
Yoshlar Ittifoqi TDTU Termiz filiali kengashi
❗️
❗️
❗️
❗️
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovi!
✅
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali 2026/2027 oʻquv yili uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari (Islom Karimov va Ibn Sino nomli davlat stipendiyalari) tanlovining 1-bosqichiga hujjatlar qabulini e’lon qiladi.
🟣
Nomzodlar uchun talablar:
⏭️
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezident stipendiyasi uchun:
🔘
1-kursdan boshlab barcha fanlari aʼlo (“5”) boʻlgan 5-bosqich bakalavriat va 2-bosqich magistratura talabalari.
⏭️
Islom Karimov va Ibn Sino nomli davlat stipendiyalari uchun:
🔘
1-kursdan boshlab 25% gacha yaxshi (“4”) va kamida 75% aʼlo (“5”) baho boʻlgan 4-5-bosqich bakalavriat talabalari.
⏭️
Kerakli hujjatlar:
🔘
transkript (Hemisdan yuklab olingan shakli);
🔘
dekanat va kafedraning tavsiyanomasi;
🔘
ilmiy (ijodiy) ish rahbarining tavsiyanomasi;
🔘
ilmiy (ijodiy) ishlar nusxasi (3*4 shakl);
🔘
ilmiy (ijodiy) yutuqlar nusxasi (diplom, sertifikat, tashakkurnoma va h.k, elektron shaklda)
⏭️
Hujjat topshirishning oxirgi muddati
: 2026-yil 20-iyun.
📞
Ma’lumot uchun:
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi, yangi bino 1-qavat, 116-xona
Telefon: +998-99-677-00-99
Telegram:
@medina_98
👉
t.me/iqtidorlivaxalqarotdtutf
Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti Termiz filialida 1–2-may kunlari bo‘lib o‘tgan fakultetlararo ichki jarrohlik olimpiadasida Pediatriya fakultetining “Primus” jamoasining video lavhasi.
https://www.instagram.com/primus.tgmutf
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida 1–2-may kunlari bo‘lib o‘tgan fakultetlararo ichki jarrohlik olimpiadasida 1-son Davolash fakultetining “Sirius” jamoasining video lavhasi.
Bizni Instagram’da kuzatib boring:
https://www.instagram.com/sirius_tdtutf
‼️
‼️
‼️
🔔
🔔
🔔
⬅️
Filial talabalari diqqatiga!
☑️
Sizlarni
1–2-may kunlari
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida bo‘lib o‘tadigan
"Jarrohlik"
yo'nalishida bo'lib o'tadigan
ICHKI OLIMPIADADA
ishtirok etishga taklif qilamiz.
🟣
Olimpiadada
2-kursdan 6-kursgacha bo’lgan talabalar
qatnashishlari mumkin. Bu olimpiada o‘z bilim va amaliy ko‘nikmalaringizni namoyish etish, shuningdek, qimmatli tajriba orttirish va yangi professional tanishuvlar orttirish uchun ajoyib imkoniyatdir.
📍
Olimpiada quyidagilarni bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
1.Nazariy bosqich
2.Amaliy topshiriqlar
3.Klinik holatlar tahlili
🏆
G‘oliblar diplom va qimmatli sovg‘alar bilan taqdirlanadi!
🔔
FAQAT FILIAL TALABALARI ISHTIROK ETISHLARI MUMKIN!
📅
Sana: 1–2-may kunlari
📌
O‘tkazilish joyi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali binosi
📝
Ro‘yxatdan o'tish
6-aprelga qadar
davom etadi. Har bir talaba o'z fakulteti koordinatoriga murojaat qilishlari so'raladi!
Davolash ishi-1 koordinatori: To’raqulov Samandar
+998915852405
; tg
@samandar_2405
Davolash ishi-2 koordinatori: Xamidboyeva Mushtariy
+998932226458
; tg
@m_khamidbayeva
Pediatriya koordinatori: Mansurova Nuriniso
+998915859454
; tg
@caomie_ii
PIMU koordinatori: Xolmatova Dilinur
+998942632500
Xalqaro fakulteti koordinatori: Vasim Faraz
+998918403209
, Choriyev Firdavs
+998990753999
Joylar chegaralangan! Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
➡️
BATAFSIL MA'LUMOT YUQORIDAGI AXBOROT XATIDA KELTIRILGAN!
👉
t.me/iqtidorlivaxalqarotdtutf
Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev Termizda…
👉
t.me/iqtidorlivaxalqarottatf
🔴
🟦
🟦
🟦
❗️
Ҳурматли хотин-қизлар!
❗️
Тиббиёт соҳасининг мунис ва мўътабар вакилалари!
💐
Мана шундай шукуҳли лаҳзаларда нафосат ва гўзаллик тимсоли бўлмиш Сиз, мунис опа-сингилларимизни баҳор фаслининг бетакрор айёми — 8 март — Халқаро хотин-қизлар куни билан чин қалбдан қутлайман.
✅
Аёл нафис хилқат қилиб яратилган. У
чексиз меҳр-муҳаббатга, ардоққа ва эъзозга
муносиб. Хотин-қизларга ҳурмат ва эҳтиром кўрсатиш халқимизда миллий қадрият даражасига кўтарилган. Шу боис азалдан аёллар улуғланган, шеъру достонларда тараннум этилган.
📌
Охирги йилларда мамлакатимизда хотин-қизларга бўлган эътибор янада ошди. Хусусан,
муҳтарам Президентимиз Шавкат Мирзиёев томонидан опа-сингилларимизни ҳар жиҳатдан қўллаб-қувватлаш
ва
муаммоларини ижобий ҳал этиш чоралари кўрилаётгани
ҳам шундан далолатдир.
➡️
Бунга жавобан нозиқ хилқат вакилалари — азиз хотин-қизларимиз турли жабҳаларда кечаётган ислоҳотларда фаоллик кўрсатмоқда. Масалан,
тиббиёт соҳасини бугун уларнинг иштирокисиз тасаввур этиш қийин.
👩🏻⚕️
Маълумотларга кўра, ҳозирги пайтда дунё бўйича
соғлиқни сақлаш соҳаси ходимларининг қарийб 70 фоизини айнан аёллар ташкил этади.
Бу ҳам инсоният саломатлигини асрашдек мураккаб ва шарафли вазифа сизнинг нозик елкангизга катта масъулият юклашини англатади.
🟤
Бугун соҳада меҳнат қилаётган оқ либосли фаришталаримиз, қатъиятли опа-сингилларимиз нафақат ўзларининг билим ва тажрибаси, балки
ширин сўзи билан ҳам беморлар дардига малҳам бўлмоқда.
🌺
Шу сабабли бугун биз баҳорнинг илк байрамини кенг нишонлаш орқали
тиббиёт соҳасининг ҳаракатлантирувчи асосий кучи ҳисобланган Сиз, хотин-қизларимизга муносиб эҳтиром кўрсатяпмиз.
🔺
Аслида Сиз, қалбидарё тиббиёт ходималарининг шарафли ва матонатли меҳнатингиз ҳар қандай эътирофу таҳсинга муносиб.
❗️
Ҳурматли ҳамкасблар, мунис опа-сингиллар!
💬
Тиббиёт ислоҳотлари жараёнида малакали тиббий хизматлар аҳолининг барча қатламларига бирдек кириб боришида Сиз, азизларнинг хизматингиз беқиёс.
🎖
Ана шу шарафли меҳнатингиз
халқимиз ва давлатимиз томонидан доим эътироф этиб келинмоқда.
Хусусан, қутлуғ байрам арафасида
Президентимиз Фармони асосида давлат мукофотлари билан тақдирланган хотин-қизларнинг сафида тиббиёт тизими фидойилари ҳам борлиги
бизни беҳад шодлантиради.
❗️
Қадрли опа-сингиллар!
🌹
Сизнинг борлигингиз — бизнинг бахтимиз.
⏺
Диёримизга фасли навбаҳорни етаклаб келган
ўзингиздек гўзал бу айём билан барчангизни яна бир бор муборакбод этаман.
Оилангизга тинчлик, қалбингизга хотиржамлик, ўзингиз ва яқинларингизга мустаҳкам соғлик тилайман.
❗️
Машаққатли ва шарафли фаолиятингизда доимо зафарлар ёр бўлсин!
❗️
Яна бир бор байрамингиз муборак бўлсин, азиз Аёллар!
Асилбек ХУДАЯРОВ,
Соғлиқни сақлаш вазири.
🔵
@ssvuz
|
🔵
@ssvmatbuotkotibi
|
👥
Facebook
|
📷
Instagram
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
Hurmatli TDTU Termiz filiali talabalari!
2026 yil 27-28–mart kunlari Termiz iqtisodiyot va servis universitetida bo‘lib o‘tadigan “TERMIZ–2026” I Xalqaro talabalar fan olimpiadasi tashkillashtirilmoqda.
Mazkur olimpiadaning maqsadi - talabalarning fundamental va klinik (kasbiy) fanlardan olgan nazariy bilimlarini yanada mustahkamlash, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda nazariya va amaliyot integratsiyasini ta’minlashdan iborat.
Olimpiada o‘tkazilish tili: o‘zbek va rus tillari.
O‘tkazilish shakli: an’anaviy (offline) tarzda.
MUHIM: Yuqoridagi axborot xatida olimpiada o'tkaziladigan fanlar keltirilgan! Xat bilan tanishib chiqishingiz so'raladi!
Ishtirok etish istagida bo'lgan talabalar tanlagan fanlaridan tegishli kafedralariga uchrashishlari so'raladi, olimpiada ishtirokchilari ilmiy rahbarlar tavsiyasi bilan qabul qilinadi.
Ro'yxatdan o'tish uchun (kafedradan saralashdan o'tgandan so'ng)
@medina_98
telegramiga murojaat qilishingiz mumkin.
t.me/iqtidorlivaxalqarotdtutf
Hurmatli hamkasblar va hamkorlar!
Sizni
2026-yil 7-8-may
kunlari Nukus shahrida bo‘lib o‘tadigan
"O‘zbekiston bolalar urologlari jamiyatining uchinchi xalqaro konferensiyasi"
da ishtirok etishga taklif etamiz.
Ishtirok etish uchun ilmiy tezislarni 2026-yil 31-martgacha abstract@uspu.uz manziliga yuborishingiz mumkin.