Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

UzA | Tezkor xabarlar

uzauz
Ushbu kanalda O‘zbekiston Milliy axborot agentligining tezkor xabarlari berib boriladi Asosiy telegram kanal: @uza_uz Sayt: www.uza.uz • facebook.com/uzauz • instagram.com/uza.uz • twitter.com/uzauz •lotin yozuvida: @uzauzlot
Subscribers
26 687
24 hours
-10
30 days
537
Post views
2 582
ER
9,68%
Posts (30d)
217
Characters in post
474
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
News
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
October 26, 17:28
Media unavailable
4
Show in Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiy infratuzilmani rivojlantirish hamda sog‘liqni saqlash tizimida xususiy sektor ishtirokini kengaytirish yuzasidan
taqdimot
bilan tanishdi.
Kanalga ulanish:
@uzauz

October 26, 16:23
Media unavailable
7
Show in Telegram

Davlatimiz rahbari Abu Ali ibn Sinoning bolaligiga bagʻishlangan “Husayn” tarixiy-badiiy filmining suratga olish maydoni bilan
tanishdi.
Kanalga ulanish:
@uzauz

October 26, 15:06
Media unavailable
5
Show in Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev kino sohasiga zamonaviy boshqaruv usullarini joriy qilish va “Oʻzbekfilm” milliy kino brendini yaratish yuzasidan
taqdimot
bilan tanishdi.
Kanalga ulanish:
@uzauz

October 26, 13:27
Media unavailable
1
Show in Telegram

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”
gi
Farmoni
Kanalga ulanish:
@uzauz

October 26, 13:16
Media unavailable
1
Show in Telegram

Davlatimiz rahbari
“O‘zbekfilm” nomini milliy kinomizning yagona brendi sifatida mustahkamlash
tashabbusini ilgari surdi. Xalqimiz
Chilonzorning bu hududini azaldan “O‘zbekfilm” deb atashi
qayd etildi.
Hozirgi Chilonzor ko‘chasining mazkur qismiga
“O‘zbekfilm” nomini berish
taklif qilindi.
Kino san’ati muzeyini “O‘zbekfilm” muzeyi, Kino san’ati saroyini “O‘zbekfilm” kinosaroyi, Milliy kinofondni “O‘zbekfilm” milliy kinofondi deb nomlab, ularni yagona brend ostida birlashtirish
taklif etildi.
Kanalga ulanish:
@uzauz

October 26, 13:06

“Kinoshunoslar klubi” tashkil etiladi
Prezidentimiz sohada ilm, tahlil va professional tanqidchilikni rivojlantirish maqsadida
“Kinoshunoslar klubi” tashkil etilishini
ma’lum qildi.
“O‘zbekfilm” milliy kinokompaniyasi klub faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi. Uning
Xalqaro kinotanqidchilar federatsiyasi – FIPRESCIga
a’zo bo‘lishiga ko‘maklashadi. Bu
milliy filmlarning
nufuzli xalqaro festivallardagi ishtirokini kengaytirishga
xizmat qiladi.
Soha vakillarining kasbiy hamjamiyatini jipslashtirish uchun
O‘zbekiston Kino arboblari va O‘zbekiston kino sanoati vakillari uyushmalari birlashtirilib, O‘zbekiston kino sohasi vakillari palatasi tashkil etiladi
.
Palata
sohada o‘zini o‘zi boshqarishni rivojlantirish, ijodkorlarning mualliflik huquqlari va kasbiy manfaatlarini himoya qilish, yoshlarning professional o‘sishiga ko‘maklashish
bilan shug‘ullanadi.
Yosh kinoijodkorlarning xorijda malaka oshirishi va palata faoliyati
moliyaviy-tashkiliy jihatdan qo‘llab-quvvatlanishi
belgilandi. Yangi palata faoliyatini tashkil etish ishlarini bir oyda yakunlash topshirildi.
Kanalga ulanish:
@uzauz

October 26, 12:56
Media unavailable
1
Show in Telegram

“O‘zbekfilm kino shaharchasi” tashkil etiladi
Prezidentimiz
kino yaratish uchun zamonaviy infratuzilma barpo etilishini
ma’lum qildi. “O‘zbekfilm”ning 10 gektarlik hududida kino xizmatlari jamlangan
yagona industrial klaster – “O‘zbekfilm kino shaharchasi”
tashkil etiladi.
“Kino shaharchasi”da zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan
Dublyaj va ovozlashtirish markazi
quriladi.
Ikki oyda malakali loyiha tashkilotini jalb qilib, shaharchaning master-rejasi va loyiha-smetasi ishlab chiqiladi. Qurilish ishlari keyingi yilning mart oyidan boshlanadi.
Kino tizimidagi bo‘sh turgan davlat aktivlarini ochiq savdoga chiqarish topshirildi.
Kanalga ulanish:
@uzauz

October 26, 12:52
Media unavailable
1
Show in Telegram

Prezidentimiz kinolarni moliyalashtirishda
davlat buyurtmasi amaliyotidan subsidiya asosida qo‘llab-quvvatlash tizimiga o‘tilishini
ma’lum qildi.
– Bundan buyon davlat filmning buyurtmachisi emas, ijodkorlar va xususiy sektorning ishonchli hamkori bo‘ladi,
– dedi mamlakatimiz yetakchisi.
Film ishlab chiqarishda
texnik topshiriqlar emas, ijodiy jarayon va uning talablariga ustuvorlik beriladi.
Yangi moliyalashtirish mexanizmini bir oy muddatda joriy etish vazifasi qo‘yildi.
Kelgusi yildan boshlab
har yili “O‘zbekfilm” milliy kinokompaniyasi so‘roviga ko‘ra budjetdan tegishli mablag‘ ajratib boriladi.
Kanalga ulanish:
@uzauz

October 26, 12:45
Media unavailable
1
Show in Telegram

“O‘zbekfilm”ning tashkiliy va iqtisodiy modeli yangilanadi.
Davlat muassasasi tugatilib,
zamonaviy biznes modeli asosida ishlaydigan yangi “O‘zbekfilm” milliy kinokompaniyasi
tashkil etiladi.
Prezidentimiz yangi kinokompaniya
milliy kino brendini yaratish va zamonaviy kinoindustriyani rivojlantirish bo‘yicha tayanch markaz hamda bosh operator bo‘lishini
ta’kidladi.
“O‘zbekfilm” milliy kinokompaniyas
i film ishlab chiqarmaydi
.
Filmlarni yaratish to‘liq xususiy sektorga o‘tadi.
Kompaniya
loyihalarni tanlash va moliyalashtirish, filmlarni targ‘ib qilish, tarqatish, xalqaro bozorlar va festivallarga olib chiqish
bilan shug‘ullanadi.
Bu orqali f
ilmni ishlab chiqarishdan tomoshabinga yetkazib berishgacha bo‘lgan jarayon yaxlit tizimga birlashadi.
Milliy kinokompaniya faoliyatini bir hafta muddatda yo‘lga qo‘yish topshirildi.
Kanalga ulanish:
@uzauz

October 26, 12:42

Prezidentimiz ekranda ulug‘ ajdodlarimiz bilan birga bugun yonimizda yashayotgan insonlar ham o‘zining haqqoniy qiyofasini topishi kerakligini ta’kidladi. O‘qituvchilarning fidoyiligi, shifokorlarning jonkuyarligi, sportchilarning matonati, Vatan himoyachilari…