Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

العلم نور

tullab_quran
Gunohkorlik ayb emas, ayb poklanishga harakat qilmaslikdir..
Subscribers
1 670
24 hours
30 days
1 654
Post views
764
ER
45,75%
Posts (30d)
4
Characters in post
1 064
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
OTOther
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Lifestyle & Services
Summary
May 18, 09:36

Yozgan barcha gaplarim o'zim uchun edi shunchaki o'zim bn biroz suhbatlashdim. Yozishni juda sog'inibman..
Men bilgan va men muloqotda bo'lgan ko'p insonlarda bu xatoni sezganman. "O'zligini ayblash" bu xatoni men ham qilayotganimni tan ololmagandim. Lekin tushundim. Agar siz ham shu xatoni o'zingizda ko'rsangiz, zulmlarni bas qiling endi..

May 18, 09:34

O'zimni hech nima qilmaganman vaqtim shunchaki behuda o'tgan deb ayblardim shu vaqtgacha.. Va o'tmishga boqdim.. Men ko'p ishni qilgan ekanman eng avvalo o'zim uchun. Oldin qanday inson edim subhanAlloh faqat hozirgi holatimdan nolishni bilaman, Alloh menga…

May 18, 09:31

O'zimni hech nima qilmaganman vaqtim shunchaki behuda o'tgan deb ayblardim shu vaqtgacha..
Va o'tmishga boqdim..
Men ko'p ishni qilgan ekanman eng avvalo o'zim uchun. Oldin qanday inson edim subhanAlloh faqat hozirgi holatimdan nolishni bilaman, Alloh menga bergan ne'matlariga shukr qilish o'rniga..
Qilgan ishlarim, oldin qanday bo'lganim harakat va mehnatlarim meni qay darajada o'zgartirgani mehnat qilib yozgan postlarim.. bularni o'qib va o'ylab ancha o'zimga keldim Alhamdulillah. Men o'zimni hech nimaga yaramaydigan inson qilib ruhiyatimni zaiflashtirdim o'zimga bu hayollarim bilan zulm qildim.. buni kech anglaganimdan afsusdaman lekin Alloh buni bildirdi hamd..
Shayton shunday vasvasa qiladi. Doim chiroyli tomondan keladi. Bizni uning vasvasalari to'g'ri ekaniga ishontiradi. O'zi shundoq ham gunohga botib bo'lding endi befoyda sen shunday insonsan harakat qilsang ham o'zgarolmaysan deydi.. men buni bilardim lekin aldandim. Aldabdi mana aldandim ekan deb taslim bo'lishim kerak emas. Alloh qodir qilgancha harakat qilishim lozim. Ammo shu harakatim davomida shayton yanada kuchli vasvasa qiladi, sababi u meni o'zgarishga ahd qilganim va xatoyimni anglaganimni biladi agar hozir meni to'xtatmasa yana o'zligimni topishimdan qo'rqadi. Men buni unutmasligim kk. Harakatni boshlaganimda to'siq bo'ldimi tushkunlikka tushmay o'sha qiyin davrdan o'tib olishim kk. Allohning izni ila qiyinchilikdan so'ng albatta yengillik bor..
Men 1 yilda ziyod vaqt o'zimni shunday qiynadim. Alloh menga bildirib qo'ysa ham o'zimga zulm qilishda davom etdim. Lekin nega Alloh meni kechirmaydi deb bu bahona bilan o'zimni battar qiynashim kk? Aslo endi o'zimni qo'lga olishim shart! Umr o'tmoqda. Menga berilgan imkoniyatlar ham nihoyasiga yetmoqdda foydalanishim kk..

May 16, 12:28

Izdan chiqqan rejalarim, shamoldek tez o’tayotgan vaqtimni tartiblash bilan bandman..
Hammaga maslahat orqali yordam beradigan insonning o’ziga shu narsa kerak bo’lib qolsa qiyin bo’lar ekan..
Kanalimni va yozishni qanchalik yaxshi ko’rishimni meni bilganlar biladi.. bu katta tanaffus ham bejiz bo’lmadi deb o’ylayman biiznillah. Ancha tajriba oshirdim yozmasam bo’lmaydi endi..)

April 13, 07:43
Media unavailable
1
Show in Telegram

#foydali
Bu borliqdagi hayot charxpalagi takrorlanishini yaxshi bilasiz. Turli qahramonlarning ishlari zamonlar osha yana takrorlanaveradi. Biror hodisa yo‘qki, tarixda unga o‘xshashi bo‘lmasa. Biz yangi deb hisoblayotgan ishlarning o‘xshashi tarixda biroz boshqacha shaklda ro‘y bergan bo‘ladi. Tarixda sodir bo‘lgan voqea-hodisalardan yaxshi xabardor kishi hayotida shunga o‘xshash holat yuz berganda qanday yo‘l tutishni yaxshi biladi. Arablarning qadimiy bir maqolida “Aqlli odam boshqalarni ko‘rib nasihatlangan kishidir“ deyilgan.
Sizga hozir yana bir ajib hikoyani aytib beraman. Bu hikoya ”Muvatto Molik“da Qosim ibn Muhammaddan rivoyat qilingan.
Qosim aytadi: ”Xotinim vafot etdi. Shunda Muhammad ibn Ka’b Quroziy kelib ta’ziya bildirdi. U ta’ziyasida quyidagilarni aytdi: “Bani Isroilda bir olim, obid faqih va mujtahid kishi bor edi. Uning bir xotini bo‘lib, u xotinini juda yaxshi ko‘rardi, unga maftun edi. Ana shu xotini vafot etdi. O‘limidan keyin u xotinini qattiq qumsadi, ko‘p qayg‘u chekdi. Hijron azobi shu darajaga yetdiki, u bir xonaga qamalib olib, odamlar bilan ko‘rishmay qo‘ydi, huzuriga hech kimni kiritmadi. Bir ayol bundan xabar topib, uning huzuriga keldi-da: “Bir masalam bor. Shu borada fatvo so‘ramoqchiman. Uni yuzma-yuz o‘ziga aytmasam bo‘lmaydi”, dedi. Odamlar ketsa ham ayol olimning eshigi oldidan ketmadi. ”Bu masalaning javobini bilmasam bo‘lmaydi“, dedi. Bir kishi olimga: ”Bir ayol savoliga javob olish uchun kelgan, hamma ketsa ham ketmayapti", dedi.
Olim: “Shu ayolni kirgazinglar!” dedi.
Ayol kirib: “Sizga bir masalada savol so‘rab keldim”, dedi.
Olim: “Nima gap?”, dedi.
Ayol: “Bir qo‘shnimdan oriya(vaqtincha tekin foydalanish)ga taqinchoq olib turgandim. O‘sha taqinchoqni gohida o‘zim taqib, qolgan vaqtda boshqalarga oriyaga berardim. Keyin oriyaga olganlar menga bir narsalar yuborishdi. O‘sha narsalarni taqinchoq egalariga beramanmi?” deb so‘radi.
Olim: “Allohga qasamki, ha”, deb javob berdi.
Ayol: “U taqinchoq mening huzurimda ma’lum muddat turdi-ku?!” dedi.
Olim: “Ana o‘shani egalariga qaytarib berishing to‘g‘riroq bo‘ladi” dedi.
Shunda ayol: “Alloh sizga rahm qilsin, U sizga oriyaga berib turib, so‘ng sizdan qaytarib olgan hamda O‘zi haqli bo‘lgan narsa uchun nega nadomat chekasiz?!“ dedi.
Ana shu tariqa bu ayol olimga yo‘l ko‘rsatdi, Alloh taolo shu ayolning so‘zi orqali bu zotga manfaat berdi”.
Arablarning eski bir maqolida “Yaxshi ot ham qoqiladi”, deyilgan. Ya’ni, har qanday inson ham xato qilishi mumkin.
Gohida kishi odatda qilmaydigan ishini amalga oshirib qo‘yadi.
Ayrim holatlarda o‘ta bosiq, halim inson o‘zini bilmaydigan darajada asabiylashganini ko‘rishingiz mumkin.
Ba’zan o‘ta saxovatli hotamtoyning ham arzimas narsaga baxillik qilayotganiga shohid bo‘lasiz.
Gohida o‘ta shijoatli, jasur kishini biror hodisa borasida qo‘rqoqlik qilganini ko‘rasiz.
Ayrim vaziyatlarda hammaning muammosini hal qiladigan xojatbaror kishining o‘zi muammolar girdobiga qolganiga guvoh bo‘lasiz.
Sizga doim ochiq bo‘lgan eshik bir safar siz uchun qulflanishi ham mumkin.
Biz hammamiz basharmiz. Gohida tog‘, gohida vodiy, gohida rasm-rusumga mukkasidan ketgan, ba’zan beparvomiz.
Doim quyoshdek porlab yuradigan xushchaqchaq kishini g‘amga botgan ma’yus holda ko‘rasiz.
Hayot barchaga hukmini o‘zkazadi. Biz esa o‘zimizcha har narsaga harakat qilaveramiz..
📝
kitobdan

April 11, 06:28
Media unavailable
1
Show in Telegram

- Har bir harom luqma sizni Allohdan uzoqlashtiradi. Shuning uchun
haromdan saqlaning
!
- Sizni Allohdan
uzoqlashtiradigan
har qanday
hamrohdan uzoq bo‘ling
!
- Savob amallaringizni
nobud qiladigan yig‘inlarga qatnashmang
!
- Xuzurida
ibodatni
amalga oshirishga
xijolat
bo‘ladigan
do‘stdan nari yuring
!
Inson yolg‘iz o‘ladi va yolg‘iz dafn etiladi. Amallarining hisob-kitobini ham yolg‘iz o‘zi beradi. Yakka holda qayta tiriladi. Shunday ekan,
Allohning abadiy do‘stligini o‘tkinchi insonlarning hamrohligiga alishmang
!
Allohga xiyonat qilgan kishidan insonlarga vafo qilishini kutmang!
Fir’avn xotiniga zulm qilgan chog‘ida mehr-oqibat va oilaviy munosabatlarga xiyonat qildi. Biroq u bundan oldin Allohga xiyonat qilgan, Uning ne’matlaridan tongan edi.
Odamlarning qadri va darajasini ularning Allohga bo‘lgan qulchiligiga qarab belgilang!
Sizga sovchi qo‘ygan yigitga rozilik bildirishdan oldin, uning onasi, aka-ukalari bilan munosabati qandayligini surishtiring. O‘zini to‘qqiz oy qornida ko‘tarib yurgan, tug‘ib parvarishlagan, tarbiyalagan onasiga ozor bergan inson sizga ham, albatta, ozor beradi. Chunki siz
unga har qancha yaxshilik qilmang, onasichalik mushfiq bo‘lolmaysiz
!
Yoshligimda buvim rahmatli bir voqeani aytib bergan edi. U doim esimda turadi, hech unutmayman.
Bir ayol o‘zi tanimagan erkakka turmushga chiqqan. To‘y kechasi o‘tib, tong otganda kuyov bozorga borib ikki xil go‘sht olib kelgan. Kelinga: “Mana bu sifatli va qimmat go‘sht. Uni o‘zimiz tanovul qilamiz. Bunisi esa sifatsiz arzon go‘sht. Uni onam biznikiga kelganda pishirib beramiz”, degan. Kelin darhol otasini chaqirtirgan. Otasi kelgach, eridan taloq olmoqchiligini, u bilan yashash istagi yo‘qligini bildirgan. Otasi buning sababini so‘raganda bo‘lgan voqeani aytib bergan va: “
Men oq bo‘lgan kishidan farzand ko‘rishni istamayman. Onasiga xiyonat qilgan kishi menga ham xiyonat qilmay qolmaydi
, unga ishonmayman", degan..
📝
kitobdan

April 10, 08:03
Media unavailable
1
Show in Telegram

Gohida duo ijobati, qilayotgan gunohingiz sababli ham kechikishi mumkin. Jabbor Zot sizga berish uchun tavbangizni kutib turadi.
Muso
⚫️
Bani Isroil bilan istisqo (yomg‘ir so‘rab o‘qiladigan) namoz uchun keng joyga chiqdilar. Yerlar qaqshagan, insonlar qurg‘oqchilikdan o‘layozgandilar. Namoz o‘qiganlaridan keyin ham yomg‘ir yog‘madi. Alloh payg‘ambari Muso
⚫️
ga oralarida gunohkor banda borligini bildirib vahiy qildi. Muso
⚫️
ularga ham shuni aytdi. Ana shu banda o‘rtaga chiqishini so‘radilar. Shu paytning o‘zida yomg‘ir sharros yog‘a boshladi. Muso
⚫️
Robbidan osiy banda o‘rtaga chiqmasada yomg‘ir yog‘ganining sababini so‘raganida, Alloh taolo
boyagi gunohkor tavba qilganini aytdi
. Muso
⚫️
uning kimligi haqida so‘radi. Shunda Alloh
⬛️
: "
Ey Muso, uni osiyligida yashirdim. Tavba qilganida fosh qilamanmi!
” deb javob berdi.
Tavba qilmagan gunohkor tufayli butun bir xalq yomg‘irdan mahrum bo‘ldi. Endi gunohi sababli bandaning duosi ijobat etilmasligi yanada to‘g‘riroq bo‘ladi. Agar duoingiz bo‘lsayu, ijobati kechikayotgan bo‘lsa, nafsingizga boqing! Chetlashishingiz kerak bo‘lgan gunohingiz bormi, yo‘qmi?Balki ana shu gunohingiz duoingiz va ijobati o‘rtasiga tushib turgandir.
Zero Alloh
⬛️
nimaniki so‘rashga amr etgan bo‘lsa, bilingki, uni ato etishni iroda etgan bo‘ladi.
Ijobatdan to‘silishga ko‘pincha o‘zimiz sababchi bo‘lamiz. Shunday ekan, avvalo nafsingizga murojaat qiling!

April 09, 16:48
Media unavailable
1
Show in Telegram

Abdulloh ibn Mas’ud
◾️
ozuqa sotib olish uchun bozorga bordi. Biroq o‘g‘ri pullarini o‘g‘irlab ketdi. Shunda odamlar o‘g‘rini qarg‘ay ketishdi. Ayrimlar “Ey Alloh, o‘g‘rining oyoq-qo‘li shol bo‘lsin”, desa, boshqalar boshqacha duoyi bad qilardi.
Abdulloh ibn Mas’ud
◾️
esa: “O‘g‘rini badduo qilmanglar”, dedi. So‘ng: “Allohim, agar muhtoj bo‘lgani uchun o‘g‘irlagan bo‘lsa, olgani unga barokatli bo‘lsin. Gunohga jur’atli bo‘lgani uchun o‘g‘irlagan bo‘lsa, buni uning so‘nggi gunohi qilgin”, dedi.

April 09, 07:58

Mas’ud ibn Muhammad odamlarning yaxshisi edi. Hammani kechirar, aybidan o‘tib yuborar edi. Ko‘nglini og‘ritgan, azob bergan biror kishi undan rozilik so‘rab kelsa, darhol rozi bo‘lar va: “O‘tgan ishlar eslanmaydi”, der edi. Mas’ud vafot etgandan keyin uni tushda ko‘rishdi. Undan “Alloh senga nima qildi?” deb so‘rashdi.
– U kishi: U meni dargohida turg‘azib: “Ey Mas’ud, o’tgan ishlar eslanmaydi”, dedi va “Buni jannatga olib boringlar!” deb buyurdi, dedi..

March 25, 17:39
Media unavailable
1
Show in Telegram

Masjidlar tinchib qoldi, saflar ham ozayib ketdi, Qurʼon kitoblari ham avval qandoq boʻlsa oʻsha holiga qaytib, tokchalarga taxlandi. Ammo sof kishilardan iborat ozchilik jamoa hanuz hayotlarini hanuz Ramazondagidek oʻtkazmoqdalar. Hayotingizni barchasini Ramazon qilib oʻtkazing!
ع