Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

SAT va Prezident maktablariga tayyorgarlik (UstozUz)

ustozuzpm
5–11 yoshli bolalarda fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantiraman 🧠 Mantiqiy, matematik va tanqidiy fikrlash 📚 6 ta kitob muallifi 🎓 Prezident maktablari uchun tayyorlov tajribasi 📖 SAT mutaxassisi “Ta’lim — fikrlashni o‘rgatishdir”
Subscribers
1 814
24 hours
4
30 days
44
Post views
2 333
ER
128,61%
Posts (30d)
3
Characters in post
846
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Social & Community
Audience gender
Mixed audience
Audience age
-
Audience financial status
Mixed
Audience professions
Others
Summary
-
May 26, 14:35

Yozda Toshkentda ishlash uchun oʻquv markaz izlayapman.
Variantlarga ochiqman.
Murojaat uchun
@otabek0505

May 24, 19:56

Xulosa oʻrnida
Sinfxonada tartibni saqlash faqat oʻqituvchining baqirishi yoki sabriga bogʻliq boʻlmasligi kerak. Bizga oʻqituvchining maqomini nafaqat qogʻozda, balki real sinfxonada himoya qiladigan
huquqiy mexanizmlar
kerak. Darsni buzgan, oʻqituvchini haqorat qilgan oʻquvchining ota-onasiga yirik miqdorda jarima solish, bolani maktabdan chetlatish yoki maxsus maktablarga oʻtkazish kabi jiddiy choralar ishlamas ekan, oʻqituvchi "jonli nishon" boʻlib qolaveradi.
Bugun oʻqituvchini yomonlash — eng oson yoʻl. Ammo asil muammo — tizim oʻqituvchini himoyasiz qoldirganida va jamiyat buni koʻrmaslikka olayotganidadir. Agar tomchi toshni teshishini istamasak, oʻsha toshni toʻxtovsiz zarbalardan himoya qilish vaqti keldi.

May 24, 19:56

Tomchi toshni teshganda: Maktabdagi zoʻravonlik ortida nima yashirin?
Soʻnggi kunlarda internet tarmogʻida informatika fani oʻqituvchisi va oʻquvchi oʻrtasida sodir boʻlgan mudhish voqea keng muhokama qilinmoqda. Bola hayoti xavf ostida qolgani — mutlaq fojia. Har qanday vaziyatda ham jismoniy kuch ishlatishni oqlab boʻlmaydi, bu — qonuniy va insoniy haqiqat. Ammo ijtimoiy tarmoqlarda faqatgina "pedagog shafqatsizligi" haqida gapirish, kasallikning oʻzini davolamay, faqat simptomi bilan kurashishga oʻxshaydi.
Tizimni ichkaridan bilmagan, sinfxonadagi real muhitdan uzoq boʻlgan odamlar koʻpincha bir narsani hisobga olishmaydi: bu fojia shunchaki bir lahzalik gʻazab emas, balki yillar davomida yigʻilib kelgan tizimli muammoning portlashidir. Xalqimizda "tomchi tomib tursa, toshni ham teshadi" degan maqol bor. Bugun oʻqituvchining asab tizimi aynan shu tosh rolida qolib ketyapti.
Qoʻl-oyogʻi bogʻlangan pedagog: Tartib saqlashning instrumenti bormi?
Bugungi oʻzbek maktablarida oʻqituvchi — eng himoyasiz qatlamga aylanib ulgurdi. U nafaqat dars oʻtishi, balki oʻquvchining maʼnaviy qiyofasi uchun ham javobgar. Biroq, buning evaziga uning qoʻlida darsni boshqarish, intizomni saqlash uchun
hech qanday real instrument qolmagan
.
- Oʻquvchini sinfdan chiqarib yuborish mumkin emas (xavfsizligiga oʻqituvchi javobgar).
- Past baho qoʻyish bilan qoʻrqitib boʻlmaydi (baholash tizimi va "reyting" bosimi tufayli yuqori tashkilotlar oʻqituvchidan ijobiy koʻrsatkich talab qiladi).
- Ota-onaga shikoyat qilish koʻp hollarda aks taʼsir beradi: "Bolamga nisbatan gʻarazingiz bor", degan ayblov bilan oʻqituvchining oʻzi ruhan eziladi.
Ilmiy tilda bu holat
"Kasbiy yonish sindromi" (Burnout)
va
"Surunkali frustratsiya"
(umidsizlik) deb ataladi. Psixologiyada maʼlumki, inson doimiy bosim ostida boʻlsa, lekin muammoni hal qilish imkoniyatidan mahrum etilsa, uning asab tizimi "kurash yoki qoch" (fight or flight) rejimiga oʻtadi. Atrofdan, ota-onadan, yuqori tashkilotlardan himoya koʻrmagan pedagog oʻzini burchakka qisib qoʻyilgandek his qiladi.
Oʻquvchi haqorati va psixologik chegara
Tarqalgan maʼlumotlarga koʻra, mazkur keysda ham dars paytida oʻquvchi tomonidan oʻqituvchining shaʼni va qadr-qimmatini yerga uradigan, haqoratomuz harakatlar sodir etilgan.
Keling, ochiq gaplashaylik: bugun maktablarda oʻqituvchini ochiqchasiga masxara qiladigan, darsni buzadigan, oʻz haq-huquqlarini yaxshi biladigan, ammo majburiyatlarini mutlaqo tan olmaydigan oʻquvchilar qatlami shakllandi. Pedagog ham goʻsht va suyakdan iborat inson. U har kuni, har soatda bunday psixologik hujumga dosh berishga majbur boʻlyapti.
Neyropsixologik fakt:
Doimiy psixologik bosim va haqorat inson miyasida jismoniy ogʻriq bilan bir xil markazlarni faollashtiradi. Agar inson uzoq vaqt davomida bunday ogʻriqni ichiga yutsa, affekt holati — oʻzini boshqara olmay qolish lahzasi sodir boʻladi. Bu oʻqituvchini oqlash emas, inson tabiatining ilmiy tushuntirishidir.
Himoyasizlik qayerga yetaklaydi?
Agar jamiyat bugun oʻqituvchini faqat qoralash bilan cheklansa, ertaga maktablarda dars oʻtadigan odam qolmaydi. Oʻqituvchi oʻzini ota-ona, oʻquvchi va vazirlik qarshisida mutlaqo yolgʻiz his qilyapti. Huquqiy va ijtimoiy himoyasizlik pedagogda quyidagi ikki xil reaksiyani yuzaga keltiradi:
-
Mutlaq loqaydlik:
"Menga nima, darsimni oʻtaman-u, ketaman, bola nima qilsa qilsin" qabilida ish tutish. Bu — taʼlimning oʻlimi degani. (Tan olaman, shaxsan oʻzimda shu reaksiya boshlanayapti)
-
Agressiv portlash:
Asablari bardosh bermagan pedagogning yuqoridagi kabi fojiaviy tarzda oʻzini yoʻqotib qoʻyishi.

April 25, 17:28

2-sinf oʻquvchilari uchun masala kitobimda kutilmagan joylarida muammolar chiqayapti.
Masalan: "Ali seshanba kuni, Vali juma kuni imtihon topshiradi. Alining imtihonidan Valining imtihonigacha necha kun oʻtadi" savoli noaniqlikka sabab boʻlarkan.
Bu chalkashlikni tuzatish uchun oʻylab topgan kichik oʻzgartirishlarim har biri umuman alohida mantiqqa ega masalalarga aylanayapti. Mezza...
P.S. Metodikaga chuqur kirgan sari, yangi olam ochilayapti.
@ustozuzpm

April 03, 10:35
Media unavailable
1
Show in Telegram

🇺🇿
O‘ZBEKISTONDA ILK BOR!
🚀
SIO 2026 xalqaro matematika olimpiadasi – ro‘yxatdan o‘tish boshlandi
Farzandingizni xalqaro maydonda sinab ko‘ring.

Matematika (1–9 sinf)
💥
Saralash — 100% BEPUL (online)
🏆
3 bosqich:
1️⃣
Saralash (bepul)
2️⃣
Yarim final (TOP 30)
3️⃣
FINAL —
🇲🇾
Kuala Lumpur (Malayziya)
🔥
OLIY SOVRIN:
🚗
SPARK AVTOMOBILI
🚗
⚠️
Bugun minglab o‘quvchilar ro‘yxatdan o‘tadi. Ertaga faqat kuchlilar qoladi.
Sizning farzandingiz ular orasida bo‘ladimi?
🎖
Eng ko‘p o‘quvchi ishtirok ettirgan ustoz yoki markaz
“SIO 2026 Rasmiy Hamkori”
maqomiga ega bo‘ladi.
📲
Hoziroq BEPUL RO‘YXATDAN O‘TING
👉
Ro'yxatdan o'tish

Murojaat uchun telefon
☎️
+998941854488
☎️
+998934654488
📱
Telegram
|
📷
Instagram

March 04, 23:18

Bugun tanqidiy fikrlash fanini amaliyotda qoʻllash boʻyicha zoʻr manbaga duch keldim.
https://youtu.be/MO9ra4CWSc8
Mana bu videoda koʻpchilik pedagoglar xabardor boʻlgan tarix fanidan attestatsiya boʻyicha boʻlgan bahsli vaziyatlarni tahlil qilish uchun ikkita tomon, darslik hammuallifi Laziz Nasrullayev va tarix fani oʻqituvchilari nomidan tarixchi-pedagog Jalol Boltayev “Tanaffus” podkastda suhbatlashishdi.
Tanqidiy fikrlash yoʻnalishi mutaxassisi sifatida bu "xazina" yonidan befarq oʻtib keta olmadim, sizlar uchun tahliliy material tayyorladim. Bitta oʻqib koʻringchi:
https://telegra.ph/Bitta-podkast-tahlili-03-04

February 20, 19:34
Media unavailable
2
Show in Telegram

Hozir oʻgʻlim bilan yaratayotgan startapimiz uchun rasmlar kerak edi, deyarli hamma rasm yaratadigan Sunʼiy intellektlarni sinab koʻrdim, men xoxlagan narsani faqat oʻgʻlimning boshqa startapi http://getjilo.com aytganimday yaratib berdi, boshqalari yaxshigina…

February 20, 18:59

Hozir oʻgʻlim bilan yaratayotgan startapimiz uchun rasmlar kerak edi, deyarli hamma rasm yaratadigan Sunʼiy intellektlarni sinab koʻrdim, men xoxlagan narsani faqat oʻgʻlimning boshqa startapi
http://getjilo.com
aytganimday yaratib berdi, boshqalari yaxshigina aynidi.
Proud (Gʻurur!)

February 19, 07:22
Media unavailable
1
Show in Telegram

🏆
12 nafar oʻquvchiga grant beramiz!
Matematika faniga qiziqadigan, bilimga chanqoq va iqtidorli yoshlarga sharoit yaratish uchun Rahimov Matematika Olimpiadasi o’tkazmoqdamiz
🏆
5-, 6-, 7-, 8-sinf o‘quvchilari qayerda yashashingizdan qat’iy nazar ushbu olimpiadada ishtirok etishingiz mumkin.
Eng yuqori natija ko‘rsatgan 12 nafar o‘quvchiga Rahimov School tomonidan maktabni bitirgunga qadar:

100% GRANT asosida ta’lim
🛏
Yotoqxona bilan ta’minlash
🍽
Kunlik ovqatlanish xarajatlari
to‘liq qoplanadi!
👇
Roʻyxatdan oʻtish uchun:
@RS_olimpiadabot
📌
Yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatib boring!
@rs_olimpiada
|
@RahimovSchool

February 04, 16:14

Bugun sanani taqvimda baxt va shukrni anglatuvchi rang bilan belgilab qo‘yish kerak edi. Ammo bunday odatim yo‘q ekan.
Nashriyotimizning maktablarda kitob ko‘rgazmalari va bayramlari o‘tkazish an’anasi bor. Bugun Yunusobod tumani 265-maktabda ko‘rgazma o‘tkazdik. Bu ishlarga mas’ul xodimimiz
Adiba Meyliyeva
dan xabar kelib qoldi.
O‘tgan yili shu maktabda o‘tkazgan ko‘rgazmamizda bir qizaloq “
Aqlni charxlovchi o‘yinlar
” kitobini ko‘rib qolgan. Kitobni varaqlagan, qiziqarli mashqlar va o‘yinlarga uzoq tikilgan, lekin sotib olmagan. Nisbatan qimmatgina kitob uchun yetarli pul bo‘lmagan yonida. Uyiga qaytgach bir yil davomida keyingi ko‘rgazmani kutgan va o‘ziga berilgan tanga pullarni yig‘ib yurgan. Bir yil davomida maqsadi o‘zgarmagan. Turli xil muzqaymog‘-u shokoladlar, o‘yinchog‘-u taqinchoqlar orzusidan chalg‘ita olmagan.
Va nihoyat bugun orzusiga yetgan.
Bu oddiy voqeada Umid bor, Kelajak bor, Yorug‘lik bor. Bu voqea menga o‘zining boshqalarnikidan farqli yo‘lini tanlagan pingvin voqeasidan ham ta’sirliroqdek tuyuldi.
Sanjar Nazar
Telegram
|
Instagram
|
Facebook