
TATU | Rasmiy kanali
#TATU
#AQSH
#robototexnika
🇺🇿
O‘zbekistonlik yoshlar xalqaro maydonda yana bir tarixiy natijaga erishdi!
AQShda o‘tkazilgan robototexnika bo‘yicha nufuzli
Chicago Robot Invitational (CRI)
turnirida O‘zbekistonning
The Reckless
jamoasi bronza medalini qo‘lga kiritdi. Musobaqaga har yili
35 mingdan ortiq
jamoa orasidan atigi
38 ta jamoa
taklif etiladi.
💻
E’tiborlisi, jamoaga
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 2-bosqich talabasi Mahkambek Teshabayev
sardorlik qilmoqda.
🎉
Jamoamizni ushbu tarixiy yutuq bilan tabriklaymiz va ularga yangi zafarlar tilaymiz!
Bizni kuzating:
🕊
Telegram
📱
Instagram
📺
You tube
📱
Facebook
#bitiruvchilar
#live
D
iqqat, hurmatli bitiruvchilar!
Ayni vaqtlarda Registrator ofisida diplomlarni topshirish jarayoni qizg'in davom etmoqda!
Sizning ko'p yillik mehnatingiz va bilimingiz ramzi bo'lgan hujjat o'z egasini kutyapti. Katta hayotga yo'llanmangizni olishni orqaga surmang.
⚡️
Tezroq kelib, o'z diplomlaringizni olib ketishingiz mumkin
Eslatma: Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) bilan kelishni unutmang.
Bizni kuzating:
🕊
Telegram
📱
Instagram
📺
You tube
📱
Facebook
#Qabul2026
#Abituriyent2026
📣
Abituriyentlar diqqatiga!
🎥
Tanlovning 2-bosqichi bo‘yicha tayyorlangan
videoqo'llanma
bilan tanishib boring.
Mazkur videoqo‘llanmada
abituriyentlar uchun muhim ma’lumotlar mavjud.
❗️
Tanlovning 2-bosqichida ta’lim yo‘nalishlari, oliy ta’lim muassasalari, ta’lim shakli va tanlov ustuvorligini tanlashga tayyorgarlik ko‘rayotgan barcha abituriyentlarga videoqo‘llanma bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.
Bizni kuzating:
🕊
Telegram
📱
Instagram
📺
You tube
📱
Facebook
#tabassum_vaqti
😁
Turkiyalik muzqaymoqchi dasturlashni o'rganib olganida...
✈️
@tuituz_official
#TATU
#TABRIK
Bugun
Ma’lumotlar bazasi bo‘limi (Back office)
boshlig’i
Elbek Quvondiq o‘g‘lining
tug'ilgan kunlari!
🎁
Shu munosabat bilan Universitet nomidan sizga sog'lik-salomatlik va uzoq umr tilaymiz!
Bizni kuzating:
🕊
Telegram
📱
Instagram
📺
You tube
📱
Facebook
🚀
"President Tech Award 2026
" doirasida eksklyuziv master-klass bo‘lib o‘tdi!
💡
Yosh va shijoatli startapchilar uchun ajoyib imkoniyatlar eshigi ochildi! Endi siz o‘z loyihalaringizni
TATU Inkubatsiya markazi hamda O‘zbek-Hind Xalqaro IT markazi
da professional darajada tayyorlashingiz va rivojlantirishingiz mumkin.
Master-klassda alohida mehmon sifatida:
⏺
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi vakillari
⏺
IT Parkning yetakchi va tajribali mutaxassislari tashrif buyurishdi! Master-klass davomida ishtirokchilarga loyihalarni muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yish, g‘oyadan mahsulotgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tish va sovrinli o‘rinlarni egallash bo‘yicha eng muhim ko‘nikmalar hamda qimmatli insaytlar berildi.
✈️
@tuituz_official
💻
Muhammad al-Xorazmiy
nomidagi
TATU
Inkubatsiya Markazida
’da Startaplar uchun jamoalar shakllantirilmoqda. Tayyor loyihalar mavjud va ularga yangi ishtirokchilar qabul qilinmoqda.
🚀
Agar siz ham jamoaga qo‘shilib, o‘z bilim va ko‘nikmalaringizni namoyon etishni istasangiz,
@HamrayevIskandar
manziliga quyidagi ma’lumotlarni yuboring:
🔴
F.I.O.
🔴
O‘quv guruhi
🔴
Yo‘nalishingiz (dasturchi, dizayner, marketolog, AI, robototexnika va boshqalar)
🔴
Ko‘nikmalaringiz va tajribangiz (ixtiyoriy)
🔴
Bog‘lanish uchun telefon raqami
⚡️
Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang — innovatsion loyihalar ustida ishlang va jamoamiz safidan joy oling!
Bizni kuzating:
🚀
Telegram
📷
Instagram
🎬
You Tube
🔵
Facebook
📢
Abituriyentlar diqqatiga!
Test sinovida ishtirok etgan boʻlsangiz, qabul jarayoni davom etayotganini unutmang!
🗓
25-iyuldan 8-avgustga qadar
my.uzbmb.uz
platformasi orqali:
✅
oliy taʼlim tashkiloti;
✅
bakalavriat taʼlim yoʻnalishi;
✅
taʼlim shaklini (kunduzgi, kechki yoki masofaviy) tanlashingiz shart.
📌
5 tagacha oliy taʼlim tashkiloti va yoʻnalishni tanlash mumkin.
⚠️
Tanlovni
8-avgustga qadar
oʻzgartirish mumkin. Muddat tugagach esa hech qanday oʻzgartish kiritilmaydi.
📄
Tanlovni tasdiqlagandan keyin shakllanadigan «Abituriyent qayd varaqasi»ni yuklab olib, saqlab qoʻyishni unutmang.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
#tabassum_vaqti
TATU ko'pchilikning ushalmagan orzusi...
Bizni kuzating:
🚀
Telegram
📷
Instagram
🎬
You Tube
🔵
Facebook
#Erasmus
+
✅
Erasmus+ 2026 tanlov natijalariga ko‘ra, jamoamiz va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tayyorlanib, tanlovga taqdim etilgan
“UzEcoDigiT – Green Digital Transformation of the Undergraduate Educational Program in Ecology and Environmental Protection in Uzbekistan”
loyihasi Erasmus+
Capacity Building in Higher Education (CBHE)
dasturi doirasida moliyalashtirish uchun muvaffaqiyatli tanlab olindi.
Loyihaning asosiy maqsadi
- O‘zbekistonda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘nalishidagi bakalavriat ta’lim dasturlarini yashil va raqamli transformatsiya qilish, zamonaviy o‘quv kurslarini ishlab chiqish hamda innovatsion ta’lim va laboratoriya infratuzilmasini rivojlantirishdan iborat.
Loyiha doirasida yangi va modernizatsiya qilingan ta’lim dasturlari,
12 ta yangi o‘quv kursi, 8 ta innovatsion laboratoriya va 2 ta hududiy yashil o‘quv markazi
tashkil etilishi rejalashtirilgan.
🇪🇺
Yevropa hamkorlari:
International Hellenic University, Gretsiya;
Dresden texnika universiteti, Germaniya;
Teramo universiteti, Italiya;
Portugaliya katolik universiteti, Portugaliya.
💶
Loyiha 36 oyga mo'ljallangan bo'lib va uning umumiy budjeti
797 882,12 yevroni
tashkil etadi.
✈️
@tuituz_official