
Uchdan keyin kech ( audio kitoblar)
Bolaning qobilyatini yo‘q qiluvchi omillar
Ota onalarga yuborib qo‘ying.
#mantiq
"Toʻrtinchisi ortiqcha" oʻyini.
Rasmlarni bolangizga koʻrsating va shu toʻrt rasmdan qaysi ortiqcha deb soʻrang. Rang yoki shakl jihatdan qolgan 3 tasiga oʻxshamagan shaklni topishi kerak.
Aqliy rivojlanishiga juda ham foydali.
#tarbiya
TARBIYADA OTA-ONA HAMFIKR BO‘LSIN
Farzand tarbiyasida eng katta kuch — bu ota-onaning bir yoqadan bosh chiqarib ish tutishidir. Afsuski, ko‘p oilalarda ota boshqacha, ona boshqacha yo'l tutadi. Natijada bola kimning so‘zi o‘tishini sinab ko‘rishga odatlanadi. Bu esa nafaqat tarbiyani, balki oilaning ichki muvozanatini ham izdan chiqaradi.
Tarbiya — bu “men haqman” degan tortishuv emas,
biz birga mas’ulmiz
degan tushuncha asosida bo‘lishi kerak. Agar ota “yo‘q” degan narsaga ona “mayli, olaver” desa, bola chegarani emas, imkonni ko‘radi. Yoki aksincha: ona qattiqqo‘l bo‘lsa, ota bolani erkatoyga aylantirsa, bu mehr emas, tarbiyaning kushandasi bo‘ladi.
Ota-ona nima qilish kerak?
— Qarorlarni
birga
qabul qilishsin, ayniqsa, farzand ko‘z o‘ngida.
— Farzandni juftiga qarshi “qurol” qilmasin: “Otang o'zi xotinboz”, “Onangdan yashirib qo‘ya qolamiz” kabi iboralar ishonchni yemiradi.
— Tarbiyaviy yondashuvda
oldindan kelishib olishsin
: qanday xatti-harakatlarga qanday munosabat bildiriladi — bu aniq bo‘lishi kerak.
— Har ikki taraf bir-birining qarorini bolaga nisbatan
haddan ortiq tahlil qilmasin
. Bola buni o‘z foydasiga ishlatishni o‘rganadi.
Unutmang, bolaga har bir aytganingizdan ko'ra, ittifoq qilganingiz ta'sirliroq bo'ladi. Sizningcha, tarbiyada ota-ona nimalarga kelishib olishlari kerak? Fikrlaringizni izohlarda yozing.
Bola gapirishi nima uchun kechikadi?
Odatda bolalar ilk so‘zlarini 10–12 oyligida ayta boshlaydi. 1,5–2 yoshga kelib so‘z boyligi asta-sekin kengayadi va oddiy gaplar tuza boshlaydi. 3 yoshga borib esa bola ko‘p narsani gapira olish darajasiga yetadi.
Lekin har bir bola bir xil vaqtda gapirishni boshlamaydi. Ba’zi hollarda kechikish bo‘lishi mumkin. Bunga nimalar sabab bo‘ladi?
🔸
Eshitishdagi muammo.
Agar bola yaxshi eshitmasa, so‘zlarni ham to‘g‘ri o‘rgana olmaydi. Shuning uchun eshituvini tekshirish zarur.
🔸
O‘zaro muloqotning yetishmasligi.
Bola bilan ko‘p gaplashmaslik, suhbat qurmaslik ham nutq rivojini sekinlashtiradi. Farzandingizga so‘zlashish imkoniyatini ko‘proq bering.
🔸
Ko‘p ekran va kam jonli muloqot.
Telefon, televizor, planshet – bular ko‘rish va eshitishni oshiradi, lekin jonli gaplashishni o‘rgatmaydi.
🔸
Nevrologik omillar.
Ba’zi hollarda asab tizimining rivojlanishidagi farqlar nutq kechikishiga sabab bo‘lishi mumkin. Mutaxassis ko‘rigidan o‘tish foydali bo‘ladi.
🔸
Irsiyat va oila tarixi.
Ba’zan ota-onaning bolalikdagi kechikkan nutqi ham farzandda takrorlanishi mumkin.
Eng muhimi, xavotirga tushib, bolani doimiy urishish emas, balki unga yordam berish. Ko‘proq gaplashish, hikoya o‘qib berish, rasm chizib gapirib berish — bular bolaga so‘z boyligini ochishga yordam beradi.
Agar kechikish uzoqroq davom etsa, tezda mutaxassisga murojaat qiling. Erta tashxis va yordam foydali bo‘ladi.
#Parvarish
Nega bolani urmaslik kerak?
Zo‘ravonlik bolaning rivojlanishini sekinlashtiradi.
Yaqinlaridan zo‘ravonlik ko‘rgan bolalar ko‘pincha o‘z tengdoshlaridan bo‘y va vazn bo‘yicha orqada qoladi. Ular kamroq kuladi va maktabda o‘qishlari ham yomonlashadi.
Bunday bolalarda ixtiyorsiz harakatlar, to‘xtovsiz barmoq so‘rish, tirnoq tishlash, enurez (tunda siyib qo‘yish) kabi muammolar ko‘p uchraydi. Chunki zo‘ravonlik bolalar organizmi uchun eng kuchli stress manbayi hisoblanadi.
Bola atrof-muhitdan qo‘rqib yashaydi, uni o‘rganishga ishtiyoqi so‘nadi — axir har bir qadam kamsitish yoki jazoga olib kelishi mumkin.
Shuning uchun farzandingizni urish emas, tushunish, qo‘llab-quvvatlash va sabr bilan tarbiyalash — eng to‘g‘ri yo‘l.
GiyosiddinYusuf
http://t.me/uchdan_keyin_kech
O‘g‘il bolani haddan tashqari asrash — tarbiyadagi xato
Ko‘pchilik ota-onalar aynan yaxshi niyat bilan o‘g‘il farzandini haddan tashqari asrashadi. “Men unga g‘amxo‘rlik qilayapman”, “Faqat yaxshilikni istayman”, deyishadi. Ammo onaning “yaxshi” degani va bolaning haqiqiy ehtiyoji — bu ikki xil narsa.
Ona istaydi: o‘g‘li itoatli bo‘lsin, tinch yuraversin, doimo yonida bo‘lsin. Uni bolalar bilan velosipedda uchma, baland joydan sakrama, begonalarga qo'shilma deb ogohlantiraveradi. Chunki xavfsizlikni xohlaydi.
Lekin bola shunchaki himoyalanib emas, rivojlanib ulg‘ayishi kerak. U jismoniy va ruhiy o‘sishni atrof-muhit orqali, urilib-surinib, sinab ko‘rib, o‘rganib boradi.
Kabutar ortidan quvish — bu tabiatni tanish. Qumdan “ovqat” pishirish — bu kimyoviy o‘zgarishlarni his qilish. Tepalikka chiqish — jasorat, harakat va muvozanatni o‘rganish. Katta jasorat mana shunday kichik-kichik qadamlar bilan shakllanadi.
Farzandingizga nafaqat mehr, balki erkinlik ham bering. Unga nafas olish uchun joy qoldiring. Faqat nazorat qilib emas, ishonch bildirish orqali tarbiya qiling.
Chunki mustaqil va dadil yigit — sizning nazoratda saqlagan emas, ishonch bilan qo‘yib yuborgan farzandingizdan chiqadi.
#tarjima
#tarbiya
GiyosiddinYusuf
#puzzlle
#motorika
2+ yosh
Ushbu rasmlar chiqartirib olish uchun. Ko‘proq foydalanish uchun laminat qildirib oling yoki skochlang. Chiziqlar ustidan kesib, bolangizga bersangiz, rasmlarni tamomlashi kerak.
Bu jarayon unda
-Ko'z koordinatsiyasi muvofiqligini oshiradi.
- Mantiqiy fikrlashni kuchaytiradi
-Vizual xotirasini rivojlantiradi.
Qo‘l motorikasini rivojlantirish uchun kesishni o'ziga qoldirishingiz ham mumkin. Lekin undan keyin 1 soatlik tozalov tayyor turing
🙃
😅
Ayolning aqli va qalbi boʻm-boʻsh boʻlsa, unda na maktab madaniyati va na masjid ibodati boʻlmasa, undan kutilgan tarbiya qayerdan paydo boʻlardi?! Ayoli faqat taom hozirlash va rohat bagʻishlashgagina yaroqli jonzot boʻlgan jamiyat, aslo isloh boʻlmas jamiyatdir.
Shayx Muhammad Gʻazzoliy
📖
Farzandlaringizga ibodat, go‘zal xulqlarni o‘rgatayotgan bo‘lsangiz siz buyuk ishni amalga oshiryapsiz!
Siz bu bilan Allohning roziligini xohlasangiz katta ajr - savoblarga ega bo‘lasz!
Farzand tarbiyasidagi qiyinchiliklarni yengillashtiruvchi narsa - Ota- onalar Allohning huzurida buyuk mukofotlarni umid qilishi!
Vidyo internetdan olindi
http://t.me/uchdan_keyin_kech