Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

TTYSI Maʼnaviyat

ttyesixabarlari
• Institutimiz yangiliklaridan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling! • Ma’naviy-ma’rifiy hayotimiz, tadbirlar, ta’lim va tarbiya yangiliklari bilan tanishing! • reklama/taklif:
Subscribers
1 030
24 hours
30 days
-20
Post views
169
ER
16,41%
Posts (30d)
337
Characters in post
1 307
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation Student Life
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
June 12, 06:52
Media unavailable
4
Show in Telegram

Mustaqillik maydonida: Tarixga nazar va milliy g‘urur!
🇺🇿
Bugun Dizayn va texnologiyalar fakulteti talabalari hamda jonkuyar tyutorlar jamoasi bilan birgalikda Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdik.
🗣
​Bu joy — nafaqat go‘zal maskan, balki yurtimiz tarixi, erkinligimiz va bugungi tinch hayotimizning yorqin ifodasidir. Talabalarimiz bilan birgalikda o‘tgan davrlar xotirasini yodga olib, mustaqilligimizning qadr-qimmatini yanada chuqurroq his qildik.
🗣
​Yoshlarimizning ko‘zlaridagi shijoat va vatanparvarlik tuyg‘ulari bizni yanada ruhlantiradi. Kelajak bunyodkorlari bo‘lgan yoshlarimiz bilan birga yurtimizning yanada yuksak cho‘qqilarga chiqishiga ishonchimiz komil!
📲
Bizni kuzatishda davom eting:
🌐
Telegram
🌐
Instagram

June 12, 04:19
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Milliy_liboslar_kuni
#Milliy_chelenji
!
#Milliy_libos_millat_qiyofasi
📌
Xabaringiz bor, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida
har juma kuni milliy liboslar kuni
deb belgilangan
📌
“Milliy libos — bu xalqning o‘zligi, tarixi va ma’naviy boyligini ifoda etuvchi bebaho merosdir. Undagi har bir rang va naqsh ajdodlarimizning didi, orzu-intilishlari hamda milliy qadriyatlarini aks ettiradi.
📌
Milliy libosni e’zozlash esa o‘z tariximizni, madaniyatimizni va milliy g‘ururimizni e’zozlash demakdir.”

June 12, 03:37

To‘qimachilik muhandisligi fakulteti talabalari Toshkent muzeyiga ma’naviy-ma’rifiy tashrif uyushtirdilar
📌
2026-yil 10-iyun kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti To‘qimachilik muhandisligi fakulteti talaba-yoshlarining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini kengaytirish, ularda tarixiy xotira, Vatanga muhabbat va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida navbatdagi ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
📌
Mazkur tashrifda
fakultet dekan o‘rinbosari M. R. Atanafasov, Ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat kafedrasi professor-o‘qituvchilari J. Xolmuratova, tyutorlar I. Masharipova, Sh. Tursunov va Sh. Toshpo‘latov
hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Tashrif manzili sifatida
Toshkent muzeyi
tanlanib, talabalar ushbu muzey ekspozitsiyalari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
📌
Tashrif davomida talabalar
Toshkent shahrining qadimiy va zamonaviy tarixi, uning shaharsozlik taraqqiyoti, madaniy hayoti hamda milliy qadriyatlarimizning shakllanish jarayoni bilan bog‘liq noyob eksponatlar
bilan tanishdilar.
Muzeyda saqlanayotgan tarixiy hujjatlar, arxeologik topilmalar, etnografik buyumlar hamda turli davrlarga oid madaniy meros namunalari talabalarda katta qiziqish
uyg‘otdi.
📌
Muzey mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan ekskursiya davomida
Toshkentning ko‘p asrlik tarixi, xalqimizning boy madaniy merosi, ajdodlarimizning ilm-fan, hunarmandchilik va me’morchilik sohalaridagi ulkan yutuqlari haqida atroflicha
ma’lumotlar berildi. Shuningdek, mustaqillik yillarida poytaxtimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari va zamonaviy taraqqiyot jarayonlari haqida ham tushuntirishlar berildi.
📌
Tashrif jarayonida
talaba-yoshlar tarixiy manbalarni o‘rganish, muzey eksponatlari orqali o‘tmish voqealarini chuqurroq anglash, milliy o‘zlikni his etish hamda Vatanga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlash imkoniga
ega bo‘ldilar. Bu esa ularning nazariy bilimlarini amaliy kuzatishlar bilan boyitishga xizmat qildi.
📌
Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tashrif
talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning tarixiy tafakkurini rivojlantirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda ajdodlar merosini asrab-avaylashga bo‘lgan mas’uliyat hissini kuchaytirishga qaratilgani bilan
ahamiyatlidir.
📌
Tashrif yakunida talabalar
muzey faoliyati, undagi noyob eksponatlar va tarixiy materiallar haqida o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar. Ular bunday amaliy tashriflar yoshlar uchun katta ma’naviy ahamiyatga ega ekanini ta’kidlab, kelgusida ham shunga o‘xshash tadbirlar muntazam tashkil etilishi zarurligin
i bildirdilar.
📌
Mazkur tashrif talaba-yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish, tarixiy xotirani mustahkamlash hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan bilimli va ma’naviy yetuk avlodni tarbiyalashga xizmat qiluvchi muhim tadbirlardan biri bo‘ldi.

June 12, 03:36
Media unavailable
7
Show in Telegram

To‘qimachilik muhandisligi fakulteti talabalari Toshkent muzeyiga ma’naviy-ma’rifiy tashrif uyushtirdilar
📌
2026-yil iyun oyi Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti To‘qimachilik muhandisligi fakulteti talaba-yoshlarining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini kengaytirish, ularda tarixiy xotira, Vatanga muhabbat va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida navbatdagi ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

June 12, 03:33
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Milliy_liboslar_kuni
Milliy chelenji!
"Milliy libos – millat qiyofasi, inson ko‘rki, milliy iftixor ifodasidir!"
Bugun sizlar bilan 35-25 guruhi tomonidan tayyorlangan navbatdagi video rolikni taqdim etamiz!
Har bir ishtirokchi o‘z mahorati, ijodi va milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan mehrini namoyish etdi.
📌
Do‘stlar, rolikni tomosha qiling, baham ko‘ring va biz bilan birga milliy chelenjni davom ettiring!
Milliy liboslarimiz yordamida o'z yurtimizga, madaniyatimizga boʻlgan muhabbatimizni ifodalaymiz va ularning qadr-qimmatini kelajak avlodga yetkazishimiz kerak.

June 12, 03:28
Media unavailable
1
Show in Telegram

Bugun 12-iyun, haftaning juma kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
#bayramlar
🇺🇳
BMT – Xalqaro bolalar mehnatiga qarshi kurash kuni.
🌏
To‘qimachilik va yengil sanoat xodimlari kuni.
🌏
Xalqaro shialar kuni.
🇹🇲
Turkmaniston – Fanlar kuni.
🇽🇰
Kosovo – Tinchlik kuni.
#muhim_voqealar
🔹
1668 – Lund (Shvetsiya)da Yevropaning eng qadimgi universitetlaridan biri
tashkil etildi.
🔹
1955 – Yoqutistonda dunyodagi eng katta olmos koni ochildi.
🔹
2014 – San-Paulada futbol bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati ochildi.
#tavalludlar
🔹
1915 – Devid Rokfeller – amerikalik bankir, davlat arbobi.
🔹
1924 – Jorj Bush – AQShning 41-prezidenti, kongressmen, diplomat.
🔹
1946 – Yodgor Saʼdiyev — o‘zbek kino va teatr aktyori
🔹
1957 – Quvondiq Sanaqulov – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi aʼzosi. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi bosh direktori.
🔹
1990 – Sevara Soliyeva – o‘zbek aktrisasi.
Bizni kuzating:
📱

June 11, 15:25

TTYSIda
“Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz”
mavzusida davra suhbati tashkil etildi
✍️
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti talabalar turar joyida 11-iyun kuni talaba-yoshlar uchun muhim va dolzarb mavzuga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
📌
Tadbir
institut psixologi D.I. Tojimova, institut xotin-qizlar masalalari bo‘yicha fakultet mas’ullari
M.Umarova, Z.Shuxratovna
hamkorligida o‘tkazildi.
📌
Davra suhbatining asosiy mavzusi
“Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish”
bo‘lib, unda bugungi kunda jamiyatda uchrab turadigan zo‘ravonlik holatlari, ularning oldini olish, jabrlanuvchilarga ko‘rsatiladigan psixologik yordam va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
📌
Mutaxassislar tomonidan talabalarga tazyiq va zo‘ravonlikning turlari, ularning salbiy oqibatlari, shuningdek, bunday holatlarda qanday yo‘l tutish lozimligi yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
📌
Suhbat davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etib, mutaxassislar tomonidan ularga aniq va tushunarli javoblar berildi. Ayniqsa, yoshlar orasida psixologik madaniyatni oshirish, muammolarni yashirmasdan mutaxassisga murojaat qilish zarurligi alohida ta’kidlandi.
📌
Tadbir davomida quyidagi mavzularga ham alohida e’tibor qaratildi:
— talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish;
— OIV/OITS kasalligining yuqish yo‘llari, patogenezi, epidemiologiyasi, klinik belgilari va profilaktikasi;
— giyohvandlik, ichkilikbozlik va tamaki mahsulotlarining salbiy oqibatlari;
— talabalarda tanglik holati yuzaga kelishining oldini olish, ruhiy salomatlikni asrash va muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri yo‘l tutish masalalari.
📌
Tadbir doirasida
“Qadriyatlar auksioni”
nomli psixologik trening ham tashkil etildi. Trening davomida ishtirokchilar hayotdagi muhim qadriyatlar — oila, sog‘liq, do‘stlik, ta’lim, hurmat, ishonch va insoniylik kabi tushunchalarning ahamiyati haqida fikr almashdilar. Interaktiv mashg‘ulotlar orqali talabalarda mustaqil fikrlash, o‘z qadriyatlarini anglash va ijtimoiy mas’uliyat hissini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
📌
Tadbir doirasida davra suhbati tashkil etilib, mas’ullar tomonidan kun tartibidagi mavzular yuzasidan ishtirokchilarga tushunarli va muhim ma’lumotlar berildi.
📌
Mazkur tadbir talaba-yoshlar ongida sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirish, xotin-qizlarning huquqlarini hurmat qilish va ularni himoya qilish madaniyatini rivojlantirishga xizmat qildi.

June 11, 15:24
Media unavailable
7
Show in Telegram

TTYSIda
“Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz”
mavzusida davra suhbati tashkil etildi
✍️
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti talabalar turar joyida 11-iyun kuni talaba-yoshlar uchun muhim va dolzarb mavzuga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

June 11, 10:46

TTJda
profilaktik tardbir tashkil etildi
⏺️
Joriy yilning 11-iyun  kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga qarashli 2-son talabalar turar joyida
Toshkent shahar IIBB Yakkasaroy tumani IIOFMB 4-son IIB XPBdan institutga biriktirilgan profilaktika inspektori, mayor A.Tadjibayev
,
Yoshlar masalalari va maʼnaviy maʼrifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari M. Atanafasov
, tarbiyachi pedagogik, va "
Qalqon" jamoatchilik guruhi aʼzolari
hamda  talaba-yoshlar ishtirokida   vazirlikning  2024 - yil 25-martdagi 06 /12-sonli qo'shma qaror ijrosini ta'minlash maqsadida
har  payshanba “Talabalar xavfsizligi” kuni hamda Yoshlar kuni
munosabati bilan
“Huquqbuzarlik  va Jinoyatchilikni oldini olish”
mavzusi doirasida o‘tkazilgan profilaktik tardbirda qo‘yidagi mavzularga alohida e’tibor qaratildi:
📌
-
“Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish”;
📌
“Ichki tartib–qoidalar” hamda “Odob-axloq kodeksi”;
📌
“Ekologik huquqbuzarliklarni oldni olish”;
📌
“Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi”;
📌
“Diniy ekstremizm va Radikalizmni oldini olish”,
📌
“Sog‘lom dunyoqarash – mustahkam kelajak” mavzusida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni barqarorlashtirish, diniy ekstremizm va radikalizmni oldini olish;
📌
“Odam savdosi-davr muammosi”;
📌
-“Biz “ommaviy madaniyat”ga qarshimiz”;
📌
-“Suidsid -Oʻz joniga qasd qilish”;
📌
“Ommaviy madaniyat”ning-salbiy oqibatlarini oldini olish;
📌
-“Ijtimoiy tarmoqlarning salbiy taʼsiri va kiberjinoyatlarga qarshi   kurashish”;
📌
-“Internet maydonidagi maʼnaviy tahdidlar va ularga qarshi kurashishning usullari”;
📌

Yoshlarning maʼnaviy-axloqiy holatiga salbiy taʼsir ko‘rsatuvchi huquqbuzarlik, giyohvandlik va axloqsizlik kabi muammolarni bartaraf etishning samarali yo‘llari

📌
Tadbir
Yoshlar masalalari va maʼnaviy maʼrifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari M. Atanafasov
kirish so‘z bilan ochib berdi va institutda
“Ichki tartib–qoidalar” hamda “Odob-axloq kodeksi”
doimiy ravishda rioya qilish
hamda kun tartibidagi mavzular yuzasidan birma bir misollar kiltirib yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirish va ertangi hayotda o‘z o‘rnini topishi shuningdek,o‘qish davomida bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishlari
haqida alohida taʼkidladi.

Mazkur tadbirda
Toshkent shahar IIBB Yakkasaroy tumani IIOFMB 4-son IIB XPBdan institutga biriktirilgan profilaktika inspektori, mayor A.Tadjibayev
tomonidan yoshlarga
“Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish”
“Diniy ekstremizm va Radikalizmni oldini olish”,
"
Giyohvandlik moddalari, psixotrop dori vositalarining noqonuniy muomalasi, ularni isteʼmol qilish, shuningdek diniy ekstremistik oqimlarning gʻoyalari va taʼsiriga tushib qolish holatlari oldini olish
" va
kun tartibidagi mavzular
yuzasidan yoshlarga har biriga misollar keltirib tushuntirib berdi.
📌
Shuningdek,
Kiberjinoyat

axborotni egallash, uni oʻzgartirish, yoʻq qilish yoki axborot tizimlari va resurslarini ishdan chiqarish maqsadida kibermakonda dasturiy taʼminot va texnik vositalardan foydalanilgan holda amalga oshiriladigan jinoyatlar yigʻindisidir.
Bu turdagi jinoyatlar shaxsiy maʼlumotlarni oʻgʻirlash, moliyaviy firibgarlik yoki internetdagi turli tahdidlarni oʻz ichiga olishini taʼkidladi.
📌
Dunyoning rivojlangan mamlakatlari ham kiberjinoyatlarni juda jiddiy tahdid deb hisoblashini hamda aholi orasida koʻp foydalanib kelinayotgan ijtimoiy tarmoqlar, jumladan,
“Telegram” messendjeri orqali tarqatilayotgan mobil qurilmalar uchun moʻljallangan zararli havolalar, yaʼni viruslar
toʻgʻrisida gaplashildi! Ularning asosiy maqsadi, Sizning uyali aloqa vositangizga ruxsatsiz kirib, bank kartangiz boshqaruvini va shaxsiy maʼlumotlaringizni qoʻlga kiritish, shuningdek,
Sizning kontaktlaringizlardan foydalangan holda oʻz nishonlarini yanada koʻpaytirishga xarakat qilishini, yaʼni bu barchangiz koʻrib ulgurgan .apk fayllar ekanini
aytib oʻtdi.

Tadbir so‘ngida, mavzu yuzasidan talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga dan atroflicha javoblar olishdi.

June 11, 10:46
Media unavailable
7
Show in Telegram

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida
har  payshanba “Talabalar xavfsizligi” kuni hamda Yoshlar kuni
munosabati bilan   2-son talabalar turar joyida
“Huquqbuzarlik  va Jinoyatchilikni oldini olish”
mavzusi doirasida
profilaktik tardbir tashkil etildi
.