Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Toşkent şahar Kambağallikni qisqartiriş va bandlik boşqarmasi

toshkentshaharbandlikboshqarmasi
Kanal Toshkent shahar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining rasmiy telegram sahifasi. Kanalda soha yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumotlar beriladi! Murojaat un 55 517-01-44 Rasmiy sayt: https://gov.uz/oz/bv-toshkent
Subscribers
1 532
24 hours
-1
30 days
-1
Post views
393
ER
25,65%
Posts (30d)
136
Characters in post
980
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Business & Economy Blog
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Business & Management
Summary
October 27, 11:52

📍
Hudud:
Toshkent shahri, Yunusobod tumani
💼
Ixtisoslashgan tibbiyot hamshirasi.
🏢
RESPUBLIKA IXTISOSLASHTIRILGAN EPIDEMIOLOGIYA, MIKROBIOLOGIYA, YUQUMLI VA PARAZITAR KASALLIKLAR ILMIY-AMALIY TIBBIYOT MARKAZINING VIRUSOLOGIYA ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
💰
Maosh:
2 692 396 – 3 292 396 so‘m
👥
Bo‘sh o‘rinlar:
1
📞
+998 50 784-59-93
👉
Vakansiya sahifasi
#Toshkent_shahri
#Yunusobod_tumani
#Sogliqni_saqlash
💼
Yangi vakansiyalar:
@osonish_toshkent

October 27, 10:17
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#infografika
🌱
Tomorqadan daromad sari: 9 oylik natijalar
➡️
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida aholi tomorqalari va ijara yerlaridan samarali foydalanish, yuqori daromadli ekinlar yetishtirish hamda dehqonlarni qo‘llab-quvvatlash borasida muhim ishlar amalga oshirildi.
📊
Batafsil natijalar — infografikalarda.
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
X

October 27, 07:50
Media unavailable
1
Show in Telegram

#VMQ_819
🔗
Hukumatning
819-son qaroriga
muvofiq, taşkilotda
mehnatni muhofaza qiliş xizmati
tomonidan
içki audit ötkazilişi kerak
, bu mehnat xavfsizligini ta’minlaşning muhim vositasidir.
⬇️
Içki auditning asosiy maqsadlari:
🔺
mehnatni muhofaza qiliş talablariga rioya etilişini tekşiriş
🔺
iş joylaridagi kamçilik va xavflarni aniqlaş
🔺
baxtsiz hodisalarning oldini oliş
🔺
qonunbuzilişlarni barvaqt bartaraf etiş
🔻
Içki audit qanday tartibda ötkaziladi
❓
🟡
Reja asosida amalga oşiriladi (oylik, çoraklik yoki yillik)
🟡
Barça bölim va iş joylari qamrab olinadi
🟡
Mehnat şaroitlari, hujjatlar va
xavfsizlik qoidalari
tekşiriladi
🟡
Aniqlangan kamçiliklar böyicha dalolatnoma tuziladi
🟡
Kamçiliklarni bartaraf etiş böyicha aniq çora-tadbirlar belgilanadi
🟡
Bajarilişi ustidan nazorat olib boriladi
⚠️
Muhim jihat:
🔎
Içki audit
— bu faqat tekşiriş emas, balki tizimli ravişda xavflarni kamaytiriş va xodimlar hayotini muhofaza qilişga qaratilgan muhim jarayondir.
🕊
Telegram
📸
Instagram
📱
Facebook
📺
Youtube

October 27, 05:26

💼
SMM menejeri
🏢
"SIMPLE NETWORKING SOLUTIONS" MAS'ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYAT
💰
Maosh:
5 000 000 – 7 000 000 so‘m
📍
Hudud:
Toshkent shahri, Shayxontohur tumani
🏠
Manzil:
Alisher Navoiy ko'chasi, 30
👥
Bo‘sh o‘rinlar:
1
Vazifalar: -
Daryo.uz
saytining ijtimoiy tarmoqlarda faolligini oshirish
- Yangi g'oyalarni realizatsiya qilish
- Kanallarni nazorat qilish Talablar: - Kamida 1 yillik ish tajribasi
- Barcha ijtimoiy tarmoqlarni faol yurita olish
- Target yoqish (bilmasa o'rgatiladi)
- Tezkorlik
- Fotoshopda ishlay olish Imkoniyatlar: premiya
ovqat
👉
Vakansiya sahifasi
#Toshkent_shahri
#Shayxontohur_tumani
#Xizmatlar
💼
Yangi vakansiyalar: |
@osonish_toshkent
|

October 27, 04:18
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Mehnat_huquqi
🟣
Ishdan bo‘shatish nafaqasi
— bu xodim mehnat shartnomasi bekor qilinganda, daromadsiz qolmasligi uchun bir yo‘la to‘lanadigan pulli kompensatsiya hisoblanadi.
⬇️
Quyidagi holatlarda nafaqa to‘lanadi:
✔️
Ish beruvchi tashabbusi bilan (xodim aybdor bo‘lmagan holda);
✔️
Xodim harbiy xizmatga chaqirilsa;
✔️
Avvalgi ishiga tiklansa;
✔️
Tashkilot tugatilsa;
✔️
Deputatlik vakolati tugasa va ishiga qaytsa;
✔️
Ishga qabul qilishda qonun buzilishi bo‘lsa (aybsiz holatda);
✔️
Tibbiy sabablarga ko‘ra ishni davom ettira olmasa;
✔️
Yangi shartlarga rozi bo‘lmasa;
✔️
Ko‘chishga rozi bo‘lmasa;
✔️
Egasi yoki tashkilot tuzilmasi o‘zgarsa.
💰
To‘lanadigan nafaqa miqdori:
🔘
3 yilgacha staj — o‘rtacha ish haqining 50%;
🔘
3-5 yil — 75%;
🔘
5-10 yil — 100%;
🔘
10-15 yil — 150%;
🔘
15 yildan ortiq — 200% dan kam bo‘lmasligi kerak.
📑
Batafsil
🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Youtube
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Web-sayt

October 26, 11:23
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

📇
Yangi avtobuslar — yangi ish o‘rinlari!
🚌
Poytaxt jamoat transportida ishlashni istaysizmi? Unda bu imkoniyat siz uchun!
➡️
“Toshshahartransxizmat” AJ
tomonidan tez kunlarda
200 ta yangi elektrobus
xarid qilinishi rejalashtirilmoqda. Bu esa yangi ish o‘rinlari yaratilishi va haydovchilarga bo‘lgan talabning ortishini anglatadi.
Kimlar ishga taklif etiladi?
✅
21 yoshga to‘lgan fuqarolar;
✅
“D”
yoki
“DE”
toifali haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lganlar.
💼
Ishga joylashish istagidagi nomzodlarga
“Toshshahartransxizmat” AJ
filiallarida zarur amaliy yordam ko‘rsatiladi.
📞
Batafsil ma'lumot uchun tel:
(71) 233-03-23, (55) 508-02-02 (ichki raqam: 214)
🌐
Barcha vakansiyalar
Osonish.uz platformasida
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
X

October 26, 09:56
Media unavailable
3
2
Show in Telegram

Huquqiy bilim va islohotlar — samarali faoliyat asosi
📄
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy
qonun
mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan huquqiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Unda yuridik fanlari nomzodlari
Raʼno Turdiboyeva
hamda
Shoira Umarova
tomonidan mazkur qonun bilan belgilangan vazifalar, Prezident Administratsiyasining davlat boshqaruvi tizimidagi o‘rni va ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
✔️
Mazkur tadbir xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirish va xizmat vazifalarini samarali bajarishda muhim ahamiyatga ega.
Administratsiya faoliyatining
asosiy prinsiplari
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi, inson huquqlari va erkinliklarining ustuvorligi, xolislik, mustaqillik, ochiqlik hamda shaffoflikdan iborat.
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
| Youtube
|
X

October 26, 07:51

19
oktyabrdan
25
oktyabr
kuniga qadar
Toşkent şahar
Kambağallikni qisqartiriş va bandlik boşqarmasi
faoliyatiga oid OAVda e’lon qilingan materiallar.
▪️
Sergeli
tumanida mehnat yarmarkasi taşkil
etildi
▪️
Jamiyatda xotin-qizlar faolligi
ortmoqda
▪️
Qöllarda yaralgan san’at: Fotima opaning mehnati e’tirofga
loyiq

October 26, 06:20
Media unavailable
1
Show in Telegram

#qonunchilikdagi_yangiliklar
🌱
Issiqxona egalari uchun yangi talablar va moliyaviy imtiyozlar
belgilandi
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-oktabrdagi
586-son qarori
bilan Toshkent shahri va unga tutash hududlarda issiqxona xo‘jaliklarining ekologik xavfsiz faoliyat yuritishini ta’minlash bo‘yicha yangi tartib joriy etildi.
➡️
Yangi tartib qaysi hududlarda amal qiladi?
Maxsus ekologik tartib Toshkent shahri hamda Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq, Qibray, Yangiyo‘l, Zangiota va Toshkent tumanlaridagi issiqxona xo‘jaliklariga tatbiq etiladi.
➡️
1-dekabrgacha qanday talablar bajarilishi kerak?
Mazkur hududlarda ko‘mir, briket va biomassa pelletlari bilan isitiladigan issiqxonalar 2026-yil 1-dekabrgacha ekologik toza isitish tizimlariga o‘tishi lozim.
Bunda tabiiy yoki suyultirilgan gaz, elektr energiyasi, quyosh va geotermal energiya, shuningdek, issiqlik elektr stansiyalaridan olinadigan ikkilamchi issiqlik energiyasidan foydalanish mumkin.
Qattiq yoqilg‘idan foydalanishni davom ettirish uchun esa bir vaqtning o‘zida quyidagi talablar bajarilishi shart:
- Qozonxonalarni avtomatik boshqaruv va chang-gaz tozalash uskunalari bilan jihozlash;
- Uzluksiz avtomatik monitoring tizimini o‘rnatish va Ekologiya qo‘mitasining axborot tizimlariga ulash;
- Uskunalarning muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lish;
- Onlayn kuzatuv kameralari, elektr ta’minoti va zaxira generatorini o‘rnatish;
- Hosil bo‘ladigan chiqindilarni belgilangan tartibda utilizatsiya qilish.
🚫
Nimalarni yoqilg‘i sifatida ishlatish taqiqlanadi?
❗️
Issiqxonalarda avtomobil shinalari, mazut, bitum, plastmassa, polimer plyonkalar, rezina, ishlatilgan moylar, maishiy va ishlab chiqarish chiqindilarini hamda shu kabi zararli materiallarni yoqish qat’iyan taqiqlanadi.
💰
Issiqxona egalari qanday imtiyozlardan foydalanishi mumkin?
➡️
50 foiz subsidiya.
2028-yil 1-yanvarga qadar ekologik toza isitish texnologiyalari, chang-gaz tozalash uskunalari, energiya tejamkor ekranlar va tegishli jihozlarni xarid qilish xarajatlarining 50 foizi, biroq har bir gektar uchun 50 million so‘mdan oshmagan qismi qoplab beriladi.
➡️
350 million so‘mgacha foizsiz mablag‘.
Avtomatik monitoring stansiyalarini xarid qilish uchun har bir stansiyaga 350 million so‘mgacha mablag‘ 7 yil davomida foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan ajratilishi mumkin.
➡️
3 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit.
2026–2027-yillarda elektr, quyosh, geotermal energiya va kogeneratsiya asosidagi isitish tizimlariga o‘tish loyihalari uchun 7 yil muddatga, 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkada kredit ajratiladi. Kredit loyiha qiymatining 50 foizigacha, har bir gektar uchun esa 3 milliard so‘mgacha bo‘lishi mumkin.
⚠️
Talablar bajarilmasa nima bo‘ladi?
🔵
2026-yil 1-dekabrdan belgilangan ekologik talablarga javob bermaydigan issiqxonalarga davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi berilmaydi. Avval berilgan xulosaning amal qilishi vaqtincha to‘xtatiladi hamda elektr, gaz va suv ta’minotidan uzish choralari ko‘riladi.
🔵
Shuningdek, maxsus hududdagi issiqxonalarda har yili
15-oktabrdan 15-martgacha
ekologik monitoring va nazorat tadbirlari o‘tkaziladi.
🔵
Inson hayoti va sog‘lig‘iga yuqori xavf tug‘diruvchi holatlar aniqlansa, issiqxona faoliyati yoki ifloslantiruvchi manba 10 kungacha vaqtincha to‘xtatilishi mumkin.
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
X

October 26, 05:37
Media unavailable
1
Show in Telegram

CRAFERS ISHGA TAKLIF QILADI!
Ishlab chiqarish zavodiga ishchilar kerak!
Bo‘sh ish o‘rinlari:
- Qadoqlovchi
- Oddiy ishchi
Talablar:
- Ayollar va erkaklar
- Yosh: 18–45 yosh
- Talabalar ham ishga qabul qilinadi!
Oylik maosh: 4 000 000 – 4 500 000 so‘m
Biz sizga taklif qilamiz:
- Rasmiy ishga joylashish
- Oylik maosh o‘z vaqtida
- Kuniga 2 mahal issiq ovqat
- Korporativ transport
- 1 hafta kunduzgi, 1 hafta tungi smena
- Yakshanba — dam olish kuni
Avtobus yo‘nalishlari:
#Madaniyat
/
#Rohat
/
#Chirchiq
/
#Yangiyo
‘l /
#Parkent
/
#Qibray
/
#Qorasuv
-6 /
#Chernyavka
/
#Bo
‘ka /
#To
‘ytepa /
#Quyi
Chirchiq
Manzil:
Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Kichik halqa yo‘li.
Murojaat uchun telefon raqamlari:
+998-99-615-0030
+998-99-615-0060
+998-99-010-7904
+998-70-018-1419
+998-99-797-7910
+998-70-308-8072
Telegram:
@komolacrafers
Yotoqxona mavjud emas.
CRAFERS jamoasiga qo‘shiling!
💜
💼
Yangi vakansiyalar:
@osonish_uz