
QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
Eroziyaga qarshi agrotexnik tadbirlar
🌲
Agrotexnik usullarning asosiy vazifasi – dalalardagi suv oqimini kamaytirish
(yerga ishlov berish yo‘nalishi va chuqurligini belgilash, chuqurchalar, uzlikli egatlar, kichik limanlar hosil qilish)
ga qaratilgan bo‘lishi kerak.
🤔
Bunda yer yuzasida paydo bo‘ladigan
(qor va yomg‘ir suvlarini, jalalarni)
suv oqimining vujudga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun
ilg‘or agrotexnika usullarini qo‘llash, jumladan, yerni ag‘darib chuqur haydash
zarur.
👉
Batafsil:
https://gov.uz/oz/agro/news/view/37524
👉
Подробно:
https://gov.uz/ru/agro/news/view/37524
🌐
Website
💬
Telegram
💬
Facebook
📺
YouTube
📷
Instagram
Paxta hosilini saqlab qolishda desikatsiyaning ahamiyati yana bir bor ta’kidlandi
🇺🇿
Xabar berganimizdek, ishchi tashrif bilan
Surxondaryo viloyatida
bo‘lib turgan qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov
Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Alpomish o‘g‘lonlari” fermer xo‘jaligining paxta dalalarida
bo‘lib, hosilning yetilishi va yig‘im-terimga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishdi.
☁️
Xo‘jalikda
jami 50 gektar yer maydoniga
paxta ekilgan.
15 gektarlik
dalani ko‘zdan kechirish chog‘ida o‘z vaqtida
Etefon va Avguron
bilan berilgan ishlov bugun o‘z natijasini bergani ta’kidlandi.
🗣
Vazir Ibrohim Abdurahmonov
paxtaning bugungi holati talab darajasida ekanligi o‘z vaqtida amalga oshirilgan agrotexnik tadbirlarning natijadorligi
haqida to‘xtalar ekan,
g‘o‘za poyasini to‘liq quritish, uning tarkibidagi ozuqa moddalarini imkon qadar hosilga yo‘naltirish bo‘yicha
aniq tavsiyalar berdi.
💬
Shu bois hosilni sifatli va kam nobudgarchilik bilan yig‘ib-terib olish uchun
desikatsiya tadbirlarini belgilangan muddat va talablar asosida qat’iy amalga oshirish muhimligi
ta’kidlandi.
✅
Paxta
yaxshi yetilayotgani qayd etilar ekan,
endi asosiy e’tibor —
hosilni daladan sifatli va o‘z vaqtida yig‘ib olishga
qaratilmoqda.
🌐
Website
💬
Telegram
💬
Facebook
📺
YouTube
📷
Instagram
Xo‘jaylida paxta hosilini yig‘im-terimga tayyorlash ishlari davom etmoqda
📌
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumanidagi “Samankól” OFY hududida joylashgan
“Oltin momiq” MCHJ
ning 45 gektar paxta maydonlarida hosilni yig‘im-terimga tayyorlash ishlari olib borilmoqda.
🌲
Dalalarda
oziqlantiruvchi aralashmalar va shakar-bor preparatlari
qo‘llanilib, hosilning bir maromda yetilishi ta’minlandi. Shuningdek,
etifon va Avguron preparatlari
yordamida defoliatsiya ishlari amalga oshirildi.
🌱
Ayni paytda paxta ko‘saklarining
90–95 foizi ochilgan
, qolganlari ham ochilish bosqichida. Dalalarda hosilni qisqa muddatda va sifatli yig‘ib-terib olishga tayyorgarlik davom etmoqda.
—————————
Xojelide paxta zúráátin jıyın-terimge tayarlaw jumısları dawam etpekte
📌
Qaraqalpaqstan Respublikasınıń
Xojeli rayonı “Samankól” APJ aymaǵındaǵı
“Altın mamıq” JShJ
niń 45 gektar paxta maydanlarında zúráátti jıyın-terimge tayarlaw jumısları alıp barılmaqta.
🌲
Atızlarda
azıqlandırıwshı aralaspalar hám qumsheker-bor preparatları
qollanılıp, paxtanıń bir qálipte jetilisiwi támiyinlendi. Sonday-aq,
etifon hám Avguron
preparatları menen defoliaciya jumısları ámelge asırıldı.
🌱
Búgingi kúnde paxta górekleriniń
90–95 procenti ashılǵan
, qalǵan górekler de ashılıw basqıshında. Zúráátti qısqa múddette hám sapalı jıynap alıwǵa tayarlıq jumısları dawam etpekte.
🌐
Website
💬
Telegram
💬
Facebook
📺
YouTube
📷
Instagram
#PaxtaChellenj
🇺🇿
Toshkent viloyatining Bekobod tumanidagi “Ozodbek, O’ktambek agro” fermer xo‘jaligi
dalalarida paxta yetishtirish jarayonlari
mutlaqo yangicha yondashuvlar asosida
tashkil etilmoqda.
☁️
Xususan,
g‘o‘za mikroelementlar va bor kislotasi
bilan oziqlantirilgan.
Azotli mineral o‘g‘itlardan
esa kamroq foydalanish orqali
yuqori samaradorlikka
erishilmoqda.
🌐
Website
💬
Telegram
💬
Facebook
📺
YouTube
📷
Instagram
Hosil taqdirida muhim bosqich: paxta dalalaridagi jarayonlar tahlil qilindi
🌱
Ayni paytda
Surxondaryo viloyatida ishchi tashrif
bilan bo‘lib turgan qishloq xo‘jaligi vaziri
Ibrohim Abdurahmonov
Jarqo‘rg‘on tumanidagi paxta dalalarida hosilning pishib yetilishi va terimga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rgandi. Vazirga viloyat hokimi
Ulug‘bek Qosimov
hamrohlik qilmoqda.
📌
Navbatdagi manzil — “Loyqand chinori” hududida joylashgan
“Abduxalil fayz baraka” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligining 22,4 gektarlik paxta dalasi
bo‘ldi.
🔎
Dala holatini ko‘zdan kechirish jarayonida mavsum davomida amalga oshirilgan
agrotexnik tadbirlarning natijasi
yaqqol namoyon bo‘layotgani qayd etildi. G‘o‘zaga o‘z vaqtida va to‘g‘ri ishlov berilgani, parvarish jarayonlari talab darajasida tashkil etilgani natijasida dalada hosil salmog‘i yuqori ekani ko‘rindi.
📊
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu maydondan gektariga 100 sentnergacha paxta olish imkoniyati mavjud.
⚙️
Vazir hosilni yuqori sifat bilan yig‘ib-terib olishda
yakuniy agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri tashkil etish
muhimligini ta’kidladi.
💧
Xususan,
desikatsiya tadbirlarini belgilangan me’yor va muddatlarga qat’iy rioya qilgan holda o‘tkazish
, g‘o‘zani maksimal darajada quritish va paxtani terimga sifatli tayyorlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
🌱
Shundan so‘ng vazir tumandagi
“Surxon sadosi” fermer xo‘jaligiga qarashli 20 gektarlik paxta dalasi
holatini ham o‘rgandi.
🧪
Mazkur dalada
etefon va avguron
qo‘llangan. Ko‘saklarning asosiy qismi bo‘liq ochilgan. Biroq desikatsiya jarayonida dalaga suv berilgani sababli o‘simlikdagi ayrim oziqa elementlarining hosilga to‘liq yo‘nalishi hamda g‘o‘zaning tabiiy qarish jarayoni kutilgan darajada yakunlanmagan.
💡
Vazir xo‘jalik rahbariga ushbu agrotexnik tadbirlarning
asl mohiyati va fiziologik ahamiyatini
batafsil tushuntirdi.
🌿
Ta’kidlanganidek, desikatsiyaning maqsadi shunchaki
g‘o‘zani quritish emas
. Asosiy vazifa — o‘simlikdagi oziqa moddalarining vegetativ qismlarda qolib ketishiga yo‘l qo‘ymasdan, ularni imkon qadar
hosil shakllanishiga yo‘naltirish
va terimni sifatli tashkil etishdir.
💧
Shu ma’noda, yillar davomida shakllangan
“suv berilsa, paxta vazn oladi”
degan qarashga ham yangicha yondashish zarurligi ta’kidlandi. Chunki paxtaning aynan pishish bosqichida o‘simlikning fiziologik holatini to‘g‘ri boshqarish
hosilning sifati va salmog‘iga bevosita ta’sir ko‘rsatadi
.
📈
Fermer xo‘jaligi dalasidagi dastlabki hisob-kitoblar bu yerda ham
gektaridan 100 sentnergacha paxta hosili shakllanganini
ko‘rsatmoqda.
⚖️
Ammo
daladagi hisob — hali yakuniy natija emas.
Haqiqiy ko‘rsatkich hosil yig‘ib-terilib, tayyorlov maskanida tarozida tortilganidan keyingina namoyon bo‘ladi.
🚜
Bugungi asosiy vazifa esa —
dalada yaratilgan hosilni yo‘qotishlarsiz, sifatli va uyushqoqlik bilan yig‘ib olish.
🌐
Website
💬
Telegram
💬
Facebook
📺
YouTube
📷
Instagram
🌱
🌱
🌱
🌱
🌱
🌱
🌱
🌱
🌱
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi hamda Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan
"To‘qsonbosti usulida ochiq maydonda va bog‘-tok qator orasida
sabzavot ekinlari navlarini joylashtirish va yetishtirish agrotexnikasi bo‘yicha tavsiyaviy qo‘llanma"
ishlab chiqildi.
☘️
Mazkur qo‘llanma fermer va dehqon xo‘jaliklari uchun
nav tanlash, ekinlarni joylashtirish, ekish muddatlari, agrotexnik tadbirlar, sug‘orish va o‘g‘itlash hamda yuqori hosil olish
bo‘yicha amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
ℹ️
Shuningdek,
bog‘ va tok qator oralaridan samarali foydalanish, resurs tejamkor texnologiyalarni qo‘llash hamda yuqori va sifatli hosil olish
bo‘yicha muhim ko‘rsatmalar keltirilgan.
🔗
Qo'llanmaning
to'liq shakli biilan mazkur
havola orqali
tanishishingiz mumkin.
🌐
Website
💬
Telegram
💬
Facebook
📺
YouTube
📷
Instagram
Jut: dastlabki tajriba yuqori natijalarni ko‘rsatmoqda
🌱
Qishloq xo'jaligi vazirligi
hamda
Urug‘chilikni rivojlantirish markazi
tashabbusi bilan respublikamiz hududlarida
Hindistondan keltirilgan jut o‘simligi urug‘lari 2 ming gektar maydonga
ekildi.
☘️
Ayni paytda ekinlar
gullash bosqichiga kirgan
bo‘lib, o‘simliklarning bo‘yi
o‘rtacha 2,5–3 metrga
yetmoqda. Kuzatuvlar natijasiga ko‘ra, jut o‘simligi
mamlakatimizning turli hududlarida iqlim va tuproq sharoitlariga yaxshi moslashib,
yuqori vegetatsion rivojlanishni namoyon etmoqda.
✅
Mazkur tajriba O‘zbekistonda
jut yetishtirish va kelgusida uning urug‘chiligini rivojlantirish uchun muhim amaliy qadam
bo‘lib xizmat qiladi.
🌐
Website
💬
Telegram
💬
Facebook
📺
YouTube
📷
Instagram
Surxondaryoda paxta dalalaridagi holat o‘rganildi
🌱
Qashqadaryo viloyatidagi
ishchi tashrifini yakunlagan qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov
Surxondaryo viloyatiga keldi.
🌱
Tashrifning dastlabki manzili
Termiz tumanidagi “Qoraxon Yangiariq” fermer xo‘jaligining 19 gektarlik 2 ta konturidagi paxta maydonlari
bo‘ldi.
🔎
Daladagi
g‘o‘zaning rivojlanishi va hosilning pishib yetilish holati
ko‘zdan kechirildi. Maydonda biroz
namlik saqlanib qolgani
sababli paxtani terib olishga shoshilmaslik, avvalo
dalaning qurishini kutish
bo‘yicha tavsiya berildi.
🚜
Shundan so‘ng
terimni to‘liq davom ettirish
, hosilni
sifatli va nobudgarchiliksiz yig‘ib olish
zarurligi ta’kidlandi.
🌿
Keyingi manzil —
“Qoraxon Paxtakori” fermer xo‘jaligining 16 gektarlik paxta maydoni
bo‘ldi. Bu yerda
paxtachilik ishlari yaxshi ketayotgani
, g‘o‘zaning holati va hosilning pishib yetilishi
qoniqarli ekani
qayd etildi.
🧑🌾
Maydonda
desikatsiya tadbirlari
bo‘yicha bajarilishi lozim bo‘lgan qo‘shimcha ishlar belgilab berildi. Fermerga
terimni sifatli tashkil etish, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida yakunlash va hosilni imkon qadar to‘liq saqlab qolish
bo‘yicha tavsiyalar berildi.
📌
Vazir, ayniqsa,
daladagi mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish
, har bir agrotexnik tadbirni
o‘z vaqtida va sifatli bajarish
hosildorlikka bevosita ta’sir qilishini ta’kidladi.
Maqsad ham shu — yetishtirilgan hosilni shunchaki
yig‘ib olish emas, balki uni imkon qadar kam nobudgarchilik
bilan yig‘ib, mahsulot sifatini saqlash.
🌐
Website
💬
Telegram
💬
Facebook
📺
YouTube
📷
Instagram