Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Toshkent viloyati yoshlari | Yoshlar ittifoqi

toshkentyoshlari_yi
©️ O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashining rasmiy kanali 🔹 Murojaat uchun: @yoshlar_ittifoqi_murojaat_bot
Subscribers
6 160
24 hours
-55
30 days
-2 915
Post views
188
ER
3,05%
Posts (30d)
72
Characters in post
938
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation General Education News
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
September 11, 11:40
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🔖
QATAG‘ON QURBONLARI XOTIRASI YODIMIZDA
📍
Zangiota tibbiyot texnikumida Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni munosabati bilan yoshlar yetakchisi tashabbusi bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda qatag‘on yillarida nohaq ta’qib va tazyiqqa uchragan yurtdoshlarimizning hayoti va faoliyati, ularning Vatan va xalqimiz taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi haqida ma’lumotlar berildi.
🖥
Shuningdek, yosh avlodga ajdodlarimizning ibratli hayot yo‘lini o‘rganish, ularning xotirasini asrab-avaylash va tarixiy saboqlardan xulosa chiqarish muhimligi ta’kidlandi.
💥
Ajdodlar xotirasi — avlodlar qalbida abadiy yashaydi.
🙋‍♂️
Bizni kuzatishda davom eting!
🔹
Telegram|
🔹
Instagram|
🔹
Facebook|
🔹
YouTube

September 11, 10:32
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

🚦
“YO‘LOVCHI” loyihasi: piyodalar xavfsizligi — barchamizning mas’uliyatimiz!
➡️
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi, Toshkent viloyati IIBB kiber jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi, Toshkent viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Toshkent viloyati bo‘limi hamkorligida “YO‘LOVCHI” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, piyodalarning yo‘l qoidalariga rioya qilishlari hamda piyodalar o‘tish joylaridan foydalanish madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
📝
Shuningdek, piyodalar o‘tish joyidan harakatlanishda
qo‘lni ko‘tarib o‘tish
madaniyati targ‘ib qilinib, yo‘lni kesib o‘tishda haydovchi va piyodalar o‘rtasidagi o‘zaro e’tibor va hurmatning ahamiyati tushuntirildi.
📌
Yo‘ldagi xavfsizlik — har birimizdan boshlanadi!
🙋‍♂️
Bizni kuzatishda davom eting!
🔹
Telegram|
🔹
Instagram|
🔹
Facebook|
🔹
YouTube

September 11, 09:15
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

💻
MENING RAQAMLI HUQUQLARIM
📍
Zangiota tibbiyot texnikumida o‘quvchilarning raqamli savodxonligini oshirish, internet muhitida xavfsiz va mas’uliyatli harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida yoshlar yetakchisi bilan birgalikda “Mening raqamli huquqlarim” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida o‘quvchilarga raqamli huquqlar, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, internet va ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish, kiberxavfsizlik hamda raqamli muhitda o‘z huquqlarini himoya qilish bo‘yicha tushunchalar berildi.
📝
Shuningdek, o‘quvchilar ishtirokida interaktiv savol-javob va viktorinalar o‘tkazilib,
“Mening huquqim buzilganda”
mavzusida hayotiy vaziyatlar asosida o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
🔐
Raqamli xavfsizlik — o‘z huquqlaringni bilishdan boshlanadi!
🙋‍♂️
Bizni kuzatishda davom eting!
🔹
Telegram|
🔹
Instagram|
🔹
Facebook|
🔹
YouTube

September 11, 07:15
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

🎬
“Urushning so‘nggi qurboni” filmi namoyish etildi
📍
Chinoz tumani 2-son texnikumida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning milliy adabiyotimizga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida taniqli yozuvchi O‘tkir Hoshimovning “Urushning so‘nggi qurboni” asari asosida suratga olingan film namoyish etildi.
➡️
Tadbir texnikum yoshlar yetakchisi ishtirokida tashkil etilib, film orqali o‘quvchilarga urushning inson taqdiriga ayanchli ta’siri, tinchlikning qadri, insoniylik, mehr-oqibat va oilaviy qadriyatlar haqida tushunchalar berildi.
📚
Namoyish so‘ngida o‘quvchilar asar va film mazmuni yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.


Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlikka qiziqishini oshirish va ma’naviy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladi.
🙋‍♂️
Bizni kuzatishda davom eting!
🔹
Telegram|
🔹
Instagram|
🔹
Facebook|
🔹
YouTube

September 11, 06:50
Media unavailable
6
2
Show in Telegram

🎓
Ipak yo‘li innovatsiyalar universitetida
1-bosqich talabalari ishtirokida yangi o‘quv yiliga bag‘ishlangan
“Mustaqillik darsi”
tashkil etildi.
🇺🇿
Dars davomida yurtimiz mustaqilligining mazmun-mohiyati, tarixiy ahamiyati, milliy qadriyatlar hamda yoshlarning Vatan taraqqiyotidagi o‘rni haqida fikr almashildi.
🎓
Tadbirda universitetning
birinchi prorektori Inobat Maxkamboyevna
ishtirok etib, yangi talabalarga universitet hayoti, ta’lim jarayoni va talabalik mas’uliyati haqida ma’lumotlar berdi.

Mustaqillik — erkin tafakkur, yuksak mas’uliyat va kelajak sari ishonchli qadamdir.
🙋‍♂️
Bizni kuzatishda davom eting!
🔹
Telegram|
🔹
Instagram|
🔹
Facebook|
🔹
YouTube

September 11, 06:30
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🚫
BIZ GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ!
📍
Zangiota Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va boshqa zararli illatlarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida yoshlar yetakchisi bilan birgalikda “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.
➡️
Tadbirda texnikum o‘quvchilari va xodimlari faol ishtirok etib, giyohvandlikning inson salomatligi, oilasi va kelajagiga salbiy ta’siri haqida fikr almashdilar.
✔️
Shuningdek, o‘quvchilar tomonidan giyohvandlikka qarshi mazmundagi rasm va targ‘ibot plakatlari tayyorlanib, zararli illatlarga nisbatan qat’iy pozitsiyalari namoyish etildi.
🌱
Sog‘lom hayot — nurli kelajak!
🙋‍♂️
Bizni kuzatishda davom eting!
🔹
Telegram|
🔹
Instagram|
🔹
Facebook|
🔹
YouTube

September 11, 04:43
Media unavailable
1
Show in Telegram

September 11, 04:34
Media unavailable
6
2
Show in Telegram

📚
SAYYOR QABUL VA AMALIY KO‘MAK
📍
Chirchiq shahrida joylashgan harbiy qismda Harbiy prokuratura tomonidan sayyor qabul tashkil etildi.
🔈
Tadbir doirasida Bandlik markazi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi, Chirchiq shahrida joylashgan harbiy qism hamkorligida yosh harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar olib borildi.
🔖
Xususan, harbiy xizmatchilar oilalarini ish bilan ta’minlash, mavjud bandlik imkoniyatlari haqida ma’lumot berish hamda murojaatlarni o‘rganish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirildi.
✏️
Shuningdek, yosh harbiy xizmatchilar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida
kitob yarmarkasi
tashkil etildi. Tadbir ishtirokchilariga turli yo‘nalishdagi adabiyotlar taqdim etildi.
☄️
Bunday tashabbuslar harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi
.
🙋‍♂️
Bizni kuzatishda davom eting!
🔹
Telegram|
🔹
Instagram|
🔹
Facebook|
🔹
YouTube

September 10, 06:03
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

📚
Kitob — ma’naviyat qalqoni
➡️
Harbiy xizmatchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida “Ma’naviyat qalqoni” respublika kitobxonlik tanlovining I bosqichi o‘tkazildi.
🇺🇿
Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy havo kuchlari Qo‘mondonligi tashabbusi bilan
O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi
, Mudofaa vazirligi tasarrufidagi Chirchiq shahridagi harbiy qism hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida tashkil etildi. Unda 16 nafar harbiy xizmatchi — 5 nafar ofitser, 7 nafar serjant va 5 nafar muddatli harbiy xizmatchi ishtirok etdi.
📖
Ishtirokchilar
“Zukkolik va bilim”
yo‘nalishida 50 ta test savoli orqali sinovdan o‘tdilar. Shuningdek, milliy adabiyot, kitobxonlik va ma’naviy meros mavzularida muloqot tashkil etildi.
➡️
Tanlov harbiy xizmatchilarning bilim va dunyoqarashini yuksaltirishga xizmat qildi.
🙋‍♂️
Bizni kuzatishda davom eting!
🔹
Telegram|
🔹
Instagram|
🔹
Facebook|
🔹
YouTube

September 10, 03:55
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

🎓
Katta orzular sari qadam
🇺🇿
🇧🇾
Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutida “Katta orzular sari yo‘l” shiori ostida bitiruvchi talabalarga tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
📝
Tadbirda bakalavriat va magistraturani tamomlagan
430 nafar bitiruvchiga
mutaxassislik diplomlari tantanali ravishda topshirildi.
➡️
“Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi kelajakni birgalikda bunyod etaylik” shiori ostida tashkil etilgan tadbir O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining
35 yilligiga
bag‘ishlandi.

Tadbirda Belarus Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Aleksandr Sergeevich Ogorodnikov, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti rektori, akademik Sadritdin Turabjanov, Oliy Majlis palatalari deputatlari, Qibray tumani hokimligi vakillari, institut professor-o‘qituvchilari hamda
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi
vakillari ishtirok etdi.

Tadbirning faxriy mehmoni, taniqli davlat va jamoat arbobi, ilm-fan rivojiga munosib hissa qo‘shgan yirik olim, akademik
Salimov Oqil Umrzoqovich
ning ishtiroki bitiruvchilarga alohida motivatsiya bag‘ishladi.

Diplom — ta’lim yo‘lining yakuni emas, balki katta orzular va yangi imkoniyatlar sari qo‘yilgan muhim qadamdir.
✔️
Yangi marralar sari olg‘a, yoshlar!
🙋‍♂️
Bizni kuzatishda davom eting!
🔹
Telegram|
🔹
Instagram|
🔹
Facebook|
🔹
YouTube