
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
#INFOGRAFIKA
YO‘LOVCHILAR OQIMI BO‘YICHA KUNLIK MA'LUMOT!
"
Toshshahartransxizmat" AJ tizimida bugungi kunda jami 164 ta yoʻnalish mavjud.
👥
Joriy yilnng 23-oktabr kuni ertalabki tigʻiz vaqt (pik soatlar) — soat 06:00 dan 10:00 gacha boʻlgan davrda jami
344 502 nafar yoʻlovchi
tashildi.
📈
Mazkur davrda quyidagi yo‘nalishlarda yoʻlovchilar oqimi eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi:
🚌
131-yoʻnalish (
Do’stlik 2-mavzesi – Olimpiya mavzesi) —
5 454 nafar yoʻlovchi;
🚌
8-yoʻnalish
( Olchazor mahallasi – Chilonzor mavzesi 25-daha) —
4 674 yoʻlovchi;
🚌
24-yoʻnalish
( TTZ AShB – Yunusobod mavzesi 6-daha) —
4 499 nafar yoʻlovchi
;
🚌
38-yoʻnalish
( Olchazor mahallasi - O'zbekqishloqmash zavodi) —
4 147 nafar yoʻlovchi;
🚌
9T-yoʻnalish (
Chilonzor mavzesi 25-daha – Toshkent vokzali) —
4 075 nafar yoʻlovchi;
👥
2026-yil 22-oktabr kuni jami
1 322 433 nafar yo‘lovchi
tashildi.
Haftalik ko‘rsatkich
: 2026-yil 16-oktabrdan 22-oktabr kuniga qadar
8 504 195 nafar yo‘lovchi
tashilgan. Ertalabki tigʻiz vaqt (pik soatlar) — soat 06:00 dan 10:00 gacha boʻlgan davrda jami
2 135 235 nafar yo‘lovchi tashildi.
✍️
“
Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati
🌐
Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Web-site
|
YouTube
🔺
Avtobus salonlarida namoyish etilayotgan reklama roliklari ovoz balandligini pasaytirish yuzasidan
RASMIY MA'LUMOT!
📇
“Тoshshahartransxizmat” AJ avtobuslari salonida o‘rnatilgan monitorlar orqali turli reklama materiallarini namoyish etish uchun ajratilgan joylar belgilangan tartibda
E-auksion elektron savdo platformasi orqali o‘tkazilgan auksionda g‘olib bo‘lgan tadbirkorlik subyektiga ijara asosida berilgan
.
🟡
So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda avtobus salonlarida namoyish etilayotgan reklama roliklarining ovoz balandligi yuzasidan fuqarolar tomonidan turli e’tiroz va takliflar bildirilmoqda. Yo‘lovchilarning murojaatlari hamda jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda, “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan mazkur masala yuzasidan tegishli choralar ko‘rish maqsadida reklama joylarini ijaraga olgan tadbirkorlik subyekti vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.
⏩
Uchrashuv davomida avtobus salonlarida namoyish etilayotgan reklama roliklarining ovoz balandligi, uning yo‘lovchilarga ta’siri va jamoat transportida qulay muhitni ta’minlash masalalari atroflicha muhokama qilindi. Xususan, reklama materiallari ovozini me’yorida saqlash, yo‘lovchilarning o‘zaro muloqoti hamda haydovchining xizmat faoliyatiga xalaqit bermaydigan sharoit yaratish muhimligi ta’kidlandi.
🔘
Shuningdek, tadbirkorlik subyekti vakillariga reklama roliklari ovoz balandligini pasaytirish, namoyish jarayonida yo‘lovchilarga ortiqcha shovqin va noqulaylik tug‘dirmaslik hamda jamoat transportidan foydalanish madaniyatiga mos yondashuvni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
📈
“Toshshahartransxizmat” AJ yo‘lovchilarning fikr va takliflariga befarq emas. Shu bois, mazkur masala jamiyat tomonidan nazoratga olinib, reklama materiallarini namoyish etish jarayonida yo‘lovchilar manfaatlarini ta’minlash, jamoat transportida qulay muhitni saqlash hamda amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
👍
Yo‘lovchilar uchun qulaylik yaratish, ularning murojaat va takliflarini inobatga olish hamda jamoat transportida xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish ustuvor vazifalarimizdan biridir.
✍️
“
Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati
🌐
Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Web-site
|
YouTube
🚌
JAMOAT TRANSPORTIDAN KIMLAR BEPUL FOYDALANISH HUQUQIGA EGA?
O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustdagi 278-I-sonli Qonuniga muvofiq, quyidagi toifadagi fuqarolar shahar yo‘lovchilar transportidan (taksidan tashqari) bepul foydalanish huquqiga ega:
✅
1941–1945-yillardagi urush qatnashchilari jumlasidan bo‘lgan harbiy xizmatchilar;
✅
1941–1945-yillardagi urush nogironlari va ularga tenglashtirilgan shaxslar;
✅
Urush davrida front ortidagi fidokorona mehnati va benuqson harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar;
✅
Afg‘oniston va boshqa mamlakatlar hududidagi jangovar harakatlarda qatnashgan sobiq baynalminalchi jangchilar;
✅
Haqiqiy muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar hamda kontrakt bo‘yicha oddiy askarlar va serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilar;
✅
“O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar;
✅
Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshdan kechirgan shaxslar;
✅
O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar, yolg‘iz yashovchi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar;
✅
Nogironligi bo‘lgan ko‘zi ojiz shaxslar, I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ularga hamrohlik qiluvchi bir nafar shaxs.
💳
IMTIYOZLI TRANSPORT KARTASINI QANDAY OLISH MUMKIN?
Bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartasini rasmiylashtirish jarayoni elektron tizim orqali amalga oshiriladi.
📲
Fuqarolar kartani olish uchun
my.gov.uz
— Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki
Davlat xizmatlari markazlari
orqali ariza topshirishlari mumkin.
📬
Rasmiylashtirilgan imtiyozli transport kartasi
UzPost milliy pochta operatori
orqali arizada ko‘rsatilgan pochta manziliga yetkazib beriladi.
🚌
Jamoat transportidan bepul foydalanish huquqi — yo‘lovchilar uchun yaratilgan muhim ijtimoiy imkoniyat!
🇺🇿
“TIL — MILLAT KO‘RKI” MAVZUSIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR O‘TKAZILDI
📇
“Toshshahartransxizmat” AJda o‘zbek tilining milliy o‘zligimiz va ma’naviyatimizdagi o‘rnini keng targ‘ib etish, davlat tiliga bo‘lgan hurmatni yanada oshirish maqsadida
“Til — millat ko‘rki”
mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
👍
Tadbirda Jamiyat Boshqaruv raisining ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Malika Abdullayeva, avtobus saroylari filiallari mas’ullari, xodimlar hamda haydovchilar ishtirok etdi.
👍
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. Shundan so‘ng O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Do‘stlik” ordeni sohibi, adib va shoir To‘lqin Eshbekov “Tilimiz mangu barhayot” mavzusida ma’ruza qildi hamda o‘z ijodidan namunalar o‘qib berdi.
👍
Shuningdek, ona tilining qadri va milliy o‘zlikni anglashga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi, “Millatim tili” she’ri ijro etildi. Tadbir yakunida ishtirokchilar bilan muloqot o‘tkazilib, viktorina savollari orqali ularning davlat tiliga oid bilimlari sinovdan o‘tkazildi.
👍
Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davlat tilining nufuzi va mavqeyini mustahkamlash, xodimlar o‘rtasida ona tiliga hurmat va ehtirom tuyg‘ularini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
✍️
“
Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati
🌐
Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Web-site
|
YouTube
⚡️
DIQQAT, E’LON!
🚍
Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani Beruniy ko‘chasida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari sababli
181-sonli avtobus yo‘nalishi
harakati vaqtinchalik
Samarqand, Nazirova va Beshariq ko‘chalari
orqali tashkil etiladi.
⚠️
Mazkur hududda transport oqimining ortishi va tirbandliklar yuzaga kelishi ehtimoli sababli avtobuslarning
qatnov intervallari uzayishi
, shuningdek, yo‘nalish harakatiga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
📢
Yo‘lovchilardan ushbu holatni inobatga olib, safarlarini oldindan rejalashtirishlarini so‘raymiz.
Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
📺
Jamoat transportidan foydalanish darajasi 2026-yilda 37 % yetdi
👍
“O‘zbekiston 24” telekanalining
“Axborot 24” informatsion dasturi
da O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida jamoat transportidan foydalanish darajasining 2026-yilda 37 foizga yetgani hamda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan ma’lumot berildi.
🎥
Quyida mavzuga oid videolavhani tomosha qilishingiz mumkin.
✍️
“
Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati
🌐
Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Web-site|
YouTube
RASMIY MUNOSABAT
👍
Ijtimoiy tarmoqlarda avtobus haydovchisining salonidagi musiqani baland ovozda qo‘yib harakatlangani yuzasidan tanqidiy murojaat tarqaldi.
👍
Mazkur holat
“7-Avtobus saroyi” filiali Tasarruf bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganildi.
O‘rganish davomida 2026-yil 17-oktabr kuni
13-sonli yo‘nalishda
, davlat raqami
01 396 SKA
bo‘lgan avtobus haydovchisi
O. M
. Taxminan soat 21:00 larda avtobus salonidagi musiqani baland ovozda qo‘yib, yo‘lovchilarga noqulaylik tug‘dirgani aniqlandi.
🚌
Holat yuzasidan haydovchidan tushuntirish xati olindi. U bilan
yo‘lovchilarga sifatli va xavfsiz xizmat ko‘rsatish, muomala madaniyatiga rioya qilish hamda yo‘nalishda harakatlanish tartib-qoidalariga amal qilish
yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
👍
Shuningdek,
kelgusida bunday holatlar takrorlangan taqdirda, unga nisbatan belgilangan tartibda qat’iy choralar ko‘rilishi
haqida ogohlantirilganligini ma'lum qilamiz.
✍️
“
Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati
🌐
Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Web-site
|
YouTube
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
🚌
AYOL KISHI AVTOBUS HAYDAY OLADIMI?
👍
Ayol kishi avtobus haydashi mumkinmi? Bu kasbda ayollar qanday qiyinchiliklarga duch keladi va ularning ish kuni qanday o‘tadi?
🎥
Ushbu videoda avtobus haydovchisi bo‘lib ishlayotgan ayollarning mehnati, hayotiy tajribasi va kasbga bo‘lgan munosabati haqida so‘z boradi.
👩✈️
Kasbning jinsi yo‘q — muhimi, mahorat, mas’uliyat va fidoyilik!
📺
Avtobus haydovchisi Zebo Alimardonova haqida tayyorlagan videoni tomosha qiling.
✍️
“
Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati
🌐
Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Web-site
|
YouTube
⚡️
DIQQAT, MUHIM E’LON!
Toshkent shahridagi Katta Darxon ko'chasida joylashgan "Ekskavator zavodi" bekatining avtobuslarni sig'dirish imkoniyati cheklanganligi inobatga olindi. Shuningdek, yo'lovchilar tashish xavfsizligini ta'minlash maqsadida 58-sonli avtobus yo‘nalishining harakati "Darxon maydoni" bekatigacha qisqartirilmoqda.
🚌
2026-yil 19-oktabrdan boshlab ushbu yo'nalishdagi avtobuslar harakati ko'rsatilgan bekatgacha amalga oshiriladi.
Yo'lovchilarimizdan ushbu o'zgarishni hisobga olgan holda o'z safarlarini oldindan rejalashtirishlarini so'raymiz.
Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi
⚡️
DIQQAT, MUHIM E’LON!
Toshkent shahri yo'lovchilaridan kelib tushgan murojaatlar inobatga olinib,
Dilsaroy ko'chasini
jamoat transporti bilan ta'minlash hamda aholiga qulaylik yaratish maqsadida
100-sonli avtobus yo‘nalishining harakat yo'li
o'zgartirilmoqda.
🚌
2026-yil 19-oktabrdan boshlab
ushbu yo'nalishdagi avtobuslar quyidagi ko'chalar orqali harakatlanadi:
🔹
Darxon ko'chasi
🔹
Yangi Olmazor ko'chasi
🔹
Dilsaroy ko'chasi
🔹
Sag'bon ko'chasi
Yo'lovchilarimizdan ushbu o'zgarishni hisobga olgan holda o'z safarlarini oldindan rejalashtirishlarini so'raymiz.
Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi