Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Ta'lim yangiliklari | Urganch

urdu_yoshlar
Xorazm viloyatidagi eng yirik, eng ishonchli va eng tezkor ta'lim yangiliklari kanali! Reklama: @Ilhom_Babajanov
Subscribers
3 933
24 hours
-5
30 days
23
Post views
1 614
ER
41,04%
Posts (30d)
19
Characters in post
640
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Other
Audience gender
Mixed audience
Audience age
-
Audience financial status
Mixed
Audience professions
Others
Summary
-
September 12, 16:39
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🚀
National AI Hackathon – Xorazm viloyati bosqichi uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!
17–20-sentabr kunlari
National AI Hackathon
ning navbatdagi bosqichi Xorazm viloyatida bo‘lib o‘tadi!
Agar sizda sun’iy intellekt yordamida real muammolarga yechim topish g‘oyasi bo‘lsa — uni amalga oshirish uchun ayni vaqt!
🗣️
Xorazm viloyati bosqichi treklari:
- Farmatsevtika va sog’liqni saqlash
- Ta’lim
- Tadbirkorlik
Maxsus nominatsiyalar:
- Eng qiziqarli taqdimot
- Eng dolzarb ijtimoiy loyiha
Bu shunchaki hackathon emas —
yangi bilim, tajriba va kelajakdagi imkoniyatlar sari qadam!

Kimlar ishtirok etishi mumkin?
• 16 yoshdan katta bo‘lgan yoshlar;
• Pasport yoki ID-kartaga ega bo‘lganlar;
• Xorazm viloyatida istiqomat qiluvchilar;
• Har bir ishtirokchi alohida ro‘yxatdan o‘tishi shart;
• Faqat tasdiqlangan arizaga ega nomzodlar qatnashadi;
• Avval Umummilliy AI Hackathonning boshqa viloyat bosqichida ishtirok etgan nomzodlar ushbu bosqichda qatnasha olmaydi.
🔗
Ro‘yxatdan o‘tish ochiq:
eventflow.uz

September 11, 04:04

⚡️
Talabalar stipendiyasi 7 foizga oshib 609 548 so'm etib belgilandi.
👉
@OTM_XORAZM

September 01, 10:56

⚡️
Mahalliy hokimliklar tomonidan talaba xotin-qizlarning kontrakti to‘lab beriladi
🔰
“Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qaroriga ko‘ra, har yili har bir viloyatdan jami
150 nafar xotin-qizning
kontrakti
to‘lab beriladi
.
Har yili har bir viloyatdan 150 nafar talaba qizning o‘qishi uchun davlat hokimliklari tomonidan kontrakt puli to‘lab beriladi. Ularning
40 tasi 1-kurs, 100 tasi 2 va undan yuqori kurs bo‘lishi kerak.
✔️
Ushbu imtiyozdan quyidagi toifadagi xotin-qizlar foydalanishi mumkin:
– Kam ta’minlangan oilalarning qizlari (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” bo‘yicha);
– yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba qizlar
– voyaga yetmagan farzandlarini yolg‘iz tarbiyalayotgan, boquvchisini yo‘qotgan (beva) ayollar qizlari.
❗️
Eslatma: ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha o‘qiyotgan va O‘zbekistondagi xorijiy yoki xususiy oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan qizlarga kontrakt toʻlab berilmaydi.
@urdu_yoshlar

September 01, 09:22

⚡️
Magistratura natijalari ertaga tunda 3-sentabr kuniga o‘tar kechasi e'lon qilinishi kutilmoqda.
👉
@OTM_XORAZM

August 29, 07:11

Неча кун дам олинади?
1 сентябрь — Мустақиллик байрами муносабати билан ҳафтада 5 кун ишлайдиганлар кетма-кет
4 кун
, 6 кунликлар эса
3 кун
дам олади. Боиси, 31 август, душанба куни қўшимча дам олиш куни этиб белгиланган.
Президентнинг 2025 йил 24 декабрдаги фармонига кўра, дам олиш кунлари қуйидагича:


29 август, шанба
— 5 кунликларга дам, 6 кунликларга иш;


30 август, якшанба
— барча учун одатий дам олиш куни;


31 август, душанба
— барча учун қўшимча дам олиш куни;


1 сентябрь, сешанба
— Мустақиллик байрами.
@urdu_yoshlar

August 22, 06:08

⚡️
Vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi
Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida ishtirok etib,
belgilangan minimal 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga
, shu jumladan, ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida oliy ta’lim tashkiloti va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlamagan abituriyentlarga
vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish imkoniyati yaratildi.
2026/2027-o‘quv yilida jami
80 ta oliy ta’lim muassasasida 31 808 ta vakant o‘rin
mavjud bo‘lib, mazkur vakant o‘rinlarni to‘ldirish maqsadida abituriyentlar o‘rtasida qo‘shimcha tanlov o‘tkaziladi.
2026-yil 22-avgustdan 28-avgustga qadar
(shu kuni ham) Agentlikning
my.uzbmb.uz
rasmiy platformasi orqali mazkur toifadagi abituriyentlar qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Abituriyentlarga fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bo‘lgan,
vakant o‘rinlar mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini
tanlash
huquqi beriladi.
Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar vakant o‘rinlarga
to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda
, bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya qilinadi.
Tanlov yakunlari bo‘yicha Agentlik tomonidan tegishli
tanlov qaydnomalari shakllantirilib, oliy ta’lim tashkilotlariga taqdim etiladi
.
@urdu_yoshlar

August 20, 10:10
Media unavailable
2
Show in Telegram


Talabalar turar joyiga joylashish uchun onlayn ariza qanday yuboriladi?
Ariza topshirish tartibi:
⬇️

️my.gov.uz
portal orqali
ariza yuborish
✅️
Yotoqxonaga navbatni
tekshirish
👉
@OTM_XORAZM

August 20, 06:50
Media unavailable
1
Show in Telegram

August 20, 06:10

⚡️
Oliy ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va texnikumlarda yangi o‘quv yili boshlanish sanasi belgilandi
2026/2027-o‘quv yilida
akademik litsey va texnikumlar
da o‘quv jarayonlari
2-sentyabrdan
boshlanadi.
Oliy ta’lim tashkilotlarida esa:

1-bosqich talabalari uchun — 7-sentyabrdan;

2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 14-sentyabrdan
o‘quv jarayonlari tashkil etiladi.
@urdu_yoshlar

August 19, 04:43

Talaba bo'lganlar OTMga qanday hujjatlar berishi kerak?
1. Rektor nomiga ariza;
2. Pasport nusxasi (asli ko‘rsatilgan holda);
3. Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi;
4. Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat asli; (agar bo‘lsa)
5. 3,5x4,5 foto 12 ta;
6. Hujjatlar yig‘ma jildi (papka skorosshivatel);
7. Konvert A5 formatida;
8. Talabalar turar joyi (sharoiti og‘ir va kam ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjati bor talabalar uchun) ariza (kerak bo‘lsa)
9. Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun (imtiyoz beruvchi hujjatning asli, agar bo‘lsa).
📌
Tavsiya: Qaysi OTMga qabul qilingan bo‘lsangiz, o‘sha OTMga ushbu hujjatlarni topshirishingiz so‘raladi. Iloji bo‘lsa, talabasi bo‘lgan OTMingizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!
✔️
Barcha talaba bo'lganlarni xabardor qiling.
👉
@OTM_XORAZM