Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

URGANCH SHAHAR HOKIMLIGI (rasmiy kanali)

urganchshahar_uz
Urganch shahar hokimligi Axborot xizmati Veb-sayt: www.urganchshahar.uz Facebook: www.fb.com/urganchshaharuz Instagram: www.Instagram.com/urganchshaharuz
Subscribers
2 610
24 hours
-10
30 days
-550
Post views
175
ER
7,59%
Posts (30d)
265
Characters in post
812
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Politics
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
March 14, 09:31
Media unavailable
1
Show in Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida
aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi darajaga ko‘tarish va jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish masalalari
muhokamasiga bag‘ishlangan
videoselektor yig‘ilishida
belgilangan asosiy vazifalar.
Batafsil — yuqoridagi
#infografikada
Facebook
|
Instagram
|
X

March 13, 16:11
Media unavailable
6
Show in Telegram

13–14 mart kunlari “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida Urganch shahrida umummilliy hashar ishlari faol davom etmoqda.
Mazkur hasharda shahar hududidagi mahalla fuqarolari, tashkilot va muassasalar xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etib, hududlarni obodonlashtirish, ko‘chalar, xiyobonlar va jamoat joylarini tozalash, daraxtlarga ishlov berish kabi ishlarni amalga oshirmoqdalar.
Natijada shahar hududlarining yanada obod va ko‘rkam bo‘lishiga munosib hissa qo‘shilmoqda.
Urganch shahar hokimligi axborot xizmati

March 13, 16:04
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Sayyor_qabul
🟢
Xorazm viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining jismoniy va yuridik shaxslar bilan “Sayyor qabuli” tashkil etilmoqda.
🗓
Vaqti:
2026-yil 14-mart kuni soat 15:00
📍
Manzil:
Urganch shahar, Navbahor MFY, Istiqlol ko‘chasi, 18-uy
(Urganch shahar 5-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi)
🔵
Bog‘lanish uchun:
(62) 228-11-51;  228-11-70
📌
Lokatsiya
https://maps.app.goo.gl/R6uAEorsXux1Ak3b8
Boshqarmaning rasmiy sahifalariga
ulanish

Telegram
📹
Youtube

Facebook
🌐
Instagram

March 13, 16:01
Media unavailable
4
Show in Telegram


Ayni kunlarda mamlakatimiz Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarning muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan milliy armiyamiz saflariga navbatdagi chaqiruv amalga oshirilmoqda.

Bugun Urganch shahridagi Jaloliddin Manguberdi haykali oldida chaqiriluvchilarni muddatli harbiy xizmatga kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat hokimi Jo‘rabek Raximov ishtirok etib, bo‘lg‘usi askarlarga Vatan himoyasi yo‘lidagi sharafli xizmatlarida omad tiladi.
Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati
Xorazm.uz
| Facebook
|
Telegram
|
Instagram|
Youtube

March 13, 16:00
Media unavailable
1
Show in Telegram

YURT OBODLIGI, AVVALO, MAHALLADAN BOSHLANADI!
13.03.2026

March 13, 12:03
Media unavailable
1
Show in Telegram

Prezidentimiz bugun
ijtimoiy-sotsiologik tadqiqot natijalari
davlat siyosati va islohotlarining asosiy yo‘nalishlarini belgilab berishi kerakligini
ta’kidladi. Shu bois,
sotsiologiya fan sifatida qayta tiklandi, oliygohlarda sotsiologlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.
Mazkur ishlarning mantiqiy davomi sifatida
ijtimoiy-sotsiologik tadqiqotlar ko‘lami va sifati oshiriladi
.
Endilikda bir martalik so‘rovlar emas, balki
qayerda ishonch ortayotgani, qayerda zaiflashgani, qaysi qarorlar adolatli, qaysilari odamlarga manfaat keltirmayotgani bo‘yicha doimiy ravishda monitoring va tahlillar
o‘tkaziladi.
Prezident Administratsiyasi
Kommunikatsiyalar departamenti
hamda
Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutiga hudud va tarmoqlar rahbarlari reytingi metodologiyasini
ishlab chiqib, tahlillar asosida
reytingni shakllantirish
va
muntazam ravishda Prezidentga kiritib borish
topshirildi.
Ijro intizomi masalalari
ham ko‘rib chiqildi. Berilgan
har bir topshiriqning real ijro holati bo‘yicha kundalik nazorat
o‘rnatish,
mas’uliyatni his qilmagan, sustkashlikka yo‘l qo‘ygan rahbarlar bo‘yicha tanqidiy, ochiq va xolis axborot kiritib borish
vazifasi qo‘yildi.
Yig‘ilishda mutasaddilarning hisobotlari tinglandi.
Facebook
|
Instagram
|
X

March 13, 10:45
Media unavailable
1
Show in Telegram

Qarshi shahridagi
murojaatlarning 146 tasi oylik maoshlar kechikayotgani bilan bog‘liq.
Hokimning birinchi o‘rinbosari
oylik to‘lamayotgan tashkilotlarning moliyaviy ahvolini tahlil qilib, xomashyo, aylanma mablag‘, infratuzilma, bozor topish bilan bog‘liq masalalarini
hokimning investitsiya bo‘yicha o‘rinbosari va banklar bilan hal qilib beradi.
Oylikni asossiz bermayotgan korxonalardan esa o‘rnatilgan tartibda majburiy undiriladi.
Qarshi shahrida bugungi kunda
35 ming xonadonli 930 ta ko‘p qavatli uy
bor. Ularga
40 ta boshqaruv servis kompaniyasi
xizmat ko‘rsatmoqda. Ularning faoliyatidan
norozilik bildirilgan 111 ta shikoyat
kelib tushgan.
Hokimning qurilish bo‘yicha o‘rinbosari
eng ko‘p murojaat tushgan
Cho‘lquvar, Nuriston, Oydin mahallasiga
borib,
aholi va boshqaruv kompaniyalari bilan uchrashishi
belgilandi. Bunda boshqaruv kompaniyalari puldan qiynalayotgan bo‘lsa, ularga
aylanma mablag‘
topib beradi.
Elektr, yo‘l, suv yoki kanalizatsiya bilan bog‘liq muammolar
bo‘lsa, ushbu masalani Islohotlar shtabiga berib,
investitsiya dasturiga qo‘shimcha kiritadi,
Majburiy ijro byurosi bilan
boshqaruv kompaniyalarining debitor qarzdorligini undirishga ko‘maklashadi.
Facebook
|
Instagram
|
X

March 13, 10:45
Media unavailable
1
Show in Telegram

Murojaatlar bilan ishlashda
“mahalla yettiligi”ning mas’uliyati oshiriladi.
Prezident Virtual qabulxonasida har bir mahalla uchun alohida kabinet
ochiladi. Uni yuritishga
yoshlar yetakchisi bilan mahalla raisi
mas’ul bo‘ladi. Ular kelayotgan murojaatlarning sabablarini o‘rganib, kunlik ma’lumotlarni hokimlarga taqdim qilib boradi.
Mutasaddilarga
“Raqamli mahalla” tizimini Prezident Virtual qabulxonasiga to‘liq integratsiya qilish
topshirildi.
Bundan buyon
murojaatlarni asossiz ravishda quyi tizimlarga ko‘rib chiqish uchun yuborgan tashkilot rahbarlariga keskin chora ko‘rilishi
belgilandi.
Murojaatlar to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun jazo ham kuchaytiriladi.
Facebook
|
Instagram
|
X

March 13, 10:45
Media unavailable
1
Show in Telegram

Qarshi shahridan Xalq qabulxonasiga
nafaqa bo‘yicha 877 ta murojaat
kelib tushgan.
Mazkur masalada murojaat qilgan
ayollarning muammosini faqat nafaqa to‘lash nuqtayi nazaridan emas, balki boshqa qiyinchiliklari bilan birgalikda kompleks ravishda ko‘rib chiqish zarurligi
qayd etildi.
Shahar hokimining ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari
maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bilan
309 nafar ayolning farzandini bog‘chaga joylashtiradi.
Hokim yordamchilari va xotin-qizlar faollari bilan
82 nafar ishsiz ayolni kasbga o‘qitib, mahallaning o‘zida ishlashiga sharoit qilib beradi.
159 nafar yolg‘iz onalarning 90 nafariga tadbirkorlikni boshlash uchun, yana 69 nafariga esa faoliyatini kengaytirish uchun imtiyozli kredit
olishga ko‘maklashiladi. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi bilan
34 nafar nogironligi bor odamga ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.
Qarshi shahri hokimiga
har bir ariza va shikoyatni
mana shunday tahlil qilib, mas’ullariga taqsimlab, birinchi yarim yillikda shaharni murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha namunali hududga aylantirish
topshirildi. Bu jarayonda unga
viloyat hokimi, uning o‘rinbosarlari, viloyatdagi tashkilotlar rahbarlari yaqindan ko‘maklashishi
belgilandi.
Umuman,
barcha hududlar va 208 ta tuman-shahar hokimlariga
Qarshi shahri misolida
aytilgan tizimni samarali yo‘lga qo‘yib, odamlarning og‘irini yengil qilish
vazifasi qo‘yildi. Ular bu boradagi
ish rejasini har oy mahalliy Xalq deputatlari kengashlarida tasdiqlatib, aholiga murojaat qiladi.
Xuddi shunday
barcha vazirlar ham o‘z sohasida bo‘layotgan e’tirozlarni kamaytirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlab
, brifing o‘tkazadi
va
rejalarini odamlarga yetkazadi.
Facebook
|
Instagram
|
X

March 13, 10:45
Media unavailable
1
Show in Telegram

Uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha
Qarshi aholisidan
124 ta murojaat
kelib tushgan.
Qarshi shahrida bu yil
3 ming 700 ta xonadonli ko‘p qavatli uylar qurilishi
reja qilingan.
Hokim o‘rinbosarlari
shahardagi banklar va developerlar bilan birgalikda
uy-joy bo‘yicha murojaat qilganlar bilan birma-bir uchrashadi.
Ularga
yangi qurilayotgan uy-joylarni taklif etadi, kredit, subsidiya bo‘yicha masalalarini tezkorlik bilan hal qilib beradi.
Shahardagi davlat idoralarida
1,5 mingdan ziyod xodim
ishlayapti. Ularning faoliyati bo‘yicha
794 ta shikoyat
kelib tushgan. Masalan
, ichki ishlar xodimlarining muomalasi va tergov sifati yuzasidan 281 ta ariza
yo‘llangan.
Viloyat ichki ishlar boshlig‘ining kadr va jamoat xavfsizligi bo‘yicha o‘rinbosarlari
haftaning bir kunini
yosh tergovchilar, profilaktika inspektori, yo‘l va post-patrul xodimlarini o‘qitish, muomala madaniyatini o‘rgatishga
bag‘ishlaydi.
Xodimlariga nisbatan e’tirozlar ko‘p bo‘lgan
Majburiy ijro byurosi, soliq, elektr, suv va gaz, tibbiyot va ta’lim idoralarining rahbarlari
ham o‘z ishini xuddi shu yo‘sinda tashkil qilishi zarurligi qayd etildi.
Facebook
|
Instagram
|
X