Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

UrDPI Aniq va tabiiy fanlar fakulteti/Rasmiy

urdpianiqfanlar
🏛 /UrDPI Aniq va tabiiy fanlar fakulteti
Subscribers
1 000
24 hours
-20
30 days
-30
Post views
162
ER
16,2%
Posts (30d)
196
Characters in post
722
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation Student Life
Audience gender
Female
Audience age
18-24
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
June 12, 11:09
Media unavailable
5
Show in Telegram

Urganch davlat pedagogika institutida talaba-yoshlar salomatligini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda profilaktik ishlar samaradorligini oshirish maqsadida “Mahalla – oilaviy poliklinika – ta’lim muassasasi” tamoyili asosida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatini institut hamshirasi
X. Vaisova
olib bordi. Tadbir davomida talabalarga shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, kasalliklarning oldini olish, sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollikni oshirish hamda zararli odatlardan yiroq bo‘lishning ahamiyati haqida tushunchalar berildi.
Shuningdek, talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.

June 12, 11:07
Media unavailable
5
Show in Telegram

🔰
Urganch davlat pedagogika institutida institut profilaktik inspektori S.Qadamboyeva, institut psixologi M.Sa'dullayeva va instiyut hamshirasi X.Vaisovalar tomonidan “Birga hayotni saqlaymiz” donorlik aksiyasi tashkil etildi.
Tadbir davomida donorlikning jamiyatdagi ijtimoiy ahamiyati, inson hayotini saqlashdagi o‘rni hamda yoshlar o‘rtasida insonparvarlik va fuqarolik mas’uliyatini shakllantirishdagi ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdi.
Talabalar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etdilar va mutaxassislar tomonidan ularga atroflicha javoblar berildi.
Yakunida donorlik madaniyatini rivojlantirish va “Birga hayotni saqlaymiz” aksiyasida faol ishtirok etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

June 12, 10:28
Media unavailable
7
Show in Telegram

#Bolalar_va_yoshlar_huquqlari
Urganch davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakultetida “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Urganch tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i Fahriddin Abdullayevich Jabbarov hamda Urganch tuman FHDY bo‘limi mudiri Adolat Bayjanova ishtirok etdilar.
Davra suhbati davomida bolalar va yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning ta’lim olish, sog‘lom va xavfsiz muhitda yashash huquqlari, shuningdek, voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi.
Mutaxassislar tomonidan mamlakatimizda yoshlar huquqlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, amaldagi qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati hamda yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishning ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.

June 12, 10:28
Media unavailable
5
Show in Telegram

#Xalqaro_donorlar_kuni
Urganch davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti talabalari, fakultet Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi I. Pazilova hamda fakultet tyutorlari 14-iyun — Xalqaro donorlar kuni munosabati bilan "Birga hayotni saqlaymiz" shiori ostida Xorazm viloyati Qon quyish markaziga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida talabalar markaz faoliyati, qon donorligining ahamiyati hamda inson hayotini saqlab qolishdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Tadbirda faxriy donor Umid Allaberganov hamda markaz bosh hamshirasi Inobat Durdiyeva ishtirok etib, donorlikning insonparvarlik mohiyati, uning jamiyatdagi ahamiyati va donor bo‘lish tartiblari haqida qiziqarli suhbat olib bordilar.
Uchrashuv davomida yoshlar orasida beg‘araz donorlik harakatini keng targ‘ib etish, inson salomatligi va hayotini asrashga hissa qo‘shish g‘oyalari ilgari surildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javob oldilar.

June 12, 08:02
Media unavailable
3
Show in Telegram

Urganch davlat pedagogika instituti talaba-yoshlari o‘rtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, huquqbuzarlik hamda turli salbiy holatlarning oldini olish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.

June 12, 07:34
Media unavailable
6
Show in Telegram

Bugun Urganch davlat pedagogika institutida instut prafilaktik inspektori S.Qadamboyeva va instut psixologi M.Sa'dullayeva tomonidan professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar hamda talaba-yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, ularni turli huquqbuzarlik va jinoyiy harakatlardan asrash maqsadida profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida huquqni muhofaza qilish organlari va soha mutaxassislari ishtirokida:

Huquqiy bilim va tushunchalar mustahkamlandi

Huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berildi

Yoshlar orasida qonunlarga hurmat va mas’uliyat hissini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi

Xavfsiz va sog‘lom muhitni shakllantirish bo‘yicha fikr almashildi
Huquqiy madaniyatni yuksaltirish – har bir fuqaroning mas’uliyati va jamiyat taraqqiyotining muhim omilidir.
⚖️
Huquqiy ong – xavfsiz va barqaror jamiyat poydevori!

June 12, 05:57
Media unavailable
1
Show in Telegram

💙
💙
💙
😄
Yoshlar Front Ofisiga qabul yana boshlandi!
😀
Giyohvandlikka qarshi kurashishda faol bo‘lishni istagan yoshlar uchun ajoyib imkoniyat!
🟢
Ijtimoiy loyihalarda ishtirok etish
🟢
Sertifikat va tavsiyanomalar olish
🟢
Yangi tajriba va ko‘nikmalarni egallash
🟢
Faol volontyorlar uchun rag‘batlantirish
📝
Ro‘yxatdan o‘tish 30-iyungacha davom etadi.
Safimizga qo‘shiling va jamiyat uchun foydali tashabbuslarda ishtirok eting!
📲
Ariza yuborish uchun postdagi QR-kodni skaner qiling yoki
📲
Telegram bot orqali ro‘yxatdan o‘ting
:
@FrontOfisBot
@yoshlarxorazm

June 11, 13:10
Media unavailable
1
Show in Telegram

📌
Bu yil ham magistraturada o‘qiydigan xotin-qizlarning kontrakt pullari to‘lab beriladi
🔰
Kvota to‘g‘risidagi prezident farmoyishida kontrakt asosida magistraturaga kiradigan talaba xotin-qizlarning kontrakt pullarini to‘lab berish qayd
etilgan.
Kontrakt pullari hech qanday
qaytarish shartlarisiz
to‘lab beriladi.
Buning uchun:
➡️
Magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlar har yili
15-sentyabrgacha
o‘zlari o‘qiyotgan OTM rektori nomiga ariza bilan murojaat
qilishadi.
Bu sanadan kech qolganlarning kontrakti to‘lanmaydi. Talabgorlarning arizalari yig‘ilib OTM tegishli bo‘lgan vazirlikka yuboriladi.
➡️
15-oktyabrgacha
OTMlarning rektorlari talabgorlarning kontrakt pullarini
to‘lab
berish to‘g‘risida buyruq qabul qiladi.
🖊
Ma'lumot uchun: magistratura uchun chet tili sertifikati majburiy hisoblanadi.
✈️
Obuna bo’ling
➡️
@OTM_Minbari

June 11, 12:44
Media unavailable
1
Show in Telegram

Milliy qadriyatlar — yot g‘oyalarga qarshi”
2026-yil 11-iyun kuni Urganch davlat pedagogika institutida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i G‘. Atajanov ishtirokida ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida: — milliy qadriyatlarga hurmatni oshirish
— yoshlarni yot g‘oyalardan himoya qilish
— mustaqil fikrlashni shakllantirish masalalari muhokama qilindi
Talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Ushbu tadbir yoshlar ongida:

milliy o‘zlikni anglash;

ma’naviy immunitetni mustahkamlash;

vatanparvarlik ruhini yuksaltirishga xizmat qildi.

June 11, 10:25
Media unavailable
5
Show in Telegram

🔬
#Ma
’mun_akademiyasiga_tashrif
Urganch davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Kimyo ta’lim yo‘nalishi 241-guruh talabalari malakaviy amaliyot dasturi doirasida Ma'mun akademiyasiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida talabalar akademiyaning ilmiy faoliyati, zamonaviy laboratoriyalari hamda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari bilan yaqindan tanishdilar. Mutaxassislar tomonidan laboratoriyalarda amalga oshirilayotgan tajribalar va tadqiqot jarayonlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Mazkur amaliyot talabalarning nazariy bilimlarini amaliy tajribalar bilan boyitish, ilmiy izlanishlarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish hamda kelgusidagi kasbiy faoliyatlari uchun zarur ko‘nikmalarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.