
CHDPU | Rasmiy kanal
🗣
Barcha talabalar diqqatiga!
To‘lov shartnomasini olish uchun
kontrakt.edu.uz
platformasidan onlayn ariza yuboring.
💚
Arizangiz oliygoh tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
☑️
Tayyor shartnomani tizimdan yuklab olishingiz mumkin.
📷
“KONTRAKT EDU” mobil ilovasi
🏚
CHDPU:
Web-sayt
|
Instagram
|
Facebook
|YouTube
|
Telegram
|
#Bitiruvchi
💚
CHDPU va Belarus qo‘shma ta‘lim dasturi talabalariga diplom topshirildi
Chirchiq davlat pedagogika universiteti hamda Belarus Respublikasining Mogilev davlat universiteti o‘rtasida tashkil etilgan
xalqaro qo‘shma ta’lim dasturi
ni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalarga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ikki universitet rahbariyati ishtirok etdi va qo‘shma ta’lim dasturi bitiruvchilarini tabrikladi.
_______
Студентам совместной образовательной программы ЧГПУ и Беларуси вручены дипломы
Состоялась церемония вручения дипломов студентам, успешно завершившим международную совместную образовательную программу, организованную Чирчикским государственным педагогическим университетом и Могилевским государственным университетом Республики Беларусь.
В мероприятии приняли участие руководители двух университетов, которые поздравили выпускников совместной образовательной программы.
🏚
CHDPU:
Web-sayt
|
Instagram
|
Facebook
|YouTube
|
Telegram
|
#Podcast
Ilm, tadqiqot va yangi imkoniyatlar
Dastlabki
eksklyuziv podkastimizda ushbu muhim mavzuni atroflicha tahlil qildik.
🎙
Podkast mehmoni:
CHDPU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor Baxodir ESHCHANOV
.
📱
Videoni tomosha qilish:
https://youtu.be/kFWpLmgLTVM
🚀
Chirchiq davlat pedagogika universiteti rasmiy telegram kanali:
@tvchdpi2017
#maqola
#Rektor
Oliy ta’limda yangi davr: QAMROV, IMKONIYAT VA NATIJA
CHDPU dastlab Toshkent viloyati ehtiyojlari uchun tashkil etilgan bo‘lsa, keyinchalik uning qabul geografiyasi respublika miqyosiga kengaydi. Bugun universitetda 22 mingdan ziyod talaba tahsil oladi va ular orasida mamlakatning turli hududlaridan kelgan yoshlar bor. Bu o‘zgarish CHDPUning vazifasi va mas’uliyati ham kengayganini anglatadi. Bu kengayish universitetning ichki muhitini ham o‘zgartirdi.
"Toshkent haqiqati" gazetasining bugungi sonida Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori
G‘ofurjon MUXAMEDOV
ning “
Oliy ta’limda yangi davr: qamrov, imkoniyat va natija
” sarlavhali maqolasi chop etildi.
📷
Maqola bilan tanishing
🏚
CHDPU:
Web-sayt
|
Instagram
|
Facebook
|YouTube
|
Telegram
|
#so‘ragandingiz
Tayanch doktorantura va doktoranturaga hujjat topshiruvchi talabgorlar diqqatiga!
2027-yil uchun tayanch doktorantura va doktoranturaga hujjatlar
2026-yil 15-sentabrdan 15-oktabrga
qadar
“Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi”
orqali onlayn qabul qilinadi.
Talabgorlar hujjatlarini
daraja.ilmiy.uz
platformasi orqali topshirishlari lozim. Taqdim etilgan hujjatlar tegishli oliy ta’lim yoki ilmiy tashkilot tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, qabul qilinadi yoki rad etiladi.
Qabul jarayoniga oid ma’lumotlar bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:
2027-yil uchun tasdiqlangan kvotalar
—
u
niversitet rasmiy veb-saytida
Hujjatlarni onlayn topshirish — Yagona elektron tizimda
Ustuvor ilmiy ixtisosliklar bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishi taqdimotiga qo'yilgan talablar va baholash mezonlari
— universitetning rasmiy veb-saytida
Ixtisoslik fanlaridan dasturlar
— universitetning rasmiy veb-saytida
Qabul jarayoniga oid yangilik va e’lonlarni sahifalarimiz orqali kuzatib boring.
🏚
CHDPU:
Web-sayt
|
Instagram
|
Facebook
|YouTube
|
Telegram
|
#1_bosqich
❤️
🍃
Kuz... Univer... IlK kunlar... Talaba!
Bizni kuzating:
💚
@tvchdpi2017
#talabaga_qulaylik
📣
Talabalar turar joyiga (TTJ) ariza bergan talabalar diqqatiga!
My.gov.uz
saytida yuzaga kelayotgan texnik nosozliklar sababli ayrim talabalarning TTJ uchun yo‘llanmalari tizimda ko‘rinmay,
“Jarayonda”
holatida turib qolmoqda.
Shu sababli, TTJ uchun yo‘llanmangiz holatini
kontrakt.edu.uz
sayti orqali tekshirishingizni so‘raymiz. Ijobiy natija va yo‘llanma ushbu tizimda aks etishi mumkin.
🔗
Muhim!
Agar sizga TTJ uchun yo‘llanma ajratilgan bo‘lsa-yu, ammo unda yashashni istamasangiz, tizim orqali
“Rad etish”
tugmasini bosib, o‘z munosabatingizni bildirishingiz shart. Aks holda, TTJ bo‘yicha foydalanilmagan yo‘llanma sababli qarzdorlik yuzaga kelishi mumkin.
☑️
Yana bir muhim ma’lumot:
agar siz TTJga joylashtirishda belgilangan ustuvor toifalardan biriga mos kelsangiz, biroq hali yo‘llanmangiz shakllantirilmagan bo‘lsa,
Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlariga
murojaat qilishingiz mumkin.
Hurmatli talabalar, TTJ bilan bog‘liq holatingizni o‘z vaqtida tekshirishingizni so‘raymiz.
🏚
CHDPU:
Web-sayt
|
Instagram
|
Facebook
|YouTube
|
Telegram
|
#talabaga_qulaylik
Talaba xotin-qizlar uchun ajoyib imkoniyat!
⚡️
Ijtimoiy ehtiyojmand talaba-xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt summalari davlat tomonidan qoplab berilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 585-son qarori asosida bakalavriat bosqichida tahsil olayotgan talaba-xotin-qizlarning bazaviy to‘lov-kontrakt summasi tegishli hudud hokimliklari tomonidan to‘lab berilishi mumkin.
Qarordagi imtiyozdan kimlar foydalana oladi
?
🟢
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalardagi xotin-qizlar;
🟢
yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba-xotin-qizlar;
🟢
boquvchisini yo‘qotgan, voyaga yetmagan farzandlarini yolg‘iz tarbiyalayotgan ehtiyojmand ayollar.
✅
Saralashda ijtimoiy holat, ehtiyojmandlik, ta’lim yo‘nalishiga bo‘lgan ehtiyoj hamda talabaning tahsil olayotgan bosqichi kabi mezonlar inobatga olinadi.
💭
To'liq ma'lumot uchun
Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlar
iga murojaat qilishingiz mumkin.
🏚
CHDPU:
Web-sayt
|
Instagram
|
Facebook
|YouTube
|
Telegram
|
#1_bosqich
❤️
🍃
Kuz... Univer... IlK kunlar... Talaba!
(Kursdoshini qo‘lini mahkam ushlab olgan talabani topingchi
)
Bizni kuzating:
💚
@tvchdpi2017