
Uzbek students in Korea
2026-yilning ikkinchi yarmidagi Koreya talabalik vizasi bo‘yicha yangi siyosat — batafsil qo‘llanma
Koreya Adliya vazirligi xorijiy talabalar soni 400 mingga yetayotgan bir paytda viza siyosatini tubdan yangilamoqda. Endi asosiy e’tibor talabalarni jalb qilish bilan birga, ularning ishga joylashishi va kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratiladi.
1. Koreyaga kirish bosqichi
① Koreys tilini yaxshi biladigan talabalar — TOPIK 4-daraja yoki Ijtimoiy integratsiya dasturining (KIIP) 4-bosqichi talabiga javob beruvchilar — viza olish uchun ariza topshirishda moliyaviy imkoniyatini tasdiqlashdan to‘liq ozod qilinadi.
② Noqonuniy qolishning oldini olish uchun ayrim mamlakatlarga nisbatan o‘qish xarajatlari uchun kafolat depoziti tizimi kengaytiriladi. Shuningdek, ta’lim hujjatlarini tekshirish va xorijdagi ta’lim agentliklarini ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi orqali nazorat kuchaytiriladi.
③ OECD mamlakatlari talabalari uchun “Gap year” — o‘qishdagi tanaffus davri talabalik vizasi (D-2-8) hamda “kelajak universiteti” uchun qisqa muddatli viza kabi yangi kirish yo‘nalishlari joriy etiladi.
2. Universitetda o‘qish va rivojlanish bosqichi
① Qo‘shimcha ishlashga ruxsat olish uchun ariza topshirishda universitet beradigan 시간제취업 확인서 — yarim stavkali ishlashni tasdiqlovchi hujjat orqali hujjat topshirish tartibi ancha soddalashtiriladi.
② Biroq talabalarni o‘qishga jiddiy e’tibor qaratishga undash maqsadida qo‘shimcha ishlashga ruxsat berishdagi koreys tili talabi KIIP 3-bosqichigacha oshiriladi.
③ Ta’limdan ko‘ra ishlashga ko‘proq yo‘naltirilgan, darslari asosan dam olish kunlari, kechki payt yoki onlayn shaklda o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga beriladigan viza imtiyozlari to‘liq bekor qilinadi.
3. O‘qishni tugatgandan keyin ishga joylashish va doimiy yashashga o‘tish bosqichi
① Bitiruvdan keyingi D-10 ish qidirish vizasi bo‘yicha yashash muddati koreys tili darajasi va ishga tayyorgarlik holatiga qarab, ko‘pi bilan 3 yilgacha uzaytiriladi. Bu bitiruvchilarga ishga joylashish uchun barqaror tayyorgarlik ko‘rish imkonini beradi.
② Tabiiy fanlar va muhandislik yo‘nalishidagi xorijiy talabalar ishlab chiqarish sohasiga ishga kirganda, ularning malakali ishchi vizasiga (E-7) o‘tishi qo‘llab-quvvatlanadi. Shuningdek, professional texnik magistratura — K-Tech Master Visa yo‘nalishi orqali D-2 talabalik vizasidan F-2 yashash vizasiga o‘tish qo‘llab-quvvatlanadi.
③ Universitetlardagi OASIS bilan bog‘langan dasturlar orqali texnologik biznes tashkil etish va D-8-4 vizasiga o‘tishga ko‘maklashiladi. O‘z mamlakatiga qaytgan bitiruvchilar uchun esa ko‘p martalik “Koreyada tahsil olgan bitiruvchilarning tashrif vizasi” — Study Korea Alumni Visa joriy etiladi.
4. Xorijiy talabalarga ma’muriy yordam tizimi
① Hududiy immigratsiya idoralarining 5 tasida xorijiy talabalarning viza va yashash masalalarini qo‘llab-quvvatlash markazlari tashkil etiladi. Ularda arizalarni ko‘rib chiqish ishlari bir joyda, yagona tartib asosida amalga oshiriladi.
② Sun’iy intellektga asoslangan onlayn platforma yaratiladi. Bu orqali talabalar immigratsiya idorasiga bormasdan va qog‘oz hujjat topshirmasdan murojaatlarini hal qilish imkoniga ega bo‘ladi.
③ Talabalarga kasblar bo‘yicha malaka talablarini jamlagan ishga joylashish vizasi uchun tekshiruv ro‘yxati hamda bosqichma-bosqich yuqoriroq viza maqomiga o‘tish yo‘llari ularning holatiga mos ravishda taqdim etiladi.
©️
Manba : ganiev_tarjimon
tg
|
@uzbek_students_korea
1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni muborak!
Har bir yutuq ortida bilim bergan, fikrlashga undagan va yangi marralar sari ilhomlantirgan ustozlarning mehnati mujassam.
Yosh avlodning salohiyatini ochish, ularda mustaqil fikrlash va yangilik yaratishga intilishni shakllantirishda ustoz va murabbiylarning o‘rni beqiyos.
Ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan samimiy tabriklaymiz! Sizlarga mustahkam sog‘lik, xotirjamlik va shogirdlaringizning yutuqlaridan faxrlanish baxtini tilaymiz.
Bayramingiz muborak!
tg
|
@uzbek_students_korea
Uzbek students in Korea
pinned a photo
Surxondaryo hokimi bilan uchrashuv uchun Zoom muloqot linki quyidagicha.
Muloqot Koreya vaqti bilan 13:50 dan boshlanadi.
Ishtirikchi sifatida ro'yxatdan o'tgan ushbu havola bilan kirishlari mumkin.
https://us06web.zoom.us/j/8135945907?pwd=e8hpHw7ZrrR3xYnqQa4Ja8ZD6GbCUY.1
Идентификатор конференции: 813 594 5907
Код доступа: 2025
tg
|
@uzbek_students_korea
🇺🇿
Surxondaryo viloyati hokimining Koreyadagi yoshlar bilan online uchrashuvi
Surxondaryo viloyati hokimining Koreya Respublikasida istiqomat qilayotgan yoshlar bilan uchrashuvi tashkil etilmoqda.
📅
Sana:
24-sentabr, 2026-yil
🕑
Vaqt:
14:00 (Koreya vaqti)
💻
Online:
Zoom platformasi
Uchrashuvda:
•
Surxondaryo viloyati hokimi
hamda viloyat hokimligi tashkilotlari vakillari;
•
Abduqodir Toshqulov
—
oʻzbekistonlik iqtisodchi, oʻqituvchi va davlat arbobi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Termiz davlat universiteti
rektori;
•
El-Yurt Umidi jamg‘armasi
va yoshlar tashkilotlari vakillari — ishtirok etadilar.
Uchrashuv davomida Surxondaryo viloyatining rivojlanish istiqbollari, yoshlar uchun yaratilayotgan ish o’rinlari, ta’lim, tadbirkorlik, investitsiya, xalqaro hamkorlik va boshqa muhim yo‘nalishlar bo‘yicha fikr almashiladi.
Hamda
yoshlar bilan fikr almashish, ularning savol va takliflarini tinglash, shuningdek, ta’lim, yoshlar siyosati, tadbirkorlik, investitsiya va O‘zbekiston–Koreya hamkorligi doirasidagi imkoniyatlar muhokama qilinadi.
📌
Ayniqsa,
Koreyada istiqomat qilayotgan Surxondaryolik yoshlarni alohida uchrashuvda ishtirok etishga taklif qilamiz.
Ishtirok etish uchun quyidagi formani to‘ldiring. Ro‘yxatdan o‘tish uchun oxirgi muddat:
23-sentabr.
https://forms.gle/6ogcJNhSxGeNNpd48
tg
|
@uzbek_students_korea
Шавкат Мирзиёев Кореяга уч кунлик ташрифини бошлади
Сеулдаги авиабазада олий мартабали меҳмонларни тантанали кутиб олиш маросими бўлиб ўтди, Ўзбекистон раҳбари шарафига фахрий қоровул саф тортди, артиллерия тўпларидан салют берилди.
Ўзбекистон раҳбари давлат ташрифи доирасида Корея президенти Ли Жэ Мён билан тор доирада ва кенгайтирилган таркибда музокаралар, Миллий Ассамблея спикери Чо Жонг Шик, бош вазир Ҳан Сон Сук, Кореянинг йирик компаниялари ва молия институтлари раҳбарлари билан учрашувлар ўтказиши режалаштирилган.
👉
https://kun.uz/kr/67621724
Kun.uz расмий канали
O‘ZBEKISTON BAYROG‘I SEUL MARKAZIDA!
O'zbekiston elchixonasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi hamda yaqinda bo‘lib o‘tadigan Koreya – Markaziy Osiyo forumi munosabati bilan Seul markazida o‘ziga xos ramziy aksiya tashkil etilmoqda!
“Birlik halqasi” — do‘stlik, birdamlik va yangi O‘zbekiston timsoli
Ushbu aksiya davomida O‘zbekistonning ulkan davlat bayrog‘i Seulning eng gavjum va tarixiy maskanlaridan biri — Gwanghwamun maydonida namoyish etiladi.
Bu nafaqat bayrog‘imizni namoyish etish, balki O‘zbekiston yoshlarining Koreyadagi birdamligi, Vatanga bo‘lgan faxri va Koreya–O‘zbekiston do‘stligiga bo‘lgan hurmatini namoyon etish uchun ajoyib imkoniyatdir.
📅
Sana: 9-sentabr, 2026-yil
⏰
Aksiya vaqti: 10:00–12:00
📍
Manzil: Seul, Gwanghwamun maydoni (광화문광장)
👥
Ishtirokchilar: 50 nafar yosh
Yig‘ilish vaqti: 09:00
Yig‘ilish joyi: O‘zbekiston Respublikasi Koreya Respublikasidagi Elchixonasi
Siz ham ushbu tarixiy aksiyaning bir qismi bo‘lishni istasangiz, ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling! Joylar soni cheklangan — atigi 50 nafar yosh qabul qilinadi.
Ro’yxatdan o’tish:
https://forms.gle/DESRKxEwEhPKQuPBA
Instagram
|
Telegram
|
YouTube
|
Facebook
|
LinkedIn
#35
#uzb
🇺🇿
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining
35 yilligi
muborak bo‘lsin!
Mustaqillik — bu erkin fikr, mustahkam iroda, bunyodkorlik va porloq kelajak sari dadil qadam demakdir.
Bayram muborak bo’lsin qadrli vatandoshlar!
tg
|
@uzbek_students_korea
🇺🇿
KOREYADA O‘ZBEKISTON MADANIYAT KUNLARI!
🇰🇷
O‘zbekistondan uzoqda bo‘lsangiz ham,
Vatanimizning betakror san’ati, milliy kuy-qo‘shiqlari va boy madaniyatini
yana bir bor his qilishni istaysizmi?
❤️
Unda bu ajoyib tadbirni
albatta o‘tkazib yubormang!
🇺🇿
O‘zbekiston Madaniyat kunlari
doirasida Seul shahrining eng nufuzli sahnalaridan birida katta
konsert dasturi
bo‘lib o‘tadi. Sizni milliy musiqa, raqs, san’at va o‘zbekona muhitga boy unutilmas oqshom kutmoqda!
🎶
✨
📅
Sana:
16-sentabr, 2026-yil
🕖
Vaqt:
19:00
📍
Joy:
Sejong Center for the Performing Arts — Grand Theater
🏛
Manzil:
175 Sejong-daero, Jongno-gu, Seoul
🚇
Eng yaqin metro:
Gwanghwamun Station, 5-liniya
🎟
KIRISH MUTLAQO BEPUL!
🎫
Chipta olish uchun:
Posterdagi
QR-kodni skanerlang
va ro‘yxatdan o‘ting. Ro‘yxatdan o‘tganingizdan so‘ng, berilgan chiptani konsert zaliga kirishda taqdim etishingiz mumkin.
📌
16-sentabr kuni Seulda uchrashamiz!
tg
|
@uzbek_students_korea
📢
D-2 VISA EXTENSION (Talaba vizasi uzaytirish)
—
📄
Kerak bo'ladigan hujjatlar
🔴
Agar siz Koreyada talaba sifatida o‘qishni davom ettirayotgan bo‘lsangiz,
D-2 vizasi
ni uzaytirish uchun quyidagi
hujjatlar
tayyor bo‘lishi kerak:
📑
Kerakli hujjatlar ro‘yxati:
1.
✅
Ariza formasi
(
visa.go.kr
saytida mavjud)
2.
📸
Pasport nusxasi
3.
🪪
ARC yoki ARC nusxasi
4.
🎓
O‘qishdan ma’lumotnoma (enrollment certificate)
– topshirilganidan 5 kun ichida berilgan bo‘lishi kerak
5.
📄
Diplom yoki baho varaqasi (grade certificate)
6.
💵
6 million so‘m atrofida depozit yoki 10,000,000 won mablag‘li kafolat xati + sababnoma (agar GPA 2.0 dan past bo‘lsa yoki bitiruv kechiksa)
7.
👨🏫
Professor tavsiyanomasi (Recommendation by professor)
8.
🏠
Yashash joyi hujjatlari (ijara shartnomasi yoki Goshiwon/hostel hujjatlari)
9.
📝
Ishonchnoma (Power of attorney)
– agar maktab orqali topshirsangiz
10.
💰
80,000–100,000 won naqd pul
⚠️
E’tiborli jihatlar:
* Vizangiz tugashiga
3 kundan kam vaqt
qolgan bo‘lsa, agentlik orqali uzaytirib bo‘lmaydi — bevosita immigration office’ga boring.
*
Yashash manzil
ingiz o‘zgargan bo‘lsa,
14 kun ichida immigration
’ga xabar berishingiz kerak.
* Vizani uzaytirish muddati tezlashtirilgan bo‘lsa ham,
bir necha kun kutish
talab qilinadi.
📌
Maslahat:
Hujjatlaringizni to‘liq tayyorlang va immigration office’ga
uchrashuv bilan boring
. Kutmasdan borilsa,
"Certificate of Alien Registration"
talab qilinadi.
🔗
Batafsil ma’lumot
: [
visa.go.kr
](
http://visa.go.kr
)
tg
|
@uzbek_students_korea