Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Toşkent MTU filiali | Yoşlar va ijtimoiy loyihalar bölimi | Rasmiy kanal

toshkentmtuyoshlar
''O‘zbekiston Temir Yo‘llari AJ 🚆 🚆 «Temiryo‘linfratuzilma» AJ Toşkent MTU filiali Yoşlar va ijtimoiy loyihalar bölimining rasmiy Telegram kanali. 📩 Murojaatlar uçun: Sadullayev Şahzod Umar o‘ğli ☎️ +998 91 189 31 31 | İçki: 4-7466
Subscribers
1 188
24 hours
-3
30 days
-45
Post views
207
ER
17,42%
Posts (30d)
40
Characters in post
791
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Business & Economy Blog
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Industry & Engineering
Summary
October 28, 13:03
Media unavailable
8
Show in Telegram

🚆
ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR — YOŞ MUTAXASSISLAR UÇUN YANGI IMKONIYATLAR!
🛤
14-sonli rels payvandlaş poyezdi
filialiga Germaniyadan zamonaviy alyuminotermit payvandlaş uskunasi olib kelindi.
🇩🇪
Mazkur uskunadan samarali foydalanış hamda yoş xodimlarning kasbiy bilim va könikmalarini oşiriş maqsadida germaniyalik malakali mutaxassislar iştirokida maxsus öquv-amaliy maşğulotlar taşkil etildi.
👷
Maşğulotlar davomida yoş mutaxassislar zamonaviy payvandlaş texnologiyasi, uskunaning işlaş prinsipi va mehnat xavfsizligi talablari böyiça nazariy hamda amaliy bilimlarga ega böldilar.
🏢
«Temir yo‘l infratuzilmasi» AJ boşqaruvi raisi S.A. Norqobilov
filialga taşrif buyurib, yangi uskuna imkoniyatlari va yoş xodimlarning öquv-amaliy jarayonlari bilan yaqindan tanişdi.
🏅
Öquv maşğulotlarini muvaffaqiyatli yakunlagan yoş xodimlarga xalqaro sertifikatlar topşirildi.
✅
Bu kabi taşabbuslar yoş kadrlarning kasbiy mahoratini yuksaltiriş, ilğor xorijiy tajribani amaliyotga joriy etiş hamda temir yo‘l infratuzilmasini rivojlantirişga xizmat qiladi.

October 28, 13:02
Media unavailable
5
Show in Telegram

♟
SALOR TEMIR YO‘L MASOFASIDA ŞAXMAT MUSOBAQASI ÖTKAZILDI!
🏆
Salor temir yo‘l masofasi
filialida xodimlar örtasida sportning şaxmat turi böyiça musobaqa taşkil etildi.
🎯
Musobaqadan közlangan asosiy maqsad — xodimlar örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş, sportga bölgan qiziqişni oşiriş, özaro döstlik va hamjihatlikni mustahkamlaş hamda intellektual salohiyatni rivojlantirişdan iborat.
♟
Qizğin va döstona ruhda ötgan bellaşuvlarda iştirokçilar özlarining mantiqiy fikrlaş, strategik rejalaştiriş va tezkor qaror qabul qiliş qobiliyatlarini namoyon etdilar.
🥇
Musobaqa yakunida ğolib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.
🤝
Bunday sport tadbirlari jamoada soğlom muhitni şakllantiriş, xodimlar örtasida birdamlikni mustahkamlaş hamda sportni keng ommalaştirişga xizmat qiladi.
✨
Sport — soğlom hayot, ahillik va yuksak tafakkur garovi!

October 28, 13:00
Media unavailable
7
Show in Telegram

🚆
TEMIR YO‘LDA XAVFSIZLIK — BARCHAMIZ UÇUN MUHIM!
🛤
Xovos temir yo‘l masofasi
filiali hamda Qöriqlaş bölimi xodimlari hamkorligida Sirdaryo tumanidagi 31-sonli umumta’lim muassasasida temir yo‘l harakat xavfsizligiga bağişlangan profilaktik tuşuntiriş tadbiri ötkazildi.
🚄
Tadbir davomida yuqori tezlikda harakatlanuvçi
“Afrosiyob” va “Jaloliddin Manguberdi”
yölovçi poyezdlarining harakati, temir yo‘l hududida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etiş hamda ehtiyotsizlik oqibatida yuzaga kelişi mumkin bölgan xavf-xatarlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
👥
Şuningdek, yölovçi poyezdlar harakatlanadigan temir yo‘l izlariga yaqinlaşmaslik, belgilanmagan joylardan ötmaslik va temir yo‘l kesişmalarida doimo huşyor böliş zarurligi alohida ta’kidlandi.
✅
Unutmang, temir yo‘lda xavfsizlik qoidalariga rioya etiş — hayotimiz va kelajagimiz kafolatidir!

October 26, 15:00
Media unavailable
1
Show in Telegram

🎁
5 daqiqa kitob o‘qiganga iPhone 18 Pro sovg‘a qilamiz!
30-oktabr “Mutolaa”da navbatdagi “
Omadli kun
” va bu kunda har bir kitobxon xursand bo‘ladi!
😊
“Mutolaa” ilovasida 30-oktabr kuni istalgan kitobni kamida 5 daqiqa o‘qigan har
bir kitobxonga 1 haftalik bepul Mutolaa Premium
hamda 1 kitobxonimizga random tarzda
iPhone 18 Pro
smartfonini sovg‘a qilamiz!
• Qalay, sovg’amiz yoqdimi? Ha bo’lsa,
bitta “
❤️‍🔥
” bosib qoldiring)
Mutolaa ilovasini yuklab oling

October 23, 13:19
Media unavailable
5
Show in Telegram

🛡
KIBERXAVFSIZLIK VA GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASH — DOLZARB MASALA!
📍
2026-yil 21-oktabr kuni
Bekobod bekati Davlatlararo chegara o‘tkazish punktida (DCHO‘P) ishchi-xodimlar ishtirokida
“Kiberxavfsizlik”
hamda
“Giyohvandlik — asr vabosi”
mavzularida profilaktik seminar tashkil etildi.
👥
Tadbirda:
Toshkent mintaqasi TYTXTP Bekobod bo‘linmasi boshlig‘i, podpolkovnik
Sh.A. Najmiddinov
;
Toshkent VEU filiali o‘qitish yo‘riqchisi — ijtimoiy xodim
B.I. Xudoyberganov
;
Toshkent VEU filialining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul xodimi
J. Sodiqov
ishtirok etdi.
🔐
Seminar davomida xodimlarga kiberjinoyatchilikning oldini olish, internet tarmog‘idan xavfsiz foydalanish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish hamda turli firibgarlik holatlaridan ogoh bo‘lish yuzasidan tushunchalar berildi.
🚫
Shuningdek, giyohvandlikning inson salomatligi, oila va jamiyat hayotiga salbiy ta’siri, uning og‘ir oqibatlari hamda yoshlarni zararli illatlardan asrash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅
Mazkur profilaktik tadbir xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ogohlik va mas’uliyat hissini kuchaytirishga xizmat qildi.
Zero, ogohlik — xavfsizlik garovi, sog‘lom hayot esa farovon kelajak poydevoridir!
#ToshkentMTU
#Bekobod
#Kiberxavfsizlik
#GiyohvandlikkaQarshimiz
#Profilaktika
#Maʼnaviyat

October 23, 08:29

Channel name was changed to «
Toşkent MTU filiali | Yoshlar va ijtimoiy loyihalar bo‘limi | Rasmiy kanal
»

October 21, 10:24
Media unavailable
1
Show in Telegram

🇺🇿
Ona tilimiz — milliy g‘ururimiz va ma’naviy boyligimiz!
Jizzax temir yo‘l masofasi filiali jamoasi barchani O‘zbek tili bayrami bilan samimiy muborakbod etadi!
Ona tilimiz — millatimizning bebaho merosi, xalqimizning o‘zligi va ma’naviyatimizning mustahkam poydevoridir. Uni asrab-avaylash, e’zozlash va kelajak avlodlarga munosib yetkazish har birimizning sharafli burchimizdir.
Tilga ehtirom — elga ehtirom! Ona tilimiz doimo ardoqda, qadri baland bo‘lsin!
🇺🇿

October 21, 06:09
Media unavailable
4
Show in Telegram

21-OKTABR — O‘ZBEK TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI BERILGAN KUN
1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. Joriy yilda ushbu tarixiy sanaga 37 yil to‘ladi.
Shu munosabat bilan “14-son Rels payvandlash poyezdi” filiali jamoasi tomonidan o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish, ona tilimizga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yuksaltirish hamda milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida ona tilimizning xalqimiz hayotidagi o‘rni, milliy o‘zligimizni anglashdagi ahamiyati va uni asrab-avaylash har bir fuqaroning burchi ekanligi alohida ta’kidlandi.
Ona tilimizga hurmat — milliy qadriyatlarimizga hurmatdir!

October 20, 14:42
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

21-OKTABR—O‘ZBЕK TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI BЕRILGAN KUN
🖋
✍️
“Toshkent MTU” filialida taniqli shoir va yozuvchilar ishtirokida, ushbu bayram munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Filial boshlig‘ining o‘rinbosari R.Eshanqulov boshqargan ushbu uchrashuvda
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, filologiya fanlari nomzodi, shoir va yozuvchi D. Muhammadiy va O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Dilnoza Kamollar ishtirok etib,
ona tilimizning boy tarixi, uning milliy o‘zligimizni anglashdagi beqiyos o‘rni haqida atroflicha fikr-mulohazalar bildirdilar. Ijodkorlar o‘zlarining ijodiy izlanishlari hamda adabiy qarashlari bilan o‘rtoqlashib, o‘z ijod namunalaridan o‘qib berdilar.
Tadbirda ishtirok etgan temiryo‘lchi xodimlar va yoshlar ular bilan bevosita muloqot qilib, o‘zbek adabiyotining boy ma’naviy merosi , ona tilimizning jozibasi haqida kengroq tasavvurga ega bo‘ldilar.
👍
👍
👍
👍
👍
👍
Rasmiy sahifalarimiz
👇
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram

October 20, 04:29
Media unavailable
2
Show in Telegram

📚
ADABIYOT VA MA’NAVIYAT IXLOSMANDLARI DIQQATIGA!
Hurmatli hamkasblar va adabiyot ixlosmandlari!
📅
Bugun, 20-oktabr kuni soat 11:00 da Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali markaziy binosida taniqli ijodkorlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
✨
Uchrashuvimizning faxriy mehmonlari:
🌷
Dilnoza Kamol — O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira, Toshkent harbiy okrugi harbiy qismi Madaniyat markazi boshlig‘i.
✍️
Dadaxon Muhammadiy — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, filologiya fanlari nomzodi, shoir va yozuvchi.
📖
Uchrashuv davomida adabiyot, she’riyat, ijod va ma’naviyat mavzularida samimiy suhbatlar tashkil etilib, ijodkorlarning hayotiy tajribalari, adabiy qarashlari hamda ijod namunalaridan bahramand bo‘lish imkoniyati yaratiladi.
📍
Manzil: Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali markaziy binosi
📅
Sana: Bugun, 20-oktabr
⏰
Vaqt: 11:00
🤝
Barcha xodimlar, yoshlar va adabiyot ixlosmandlarini ushbu ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvga taklif etamiz!
✨
Adabiyot qalblarni birlashtiradi, ma’naviyat esa insonni yuksaltiradi!