
Uy Dizaynerlari | Расмий канал
Uy Dizaynerlari | Расмий канал
pinned a photo
Yangi quriladigan bir qavatlik uyimiz loyihasi.
Odatda sizlar bilan loyihalarimizning tayyor interyer ko‘rinishlari bilan bo‘lishib kelardik.
Endilikda esa loyihalarning ichki texnik qismini ham — chizmalar, rejalashtirish yechimlari va turli texnik detallarni ham namoyish etib borishni maqsad qildik.
O‘ylaymizki, bu ma’lumotlar sizlar uchun ham foydali bo‘ladi. Ayniqsa, uy qurishni rejalashtirayotgan yoki yangi xonadon sotib olganlar uchun.
Chunki chiroyli interyer yaratishdan oldin, uning to‘g‘ri rejalashtirilishi ham juda muhim.
No: 900677779
@uydizaynerlari
Eski loyihalarni qayta ko‘zdan kechirar ekanman, dizaynga bo‘lgan qarashlarim vaqt o‘tishi bilan qanday o‘zgarayotganini sezaman.
Bugun sizlarga avvalgi ishlarimizdan birini yana bir bor ko‘rsatmoqchiman.
Har bir loyiha — bu shunchaki chizma emas. Bu bizning tajribamiz, izlanishlarimiz va ijodiy rivojlanishimizning bir qismi.
No: 900677779
@uydizaynerlari
🏙
Nest One, 20-qavat: 67 m² kvartiraga 70 000$ lik remont
Nest One'da gaz yo'q, mehmonxonaning o'rtasida esa katta shaxta turibdi. Shunday kvartirani qanday qilib qulay va chiroyli uyga aylantirganimizni yangi videoda to'liq ko'rsatdik
👇
▪️
Kichkina koridor — potolokkacha oyna bilan kattaroq ko'rinadi
▪️
Gazsiz oshxona: Bosch texnikasi, hammasi yashirin, italyan shpon
▪️
Oshxona va ovqatlanish stoli bir xil toshdan — 1 m² 200$
▪️
Shaxtani mebel bilan yashirib, TV zona va ish joyiga aylantirdik
▪️
Kichkina yotoqxonada alohida garderob
▪️
Panoram oynalardan Humo Arena va butun Toshkent ko'rinadi
▶️
To'liq video:
https://youtu.be/lmM4NcxY7Rc
Sizningcha, 70 000$ ga arziydimi? Izohda yozing
👇
📞
Remont va dizayn uchun: 90 067 7779
🥇
CHEMPIONNING UYI QANDAY DIZAYN QILINDI?
Va’da qilganimizdek dizaynimizni sizlarga taqdim etamiz!
✨
Loyiha
minimalizm
uslubida yaratildi. Asosiy e’tibor ortiqcha dabdababozlikka emas, balki qulaylik, zamonaviylik va har bir detalning uyg‘unligiga qaratildi.
🛋
Xonadon mebellari ham
@uydizaynerlari
jamoasi tomonidan tayyorlanadi.
💬
Sizga chempionimizning uy dizayni yoqdimi?
Reaksiya qoldiring
🔥
Aloqa uchun: 900677779
@uydizaynerlari
🥇
OLIMPIADA CHEMPIONINING UYI QANDAY KO‘RINISHDA?
Parij–2024 Olimpiadasi oltin medali sohibasi, O‘zbekiston faxri
Diyora Keldiyorova
ning xonadoni uchun interyer dizaynini ishlab chiqdik!
🇺🇿
🏡
Loyiha minimalizm uslubida - sodda, zamonaviy va qulay!
🔥
Chempionimizning uyi dizayni ko‘rishga qiziqyapsizmi?
Reaksiyalarni ayamang!
❤️
🔥
Keyingi postda dizaynni sizlarga ko‘rsatamiz!
Aloqa uchun: 900677779
@uydizaynerlari
Minimalizm uslubida ishlangan ushbu loyihada oshxona va TV zona yagona
open space
sifatida birlashtirilgan.
Ochiq va keng makon hissini saqlab qolish bilan birga, ikki zonani zarur holatda ajratish uchun surilma oynali eshikdan foydalanildi. Shaffof oynalar tabiiy yorug‘likning erkin tarqalishini ta’minlaydi, surilma mexanizm esa xonadan maksimal darajada samarali foydalanish imkonini beradi.
Sodda shakllar, neytral ranglar va funksional yechimlar — minimalizmning asosiy tamoyillari bir makonda uyg‘unlashgan.
Aloqa uchun:900677779
@uydizaynerlari
Piramit Tower — Toshkentdagi eng baland binolardan birining 35-qavatida joylashgan loyihamiz.
Loyihada open space rejalashtirish uslubidan foydalanib, uyni yanada keng, yorug‘ va funksional ko‘rinishga keltirdik.
TV o‘rniga poldan ko‘tariluvchi yashirin proyektor tizimini tanladik. Bu yechim katta panoramali oynalarni to‘sib qo‘ymasdan, shaharning betakror manzarasini to‘liq saqlab qolish imkonini berdi.
Natijada texnologiya va estetika uyg‘unlashib, interyerning asosiy dekoriga shaharning o‘zi aylandi.
Aloqa uchun: 900677779
@uydizaynerlari
Neoklassika stilidagi mehmonlar kutish xonasi.
Aloqa uchun: 900677779
@uydizaynerlari
Ertaga 11.08.2026 Andijonda bolamiz hizmat bo’lsa aloqadamiz 900677779