Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Özbekistan Büyükelçiliği

turkiyadagi_elchixona
Oʻzbekiston Respublikasining Turkiyadagi elchixonasi rasmiy kanali Konsullik bo'limi: @ankaraconsul Veb-sayt: www.uzembassy.org.tr Facebook: @uzembassyturkey Instagram: @uzembassyturkey Twitter: @uzembassyturkey Telegram: @Turkiyadagi_elchixona
Subscribers
4 341
24 hours
30 days
7
Post views
227
ER
5,23%
Posts (30d)
214
Characters in post
916
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Politics
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Business & Management
Summary
September 12, 06:13
Media unavailable
1
Show in Telegram

Ozgur Onur Ozgyuven: Turkiya va O‘zbekiston va o‘rtasidagi tovar aylanmasini yaqin kelajakda 5 milliard dollarga, uzoq muddatli istiqbolda esa 10 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilganlar
DEİK “Turkiya–O‘zbekiston” Ishbilarmonlar kengashi rahbari ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalar istiqbollari haqida
Batafsil
Батафсил
Рус
|
Eng
|
Facebook
|
X
|
YouTube
|
Instagram

September 11, 16:56
Media unavailable
1
Show in Telegram

📢
🇺🇿
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda
🇹🇷
TÜBİTAK tashkiloti hamkorlikda o'zbek va turk olimlari qo‘shma ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo'yicha navbatdagi grant dasturini e'lon qildi.
Uning doirasida quyidagi tematik yo‘nalishlar bo‘yicha arizalar qabul qilinadi:
🖥️
Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari
🥦
Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi
🩺
Sog‘liqni saqlash
⚙️
Ilg‘or materiallar texnologiyalari
🔬
Fizika
Ariza topshirishning oxirgi muddati:
📅
2026-yil 14-dekabr
Batafsil ma’lumot:
👇
https://tubitak.gov.tr/tr/duyuru/2518-tubitak-ozbekistan-cumhuriyeti-yuksekogretim-bilim-ve-yenilikler-bakanligi-mhesi-uzbekistan-ikili-birligi-cagrisi-basvuruya-acildi-0

September 11, 16:41

https://www.ekovitrin.com/prof-dr-suleyman-dogan-yazdi-ata-yurdu-ozbekistanda-bir-mubarek-sehir-buhara

September 11, 16:39
Media unavailable
3
2
Show in Telegram

🇹🇷
🇺🇿
Turkiyalik mutaxassislar Buxoroda bepul tibbiy ko‘rik va yuqori texnologik operatsiyalar o‘tkazadi
Joriy yilning 16–19-sentabr kunlari Buxoro shahrida aholi uchun Turkiyalik yuqori malakali mutaxassislar ishtirokida bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etiladi.
Tibbiy ko‘riklar Buxoro viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tashabbusi bilan Turkiyaning «Avrasya Hastanesi» klinikasi hamda Med Care Turkey Istanbul hamkorligida o‘tkazilmoqda.
Qabulda Turkiyadan tashrif buyurgan uch nafar professor-shifokor ishtirok etadi. Ular orasida yurak-qon tomir jarrohi professor Ali Riza Jenar, neyrojarroh professor Nejip Engin Merkan hamda jarroh-transplantolog professor Mahir Kirnap bor.
Mutaxassislar yurak-qon tomir kasalliklari, bosh miya va asab tizimi kasalliklari, shuningdek, transplantologiya yo‘nalishlari bo‘yicha bemorlarni ko‘rikdan o‘tkazib, zarur tibbiy tavsiyalar beradi.
Shuningdek, tibbiy ko‘riklar natijasiga ko‘ra zarur holatlarda yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish masalasi ham ko‘rib chiqiladi.
Bepul qabullar Buxoro shahar diagnostika markazida 16-, 17-, 18- va 19-sentabr kunlari o‘tkaziladi.
Qabulga yozilish uchun quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilish mumkin:
+998652234992
+998936553503
Qabulga yozilish jarayonida bemorning PINFL (JSHSHIR) raqami talab etiladi.
Buxoro.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

September 11, 16:37
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
Kasbiy mahorat va tajriba xalqaro maydonda sinovdan o‘tadi
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ jamoasi Turkiyaning Anqara shahrida bo‘lib o‘tadigan elektr taqsimlash tarmoqlari mutaxassislari o‘rtasidagi xalqaro mahorat musobaqasiga puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Ayni paytda jamoa Samarqand shahridagi o‘quv-mashg‘ulot poligonida amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlab, musobaqa shartlarini yuqori saviyada bajarishga hozirlik
ko‘rmoqda.
Jamoamiz o‘tgan yilgi muvaffaqiyatini davom ettirib, bu yil ham yuksak natijalarni qayd etishni maqsad qilgan.
Yurtimiz sharafini munosib himoya qilish yo‘lida jamoamizga omad va muvaffaqiyat tilaymiz!

https://t.me/SamHETK

September 11, 16:36
Media unavailable
4
Show in Telegram

#Anqara
#Turizm
#trening
#tajriba
#xalqaro
O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi vakillari Anqara – Turk dunyosining 2026-yilgi turizm poytaxti doirasida
turizm sohasida xalqaro tajriba almashish va professional salohiyatni oshirishga qaratilgan trening
dasturida ishtirok etdi.
Trening doirasida Turkiyaning turizm industriyasini rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or tajribasi, institutsional yondashuvlari hamda destinatsiyalarni boshqarish va targ‘ib etishning zamonaviy mexanizmlarini o‘rgandilar.
Treningning asosiy yo‘nalishlaridan biri destinatsiyalarni boshqarish (destination management) va destinatsiyalar marketingi (destination marketing) bo‘lib, unda turistik hududlarning raqobatbardoshligini oshirish, turistik oqimlarni samarali boshqarish, hududiy turizm brendini shakllantirish va xalqaro bozorlarda destinatsiyani pozitsiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, turistik mahsulotlarni diversifikatsiya qilish, yangi turizm yo‘nalishlari va tematik turistik mahsulotlarni shakllantirish, madaniy va gastronomik turizm salohiyatidan samarali foydalanish, turistlar uchun yaxlit va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega turistik tajribalarni yaratish bo‘yicha Turkiya tajribasi o‘rganildi.
***
Representatives of the Tourism Committee of the Republic of Uzbekistan participated in a
training programme focused on international exchange of experience in tourism and professional capacity building
, held as part of the “Ankara — Tourism Capital of the Turkic World 2026” programme.
During the training, participants explored Türkiye’s advanced experience in developing the tourism industry, as well as institutional approaches and modern mechanisms for tourism destination management and promotion.
One of the key areas of the programme was
destination management and destination marketing
. Particular attention was paid to enhancing the competitiveness of tourism destinations, effectively managing tourist flows, developing regional tourism brands, and positioning destinations in international markets.
Participants also examined Türkiye’s experience in diversifying tourism products, developing new destinations and thematic offerings, effectively leveraging the potential of cultural and gastronomic tourism, and creating comprehensive, high-value tourism experiences for travellers.
***
Представители Комитета по туризму Республики Узбекистан приняли участие в
обучающей программе, направленной на международный обмен опытом в сфере туризма и повышение профессионального потенциала
, в рамках мероприятий «Анкара — туристическая столица тюркского мира 2026 года».
В ходе тренинга участники изучили передовой опыт Турции в развитии туристической индустрии, институциональные подходы, а также современные механизмы управления и продвижения туристических дестинаций.
Одним из ключевых направлений программы стали управление дестинациями (destination management) и маркетинг дестинаций (destination marketing). Особое внимание было уделено вопросам повышения конкурентоспособности туристических территорий, эффективного управления туристическими потоками, формирования регионального туристического бренда и позиционирования дестинаций на международных рынках.
Кроме того, участники ознакомились с опытом Турции по диверсификации туристических продуктов, созданию новых туристических направлений и тематических предложений, эффективному использованию потенциала культурного и гастрономического туризма, а также формированию комплексного туристического опыта с высокой добавленной стоимостью для путешественников.
Facebook
|
Instagram
|
X
|
YouTube
|
LinkedIn

September 11, 16:36
Media unavailable
4
Show in Telegram

#Xalqaro_hamkorlik
|
#Turkiya
2026-yil 11-sentyabr kuni Urganch davlat tibbiyot instituti, Turkiyaning
“JANNA GROUP”
hamda
“Barishlar MEDIKAL”
kompaniyalari o‘rtasida zamonaviy laboratoriya tashkil etish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.
🤝
Mazkur memorandum doirasida institutda zamonaviy tibbiy laboratoriya tashkil etish, ilg‘or texnologiyalar va zamonaviy laboratoriya uskunalarini joriy etish, shuningdek, tibbiy ta’lim va amaliyotning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash bo‘yicha hamkorlik qilish ko‘zda tutilmoqda.
🔬
Ushbu loyiha talabalarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini yangi bosqichga olib chiqish hamda zamonaviy diagnostika imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
🇺🇿
🇹🇷
Urganch davlat tibbiyot instituti xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish va tibbiy ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida hamkorlikni izchil davom ettiradi.
UrDTI matbuot xizmati:
Veb-sayt
|
Telegram |
Instagram
|Facebook
|Youtube

September 11, 16:35
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

📣
IntCERD–2026 xalqaro ilmiy konferensiyasiga taklif etamiz!
Jizzax politexnika institutining hamkori — Turkiyaning
Karamanoğlu Mehmetbey universiteti
tomonidan 2026-yil
22–24-oktabr
kunlari
“Muhandislik va hududiy rivojlanish” (International Conference on Engineering and Regional Development — IntCERD–2026)
xalqaro ilmiy konferensiyasi o‘tkaziladi.
Konferensiyaga professor-o‘qituvchilar, olimlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar hamda yosh tadqiqotchilar taklif etiladi.
Konferensiyaning asosiy yo‘nalishlari:
🔹
Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar;
🔹
Barqaror qishloq xo‘jaligi;
🔹
Suv va energetika tizimlari;
🔹
Ilg‘or muhandislik;
🔹
Innovatsiyalar va barqaror rivojlanish.
Muhim sanalar:
🗓
30-sentabr
— tezislar va to‘liq matnli maqolalarni topshirishning oxirgi muddati;
🗓
7-oktabr
— qabul natijalari haqida xabarnoma;
🗓
13-oktabr
— ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati va yakuniy dastur e’loni;
🗓
22–24-oktabr
— konferensiya kunlari;
🗓
31-oktabr
— tezislar va to‘liq matnli maqolalar to‘plamining nashr etilishi.
📱
@jizpi_online

September 11, 09:28

https://x.com/TC_Disisleri/status/2098340071468322894

September 11, 09:25
Media unavailable
2
Show in Telegram

Özbekistan’ın geleneksel müzik kültürünün güçlü seslerinden karnay, düğünlerden bayramlara, halk şenliklerinden törenlere kadar pek çok özel ana eşlik ediyor. Uzun gövdesi ve gür sesiyle karnay, yüzyıllardır kutlamaların coşkusunu yaşatıyor...