Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal

ttauf
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!
Subscribers
5 540
24 hours
200
30 days
Post views
1 302
ER
23,5%
Posts (30d)
Characters in post
940
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Other
Audience gender
Mixed audience
Audience age
-
Audience financial status
Mixed
Audience professions
Others
Summary
-
September 30, 08:08
Media unavailable
2
Show in Telegram

#bayram_tabrigi
Davolash fakulteti tyutori Ishchanova Fazilat Shamurotovna tashabbusi bilan filialimizning 2-kurs talabalari professor-o‘qituvchilar jamoasiga bayram tabrigi yo‘llashdi.
➡️
Ushbu samimiy tabrikda ustozlarimizning tinimsiz mehnati, bilim va tarbiya yo‘lidagi fidoyiligi, hamda yosh avlodga bergan beqiyos saboqlari alohida e’tirof etildi. Talabalar ustozlariga mustahkam sog‘liq, ijodiy parvozlar va ilmiy yutuqlar tilab, ularning har bir ishiga yuksak hurmat va minnatdorchilik bildirishdi.
TTA Urganch filiali Matbuot xizmati
V
eb-sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Youtube

September 30, 08:05
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

😚
😋
😛
😝
🏛
Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish
markazi
tomonidan
“Korrupsiyaga qarshi kurashish – har birimizning burchimizdir”
shiori asosida oliy ta’lim tashkilotlari talaba-yoshlari hamda ularning ota-onalari o‘rtasida
anonim so‘rovnoma
o‘tkazilmoqda.

Barchangizdan befarq bo‘lmagan holda, ushbu so‘rovnomada faol ishtirok etishingizni so‘rab qolamiz.
➡️
So‘rovnomada ishtirok etish
⬅️

September 30, 06:22
Media unavailable
1
Show in Telegram

🌷
Ustoz va murabbiylar kuni muborak!
O‘zining butun umrini ilm-ma’rifat tarqatishga, yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalashga bag‘ishlagan aziz ustozlarimiz va murabbiylarimizni bayram bilan samimiy muborakbod etamiz!
Sizlarning mehnatingiz tufayli yoshlar qalbida ezgulik, bilimga chanqoqlik va Vatanga sadoqat tuyg‘usi kamol topmoqda. Har bir yutuq va muvaffaqiyatimiz ortida ustozlarimizning cheksiz mehnati, oqko‘ngilligi va fidoyiligi mujassamdir.
Sizlarga mustahkam sog‘lik, tinch va farovon hayot, kelgusi ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Hurmat bilan,
TTA Urganch filiali Matbuot xizmati
V
eb-sayt
|
Telegram
|Instagram
|Facebook
|Youtube

September 29, 16:39
Media unavailable
1
Show in Telegram

September 29, 12:02

❗️
Rasmiy axborot manbalarini kuzatib boring
.
Davlat idoralari xalqimiz uchun xizmat qilishi kerak. Ular qanday ishlayotganini bilishning eng yaxshi usuli yashayotgan hududingiz rasmiy resurslarini kuzatib borishdir.
Sizga qulaylik yaratish maqsadida O‘zbekistondagi barcha viloyat, shahar va tumanlar hokimliklarining  “Telegram” messenjeridagi kanallarini bir joyga jamladik.
Ro‘yxat bilan tanishing, o‘zingizga ma’qul kelgan kanalga a’zo bo‘ling.
Kanalga ulanish:
👇
@hudud_inform

September 29, 11:40
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#yoshlar_akademiyasi_faoliyatidan
➡️
J
oriy yilning 28-sentabr kuni TTA Urganch filiali Davolash fakulteti talabasi hamda filialda Yoshlar akademiyasi lideri vazifasini bajaruvchi Abdurasulov Abdulla Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov qabulida bo‘ldi.
➡️
Uchrashuv davomida talaba oliygohda amalga oshirilayotgan yangi loyihalar, oliygohda talabalar uchun yaratilayotgan keng ko‘lamli imkoniyatlar hamda ular natijasida qo‘lga kiritilgan yutuqlar haqida ma’lumot berdi.
Suhbat yakunida vazir talabamizga kelgusi faoliyatida omad va ulkan zafarlar tiladi.
TTA Urganch filiali Matbuot xizmati
V
eb-sayt
|
Telegram
|Instagram
|Facebook
|Youtube

September 29, 09:58
Media unavailable
6
1
Show in Telegram

#Yoshlar_bandligi
|
#Xonqa
TTA Urganch filiali Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari I.S.Yusupov yoshlar bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida Xorazm viloyati Xonqa tumani “Guliston” mahallasida istiqomat qilayotgan yoshlarga amaliy yordam ko‘rsatish ishlarini olib bormoqda.
⭐️
Mazkur tashabbus doirasida jami 24 nafar yosh biriktirilib, ular bilan tizimli ravishda ishlash belgilab olindi. Joriy yilning 16–19 sentabr kunlari ushbu yoshlardan har birining yashash manzillariga tashriflar uyushtirildi. Tashrif davomida yoshlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, ularning qiziqishlari, kasbiy maqsadlari va bandlik masalalari chuqur o‘rganildi.
❗️
Shuningdek, uchrashuvlarda yoshlarning ota-onalari hamda oila a’zolari bilan ham suhbatlar tashkil qilindi. Ularning farzandlari ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, jamiyatdagi faol ishtiroki va kelgusidagi rejalarini amalga oshirishida oilaning tutgan o‘rni muhokama qilindi.
➡️
Mazkur tashriflar orqali yoshlarga mavjud imkoniyatlar, jumladan, kasb-hunarga o‘qitish, bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, turli madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlariga jalb etish kabi masalalarda aniq reja va yo‘nalishlar ishlab chiqildi.
TTA Urganch filiali Matbuot xizmati
V
eb-sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Youtube

September 29, 09:34
Media unavailable
1
Show in Telegram

📢
ANNOUNCEMENT
Dear international students!
In order to ensure the implementation of the tasks defined in the Decree of the President of the Republic of Uzbekistan No. PD–6084 of October 20, 2020, a republican contest
“Uzbek Language – the Interpreter of My Heart”
is being organized among foreign students studying at higher education institutions.
The stage of this contest at Urgench branch of Tashkent Medical Academy will be held on October 4 of this year.
🔹
Purpose of the contest – to further increase the interest of international students in the Uzbek language, to promote Uzbek culture and traditions, as well as to support and encourage talented youth.
🔹
Participation requirements
Only foreign students may take part in the contest. Those who wish to participate in the branch stage should apply to the Faculty of Preventive Medicine, Health Management and International Students.
🔹
Contest conditions
1. Self-introduction – the participant presents brief information about themselves (3–5 minutes) in Uzbek literary language.
2. Essay writing – the participant chooses one topic related to the history, culture, or values of the Uzbek people and writes an essay in Latin script consisting of at least 200 words (90 minutes are given).
🔹
Awards and opportunities
• Winners of the branch stage will be encouraged by the branch.
• The 1st place winner will earn the right to participate in the next – qualifying stage.
We invite you to take an active part in this prestigious contest. The contest is not only a chance to study the Uzbek language more deeply, but also a great opportunity to demonstrate your talent and abilities in a friendly environment.
TTA Urganch filiali Matbuot xizmati
V
eb-sayt
|
Telegram
|Instagram
|Facebook
|Youtube

September 29, 09:34
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

📣
E’LON
Hurmatli xorijlik talaba-yoshlar!
📎
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi PF–6084-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar o‘rtasida
“O‘zbek tili – qalbim tarjimoni” respublika ko‘rik-tanlovi
tashkil etilmoqda.
⚫️
Mazkur tanlovning Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali bosqichi joriy yilning 4-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.
🔚
Tanlovning maqsadi – xorijlik talabalar orasida o‘zbek tiliga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, o‘zbek tili va madaniyatini targ‘ib qilish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishdan iborat.

Tanlovda ishtirok etish tartibi
Ko‘rik-tanlovda faqat xorijlik talabalar ishtirok etishi mumkin. Filial bosqichida ishtirok etish istagini bildirgan talabalar
Tibbiy profilaktika Sog‘liqni saqlashni boshqarish va xorijiy talabalar
fakultetiga murojaat qiling.
🔹
Tanlov shartlari
1. Tanishtirish
– ishtirokchi o‘zi haqidagi qisqacha ma’lumotni (3–5 daqiqa) o‘zbek adabiy tilida bayon qiladi.
2. Esse yozish
– ishtirokchi o‘zbek xalqining tarixi, madaniyati va qadriyatlariga oid mavzulardan birini tanlab, lotin yozuvida kamida 200 so‘zli esse yozadi (90 daqiqa vaqt beriladi).
🔹
Mukofot va imkoniyatlar
• Filial bosqichida g‘olib bo‘lgan talabalar filial tomonidan rag‘batlantiriladi.
• 1-o‘rin sohibi keyingi – saralash bosqichida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.
Sizlarni ushbu nufuzli tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz.
💬
Tanlov nafaqat o‘zbek tilini chuqurroq o‘rganish, balki do‘stona muhitda o‘z iqtidor va qobiliyatingizni namoyish etish uchun ham katta imkoniyatdir.
TTA Urganch filiali Matbuot xizmati
V
eb-sayt
|
Telegram
|Instagram
|Facebook
|Youtube

September 29, 06:28
Media unavailable
4
Show in Telegram

Stomatologiya fakultetida “Ma’rifat darslari” o‘tkazildi
Sentabr oyi davomida Stomatologiya fakulteti talaba-yoshlari bilan “Ma’rifat darslari” tashkil etildi.
Ushbu darslar Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Z.Q.Abidova, Нoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.K.Xudayberganov hamda Ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi D.A.Xudayberganova tomonidan olib borildi.
Mashg‘ulotlar davomida talabalar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy islohotlar, ta’lim tizimidagi yangiliklar, shuningdek, yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
TTA Urganch filiali Matbuot xizmati
V
eb-sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Youtube