
TTYSI • TITLI • ТИТЛП
✔️
🟦
🟦
🟦
KECHKI TA’LIM TALABALARI UCHUN SEMINAR-TRENING O‘TKAZILDI
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Iqtisodiyot fakultetida tahsil olayotgan
kechki ta’lim talabalari
ishtirokida seminar - trening tashkil etildi.
🗣
“
The Startup Path”
mavzusida 24-aprel kuni o‘tkazilgan seminarda UzCombinator hammuassisi hamda UnicornTech vakili -
Laylo Ismailova
ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi.
⏺
Talabalarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni zamonaviy texnologiyalar asosida fikrlashga yo‘naltirish hamda startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan seminarda bir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi.
⏺
Jumladan, startap loyihalarni yo‘lga qo‘yish bosqichlari, texnologiya sohasidagi zamonaviy imkoniyatlar, xalqaro maydondagi yangi istiqbollar hamda innovatsion g‘oyalarni amaliy loyihalarga aylantirish yo‘llari yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi.
#TTYSI
#TITLI
#ТИТЛП
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Instagram
|
Web-site|
Facebook|
YouTube
✔️
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
IQTIDORLI MUHANDISLAR INSTITUTINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDAGI BITIM IMZOLANDI
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida
Chjetszyan ilmiy-texnika universiteti
prezidenti — professor
Venshin Chen
, Xitoy muhandislik akademiyasi akademigi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🗣
Shuningdek, xorijiy delegatsiya tarkibida xalqaro almashinuv va hamkorlik ofisi direktori
Lyu Yuanyuan
hamda zamonaviy to‘qimachilik materiallari va tayyorlash texnologiyalari bo‘yicha asosiy laboratoriya direktori
Syaomin Chju
, professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.
⏺
Uchrashuvda birinchi prorektor
Baxtiyor Nasimov
, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor
Ismailjon Bulanov
, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i
Viktoriya Lyamkina
, To‘qimachilik muhandisligi fakulteti dekani
Oybek Ortiqov
qatnashdi.
⏺
Tomonlar hamkorlik istiqbollarini, jumladan talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma loyihalarni rivojlantirish hamda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishni muhokama qildilar.
⏺
Muzokaralar yakunida “Iqtidorli muhandislar instituti”ni birgalikda tashkil etish to‘g‘risidagi bitim imzolandi.
#TTYSI
#TITLI
#ТИТЛП
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Instagram
|
Web-site|
Facebook|
YouTube
✔️
📰
📰
📰
📰
📰
📰
📰
IQTIDORLI MUHANDISLAR INSTITUTINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDAGI BITIM IMZOLANDI
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida
Chjetszyan ilmiy-texnika universiteti
prezidenti — professor
Venshin Chen
, Xitoy muhandislik akademiyasi akademigi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🗣
Shuningdek, xorijiy delegatsiya tarkibida xalqaro almashinuv va hamkorlik ofisi direktori
Lyu Yuanyuan
hamda zamonaviy to‘qimachilik materiallari va tayyorlash texnologiyalari bo‘yicha asosiy laboratoriya direktori
Syaomin Chju
, shuningdek professor-o‘qituvchilar jamoasi ishtirok etdi.
⏺
Uchrashuvda birinchi prorektor
B.Nasimov
, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor
I.Bulanov
, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i
V.Lyamkina
, To‘qimachilik muhandisligi fakulteti dekani
O.Ortiqov
qatnashdi.
⏺
Tomonlar hamkorlik istiqbollarini, jumladan talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma loyihalarni rivojlantirish hamda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishni muhokama qildilar.
⏺
Muzokaralar yakunida “Iqtidorli muhandislar instituti”ni birgalikda tashkil etish to‘g‘risidagi bitim imzolandi.
⏺
Delegatsiya institutning laboratoriya bazasi bilan ham tanishtirildi. Ushbu hamkorlik universitetlarimiz o‘rtasida fan va ta’lim integratsiyasi uchun yangi imkoniyatlar ochadi.
__________________
Новый этап партнерства с Чжэцзянским научно-техническим университетом
🗣
В Ташкентском институте текстильной и легкой промышленности состоялась встреча с президентом Чжэцзянского научно-технического университета — профессором Вэньсином Чэнем, академиком Инженерной академии Китая. Также в составе иностранной делегации присутствовали директор офиса международного обмена и сотрудничества Лю Юаньюань и директор Ключевой лаборатории современных текстильных материалов и технологий подготовки Сяоминь Чжу, а также профессорско-преподавательский состав.
⏺
Во встрече приняли участие первый проректор Б.Насимов, проректор по международному сотрудничеству И.Буланов, начальник отдела международного сотрудничества В. Лямкина, декан факультета текстильной инженерии О. Артыков.
⏺
Стороны обсудили перспективы партнерства, включая обмен студентами и преподавателями, развитие совместных проектов и проведение научных исследований. Итогом переговоров стало подписание Соглашения о совместном создании Института выдающихся инженеров.
⏺
Делегация также была ознакомлена с лабораторной базой института.
Это сотрудничество открывает новые возможности для интеграции науки и образования между нашими университетами.
___
A New Stage of Partnership with Zhejiang University of Science and Technology
🗣
A meeting was held at the Tashkent Institute of Textile and Light Industry with the President of Zhejiang University of Science and Technology — Professor Wenxing Chen, an academician of the Chinese Academy of Engineering. The foreign delegation also included Liu Yuanyuan, Director of the Office of International Exchange and Cooperation, and Xiaomin Zhu, Director of the Key Laboratory of Advanced Textile Materials and Preparation Technologies, as well as faculty members.
⏺
The meeting was attended by First Vice-Rector B.Nasimov, Vice-Rector for International Cooperation I.Bulanov, Head of the International Cooperation Department V. Lyamkina, and Dean of the Faculty of Textile Engineering O.Artykov.
⏺
The parties discussed prospects for partnership, including student and faculty exchanges, the development of joint projects, and the conduct of scientific research. The negotiations resulted in the signing of an agreement on the joint establishment of the Institute of Outstanding Engineers.
The delegation was also introduced to the institute’s laboratory facilities.
⏺
This cooperation opens new opportunities for the integration of science and education between our universities.
#TTYSI
#TITLI
#ТИТЛП
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Instagram
|
Web-site|
Facebook|
YouTube
🎬
Yakkasaroyda KINO HAFTALIGI boshlanadi!
👉
Yakkasaroy tumani aholisi va mehmonlari uchun unutilmas madaniy kechalar boshlanmoqda.
💠
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda Yakkasaroy tuman hokimligi hamkorligida kino haftaligi doirasida ochiq osmon ostida kinonamoyish tashkil etiladi.
👉
25-aprel
👉
Soat 19:00da
👉
“Doʻstlik” bogʻida
👉
“Oʻzbek qizi” badiiy filmi.
👍
Ochiq osmon ostidagi ushbu kino kechasi sizga nafaqat maroqli hordiq, balki milliy qadriyatlarimizni yana bir bor his etish imkonini beradi.
🎥
Barchangizni “Doʻstlik” bogʻiga taklif etamiz!
✍️
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
✔️
#TTYSI_Milliy_liboslar_kuni
MILLIYLIK RUHI YOSHLAR QALBIDA…
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida har haftaning juma kuni “Milliy liboslar kuni” sifatida belgilangan bo‘lib, ushbu kun munosabati bilan yoshlar orasida milliy qadriyatlarimizni targ‘ib qilishga qaratilgan turli ma’rifiy tashabbuslar amalga oshirilmoqda.
⏺
Mazkur tashabbus doirasida talaba-yoshlarga xalqimizning boy an’analari, milliy liboslari va taqinchoqlari tarixi haqida ma’lumotlar berib borish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan.
⏺
Milliy merosimizni bilish, asrash va uni kelajak avlodga yetkazish barchamizning muhim vazifamizdir.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Instagram
|
Web-site
|
Facebook
|
YouTube
✔️
✅
✅
✅
✅
IJARADA YASHOVCHI TALABALARNING YASHASH SHAROITLARI O‘RGANILDI
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida faoliyat yuritayotgan tyutorlar profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikda ijarada yashayotgan talabalarning yashash sharoitlarini o‘rganish maqsadida ularning xonadonlariga tashrif buyurdilar.
🗣
Tashrif davomida talabalarning turmush tarzi, yashash sharoiti, sanitariya holati hamda xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi ko‘zdan kechirildi.
⏺
Shuningdek, talabalar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, huquqbuzarliklarning oldini olish, shaxsiy xavfsizlikni ta’minlash hamda ijtimoiy odob-axloq me’yorlariga amal qilish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
⏺
Bundan tashqari, talabalarning muammo va takliflari tinglanib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
⏺
Mazkur tashriflar talabalarning xavfsiz va barqaror muhitda yashashini ta’minlash, ularning ijtimoiy holatini yaxshilash hamda muammolarini o‘z vaqtida hal etish maqsadida amalga oshirilmoqda.
#TTYSI
#TITLI
#ТИТЛП
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Instagram
|
Web-site|
Facebook|
YouTube
❌
“INGLIZ TILI KERAK EMAS” DEGANLAR UCHUN HAM…
Bir kun sizga zo‘r ish taklif qilishadi.
Hammasi mos, faqat intervyu ingliz tilida…va bu sizga muammo tugʻdirdi)
Yoki:
chet elda oddiy vaziyat,buyurtma berish,yo‘l so‘rash,muammoni tushuntirish. Gapira olmasangiz, eng oddiy narsalar ham qiyinlashadi. Shu sabab bu loyiha ochildi.
📖
ENGLISH IN REAL LIFE CHALLENGE
1 oylik intensiv
Bu yerda siz:
✔️
Job interviewda o‘zingizni to‘g‘ri tanishtirishni o‘rganasiz;
✔️
Haqiqiy inglizlar qanday gaplashishini tushunasiz (real English, kundalik iboralar);
✔️
Ingliz tilida fikrlashni boshlaysiz
Favqulodda vaziyatlarda nimadeyishni bilasiz ;
✔️
Restoran, ko‘cha, oddiy muloqotlarda erkin gapira boshlaysiz
Va eng muhimi: confidence chiqadi.
🎁
Yakunda:
3 ta eng faol ishtirokchilar
Diplomlar pul mukofoti va statuetka bilan, qolgan ishtorkchilar esa sertifikat bilan taqdirlanishadi.
Barcha qatnashchilar sertifikat oladi
⚠️
Faqat 20 kishi olinadi
Joylar cheklangan
📅
Darslar: 1-maydan boshlanadi
Ro‘yxatdan o‘tish:
@kaxura07
Bu kurs emas. Bu — o‘zingizni keyingi darajaga olib chiqish.
👌
YOSHLAR AKADEMIYASI ILM-FAN SOHASIGA O‘Z HISSANGNI QO‘SH!
🚀
Telegram
📷
Instagram
✔️
✅
✅
✅
✅
INSTITUTDA "AXBOROT KUNLARI” O’TKAZILMOQDA
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Axborot - resurs markazida
“Axborot kunlari”
o’tkazildi.
🗣
“Axborot kunlari”
doirasida 2025-yil aprel oyidan 2026-yil mart oyigacha bo‘lgan davrda Axborot - resurs markaziga joylashtirilgan, ijtimoiy fanlar, huquq, iqtisodiyot, texnika, to‘qimachilik va yengil sanoat yo‘nalishidagi 200 ga yaqin nomda yangi adabiyotlar taqdimoti bo’lib o’tdi.
⏺
Taqdimotda ishtirok etgan professor - o'qituvchilar Axborot - resurs markaziga joylashtirilgan jurnallar, dissertatsiyalar, avtoreferatlar ro‘yxati hamda institut o‘qituvchilarining mualliflik kitoblarining ro‘yxati bilan tanishtirildi.
#TTYSI
#TITLI
#ТИТЛП
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Instagram
|
Web-site|
Facebook|
YouTube
✔️
#TTYSI_Yoshlar_Kuni
DEKAN VA TALABA-YOSHLAR O‘RTASIDA OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Sanoat texnologiyalari va mexanika fakultetida dekan va talaba-yoshlar o‘rtasida ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi.
🗣
Talabalar turar joyida bo‘lib o‘tgan mazkur uchrashuvda fakultet dekani
Sarvar Patxullayev
, kafedra mudirlari hamda talabalar ishtirok etdilar.
⏺
Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va muammolar bilan murojaat qilib, ularga tegishli mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.
⏺
Yoshlar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning fikrini tinglash hamda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan tadbirda el suygan san’atkor, xalq og‘zaki ijodi kuychisi
Anvar baxshi
ham o‘z chiqishlari bilan ishtirok etib, yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
#TTYSI
#TITLI
#ТИТЛП
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Instagram
|
Web-site|
Facebook|
YouTube
✔️
#TTYSI_Yoshlar_Kuni
YOSHLAR VA RAHBAR UCHRASHUVI — MUHIM MULOQOT MAYDONI!
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti To‘qimachilik muhandisligi fakultetida rahbar va talaba-yoshlar o‘rtasida ochiq muloqot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
🗣
Uchrashuvda fakultet dekani
Oybek Ortiqov
hamda institutning yoshlar yetakchisi
Surxonbek Xo‘jamurodov
ishtirok etib, yoshlarning ilmiy salohiyati, tashabbuskorligi hamda jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida fikr bildirdi.
⏺
Talaba-yoshlarning muammolarini o‘rganish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish maqsadida tashkil etilgan ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv davomida talabalar o‘z fikr-mulohazalari, taklif va savollari bilan faol ishtirok etdilar.
⏺
Har bir murojaat e’tibor bilan tinglanib, ularga konstruktiv yondashuv asosida batafsil javoblar berildi.
#TTYSI
#TITLI
#ТИТЛП
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Instagram
|
Web-site|
Facebook|
YouTube