
Toshkent viloyati hokimligi
#forum
Toshkent viloyati – Tyanszin: strategik sheriklikdan amaliy hamkorlik sari
Xitoy Xalq Respublikasida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Toshkent viloyati delegatsiyasi Tyanszin shahrida tashkil etilgan
O‘zbekiston (Toshkent viloyati) – Xitoy (Tyanszin) biznes-forumida
ishtirok etdi.
Ikki mamlakatning rasmiy doiralari, yirik kompaniyalar, investorlar va ishbilarmonlik vakillari ishtirokida o‘tgan tadbirda
O‘zbekiston va Xitoydan 300 dan ortiq tadbirkor qatnashdi.
Forum ikki hududning iqtisodiy salohiyatini namoyish etish bilan birga, yangi investisiya loyihalari, savdo aloqalari va uzoq muddatli biznes sherikliklarini yo‘lga qo‘yish uchun muhim muloqot maydoni bo‘ldi.
Tadbirda so‘zga chiqqan Toshkent viloyati hokimi
Zoyir Mirzayev
keyingi yillarda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik izchil mustahkamlanib borayotganini, bu esa ikki davlat rahbarlarining uzoqni ko‘zlagan, o‘zaro ishonch va manfaatdorlikka asoslangan siyosati tufayli ekanini alohida ta’kidladi.
Davlat rahbarlari o‘rtasidagi muntazam va ochiq muloqot nafaqat strategik sheriklikni mustahkamlamoqda, balki hududlar va biznes sub’yektlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni kengaytirish uchun ham yangi imkoniyatlar yaratmoqda.
Shu nuqtai nazardan, Tyanszindagi biznes-forum Toshkent viloyatining Xitoyning yirik iqtisodiy markazlaridan biri bilan amaliy aloqalarini yanada kengaytirishda muhim qadam bo‘ldi.
Forumda Mo‘ynoq tumanini rivojlantirish, Toshkent viloyatining investisiyaviy hamda eksport salohiyati, sanoat imkoniyatlari, ishlab chiqarish bazasi, transport-logistika salohiyati va investorlar uchun yaratilgan sharoitlar taqdim etildi.
Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlikda yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish, mahalliylashtirishni chuqurlashtirish va eksportbop loyihalarni ko‘paytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Biznes-forum doirasida
Tyanszin shahrining yirik kompaniyalari va ishbilarmon doiralari bilan G2B va B2B
formatlarida muzokaralar o‘tkazilib, sanoat, investisiya, transport-logistika, mebel ishlab chiqarish va zamonaviy qurilish sohalarida yangi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Uchrashuvlar yakunida
3 ta muhim hujjat imzolandi.
Erishilgan kelishuvlar
Toshkent viloyati va Tyanszin
o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, yangi investisiya loyihalarini amalga oshirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish uchun amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.
✅
Telegram
🌐
Website
📹
YouTube
✅
Facebook
🕊
Twitter
🌐
Instagram
Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyati bilan tanishdim. Bu dargohda 260 nafardan ziyod iqtidorli o‘g‘il-qiz ta’lim olishni boshladi.
O‘quv jarayonida STEM yo‘nalishiga — matematika, fizika, kimyo, biologiya va axborot texnologiyalariga alohida e’tibor qaratilgan. Bolalar bu fanlarni chuqur o‘zlashtirish barobarida loyihalar ustida ishlaydilar, bilimlarini amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasini hosil qilib, mustaqil tadqiqotlar olib boradilar. Xorijiy tillardan ingliz va xitoy tillari kuchaytirilgan tartibda o‘qitiladi.
Shu bilan birga, o‘quv dasturining salmoqli hamda muhim qismi ona tili, O‘zbekiston tarixi, adabiyoti va madaniyatiga ajratilgan.
Yoshlarga zamonaviy ta’lim berib, kelajagi uchun keng imkoniyatlar eshigini ochar ekanmiz, ayni paytda ularga vatan tuyg‘usi, o‘zligi va milliy madaniyati bilan bog‘liqlikni doimiy singdirib borish zarur — menimcha, ta’limda eng to‘g‘ri yondashuv shu.
—
Ознакомилась с работой специализированной
школы-интерната с углублённым изучением иностранных языков. Здесь начали обучение более 260 талантливых детей.
Особое внимание будет уделяться STEM-направлению: математике, физике, химии, биологии и IT. Ребята смогут изучать их углублённо, работать над проектами, учиться применять знания на практике, а также проводить самостоятельные исследования. Серьёзная языковая подготовка включает английский и китайский.
При этом значительная часть учебной программы посвящена родному языку, истории, литературе и культуре Узбекистана.
Мне близок такой подход — дать детям современное образование и возможности для будущего, сохраняя прочную связь со своей страной и её культурой.
#videorolik
Xitoy safari|2-kun
Xitoyning
Tyantszin
shahrida joylashgan
“Nangang Chemical” sanoat zonasida
hududlararo sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishning istiqbollari muhokama qilindi.
✅
Telegram
🌐
Website
📹
YouTube
✅
Facebook
🕊
Twitter
🌐
Instagram
#qabul
Har bir murojaat - e’tiborda, yechim - nazoratda
Nurafshon shahridagi viloyat Xalq qabulxonasi binosida viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Otabek Tursunovning navbatdagi qabuli o‘tkazildi.
Unda fuqarolarning bandlik, sog‘likni saqlash, uy-joy, yer munosabatlari, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va kengaytirish, kommunal infratuzilma hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan taklif va murojaatlari tinglandi.
Qabul davomida murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etildi. Qolgan murojaatlarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va natijasi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ularning muammolariga o‘z vaqtida yechim topish hamda davlat organlari va aholi o‘rtasidagi ochiq muloqotni ta’minlash bunday qabullarning asosiy maqsadi hisoblanadi.
✅
Telegram
🌐
Website
📹
YouTube
✅
Facebook
🕊
Twitter
🌐
Instagram
#xalqaro_hamkorlik
Toshkent viloyati va Tyantszin: Sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishning yangi istiqbollari
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzaev boshchiligidagi viloyat delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasiga xizmat safari davom etmoqda.
Bugun delegatsiya a’zolari Xitoyning Tyantszin shahrida joylashgan
“Nangang Chemical” sanoat zonasida
bo‘lib, bu yerda sanoatni rivojlantirish, ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish, zamonaviy muhandislik va logistika infratuzilmasini tashkil etish hamda investorlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
“Nangang Chemical” sanoat zonasi Tyantszinning yirik sanoat va ishlab chiqarish markazlaridan biri bo‘lib, hududda kimyo, neft-kimyo, energetika va boshqa sanoat yo‘nalishlaridagi yirik loyihalar jamlangan.
Delegatsiya uchun mazkur tajriba Toshkent viloyatida sanoat zonalarini rivojlantirish, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega ishlab chiqarishlarni tashkil etish va zamonaviy texnologiyalarni jalb etish borasida muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.
Tashrif doirasida
TEDA
— Tyantszin iqtisodiy-texnologik rivojlanish hududi ma’muriyati vakillari hamda Xitoyning qator yirik kompaniyalari rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazildi.
Xususan,
“Tianjin Bohai Chemical Industry Group Co., Ltd.”
,
“Sinopec (Tianjin) Petrochemical Company”
,
“Sinopec Catalyst (Tianjin) Co., Ltd.”
va
“Tianjin NEWSOLAR Co., Ltd.”
kabi kompaniyalar vakillari bilan hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Muloqotlarda
kimyo va neft-kimyo sanoati, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, qayta tiklanuvchi energetika hamda investitsiyaviy hamkorlik
masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, Toshkent viloyatining sanoat va investitsiya salohiyati, mavjud infratuzilma imkoniyatlari hamda hududda xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida ma’lumot berildi.
Uchrashuvlar davomida Tyantszinning ilg‘or tajribasini Toshkent viloyatida qo‘llash, shuningdek, xitoylik hamkorlar bilan
yangi investitsiya loyihalarini shakllantirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish
bo‘yicha kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.
✅
Telegram
🌐
Website
📹
YouTube
✅
Facebook
🕊
Twitter
🌐
Instagram
#qabul_vaqti
Aholi murojaatlari tinglanib, muammolarga yechim topilmoqda
Nurafshon shahridagi
«Nurafshon Siti»
hududida joylashgan viloyat Xalq qabulxonasi binosida viloyat hokimi o‘rinbosari
Sh.Mahmudovning
navbatdagi qabuli o‘tkazildi.
Unda
20 nafar
fuqaroning murojaatlari tinglanib, ular tomonidan yo‘llarni ta’mirlash, ko‘p qavatli uy-joylardagi mavjud muammolar, arxitektura, kommunal xizmatlar va boshqa masalalar yuzasidan taklif hamda murojaatlar bildirildi.
Qabul davomida murojaatlarning
9 tasi joyida ijobiy hal etildi.
Qolgan
11 ta murojaatni joyiga chiqqan holda o‘rganish va natijasi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish
yuzasidan mas’ul boshqarma va tashkilotlar rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.
Fuqarolar murojaatlarini eshitish, ularga yechim topish va aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
✅
Telegram
🌐
Website
📹
YouTube
✅
Facebook
🕊
Twitter
🌐
Instagram
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Seuldagi O‘zbekiston – Koreya biznes forumi ochilishidagi nutqidan asosiy fikrlar:
📌
Koreya – O‘zbekistonning vaqt sinovidan o‘tgan do‘sti va alohida strategik sherigi;
📌
Koreya biznesi O‘zbekistonda shunchaki faoliyat yuritishga emas, balki yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, texnologiyalar va infratuzilmani rivojlantirishga investitsiya kiritishga taklif qilindi;
📌
Maqsad – O‘zbekistonni mintaqadagi asosiy ishlab chiqarish, texnologik va eksport maydonlaridan biriga aylantirish;
📌
Mamlakatimizda muhim minerallar sohasida yaqin yillarda umumiy qiymati 4 milliard dollardan ortiq bo‘lgan 120 ta loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan;
📌
O‘zbekistonning tabiiy resurslari, inson kapitali va o‘sib borayotgan bozorini Koreyaning texnologiyalari, muhandislik tajribasi va jahon brendlari bilan uyg‘unlashtirish taklif etildi;
📌
Ustuvor vazifa – shunchaki xomashyo eksport qilish emas, balki O‘zbekistonda chuqur qayta ishlashdan tortib, tayyor yuqori texnologiyali mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan to‘liq ishlab chiqarish zanjirlarini yaratish;
📌
2030-yilga qadar O‘zbekiston elektrotexnika sanoati hajmini 11 milliard dollarga, eksportni esa 5 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan;
📌
Strategik vazifa – yig‘uv ishlab chiqarishlaridan zamonaviy, to‘liq siklli klasterlarga o‘tish;
📌
Koreya kompaniyalari, universitetlari va tadqiqot markazlarini o‘zbekistonlik hamkorlar bilan yagona tandemga birlashtirish taklif etildi;
📌
Nafaqat mahsulot ishlab chiqarish, balki intellektual mulk huquqiga ega bo‘lgan yangi mahsulotlarni ishlab chiqish ham muhim;
📌
Koreyaning yetakchi kompaniyalariga ilmiy tadqiqotlar, klinik baza va ishlab chiqarishni birlashtirgan biofarmatsevtika klasteri tashkil etish taklif qilinmoqda;
📌
Asosiy e’tibor mutaxassislar tayyorlashga qaratilishi lozim. Shu bois, O‘zbekiston – Koreya muhandislarni tayyorlash yagona ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish muhim hisoblanadi;
📌
Koreya investorlariga transport va shahar infratuzilmasi sohasidagi loyihalar – Yangi Toshkentdagi obyektlar, aeroportlar, temir yo‘llar, avtomobil magistrallari va logistika markazlari taklif etildi;
📌
O‘zbekiston Koreya kompaniyalarining Markaziy Osiyodagi ishlab chiqarish va eksport xabiga aylanishi uchun barcha imkoniyatlarga ega. Shu maqsadda O‘zbekiston – Koreya sanoat-texnologik alyansini tashkil etish taklif qilindi.
Facebook
|
Instagram
|
X
#muhokama
Toshkent viloyatining kelgusi 15 yillik rivojlanish strategiyasi muhokama qilindi
Toshkent viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasida viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari
O. Tursunov
Buyuk Britaniyaning
ARUP
xalqaro loyiha-konsalting kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktabrdagi PQ–298-son qaroriga muvofiq, Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan
“O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi
doirasida Toshkent viloyatining hududiy rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, viloyatning uzoq muddatli rivojlanish istiqbollari, hududlarning iqtisodiy salohiyati, aholi joylashuvi va urbanizatsiya jarayonlari, yer resurslaridan samarali foydalanish, transport va muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish, ekologik barqarorlik hamda yirik investitsiya loyihalarini joylashtirish imkoniyatlari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Shuningdek,
Yangiyo‘l va Chirchiq shaharlari, Bo‘ka va Chinoz tumanlarining shaharsozlik rejalari
, shuningdek, mazkur hududlarda tanlab olinadigan
20 ta hudud uchun master rejalar
ishlab chiqish jarayonining ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.
Muhokamalar davomida hududlarning mavjud imkoniyatlarini to‘liq ishga solish, infratuzilmani zamonaviy talablar asosida rivojlantirish, yangi investitsiya loyihalarini jalb etish va aholi uchun qulay yashash muhitini yaratishga qaratilgan takliflar bildirildi.
Uchrashuv yakunida viloyatning
keyingi 15 yilga mo‘ljallangan strategik rivojlanish yo‘nalishlarini aniq belgilash
, ustuvor infratuzilma va investitsiya loyihalarini shakllantirish hamda ularni bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.
✅
Telegram
🌐
Website
📹
YouTube
✅
Facebook
🕊
Twitter
🌐
Instagram
#jarayon
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2026-yil 3-sentabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish, aholi daromadlarini oshirish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha manzilli ishlarni kuchaytirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab berilgan edi.
Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida
Chirchiq shahar hokimligida shtab tashkil etilib
, shaharda mavjud ishsiz fuqarolarni xatlovdan o‘tkazish, ularning ro‘yxatini aniqlashtirish hamda doimiy ish bilan ta’minlash bo‘yicha manzilli ishlar olib borilmoqda.
Shu maqsadda
90
nafardan ortiq ishsiz fuqaroni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, shuningdek, ularni korxonalardagi ish jarayonlari va mehnat sharoitlari bilan yaqindan tanishtirish uchun bir qator korxonalarga sayohat tashkil etildi.
Tadbir yakunida
26
nafardan ortiq ishsiz fuqaro mazkur korxonalarda ishlash istagini bildirdi. Ular bilan ishga joylashish bo‘yicha tegishli tartibda amaliy ishlar olib borilmoqda.
✅
Telegram
🌐
Website
📹
YouTube
✅
Facebook
🕊
Twitter
🌐
Instagram