Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

UCHQUDUQ XABARLARI

uchquduq_uchquduqliklar_24
UCHQUDUQ24 - Hududdagi eng tezkor yangiliklar va videolar yetkazib beruvchi birinchi raqamli kanalga xush kelibsiz! ⚡ Reklama xizmat: @ReklamaAgent_Info 📩 Xabar yuborish: @xabaryuborish_bot
Subscribers
1 077
24 hours
-22
30 days
-315
Post views
303
ER
28,13%
Posts (30d)
17
Characters in post
832
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
News
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
July 27, 16:33
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🛡
ZIRH BOT’da
yangi Anti-Spam himoyasi ishga tushdi!
So‘nggi vaqtlarda Telegram guruhlarida odamga o‘xshab yozadigan, reklama va firibgarlik havolalarini tarqatadigan spam akkauntlar soni ko‘paymoqda.
Shu sababli
ZIRH BOT
uchun yangi
Anti-Spam
himoya moduli ishlab chiqildi. U shubhali spam akkauntlarni aniqlab, guruhingizni himoya qilishga yordam beradi.
⚙️
Yoqish:
/antispam
⚠️
Eslatma:
Funksiya hozircha
BETA
bosqichida. Xatolik yoki takliflaringiz bo‘lsa,
@zirh_support
ga yozing.

Botni guruhga qo‘shish:
https://t.me/ZIRH_BOT?startgroup=true
🌐
WEBSAYT
|
🌐
TELEGRAM
|
🛡
ZIRH BOT
👉
Учқудуқ хабарларига аъзо бўлинг
👉
https://t.me/+eprr9h9GF
MNjZTZi

July 27, 10:57
Media unavailable
9
2
Show in Telegram

💜
💜
💜
💜
💜
💜
💜
YO‘LCHILAR OFYDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI JADAL DAVOM ETMOQDA

Ayni kunlarda Uchquduq tumani bo‘ylab “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida hududlarni obodonlashtirish va ozoda saqlashga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda.
🟠
Uchquduq tumani hokimi Uchqun Yelmuratovning “Yo‘lchilar” OFY hududidagi o‘rganishlaridan so‘ng belgilangan vazifalar ijrosi jadal sur’atlarda olib borilmoqda.
7⃣
Xususan, hududda ko‘cha va yo‘l bo‘ylari tozalanib, daraxtlar hamda yo‘l chetidagi ustunlarni oqlash, atrofni tartibga keltirish ishlari amalga oshirilmoqda.
🟢
Mazkur obodonlashtirish ishlari hududning ozoda va fayzli qiyofasini ta’minlash maqsadida davom ettirilmoqda.

July 26, 16:10
Media unavailable
6
2
Show in Telegram

💜
💜
💜
💜
💜
💜
💜
💜
💜
💜
💜
#Oʻzbekiston_boʻylab_sayohat_qil

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ Shimoliy kon boshqarmasiga qarashli 3-sonli Gidrometallurgiya zavodi ishchi-xodimlari uchun Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi.
🔸
Sayohat Imom al-Buxoriy majmuasini ziyorati bilan boshlanib, Registon maydoni, Amir Temur, Shoxi zinda maqbaralari, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi ziyoratiga ishtirokchilar tashrif buyurishdi.

Sayohat davomida sayohatchilar navqiron Samarqandning qadimiy tarixi va mustaqillik yillarida barpo etilgan bunyodkorlik majmualari to‘g‘risida katta taassurotlarga ega bo‘ldilar.

July 25, 15:42
Media unavailable
8
2
Show in Telegram

😠
🥳
🙁
😏
🥳
😠
😤
🥳
😏
🤬
😫
☹️
🔹
Учқудуқ тумани ҳокими Учқун Елмуратовнинг навбатдаги шахсий қабули Халқ қабулхонасида ўтказилди.
🔹
Қабул давомида 10 га яқин фуқаронинг мурожаати тингланди. Мурожаатларнинг аксарияти иш билан таъминлаш масаласига оид бўлса, 1 нафар фуқаро субсидия олишда амалий ёрдам сўради.
🔹
Мурожаатларни ўрганиш натижасида 1 нафар фуқарони мактабгача таълим ташкилотига, яна 1 нафар фуқарони “К-Tungsten” корхонасига ишга жойлаштириш бўйича тегишли чоралар белгиланди.
🔹
Шунингдек, субсидия масаласидаги мурожаат юзасидан Давлат хизматлари марказига тегишли топшириқ берилди.
🔺
Қабулда кўтарилган ҳар бир масала назоратга олиниб, мутасаддиларга уларни қонуний ва ижобий ҳал этиш юзасидан вазифалар белгиланди.

July 24, 18:02
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

🔠
🔠
🔠
🔠
🔠
🔠
🔠
🔠
🔠
🔠
🔠
🔠
🔠
🔠
🔠
🔠
🔠
🔠
🔠
🔠
🔠
YOSHLAR TASHABBUSLARI E’TIBOR MARKAZIDA
▶️
Uchquduq tumanidagi Yoshlar markazida yoshlarning g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning takliflarini tinglash maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
➡️
Unda Uchquduq tuman hokimi Uchqun Yelmuratov, tuman prokurori Maqsud Ortiqov, tuman DSI boshlig'i Anvar Usmanov, Raqamli texnologiyalar vazirligi vakili Habibulla Murodxujayev hamda "O‘zbekiston bolalar tashkiloti" Boshqaruv kengashi raisi Hasanboy Nabiyev ishtirok etdi.
▶️
Uchrashuvda yoshlar tomonidan ilgari surilgan istiqbolli loyihalar va tashabbuslar muhokama qilindi. Xususan, 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi, “Mirzo Ulug‘bek vorislari” startap loyihasi ishtirokchisi Marjona Safarova “Smart book” loyihasini taqdim etdi. Loyiha kitobxonlarga kerakli adabiyotni tez va qulay topish imkoniyatini yaratishga qaratilgan.
➡️
Shuningdek, Iftixor mahallasida istiqomat qiluvchi 2-sonli texnikum o‘quvchisi Nozima Otamirzayeva yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan “Eko teatr” tashabbusini ilgari surdi. Unda tabiat qo‘ynida qushlar ovozi va boshqa tabiiy tovushlardan foydalangan holda o‘ziga xos ekologik teatr muhitini yaratish ko‘zda tutilgan. Ushbu tashabbus asosida “Orzu” istirohat bog‘ida ekologik teatr tashkil etilganligi ham qayd etildi.
▶️
Uchrashuv davomida yoshlarning har bir taklif va tashabbusi tinglanib, ularni amaliyotga tatbiq etish hamda istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.

July 23, 16:20
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

🔹
Uchquduq tumanida “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli profilaktik tadbirlari doirasida tuman IIB xodimlari tomonidan yirik savdo do‘konlarida targ‘ibot uchrashuvlari o‘tkazildi.
🔹
Muloqotlar davomida fuqarolarga kiberjinoyat va firibgarliklarning oldini olish, shaxsiy hamda bank ma’lumotlarini begonalarga bermaslik, internet va ijtimoiy tarmoqlardagi shubhali takliflarga nisbatan hushyor bo‘lish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
🔹
Shuningdek, jamoat joylarida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, fuqarolarning huquqiy ongi va ogohligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar berildi. Profilaktik tadbirlar tuman bo‘ylab davom etmoqda.

July 22, 16:03
Media unavailable
6
2
Show in Telegram

🍏
🍏
🍏
🍏
🍏
🍏
🍏
САЙЁР ҚАБУЛДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ТИНГЛАНДИ
🔸
Аҳоли мурожаатлари билан ишлаш самарадорлигини ошириш, фуқароларни қийнаётган масалаларни жойида ҳал этиш ҳамда очиқ мулоқотни таъминлаш мақсадида Учқудуқ туманида сайёр қабуллар мунтазам ташкил этилмоқда.
🔻
Навбатдаги сайёр қабул Мажбурий ижро бюроси Навоий вилояти бошқармаси ходими К. Бегматов томонидан ўтказилди.
🔺
Сайёр қабулда жами 10 нафар фуқаро иштирок этиб, уларнинг 4 нафари алимент ундириш, 3 нафари қарз ундириш, 3 нафари эса автотранспорт воситаларига қўйилган тақиқни бекор қилиш масалалари юзасидан мурожаат қилди.
🔹
Мурожаатлар юзасидан фуқароларга ҳуқуқий тушунтиришлар берилди. Жойида ҳал этилиши мумкин бўлган масалалар ижобий ҳал қилиниб, қўшимча ўрганиш талаб этилган мурожаатлар ижросини таъминлаш бўйича тегишли чоралар белгиланди.

July 21, 16:25
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

💜
💜
💜
💜
💜
💜
💜
💜
💜
💜
💜
💜
САЙЁР ҚАБУЛДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ТИНГЛАНДИ
🔸
Аҳоли мурожаатлари билан ишлаш самарадорлигини ошириш, фуқароларни қийнаётган масалаларни жойида ҳал этиш ҳамда очиқ мулоқотни таъминлаш мақсадида Учқудуқ туманида сайёр қабуллар мунтазам ташкил этилмоқда.
🔻
Навбатдаги сайёр қабул Учқудуқ туман Мажбурий ижро бюроси бўлими бошлиғи Азизбек Жўраев томонидан “Дўстлик” маҳалласи фуқаролари учун ўтказилди.
🔺
Қабул давомида фуқароларнинг автотранспорт воситаларига қўйилган чекловларни бекор қилиш, алимент ундируви, ижро ҳужжатлари ижросини таъминлаш ҳамда ижро иши юритувига оид бошқа масалалар юзасидан мурожаатлари қабул қилиниб, атрофлича кўриб чиқилди.
🔹
Ҳар бир мурожаат юзасидан ҳуқуқий тушунтиришлар берилди, жойида ҳал этилиши мумкин бўлган масалалар ижобий ҳал этилди. Қўшимча ўрганиш талаб этилган мурожаатлар ижросини таъминлаш бўйича масъул ходимларга аниқ вазифалар белгилаб берилди ва назоратга олинди.

July 16, 18:15
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

#Payshanba_yoshlar_kuni
🍏
🍏
🍏
🍏
🍏
🍏
🍏
🔸
Учқудуқ туманида Ёшлар куни муносабати билан тарғибот тадбири ўтказилди
🔻
Бугун Учқудуқ тумани 3-сонли умумтаълим мактабида битирувчи синф ўқувчилари билан учрашув ташкил этилди.
🔸
Тадбирда Учқудуқ туман солиқ инспекцияси бошлиғи Анвар Усманов иштирок этиб, Ўзбекистон Республикаси Президентининг ПФ–95-сонли Фармонида белгиланган вазифалар ижросини таъминлаш, солиқ органлари учун малакали кадрлар тайёрлаш тизимини янада такомиллаштириш ҳамда иқтидорли ёшларни соҳага жалб этиш масалалари юзасидан суҳбатлашди.
🔺
Мазкур тарғибот тадбири ёшларнинг солиқ соҳасига қизиқишини ошириш, уларни муносиб касб танлашга йўналтириш ва келгусида соҳа учун рақобатбардош кадрлар захирасини шакллантиришда хизмат қилса ажаб эмас.

July 15, 17:14
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

💜
💜
💜
💜
💜
💜
💜
🔺
Uchquduq tuman tibbiyot birlashmasida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
🔻
Yig‘ilishda Uchquduq tuman tibbiyot birlashmasi rahbariyati, prokuratura huzuridagi departament vakillari, mutasaddilar hamda tibbiyot muassasalari xodimlari ishtirok etdi.
🔸
Tadbir davomida sog‘liqni saqlash tizimida korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarda shaffoflikni ta’minlash hamda mavjud korrupsion holatlar tahlili yuzasidan muhim masalalar muhokama qilindi.
🔺
Yig‘ilish yakunida mas’ul xodimlarga korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, ishonch telefonlari va tegishli targ‘ibot materiallarini joylashtirish, bepul tibbiy xizmatlar ro‘yxatini ko‘rinarli joylarga osib qo‘yish hamda belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash yuzasidan vazifalar yuklatildi.