
USAT SIRTQI
#Tadbir_video
Eng ezgu g‘oyamiz: “Jaholatga qarshi — ma’rifat" hamda "Jadidlarning ma’naviy merosi: Ma’rifat va taraqqiyot yo‘lida"
Toshkent shahar Ma’rifiy targ‘ibot markazi hamda Fan va Texnologiyalar universiteti hamkorligida
talabalar ishtirokida
“Jaholatga qarshi ma’rifat”
shiori ostida ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.Tadbirda
Toshkent shahar
Ma’rifiy targ‘ibot markazi davlat muassasasi direktori, “Shuhrat” medali sohibi M.Xidirov
ma’ruza bilan ishtirok etdi.
✅
TELEGRAM
🌐
INSTAGRAM
#Ана_ҳолос
#Огоҳлик
⚠️
Тошкентда гиёҳванд моддани нон ичига солиб, курьер орқали бериб юборишибди
Нон ичига 44 грамм гиёҳванд модда яшириб юборилган. Курьер товарни текшириб кўрганда, ҳеч нарсани сезмаган. Фақат тез тадбир давомида нон ичида модда борлиги аниқланган.
Курьерлик қилаётган танишларга юбориб, огоҳлантириб қўямиз
🤝
@OPER_UZ
– ОПЕРАТИВ ВА ХАВФЛИ ЯНГИЛИКЛАР КАНАЛИ!
🇺🇿
21-OKTABR — O‘ZBEK TILI BAYRAMI!
Til — millatning ruhi, xalqning bebaho ma’naviy merosi va o‘zligimiz timsolidir. Ona tilimiz — qalbimizga yaqin, qadriyatlarimizni avlodlardan avlodlarga yetkazuvchi muqaddas boyligimiz.
Bugun o‘zbek tilining go‘zalligi, boyligi va betakror jozibasini yana bir bor e’tirof etamiz. Uni asrash, rivojlantirish va kelajak avlodlarga munosib yetkazish har birimizning sharafli burchimizdir.
💙
Ona tilimiz — milliy g‘ururimiz, o‘zligimiz va faxrimiz!
🎉️
️️️️️
Barchangizni O‘zbek tili bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz!
Instagram
|
Facebook
|
Youtube
|
Sayt
|
Lokatsiya
🇺🇿
21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni!
Ona tilimiz – kechamiz, bugunimiz va ertamizni bog‘lab turgan bebaho boylik!
O‘zbek tilida millionlab inson so‘zlashadi, bilim oladi, ijod qiladi. Asrlar davomida buyuk asarlar yaratilgan tilimiz zamon bilan hamnafas rivojlanib, yangi soha va yo‘nalishlarda o‘z o‘rnini mustahkamlab bormoqda.
Tilning kuchi undan foydalanayotgan insonlarda. Bugun yoshlarimiz o‘zbek tilida yangi g‘oyalar yaratmoqda, ilm-fan, texnologiya va ijodda o‘z so‘zini aytmoqda. O‘zbekcha kitoblar, yangi tarjimalar, raqamli loyihalar, qiziqarli tashabbuslar ko‘paymoqda.
Har bir yangi izlanish, har bir yaxshi g‘oya tilimizni boyitadi. Zero, ona tilimizning ertangi kuni ham uni sevib, shu tilda yangilik yaratayotgan avlod qo‘lida. Uni asrab-avaylash, keyingi avlodlarga bezavol yetkazish esa barchamizning umumiy mas’uliyatimizdir.
Aziz yurtdoshlar! O‘zbek tili bayrami barchamizga muborak bo‘lsin!
📌
Sirtqi, kechki va masofaviy ta’lim hamda super kontrakt uchun kredit olish mumkin
Xalq bankining
“Talaba” ta’lim krediti
sirtqi, kechki, masofaviy ta’lim shakllarida, shuningdek, super kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar uchun ajratiladi.
Kredit
to‘lov-kontrakt summasi miqdorida
,
60 oygacha
muddatga,
yillik 24 foiz
stavkada taqdim etiladi.
Mazkur kreditdan davlat va nodavlat oliy hamda professional ta’lim tashkilotlarida, shuningdek, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy ta’lim tashkilotlarida o‘qiyotgan talabalar foydalanishi mumkin.
✈️
Obuna bo’ling
➡️
@OTM_Minbari
Qadrli ota-onalar!
Farzandingizni asrang.
Giyohvandlikka qarshi kurash e’tibor va mas’uliyatdan boshlanadi.
—————————
Уважаемые родители!
Берегите своих детей.
Противодействие наркомании начинается с внимания и ответственности.
Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi
Bizni kuzating:
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin
#Adiblar_xiyoboniga_tashrif
✅
Joriy yilning 8-oktabr kuni universitetimizning Sirtqi ta'lim shakli "Iqtisodiyot" va "Tarix" ta'lim yo'nalishlari talabalari o'z tyutorlari bilan birgalikda "Adiblar xiyoboni" majmuasiga tashrif buyurdilar.
✅
Majmuada O'zbekiston xalq shoiri Aleksandr Faynberg haykali poyida, shoirning hayoti va faoliyati, o'zbek she'riyatida qoldirgan benazir ijodi xususida atroflicha ma'lumotlarga ega bo'ldilar.
✅
Shuningdek, majmua hududida sportning shaxmat-shashka va voleybol turlari bo'yicha talabalarimiz o'rtasida musobaqalar tashkil etildi.
#Ijro
#Qatagon_qurbonlari_yod_etish
✅
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil
14-sentabrdagi 05/61-7925-sonli xati ijrosi yuzasidan
,
joriy yilning
7-oktabr kuni Sirtqi ta'lim shakli, "Tarix" ta'lim yo'nalishi, 3-kurs 1/24-guruh talabalari bilan birgalikda universitetimizda
"Xotira va tarbiya"
shiori ostida Siyosiy qatag'on qurbonlarini yod etish haftaligi doirasida ma'rifat soati tashkil etildi.
✅
Ma'rifat soatida "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi o'qituvchisi I.Saidova, B.Qarshiyevlar siyosiy qatag'on SSR deb atalmush zulm imperiyasi davridagi mustabid tuzum tomonidan o‘z hokimiyatini saqlab qolish va jamiyatni qo‘rquvda ushlab turish uchun o‘zgacha fikrlovchi shaxslar hamda butun bir xalqlarga nisbatan amalga oshirilgan tizimli tazyiq, surgun va qatliomlar va ularda qurbon bo'lgan xalqimiz ma'rifatparvarlari jumladan, jadid bobolarimiz xususida atroflicha ma'lumot berdilar.
#TANLOV
#MUNOZARA
✨
Mustaqil fikr, kuchli mantiq va ishonchli nutq — munozaraning asosiy kuchi!
Joriy yilning 7-oktabr kuni oliy ta’lim tashkilotlari talaba-yoshlari o‘rtasida an’anaviy jamoaviy
“Munozara”
respublika turnirining 2-hududiy saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Yoshlarning mustaqil fikrlashi, mantiqiy tahlil qilishi, notiqlik mahoratini rivojlantirishi hamda o‘z nuqtayi nazarini dalillar asosida himoya qila olishiga xizmat qiluvchi ushbu intellektual bellashuvda
Fan va Texnologiyalar universiteti
talabalari ham faol ishtirok etdilar.
👩💼
Universitetimiz sharafini munosib himoya qilgan talabalarimiz:
🔹
Xojaqulova Nargiza — Turizm va mehmondo‘stlik yo‘nalishi, 1/25-guruh;
🔹
Mirxamidova Farangiz — Xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishi, 5/25-guruh;
🔹
Turobova Mashhuraxon Yorqinjon qizi — Xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishi, 4/25-guruh.
🥉
Quvonarlisi, Fan va Texnologiyalar universiteti jamoasi 22 ta oliy ta’lim muassasasi orasida faxrli 3-o‘rinni egalladi!
👏
Talabalarimizni ushbu munosib natija bilan tabriklaymiz! Kelgusidagi intellektual bellashuvlarda ham ularga ulkan zafarlar tilaymiz!
Instagram
|
Facebook
|
Youtube
|
Sayt
|
Lokatsiya