secret Muhokamalar uchun: https://t.me/+puySCNBbP3hmMDRi
Subscribers
1 820
24 hours
10
30 days
-40
Post views
1 816
ER
100,82%
Posts (30d)
1
Characters in post
802
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Medicine
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Healthcare & Medicine
Summary
April 24, 07:00

DMED da foydalanish uchun endokrin kasalliklar MKB kodlari
Kimgadir foydasi tegsa xursandman
Medicine with DJ

March 21, 16:48

Bakalavr, ordinator, magistr va endokrinologlar uchun Hayitlik! Ananalarga sodiq qolgan holda bu yilgi hayit bayramida ham foydali bilimlar uchun aksiya e'lon qilmoqchiman: Hozirda endokrinologiyaga oid pulllik platformada "ushbu mavzular" (ko'k yozuvga…

March 21, 16:06

Bakalavr, ordinator, magistr va endokrinologlar uchun Hayitlik! Ananalarga sodiq qolgan holda bu yilgi hayit bayramida ham foydali bilimlar uchun aksiya e'lon qilmoqchiman: Hozirda endokrinologiyaga oid pulllik platformada "ushbu mavzular" (ko'k yozuvga…

March 20, 05:15

Bakalavr, ordinator, magistr va endokrinologlar uchun Hayitlik! Ananalarga sodiq qolgan holda bu yilgi hayit bayramida ham foydali bilimlar uchun aksiya e'lon qilmoqchiman: Hozirda endokrinologiyaga oid pulllik platformada "ushbu mavzular" (ko'k yozuvga…

March 19, 15:35
Media unavailable
1
Show in Telegram

Bakalavr, ordinator, magistr va endokrinologlar uchun Hayitlik
!
Ananalarga sodiq qolgan holda bu yilgi hayit bayramida ham foydali bilimlar uchun aksiya e'lon qilmoqchiman:
Hozirda endokrinologiyaga oid pulllik platformada "
ushbu mavzular
" (ko'k yozuvga bosing) haqida postlar joylashtirilgan. Kanaldagi ma'lumotlar shu qadar chuqur, aniq va shu bilan birga tushunishga oson yozilganki, yutib yuborish qolgan xolos. Bundan tashqari kanalda endokrinologiya sohasida butun O'zbekiston bo'yicha deyarli boshqa hechkim bermaydigan ilmiy jihatlar juda ko'p !
Hozir oylik obuna — 17$ yani
207
.000 so'm
Ramazon hayiti aksiyasi (faqat 3 kun)
💡
Endokrinolog shifokorlar uchun 30% lik chegirma — 12$ (
146 ming
)
💡
Bakalavr, ordinator va magistrlar uchun 50% lik chegirma — 8.5$ (
103 ming
)
Faqat 3 kun ichida obuna bo'lganlar uchun shu narx doimiy saqlanib qoladi, 3 kundan keyin esa bunday narxda kira olmaysiz!
Bu aksiya — har doim bo‘lavermaydi (oldingisi 1 yil oldin bo'lgan), bu bugun siz uchun ochilgan imkoniyat!
O‘zingizga savol bering:
“Bugun boshlamasam, yana qachon boshlayman?” Bilimingizga sarmoya kiriting, zero ilmga kiritilgan investitsiya eng katta ulushlarda foyda keltiradi!
👋
To'lov uchun murojaat:
@dj_secret
Aksiya muddati:
19-martdan 21-martgacha
Kanal:
Medicine with DJ

January 12, 07:26

MUKAMMALSIZLIK KUCHI Biz o‘tmishni o‘zgartirib bo‘lmaydigan qotib qolgan granit deb o‘ylashga o‘rganib qolganmiz. Kelajak esa — o‘z taqdirimizni ko‘ra olmaydigan tuman. Ammo o‘tmishni o‘zgartirish mumkin bo‘lsa-chi? Va aynan shu — kelajakda biz orzu qilgan…

January 12, 07:26
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

MUKAMMALSIZLIK KUCHI
Biz o‘tmishni o‘zgartirib bo‘lmaydigan qotib qolgan granit deb o‘ylashga o‘rganib qolganmiz. Kelajak esa — o‘z taqdirimizni ko‘ra olmaydigan tuman. Ammo o‘tmishni o‘zgartirish mumkin bo‘lsa-chi? Va aynan shu — kelajakda biz orzu qilgan shifokor bo‘lishning yagona yo‘li bo‘lsa-chi?
Men ushbu maqolani motivatsion spiker sifatida emas, balki hamkasb sifatida yozdim. Bu — o‘tmishdagi alamlarimiz va o‘rganilmagan saboqlarimiz kelajagimizni qanday o‘g‘irlashini tushunishga urinishdir. Shuningdek, nafaqat o‘tmishga sayohat qilish, balki uni o‘zgartirish haqida...
🖥
Maqolani o'qish:
https://telegra.ph/MUKAMMALSIZLIK-KUCHI-01-12
🕊
farkhodmd

December 14, 14:45

Yangi "elektron retsept" tizimi yohud tibbiyotimizdagi inqilobiy o'zgarishlar
(by
ET
)
Siyosatga aralashishni yoqtirmasamda doktor sifatida tibbiyot sohasidagi oxirgi bo'layotgan voqealarga munosabat bildirish va xalqimizga to'g'ri tushuncha berishni burchim deb topdim
Xabaringiz bor 12-dekabrdan boshlab Dmed elektron retsept tizimi ishga tushurildi. Bunga ko'ra shifokorlar endilikda dori vositalarini elektron retsept tizimiga kiritadi va dorini qabul qilib olish uchun bemorga ID yoki QR kodli retseptni taqdim etadi. Tizimga kiritilgan malumotlar avtomatik ravishda barcha dorixonalarga uzatiladi.
"Duxtr bu tizim ham xalqni qiynash uchun ishlab chiqarilgandirda, bizga nima foyda bundan?"
deyishingiz mumkin, quyida tizimning ustunliklari va ayrim kamchiliklari haqida shaxsiy fikrlarimni aytib o'tmoqchiman: (ET)
1) Dmed yagona tibbiy axborot tizimi bo'lganligi sababli, tizimga kiritilgan ma'lumotlarga ham shifokor ham bemorlar osonlik bilan kirish imkoniyatiga ega bo'ladilar, tibbiy ma'lumotlaringiz (anamnez, kasallik tarixi, analiz va tekshiruvlar, diagnozlar, dorilar va hk) tizimda doimiy saqlanadi va ularni tushunish anchagina yengillashadi (oyoqda yozilgan retseptlardan farqli o'laroq).
2) Doktorlar retsept yozayotganda sotuvdagi dori nomini emas, uning asosiy tarkibiy qismini yozishadi, buni xalqimiz uchun qanday foydasi bor deyishingiz mumkin, oxirgi yillarda afsuski dori kompaniyalari bilan doktorlar o'rtasida moddiy va boshqa manfaatlar evaziga kelishuv ko'paygandi, yangi tizimda esa bunga mutlaqo chek qo'yildi, chunki retseptda dorining sotuvdagi nomi emas tarkibigina ko'rsatiladi (shu yerda etiborga olinishi kerak bo'lgan va yuzaga kelishi mumkin bo'lgan novbatdagi muammo dori kompaniyalarining dorixona hodimlari bilan manfaatlar evaziga til biriktirishi bo'lishi mumkin)
3) O'z boshimchalik bilan (qo'shni Qumri hola tavsiyasiga ko'ra) dori qabul qilinishini va uning yuzaga keltiradigan salbiy oqibatlarini oldini olishi mumkin, xalqimiz dorilarni ovqatdek istemol qilinadigan hozirgi paytda bu ideal yechim deb hisoblayman!
4) Dorilarni doktor tavsiyasiga ko'ra emas, ko'r ko'rona farmasevt tavsiyasiga ko'ra qabul qilinishi oldi olinadi. Bu ham eng katta muammolardan biri edi, chunki birinchidan bemorga doim ham yuqori malakali farmasevt to'g'ri kelmaydi (odatda dorixonalarda tajribasiz med institut talabalari ishlashadi), ikkinchidan bemor holatini to'liq tushunish uchun albatta kasallik tarixini batafsil o'rganib chiqilishi va tekshiruvlar o'tkazish talab etiladi.
Foydali jihatlar juda ko'p, ularni tizim ishlash davomida sekinlik bilan ko'rib boraverasiz...
Tizim albatta kamchiliklardan holi emas. Etiborimni tortgan kamchilik bu surunkali kasalliklarga ega bemorlarda dorilarni dorixonadan sotib olinishi. Masalan doktor bemorga L-tiroksin preparatini doimiy (butun umr) ichib yurishi kerakligini tayinladi va retsept yozib berdi, doimiy ichiladigan doza belgilab olindi, bemor har safar dori sotib olish uchun doktorga borish kerakmi?
Bunday kamchliliklar va yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolar yetarlicha ko'p, umid qilamanki tez orada bularga yechim topiladi
Xalqimizning yangi tizimga bildiradigan salbiy fikrlarini to'g'ri tushunaman, yangilikni qabul qilish har doim qiyin, kimlar uchundir (ham bemor ham doktor) tizim noqulayliklar keltirib chiqarayotgani tabiiy va buni shaxsan inqilobdagi normal o'tish davri deb hisoblayman. Umuman olganda xalqimiz yangi tizimning aynan ularning foydalari uchun qilinayotganligi va yaqin kelajakda juda katta ijobiy tasir qilishi mumkinligini ongli ravishda tushunishlari, tezroq moslashishlari va mavjud muammolarga birgalikda yechim topishga harakat qilishlari lozim deb o'ylayman
Yuqoridagi barcha fikrlar subyektiv bo'lib, fikri ojizim bo'yicha yozilgan xulosalar xolos!
Hissiyotlarga berilmagan holda tafakkur qilib aytingchi, yangi tizim xalqimiz uchun foydali bo'lishi mumkinmi? Tizimda yana qanday ijobiy va salbiy tomonlarni ko'ryapsiz hamda mavjud muammolarga qanday takliflar bergan bo'lardingiz?
Maqola muallifi:
Endokrinolog Xusan Ilxomovich
Manba:
@endotalim

November 25, 06:25
Media unavailable
1
Show in Telegram

Endocrine discussions
loyihamdagi ikkinchi DOKTORANT, tabriklaymiz
👏
👍
DJ armiyasidan 2 kishi doktoranturaga topshirdi va ikkalasi ham qabul qilindi, 100% lik natija :)
https://t.me/toshkent_tibbiyot

November 24, 14:26
Media unavailable
1
Show in Telegram

Qanday tezlikda harakatlanish muhim emas - muhimi harakatdan to'xtamaslik!
Bu gapni o‘zimga ham, shogirdlarimga ham doimo eslatib kelaman. Bugun diskussiya guruhimdagi eng iqtidorli shogirdlarimdan biri doktoranturaga kirgani haqida xabar yozibdi. Bu xabar man uchun shunchaki yangilik emas, 5 yillik loyiham samara berishni boshlaganini ko'rsatadi
Soham rivojlanishi, iqtidorli kadrlar yetishib chiqishi va bilimga chanqoq shifokorlar saviyasini oshirishga hissa qo'shayotganimdan bag'oyat xursandman, nazarimda bular hayotimdagi muhum missiyalarimdan biridek tuyuladi...
1-loyiha:
Endocrine discussions
2-loyiha:
Endocrinology with DJ
https://t.me/toshkent_tibbiyot