
Umid Normuratov
“Onam bir umr farrosh bo‘lganlar. Bugun esa farzandi Prezidentning oldida turibdi…”
Prezident Shavkat Mirziyoyevning ijodkorlar bilan uchrashuvida “Zo‘r TV” prodyuseri Dilshod Mirzamurodov onasining quvonchini samimiy so‘zlab berdi.
“Bugun oldingizga kelishimni onamga aytgan edim. Avvaliga ishonmadilar. Ular bir umr farrosh bo‘lganlar. Bugun esa farzandi Prezidentning oldida turibdi. Xursandchilikdan yig‘ladilar. Qo‘shilib men ham yig‘ladim”, — dedi u.
Dilshod Mirzamurodov telekanaldagi ilk maoshi 16 million so‘m bo‘lganini, hozir esa oyiga 100 million so‘mdan ortiq maosh olayotganini aytdi. Shuningdek, propiska bilan bog‘liq cheklovlar bekor qilingach, uyli bo‘lganini ta’kidlab, onasining duolari va minnatdorligini yetkazdi.
Davlatimiz rahbari uning onasiga alohida rahmat aytdi:
“Onaning mehri, onaning duosi, onaning ehtiromi, hurmati juda katta kuch va qudrat”.
Kino sohasidagi kelgusi rejalar davlatimiz rahbariga taqdimot qilindi.
@umidnormuratov
San'at Devonov - Maftun bo'ldim
(Maftuningman filmidan)
@umidnormuratov
22 yoshli rejissyor Prezidentdan medal oldi
Prezidentimiz va kino sohasi vakillari bilan uchrashuvda yosh rejissyor Munisa Magametibragimova
so'zga chiqdi. U VGIKga 300 balldan 300 ball to'plab, davlat granti asosida o'qishga kirgan, qisqa metrajli filmlari xalqaro maydonda e'tirof etilgan. Hozir o'qish bilan birga Bolalar kontentini rivojlantirish markazida ishlaydi.
«O'qishga topshirganimda eng ko'p eshitgan gapim: rejissyorlik erkaklar kasbi, ayollar uchun emas, degan so'zlar bo'lgan. Siz bu stereotiplarni sindirdingiz, hurmatli Prezident.
Bugun biz, yoshlar, jumladan qizlar ham o'z yurtimizda ta'lim olib, munosib hayot qurishimiz mumkin», — dedi Munisa.
U ayol rejissyorlar nomidan subsidiyalarda ular tomonidan ishlab chiqariladigan kino loyihalari uchun maxsus kvota belgilashni taklif qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev:
«Agar iqtisodiyot bilan birga ilmimizni, bilimimizni rivojlantirmasak, orqada qolamiz. Bugun oliy ta'limda o'qiyotganlarning 60 foizga yaqini — qizlar. Dissertatsiya himoya qilganlarning 75 foizi — ayollar va qizlar. Birinchi kundan aytib kelaman: bitta oilada o'qimishli qiz bo'lsa, oiladagi vaziyat o'zgaradi. U tarbiyalagan farzandlar esa millatni o'zgartiradi.
Agar rozi bo'lsangiz, bugun ishxonaga borib, Munisa qizimni «Kelajak bunyodkori» medali bilan taqdirlash to'g'risidagi hujjatga qo'l qo'yaman
».
@umidnormuratov
Prezident Shavkat Mirziyoyev «Renessans» kino uyida kinematografiya sohasi
xodimlari bilan uchrashuvda:
«Yoshligimda qishlog'imizda bitta kinoteatr bo'lardi. Lekin hamma sig'masdi, daraxtga chiqib kino ko'rardik. Film boshlangach, chiroq o'n besh marta o'chardi, bir soatlik kinoni besh soatda ko'rardik. Buni o'zimiz boshimizdan o'tkazganmiz.
"Mahallada duv-duv gap", "O'tgan kunlar", "Shum bola", "Chinor ostidagi duel", "Suyunchi" kabi filmlarni yodga olaylik. Ulardagi bir lavha, bir og'iz so'z yoki tanish kuyning o'zi bolaligimizni, bobo-buvilarimizni, qadrdon mahallamizni ko'z oldimizda gavdalantiradi.
Men bugun lavozimimdan qat'i nazar, xalqdan ajralmagan, qishloqda o'sgan odamman. Maktabimni ham, o'sha kinozalimizni ham, daraxtda o'tirganimizni ham, stadion bo'lmagani uchun qorong'ida oyog'imiz qonab futbol o'ynaganimizni ham hech qachon unutmayman.
Milliy san'at asarlarini yarata olganlar tahsinga sazovor. «O'zbekfilm» yaratgan bu maktabni ijodkorlarimiz mustaqillik yillarida ham munosib davom ettirib, "Abdullajon", "Otamdan qolgan dalalar", "Dilxiroj", "Vatan", "O'tov" singari xalqimizga manzur filmlarni yaratdi.
Ammo shunday ulug' tarixga ega kinostudiyaning bundan o'n yil oldingi ahvolini kim eslaydi? "O'zbekfilm sovunlari", "O'zbekfilm shpaklyovkalari", "O'zbekfilm kraskalari" degan iboralar yodingizdan chiqmagan bo'lsa kerak. Bu ham bir armon edi. Shu bois islohotlarimizning ilk kunlaridanoq «O'zbekfilm»ning qaddini tiklash, ijodkorlar uchun munosib sharoit yaratishga alohida e'tibor qaratdik».
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev "Renessans" kino uyiga tashrif buyurib, kinematografiya sohasi xodimlari bilan uchrashadi hamda sohada amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusi rejalarni muhokama qiladi.
—
Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит дом кино «Renessans», где встретится с работниками кинематографии и обсудит с ними проводимую в сфере работу и дальнейшие планы.
Facebook
|
Instagram
|
X
Aholiga qulaylik yaratish maqsadida Shahrisabz shahar hokimligining rasmiy veb-sayti to‘liq ishga tushirildi!
Avvalroq kuzatilgan barcha texnik kamchiliklar to‘liq bartaraf etildi. Endilikda fuqarolar va tadbirkorlar shahar hokimligi faoliyatiga doir eng so‘nggi yangiliklar, rasmiy ma’lumotlar hamda xizmatlar bilan platforma orqali muloqot qilishlari mumkin.
Rasmiy veb-sayt manzili:
gov.uz/oz/shakhrisabzgov
Murojaat va takliflaringizni sayt orqali onlayn yuborishingiz mumkin.
Shahrisabz shahar hokimligi
Matbuot xizmati
🇺🇿
Bugun ichki ishlar organlari xodimlari kuni !
Barcha ichki ishlar organlari xodimlarini kasb bayrami bilan chin qalbdan tabriklayman !
Xalq xizmatidan charchamang! Bayramingiz muborak !
@umidnormuratov
Nihoyat, munosib e’tirof! Gulchehra Jamilova “Oltin Globus” sohibasi bo‘ldi!
Haqiqiy egasini topibdi! Muborak bo‘lsin!
@umidnormuratov
📔
Axborot xizmatlari uchun amaliy qo‘llanma: zamonaviy media talablariga mos ishlash uchun muhim tavsiyalar bir joyda!
Davlat organlari va tashkilotlar axborot xizmatlari faoliyatini takomillashtirish, zamonaviy media talablariga muvofiq ishlash hamda mutaxassislarning bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirish maqsadida OAV uchun kontent tayyorlash markazi tomonidan uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqildi.
📌
Qo‘llanmalarda quyidagi yo‘nalishlar qamrab olingan:
➡️
Davlat organlari va OAV hamda bloger o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishning huquqiy asoslari
➡️
Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan matbuot anjumanlarini tayyorlash va o‘tkazish bo‘yicha uslubiy yo‘riqnoma
➡️
Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan brifinglarni tayyorlash va o‘tkazish bo‘yicha uslubiy yo‘riqnoma
➡️
Davlat idoralarining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarini verifikatsiya qilish bo‘yicha yo‘riqnoma
➡️
Axborot xizmati rahbarlarining Telegram’da ish akkauntini rasmiylashtirishi
📃
Qo‘llanmalar ixcham va qulay shaklda tayyorlangan bo‘lib, axborot xizmatlari xodimlariga kundalik ish jarayonida zarur tavsiyalardan foydalanish, media bilan ishlash va rasmiy kommunikatsiyani to‘g‘ri tashkil etishda yordam beradi.
➡️
Qo‘llanmalarni ko‘rish va yuklab olish:
https://kontentm.uz/methodological-guides
❗️
Axborot xizmatlari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan boshqa uslubiy qo‘llanmalar ham bosqichma-bosqich taqdim etib boriladi.