Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Turkiston-Press

turkistonpress
Tezkor video, xabar, muammolar yuzasidan 👉 @turkistondan ga yozing Reklama va PR uchun 👉 @turkistonpr
Subscribers
595
24 hours
1
30 days
-21
Post views
641
ER
1,08%
Posts (30d)
Characters in post
557
August 01, 10:22
Media unavailable
1
Show in Telegram

Аёлларни авратларини беркитиб юришга даъват қилаётган шайхга бир аёл эътироз билдирди:

"Шуни ўрнига эркаклар кўзларини тийиб олсалар бўлмайдими?!"

Шайх: «Ўйлаб кўринг, бир бети очиқ идишда тўла асалингиз бор, унга келаётган пашшаларни кетказиш учун нима қилган бўлар эдингиз? Хамма пашшаларни кузини епармидингиз?»

Аёл: "Идишни бетини ёпиб қўярдим"

Шайх: «Ҳудди шундай, тушунганингизга ташаккур»
@turkistonpress

May 16, 09:05
Media unavailable
2
Show in Telegram

FVV qutqaruvchilari tomonidan quduqqa tushib ketgan 7 yoshli bola qutqarildi
Bugun, 16-may kuni soat 11:00 da Andijon viloyati, Qo‘rg‘ontepa tumani, “Ibn Sino” MFY, Maktab ko‘chasida joylashgan uylarning biri hovlisidagi chuqurligi 40 metr, diametri 90 sm bo‘lgan suvsiz, hozirda foydalanishda bo‘lmagan quduqqa uy egasining 7 yoshli o‘g‘li extiyotsizlik oqibatida tushib ketganligi, uni olib chiqishda amaliy yordam so‘rab FVBga murojaat qilingan.
Aytilgan manzilga zudlik bilan FVB qutqaruvchilari yetib borib, maxsus texnikalar va anjomlar yordamida olib borilgan qutqarish ishlari natijasida bola quduqdan sog‘-salomat chiqarib olingan. Ayni vaqtda bolaning ahvoli yaxshi. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida shifoxonaga olib borilgan.
Kanalga obuna bo‘ling:
@turkistonpress

May 15, 13:54
Media unavailable
1
Show in Telegram

"Putin bilan uchrashmagunimizcha hech narsa yuz bermaydi" - Tramp
Donald Tramp Putin bilan uchrashmasdan turib, tinchlik muzokaralarida hech qanday rivojlanish bo‘lmasligini ta’kidladi.
"Putin bilan uchrashmagunimizcha hech narsa yuz bermaydi," - deydi AQSH prezidenti Dubayda prezident samolyotida
jurnalistlarga.
Kanalga obuna bo‘ling:
@turkistonpress

May 15, 13:18
Media unavailable
3
Show in Telegram

Tramp Birlashgan Arab Amirliklariga yetib bordi
AQSH Prezidenti Donald Tramp Birlashgan Arab Amirliklariga yetib borgan. Uni uchrashuvlar va bayramlarda ayollar tomonidan ijro etiladigan an’anaviy soch raqsi ("xaliji") bilan qarshi olishgan.
Kanalga obuna bo‘lish uchun:
@turkistonpress

May 05, 10:12
Media unavailable
2
Show in Telegram

Keniya prezidenti nutq so‘zlayotganida unga oyoq kiyim uloqtirishdi
Hodisa Uilyam Rutoning yashash minimumi haqidagi nutqi paytida yuz bergan. Politsiya hodisa yuzasidan uch kishini hibsga olgan.
@turkistonpress

May 01, 05:20
Media unavailable
1
Show in Telegram

1 майдан Электр энергияси учун янги тарифлар кучга кирди.
@turkistonpress

May 01, 04:56
Media unavailable
1
Show in Telegram

Ўзбекистон
очиқ маълумотлар бўйича
халқаро Open Data Inventory (ODIN) рейтингида 2024 йил якунларига кўра 198 та давлат орасида
83 балл билан 12-ўринга кўтарилди
ва Марказий Осиёда
1-ўрин
ни сақлаб қолди.
Маълумот учун, ODIN рейтинги очиқ маълумотлар сиёсатини ривожлантириш, расмий статистикадаги камчиликларни аниқлаш ҳамда фойдаланувчилар билан миллий статистика идоралари ўртасида мулоқотни яхшилашни мақсад қилади.
@turkistonpress

March 15, 09:00
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Pensiya jamg‘armasi
O‘zbekistonda yuqori miqdorda pensiyaga chiqish uchun nimalarga ahamiyat berish kerakligi
haqida tavsiyalar berdi.
▪️
Mehnat faoliyatingiz
rasmiy shaklda
ketayotganligiga, ishlayotgan tashkilotingizda sizga
ish staji yozib borilayotganligiga ishonch
hosil qiling.
▪️
o‘z ish beruvchingizdan ish stajlaringiz to‘g‘risidagi
maʼlumotlarini raqamlashtirishni
talab qiling.
▪️
Tashkilotingiz tomonidan sizga
rasmiy shaklda ish haqi
to‘lanayotganiga eʼtibor bering.
▪️
Agarda siz norasmiy shaklda faoliyat yuritayotgan bo‘lsangiz, o‘z-o‘zini band qilgan holda ro‘yxatdan o‘tib, Pensiya jamg‘armasiga belgilangan tartibda
ijtimoiy soliq to‘lab
boring.
▪️
Hozirda mehnat faoliyati yuritmayotgan bo‘lsangiz, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limlariga
mehnat daftarchangizdagi maʼlumotlarini raqamlashtirishni
so‘rab murojaat qilishingiz lozim.
@turkistonpress

March 14, 11:23
Media unavailable
1
Show in Telegram

Qirg‘iziston prezidenti Markaziy Osiyoda Shengen vizasiga o‘xshash tizimni joriy etishni taklif qildi
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Markaziy Osiyo mamlakatlariga o‘zaro vizasiz rejim, boshqa davlatlardan kelgan mehmonlar uchun esa yagona viza joriy etishni taklif etdi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqda Tojikiston bilan imzolangan davlat chegarasi to‘g‘risidagi shartnomaga izoh chekish davomida shunday fikr bildirgan.
“Bugun Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi 101-yil davomida (1924-yildan beri) hal etilmagan chegara masalasi uzil-kesil yechimini topdi.
Bu nafaqat ikki mamlakat, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun ulkan voqea, chunki endi mintaqaning barcha davlatlari o‘zaro chegara masalalarini to‘liq hal qildi, deyish mumkin. Shu paytdan boshlab Markaziy Osiyoda abadiy tinchlik qaror topdi.
Endi Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘zaro vizasiz rejim joriy etish, boshqa davlatlardan kelgan mehmonlar uchun esa Shengen vizasiga o‘xshash, mintaqaning barcha mamlakatlarida erkin harakatlanish imkonini beruvchi yagona viza tizimini yo‘lga qo‘yish jarayonini boshlashlari lozim”, deydi Japarov.
Каналга қўшилинг
:
@turkistonpress

March 14, 10:25
Media unavailable
1
Show in Telegram

O‘zbekistonda go‘sht narxi MDH davlatlariga nisbatan qimmatligi ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston mol go‘shti narxi bo‘yicha dunyoda 127 ta davlat orasida 91-o‘rinni
egalladi.
Numbeo xalqaro servisi ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 7-mart holatida O‘zbekistonda bir kilogramm mol go‘shtining narxi 8,1 AQSH dollarini tashkil etadi. Qo‘shni mamlakatlarda ham narxlar shunga yaqin. Qozog‘iston, Rossiya, Qirg‘iziston va Tojikistonda mol go‘shti 7 AQSH dollaridan sal oshiqroq turadi.
Shveysariya, Islandiya, Janubiy Koreya, Norvegiya va Lyuksemburg mol go‘shti eng qimmat mamlakatlarning top-5 taligidan o‘rin olgan. Ro‘yxatda yetakchilik qilayotgan Shveysariyada bir kilogramm go‘sht narxi 44,3 AQSH dollarini tashkil etadi. Shuningdek, Islandiyada — 38,7, Janubiy Koreyada — 28, Norvegiyada — 26,8, Lyuksemburgda esa — 23,9 AQSH dollarini tashkil etgan.
Eng arzon go‘sht Keniya (4,97), Gana (4,78), Nigeriya (4,50), Uganda (12) va Pokistonda (4,04) sotilmoqda.
Каналга қўшилинг
:
@turkistonpress