Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

TATU Registrator ofis / TUIT Registrar's office

tuitstudentoffice
TATU Registrator ofisining (Student office) rasmiy telegram kanali. Tel: +998 71-238-55-55 Kanalga ulanish: https://t.me/tuitstudentoffice
Subscribers
2 315
24 hours
9
30 days
112
Post views
1 093
ER
47,21%
Posts (30d)
11
Characters in post
1 398
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation Student Life
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
October 27, 13:12

🎓
O‘QISHINI XORIJIY YOKI NODAVLAT OLIY TA’LIM TASHKILOTIDAN DAVLAT OLIY TA’LIM TASHKILOTIGA KO‘CHIRMOQCHI BO‘LGAN TALABALAR DIQQATIGA!
📌
Amaldagi tartibga ko‘ra, xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o‘qishini davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga belgilangan tartibda ko‘chirishi mumkin.
📅
Arizalar qachon topshiriladi?
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar har yili:
🔹
15-iyuldan 5-avgustgacha
(5-avgust kuni ham) qabul qilinadi.
💻
Qayerdan ariza beriladi?
✅
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali —
my.gov.uz
;
✅
Bilim va malakalarni baholash agentligining maxsus elektron platformasi;
✅
Davlat xizmatlari markazlari
📄
Asosiy hujjatlardan biri — akademik ma’lumotnoma (transkript).
Arizada amaldagi OTT, ta’lim yo‘nalishi, ta’lim shakli, tamomlangan kurs hamda o‘qishni ko‘chirish istagi bildirilgan davlat OTT va yo‘nalish haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
🔎
Yo‘nalish mosligi tekshiriladi
Davlat OTT tomonidan talabaning amaldagi ta’lim yo‘nalishi o‘qishni ko‘chirish so‘ralayotgan yo‘nalishga
mos yoki turdosh
ekanligi tekshiriladi.
📝
Maxsus sinov topshiriladi
Mos va turdosh bakalavriat yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirish istagidagi talabalar tanlangan yo‘nalishning kirish fanlari bo‘yicha, o‘qiydigan tilida:
🔹
test sinovi yoki kasbiy (ijodiy) imtihon topshiradi.
📊
O‘tish ballari
har yili Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan
15-iyulga qadar
tasdiqlanib e’lon qilinadi. Imtihonlar odatda
avgust oyida
o‘tkaziladi.
✅
O‘tish baliga teng yoki undan yuqori ball
to‘plagan talabaga o‘qishini bazaviy to‘lov-kontrakt asosida ko‘chirishga ruxsat beriladi.
⚠️
O‘tish balidan past, biroq belgilangan minimal balldan kam bo‘lmagan natija qayd etilganda, qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda
qo‘shimcha yoki tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt
asosida o‘qishni ko‘chirish imkoniyati mavjud.
💳
Davlat xizmatidan foydalanish uchun amaldagi tartibga ko‘ra
BHMning 50 foizi miqdorida yig‘im
undiriladi.
📍
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot va konsultatsiya uchun
TATU Registrator ofisiga murojaat qilishingiz mumkin.
📚
Normativ asos:
• O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi
578-son qarori, 3-ilova
;
• Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi
299-son qarori
.
✅
✅
✅
Registrator ofisi telegram kanali:
@tuitstudentoffice
#TATU
#RegistratorOfisi
#OqishniKochirish
#Transfer
#Talabalar

October 26, 10:39

📢
Hurmatli kanal obunachilari!
💼
Ushbu kanalda oliy ta'lim tashkilotlarida mavjud bo'lgan o'quv jarayonlari va talabalar harakatiga oida ma'lumotlar berib borilmoqda. Quyidagi havola orqali o'tib, qaysi masalalarga ko'proq to'xtalishimiz va batafsil ma'lumot berishimiz kerakligi bo'yicha o'z fikringizni qoldiring. Ushbu kanal orqali siz bilmagan yoki sizni qiziqtirgan masalalarga oydinlik kiritishga harakat qilamiz.
Postni maksimal tarqating
!!!
Havola:
👇
👇
👇
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSd-KTDT-2cFPOHuivoV1iB4NGhK3OgHDVPfgKwufL0fl3sJ-w/viewform?usp=publish-editor

October 26, 09:20

🎓
ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Registrator ofisi xodimlariga abituriyentlar tomonidan keyingi o'quv yilida universitetga hujjat topshirish tartiblari va qabul jarayonlari haqida ko'plab murojaatlar bo'layotganligi sababli ushbu jarayonlar haqida quyidagilarni ma'lum qilamiz
.
📌
Davlat oliy ta’lim tashkilotlariga bakalavriat bosqichi uchun qabul jarayoni 2 bosqichda amalga oshiriladi.
1️⃣
BIRINCHI BOSQICH — RO‘YXATDAN O‘TISH
📅
Amaldagi tartibga ko‘ra, abituriyentlar har yili
5-iyundan 25-iyungacha
onlayn ro‘yxatdan o‘tadi.
Ro‘yxatdan o‘tishda:
🔹
test topshiriladigan
fanlar majmuasi
;
🔹
ta’lim tili
;
🔹
test topshirish hududi
tanlanadi;
🔹
agar yo‘nalishda
kasbiy (ijodiy) imtihon
mavjud bo‘lsa, ushbu imtihon topshiriladigan oliy ta’lim tashkiloti belgilanadi.
💻
Ro‘yxatdan o‘tish
my.gov.uz
hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy elektron tizimi orqali amalga oshiriladi.
2️⃣
KIRISH IMTIHONLARI
📝
Abituriyentlar tanlagan fanlar majmuasi bo‘yicha Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan tashkil etiladigan
test sinovlarida
ishtirok etadi.
Ayrim bakalavriat yo‘nalishlarida test sinovlari bilan birga yoki ularning o‘rniga
kasbiy (ijodiy) imtihonlar
ham o‘tkazilishi mumkin.
📌
Test topshiriqlari soni, baholash mezonlari, fanlar majmuasi va imtihonlarning aniq sanalari tegishli vakolatli tashkilotlar tomonidan qabul boshlanishidan oldin e’lon qilinadi.
3️⃣
IKKINCHI BOSQICH — UNIVERSITET VA YO‘NALISHNI TANLASH
📅
Test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng abituriyentlarga
15 kun
muddat beriladi.
Ushbu davrda abituriyent:
✅
oliy ta’lim tashkilotini;
✅
bakalavriat ta’lim yo‘nalishini;
✅
ta’lim shaklini;
✅
tanlov ustuvorligini tanlaydi.
📚
Fanlar majmuasi va ularning ketma-ketligi bir xil bo‘lgan
5 tagacha bakalavriat yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlash mumkin.
🏆
Qabul abituriyentlarning to‘plagan ballari, tanlov ustuvorligi va belgilangan qabul parametrlari asosida
reyting tartibida
amalga oshiriladi.
📍
Qabul jarayonlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot va konsultatsiya uchun
TATU Registrator ofisiga murojaat qilishingiz mumkin.
📚
Normativ asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi
578-son qarori
.
✅
✅
✅
Registrator ofisi telegram kanali:
@tuitstudentoffice
#TATU
#RegistratorOfisi
#Qabul2027
#Abituriyent
#Bakalavriat

October 26, 04:53
Media unavailable
1
Show in Telegram

🎓
O‘QISHDAN CHETLASHTIRILGAN TALABALAR DIQQATIGA!
📌
Amaldagi tartibga ko‘ra, o‘qishni qayta tiklash uchun arizalar
bir o‘quv yilida ikki marta
qabul qilinadi:
🔹
Kuzgi semestr uchun:
15-iyul – 5-avgust
🔹
Bahorgi semestr uchun:
10-yanvar – 20-yanvar
📅
Arizalar:
• kuzgi semestr —
6–31-avgust
;
• bahorgi semestr —
21-yanvar – 10-fevral
kunlari ko‘rib chiqiladi.
📄
Kerakli hujjatlar:
• reyting daftarchasi;
• akademik ma’lumotnoma;
• transkript.
⚠️
Talaba chetlashtirilgan
o‘quv yilining o‘zida avvalgi kursi va semestriga qayta tiklanmaydi
.
📚
O‘quv rejalarida fanlar farqi mavjud bo‘lsa, talaba akademik qarzdor sifatida qabul qilinadi va tegishli fanlarni belgilangan tartibda qayta o‘qiydi.
📍
2026/2027-o‘quv yilining bahorgi semestri uchun arizalar 2027-yil 10–20-yanvar kunlari qabul qilinadi.
📚
Normativ asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi
578-son qarori
.
🏢
Batafsil ma’lumot va amaliy ko‘mak uchun
TATU Registrator ofisiga murojaat qiling.
#TATU
#RegistratorOfisi
#OqishniTiklash

October 16, 08:44

🚀
SIZNING XALQARO YUTUQLARINGIZ SHU YERDAN BOSHLANISHI MUMKIN!
🌍
HUAWEI ICT COMPETITION ROADSHOW — 2026
Bilimingizni xalqaro maydonda sinash, kuchli talabalar bilan bellashish va universitetingiz sharafini himoya qilishni istaysizmi?
Birinchi qadamni biz bilan qo‘ying!
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti
talabalarini
Huawei ICT Competition 2026–2027
xalqaro musobaqasiga bag‘ishlangan Roadshow tadbiriga taklif qilamiz!
🇺🇿
BIZ FAXRLANADIGAN YUTUQ!
O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha HCIP xalqaro sertifikatini qo‘lga kiritgan birinchi talaba — universitetimiz talabasi!
Tadbir dasturidan
HCIP sertifikatlarini tantanali topshirish marosimi
ham o‘rin olgan. Tengdoshingizning yutug‘idan ilhom oling va o‘z oldingizga yangi maqsad qo‘ying!
✨
SIZNI NIMALAR KUTMOQDA?
🌐
Xalqaro musobaqa imkoniyatlari
Huawei vakillaridan Huawei ICT Competition 2026–2027 hamda O‘zbekistondagi Huawei ICT Academy faoliyati haqida ma’lumot oling.
🏆
G‘oliblar bilan uchrashuv
Musobaqa g‘oliblari va ishtirokchilarining tajribalarini tinglang, ularning muvaffaqiyat sari bosib o‘tgan yo‘lidan o‘zingiz uchun foydali xulosalar chiqaring.
🎁
Viktorina va sovg‘alar
Bilimingiz va topqirligingizni namoyon eting, savollarga javob bering va sovg‘alar uchun bellashing!
🤝
Yangi tanishuvlar
Huawei vakillari va texnologiyaga qiziquvchi tengdoshlaringiz bilan bir davrada bo‘ling.
📝
Musobaqaga ro‘yxatdan o‘tish
Tadbirning o‘zida xalqaro musobaqa sari amaliy qadam qo‘ying!
11:30–12:00
oralig‘ida musobaqaga ro‘yxatdan o‘tish uchun vaqt ajratilgan.
📅
Sana:
2026-yil 19-oktabr
⏰
Vaqt:
10:00–12:05
📍
Manzil:
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti,
A binosi, 2-qavat, Faollar zali
🔥
Bugun g‘oliblar tajribasini tinglang. Ertaga o‘z yutuqlaringiz bilan boshqalarga ilhom bering!
📣
19-oktabr kuni uchrashamiz! Postni kursdoshlaringizga ulashing va birga keling!
#Huawei
#ICTCompetition
#Roadshow
#HCIP
#ICTAcademy

October 16, 03:33
Media unavailable
1
Show in Telegram

#rasmiy_xabar
Kontrakt to‘lovlari muddati uzaytirildi: pedagoglar farzandlari uchun imtiyoz haqida ham unutmang!
2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlarida kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish muddati
1-noyabrga qadar uzaytirildi
.
Mazkur muddat bakalavriat va magistraturaga o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan yoki ko‘chirib tiklangan hamda o‘qishga qayta tiklangan talabalarga taalluqli.
Belgilangan muddatga qadar bazaviy to‘lov-kontrakt bo‘yicha yillik qiymatning kamida
25 foizi
, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt bo‘yicha esa kamida
50 foizi
to‘lanishi lozim.
📌
Pedagog xodimlarning farzandlari uchun 30 foizlik imtiyoz
❗️
2026/2027-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan pedagog xodimlarning farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasining
30 foizini qoplab berish
tartibi joriy etilgan.
📝
Chegirma olish uchun
kontrakt.edu.uz
platformasi orqali ariza yuborish kerak.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

October 15, 11:01
Media unavailable
2
Show in Telegram

🛍
Pedagoglarning
farzandlari uchun 30 foizlik kontrakt chegirmasiga ariza berish bo'yicha videoqo‘llanma
🤩
Chegirma olish uchun
kontrakt.edu.uz
orqali ariza yuborish kerak.
Ariza 2 ish kunida ko‘rib chiqiladi
va pedagogning farzandi ekanligi tasdiqlangach, chegirma avtomatik qo‘llanadi.
https://t.me/tuitstudentoffice

October 09, 16:11
Media unavailable
1
Show in Telegram

❗️
1 milliard so‘mlik "Mustaqillik-35" ta’lim granti g‘oliblari e’lon qilindi
100 nafar
g'olibga kontraktini to’lash uchun
10 mln so'mdan
to’lab beramiz
(jami 1 milliard so’m).
Grant
67
nafar qiz,
33
nafar yigitga nasib qildi.
To‘liq ro‘yxat
bu yerda
.
Sohalar kesimida:
💰
Iqtisodiyot va moliya —
26;
📚
Filologiya va tillar —
25;
🩺
Tibbiyot —
13;
⚖️
Yurisprudensiya —
13;
⚙️
Texnika / IT / Muhandislik —
6;
🌍
Ijtimoiy va siyosiy fanlar —
6;
👩‍🏫
Pedagogika —
5;
🔬
Tabiiy va aniq fanlar —
3
;
🌱
Qishloq xo’jaligi va biotexnologiya —
3.
Grantga jami
15 ming 290 ta
ariza kelib tushdi. G‘oliblarni aniqlashda talabaning o‘zlashtirishi, oilasining ijtimoiy holati, nogironligi, ota-onasining vafot etganligi, jamoat ishlarida faolligi va erishgan yutuqlari kabi jihatlarga e’tibor qaratildi.
Grant sohibi bo‘lgan barcha talabalarni chin qalbdan tabriklayman. Kelgusida o‘qish va ishlarida muvaffaqiyatlar tilayman.
ℹ️
Ma’lumot uchun:
mazkur ta’lim granti Yoshlar ishlari agentligining
Ibrat farzandlari
,
UzChess
,
Mutolaa
,
Ustoz AI
,
UzCombinator
,
Ko‘mak
kabi loyihalar bilan kelishuv asosida e’lon qilinmoqda.
👉
@xushnudbek
👈

October 08, 07:04
Media unavailable
2
Show in Telegram

🟢
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Connect! Tour’ni qarshi oling
Bugun Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Connect! Tour bo‘lib o‘tmoqda.
Connect! Tour — talabalar va yosh mutaxassislarga LinkedIn profilini yaxshilash, foydali professional aloqalar o‘rnatish va shaxsiy brendini rivojlantirishga yordam beradigan bepul tadbirlar va onlayn dasturlar loyihasi.
Dasturimizda:
🟢
Noldan tanilishgacha: LinkedIn’da o‘zingizni qanday tanitish mumkin — Shavkat Karimov
🟢
Shaxsiy brend va PR: kuchli obro‘ni qanday shakllantirish kerak — Anastasiya Markova
🟢
LinkedIn profillarida nimalarga e’tibor beraman? — Dilafruz Xidoyatova
❗️
Ishtirok etish bepul.
🔥
Bot orqali ro‘yxatdan o‘ting:
https://t.me/itcomuzbot
📅
8-oktyabr
⏰
Ro‘yxatdan o‘tish: 13:00 gacha
Boshlanishi: 13:30
📍
Anjumanlar zali, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
🗣
Tillar: ingliz va o‘zbek
➖
➖
➖
➖
🟢
Ташкентский университет информационных технологий, встречайте Connect! Tour!
Сегодня в Ташкентском университете информационных технологий проходит Connect! Tour
Connect! Tour — серия бесплатных мероприятий и онлайн-программ, которая помогает студентам и молодым специалистам улучшать свои профили в LinkedIn, создавать полезные профессиональные связи и развивать личный бренд.
В программе:
🟢
С нуля до узнаваемости: как заявить о себе в LinkedIn — Шавкат Каримов
🟢
Личный бренд и PR: как создать сильную репутацию — Анастасия Маркова
🟢
На что я обращаю внимание в профилях LinkedIn? — Дилафруз Хидоятова
❗️
Участие бесплатное.
🔥
Регистрируйтесь через наш бот:
https://t.me/itcomuzbot
📅
8 октября
⏰
Регистрация: до 13:00
Начало: 13:30
📍
Конференц-зал, Ташкентский университет информационных технологий
🗣
Языки: английский и узбекский
Bizni kuzating:
🚀
Telegram
📷
Instagram
🎬
YouTube
🔵
Facebook

October 03, 09:38

FANLARNI O‘Z VAQTIDA O‘ZLASHTIRMAGAN AKADEMIK QARZDOR TALABALAR DIQQATIGA!
2026/2027 o‘quv yilining
kuzgi semestri davomida akademik qarzdorligi mavjud bo‘lgan talabalar uchun fanlardan qayta o‘qish jarayoni tashkil etilmoqda.
Kuzgi semestrda o‘qitilayotgan fanlarni
o‘z hisobidan qayta o‘qish istagini bildirgan akademik qarzdor talabalar 10 kreditgacha bo‘lgan fanlar bo‘yicha
tegishli mavjud akademik guruhlarga biriktiriladi va belgilangan tartibda qayta o‘qish jarayonida ishtirok etadi.
Eslatma:
qayta o‘qish jarayoni
10 kreditgacha
hamda faqat kuzgi semestrda mavjud bo‘lgan va amalda o‘qitilayotgan fanlar bo‘yicha tashkil etiladi.
ВНИМАНИЮ СТУДЕНТОВ, ИМЕЮЩИХ АКАДЕМИЧЕСКУЮ ЗАДОЛЖЕННОСТЬ!
В течение
осеннего семестра 2026/2027 учебного года
для студентов, имеющих академическую задолженность, организуется
повторное изучение дисциплин
.
Студенты, желающие
за свой счёт повторно изучить дисциплины, преподаваемые в осеннем семестре, общим объёмом до 10 кредитов
, будут прикреплены к действующим академическим группам по соответствующим дисциплинам и смогут пройти повторное обучение в установленном порядке.
Примечание:
повторное обучение организуется
в объёме до 10 кредитов
и только по тем дисциплинам, которые предусмотрены и фактически преподаются в текущем осеннем семестре.